Авторы

  • Muqaddamxon Xamraqulova
    Chirchiq davlat pedagogika universiteti doktaranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46541

Ключевые слова:

tasviriy san’at ijodkor grafika haykaltaroshlik manzara tasavvur rassom janr plener tabiat kompozitsiya hajm rang fazo moyboʻyoq.

Аннотация

Tasviriy san’at mashgʻulotlarida oʻquvchi yoshlarga tasviriy san’at tarixi, rivojlanishi haqida. Turli janrlarda ijod qilgan rassomlar, ularning ijodiy ishlari haqida ma’lumot berib oʻtilgan. Shu bilan birga xar bir asrning oʻziga xos jihatlari: san’at rivojiga ijobiy va salbiy ta’sirlari haqida fikr yuritilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

62

UMUMIY OʻRTA TA’LIM MASHGʻULOTLARIDA OʻQUVCHILARNI TASVIRIY

SAN’AT TARIXI BILAN TANISHTISH

Xamraqulova Muqaddamxon Tojiqoʻzi qizi

Chirchiq davlat pedagogika universiteti doktaranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.12295205

Annotatsiya:

Tasviriy san’at mashgʻulotlarida oʻquvchi yoshlarga tasviriy san’at tarixi,

rivojlanishi haqida. Turli janrlarda ijod qilgan rassomlar, ularning ijodiy ishlari haqida
ma’lumot berib oʻtilgan. Shu bilan birga xar bir asrning oʻziga xos jihatlari: san’at rivojiga ijobiy
va salbiy ta’sirlari haqida fikr yuritilgan.

Tayanch soʻzlar:

tasviriy san’at, ijodkor, grafika, haykaltaroshlik, manzara, tasavvur, rassom,

janr, plener, tabiat, kompozitsiya, hajm, rang, fazo, moyboʻyoq.

“Oʻzbekistonda olib borayotgan davlat siyosatining markazida inson va uning manfaatlarini
ta’minlashni ustuvor vazifa etib belgilaganmiz. Aslida ham bizning eng bebaho boyligimiz bu —
bunyodkor xalqimiz, duogoʻy ota-onalarimiz, navqiron avlodimiz emasmi? Shu yurtda
yashayotgan har bir insonning tinch va baxtli hayot kechirishi, uning sogʻligʻi joyida boʻlishi,
yaxshi ta’lim olishi, oilasini tebratish uchun qanday sharoit, kerak boʻlsa, hammasini yaratib
berishga harakat qilyapmiz va bu yoʻldan aslo toʻxtamaymiz», — degan edilar davlatimiz
rahbari Sh.M. Mirziyoyev oʻzlarining ma’ruzalarida.
O‘zbekistonda tasviriy san’at jahon hamjamiyatida sodir bo‘layotgan jarayonlar bilan
hamnafas bo‘lib, har bir ijodkor o‘z qarash va kechinmalarini yangicha uslub va shakllarda ifoda
etishga intilishi bilan xarakterlanadi.
Tasviriy sanʼat — rang-tasvir, haykaltaroshlik, grafikani birlashtirgan nafis sanʼat turi;
voqelikni uning osongina ilgʻab olinadigan fazoviy shakllarda koʻrgazmali obrazlarda aks
ettiradi. Tasviriy sanʼat turlari oʻz xususiyatlariga qarab real borliqni obyektiv mavjud sifatlari
— hajm, rang, fazo, shuningdek, predmetning moddiy shakli va nurhavo muhiti, harakat va
oʻzgarishlari hissini yaratadi, bunda tasvirning hissiy konkretliligidan illyuzionizmga oʻtish
mumkin. Tasviriy sanʼat faqat koʻrish mumkin boʻlgan narsalarnigina tasvirlab qolmay, balki
asarlarida hodisalarning vaqtinchalik rivoji, uning u yoki bu qismi, erkin hikoyanavislik,
dinamik harakatlarni ham aks ettirib, dunyoni gʻoyaviy oʻzlashtirish imkoniyatlarini
kengaytiradi. Tasviriy sanʼat insonning ruhiy qiyofasini, uning oʻzgalar bilan oʻzaro
munosabatlarini, tasviriy holatning psixologik va emotsional mazmunini ham yoritadi. Baʼzan
mavjud boʻlmagan, rassom tasavvurining mahsuli boʻlgan obrazlarni ham yuzaga keltiradi.
Insoniyat tarixidagi turli davrlarni aks ettiradi. Davrning faqat hissiy holatigina emas, balki
uning gʻoyaviy mohiyati, siyosiy, falsafiy, estetik va etik gʻoyalari ham tasviriy sanʼatning
mazmuniga aylanadi. Tasviriy sanʼat obrazlarining koʻrgazmaliligi rassomga hayotning
muayyan hodisasiga oʻz munosabatini yuksak darajada ifodalashiga imkon beradi; shu tufayli
hayotni bilishning faol shakli sifatida jamiyatning ijtimoiy hayotida, maʼlum tizimning ommaviy
ongini qaror topishida muhim rol oʻynaydi. Olamni bilishning shakllaridan biri sifatida ijtimoiy
ongni shakllantiradi hamda xalq orzu-umidlarini ifodalash shakli sifatida ham katta ahamiyat
kasb etadi. Zamonaviy sharoitda umumgʻoyaviy kurashlarning bir boʻlagi sifatida namoyon
boʻladi.
Insoniyatning mehnat faoliyati, eʼtiqodlari, diniy qarashlari zaminida tasviriy sanʼat paydo
boʻlgan va rivojlangan. Qadimgi tosh asrining ilk bosqichidayoq inson oʻz ehtiyoji uchun zarur


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

63

boʻlgan buyumlarni yaratish, libos, turar joylar tayyorlash jarayonida qulaylik, maqsadga
muvofiqlik tushunchalari rivojlanib, ritm, simmetriya hissi ortdi. Marhumlar bilan vidolashuv,
dafn marosimlarida marhumlar qabriga turli buyumlar qoʻyish odatlarida tasviriy sanʼatning
fazoviy fikr yuritish, fazoviylik, kenglik, olam tushuncha va tasavvurlari shakllanib bordi. Tosh,
suyak, keyinchalik sopoldan ishlangan turli shakl va haykallarda, qoyatoshlarga, gʻor
devorlariga chizilgan, rangda ishlangan rasmlarda ibtidoiy insonning mehnat faoliyati, dunyo,
borliq haqidagi oʻy-hayollari, oʻzga dunyo toʻgʻrisidagi tasavvurlari mujassamlashgan.
Ijtimoiy jamoa tuzumining inqirozi hamda mehnat taqsimotining yuzaga kelishi, aqliy mehnat
jismoniy mehnatdan ajralishi tasviriy sanʼat rivojida muhim oʻrinni egallaydi. Tasviriy sanʼat
inson faoliyatining maʼlum sohasiga aylanib davr ruhiyati, uning siyosiy, maʼnaviy va nihoyat
estetik qarashlarini aks ettiruvchi manbaga aylandi. Qadimgi Sharq mamlakatlarida, jumladan
Qadimgi Misrda tasviriy sanʼat insonning dunyo, borliq toʻgʻrisidagi tushuncha va
tasavvurlarini, xudolar darajasiga koʻtarilgan firʼavnlarni ulugʻlash quroliga aylandi.
Yunonistonda tasviriy sanʼat jamiyatning erkin fuqarosiga qaratilgan va antik mifologiyaning
gʻoyalarini plastik moddiylashtirilgan koʻrinishida kamol topdi, Qadimgi Rim realizmida
murakkab inson jismi namoyon boʻldi.
Insoniyat sivilizatsiyasining muhim oʻchoqlaridan hisoblangan Oʻrta Osiyo, uning ajralmas
qismi Oʻzbekiston hududida ham tasviriy sanʼat ijtimoiy hayotda muhim oʻrin egallab, davr
hamda inson tafakkuridagi nozik oʻzgarishlarni oʻzida aks ettiradi. Zarautsoy rasmlari, Xorazm,
Sugʻd, Baqtriya mahobatli haykal va rangtasvirlari shuning dalilidir.
O‘rta asrlar tasviriy sanʼati uslub jihatidan rang-barang, turlari keng va xilma-xil, bu davrda
mahobatli haykaltaroshlikning nodir namunalari yuzaga keldi. Hindiston, Indoneziya,
HindiXitoy o‘lkalarida betakror haykaltaroshlik asarlari yaratildi. O‘rta Sharq mamlakatlarida
miniatyuraning o‘ziga xos turi yaratilgan bo‘lsa, O‘rta asr Yevropa madaniyatida
haykaltaroshlik va rassomlik diniy eʼtiqod va dunyoqarashlar zaminida o‘ziga xos yo‘nalish va
mazmun kashf etdi, ikona sanʼati ravnaq topdi. Roman uslubi va gotika barpo etilgan meʼmoriy
obidalarda sanʼatlar sintezining ajoyib namunalari yaratildi.
XIII-XVI asrda tasviriy san’atida dunyoviy mavzu va qarashlarning kuchayib borishi tasvirlarda
borliqda mavjud shakl va ko‘rinishlarning ortishi bilan belgilanadi. Shu harakat va taraqqiyotda
tasviriy sanʼatning qonun-qoidalarini ilmiy asosda o‘rganishga qiziqish ortdi. Optika,
anatomiya, perspektiva, nur-soya nazariyasiga oid muhim tadqiqotlar qilindi. Moybo‘yoq
texnikasi mukammallashdi, ijodkorlar antik sanʼat anʼanalariga tayangan holda Uyg‘onish davri
insonparvarlik g‘oyalarini moddiylashtirishga harakat qildilar.
XVII-XIX asrda tasviriy san’at uslub jihatidan rang-barang, milliy mahalliy maktablar rivoji bilan
sanʼat olamining kengayishi boshlandi. Bu davrda, ayniqsa, monumental sanʼat o‘zining haqiqiy
gullash davrini boshidan kechirdi, rassomlar, meʼmorlar, haykaltaroshlar, hunarmandlar
sanʼatlar sintezining ajoyib namunalarini yaratdilar. Bu yutuqlarda rassom va
haykaltaroshlarning o‘rni alohida. Tasviriy sanʼat tur va janrlari ko‘paydi, realistik
yo‘nalishdagi janrlar (portret, manzara, natyurmort, maishiy janr) yetakchi o‘ringa chiqa
boshladi. Uyg‘onish davri tasviriy sanʼatiga xos bo‘lgan vazminlik, chiziq, rang, faktura
mutanosibligi o‘rnini jo‘shqin shakl va ranglar o‘yini egallab bezakdorlik xususiyatlarining
ortishi kabilar kuzatiladi. XVII asrdan tasviriy sanʼatda klassitsizm yo‘nalishi hukm surgani
holda borliqni o‘ziga o‘xshash shakllarda aks ettiruvchi asarlar yaratilishi ortib bordi.
Akademik taʼlim tizimining yo‘lga qo‘yilishi professor sanʼat maktablarining taraqqiyotini


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

64

taʼminladi. Mumtoz (klassik) realistik (akademik) sanʼat uslublaridan chekinish, noanʼanaviy
uslublar izlashga intilish boshlandi. Bu hol impressionizm, postimpressionizm va boshqa
uslublarning shakllanishi hamda rivojlanishida o‘z ifodasini topdi.
XX asrda tasviriy san’ati murakkab va ziddiyatli. Bir tomonda klassik realistik sanʼatning talab
va uslublari saqlangani holda uni ifodaviyligiga eʼtibor qaratilishida, ishlangan har bir obrazni
chuqur majoziy mazmunlar bilan to‘ldirishga intilish kuzatilsa, aksincha noanʼanaviy tasviriy
sanʼat uslubida yangi ifoda va tasvir vositalarini topishga, butunlay yangicha sanʼat yaratishga
intilish harakati kuchliligi namoyon bo‘lmoqda.

References:

1.

Abdirasilov S., Tolipov N., Oripova N. Rangtasvir.Toshkent. Oʻzbekiston, 2006.

2.

Abdirasilov S. Tasviriy sanʻat va uni oʻqitish metodikasi. Toshkent. Ilm Ziyo nashriyoti,

2011.
3.

Abdirasilov S., Boymetov B., Tolipov N. Tasviriy sanʻat. – Т.: Ilm Ziyo nashriyoti, 2010.

4.

Abdurahmonov Gʻ. Kompozitsiya. -T.,TDPU, 2009

5.

Boymеtov B.B. Pеdagogika oliy ta’lim muassasalarida talabalarga kompozitsiya fanini

oʻqitishning nazariyasi va amaliyoti. “Science and Education” Scientific Journal. -Uzbekistan:
2020. №7.
6.

Boymеtov B.B., Nurtaеv Oʻ.N. Tasviriy san’at tеxnologiyasi va nusxa koʻchirish (Oliy oʻquv

yurtlari uchun oʻquv qoʻllanma). -Т.: Iqtisod-moliya, 2007
7.

Boymetov B.B. Qalamtasvir. –T.: Ilm ziyo, 2007

Библиографические ссылки

Abdirasilov S., Tolipov N., Oripova N. Rangtasvir.Toshkent. Oʻzbekiston, 2006.

Abdirasilov S. Tasviriy sanʻat va uni oʻqitish metodikasi. Toshkent. Ilm Ziyo nashriyoti, 2011.

Abdirasilov S., Boymetov B., Tolipov N. Tasviriy sanʻat. – Т.: Ilm Ziyo nashriyoti, 2010.

Abdurahmonov Gʻ. Kompozitsiya. -T.,TDPU, 2009

Boymеtov B.B. Pеdagogika oliy ta’lim muassasalarida talabalarga kompozitsiya fanini oʻqitishning nazariyasi va amaliyoti. “Science and Education” Scientific Journal. -Uzbekistan: 2020. №7.

Boymеtov B.B., Nurtaеv Oʻ.N. Tasviriy san’at tеxnologiyasi va nusxa koʻchirish (Oliy oʻquv yurtlari uchun oʻquv qoʻllanma). -Т.: Iqtisod-moliya, 2007

Boymetov B.B. Qalamtasvir. –T.: Ilm ziyo, 2007