ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
34
TASAVVUF TA’LIMOTIDA INSONNING IDROK ETISH XUSUSIYATLARI
TAHLILI
Salimjon S.EVATOV
Farg‘ona davlat universiteti
falsafa kafedrasi katta o‘qituvchisi(PhD)
e-mail: alfargoniy.uz@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.12204598
Insonning idrok etish quvvati his-tuyg‘udan boshlanib, aql bilan tugallanadi. Aql narsalar
tarkibidan to‘plangan natijalar vositasida bilish ufqlarini benihoyat darajada kengaytiradi.
Ammo payg‘ambarlar va maxsus malakaga ega bo‘lgan avliyolar nabiylikning muqaddas ruhi,
deb atalgan fazilatga ega bo‘lib, uning vositasida “g‘aybdagi lavhlar, oxiratdagi hukmlar,
osmonlar va zamindagi malakutlarning bir qismidan, hatto qisman rabboniy maʼrifatdan ham”
ogoh bo‘ladilar. Kimki, bunday malakaga ega kishilar borligiga shubha bildirsa, uni sheʼr yoki
musiqani eshitishdan bebahra odamga o‘xshatish mumkin bo‘ladi. Negaki, bunday kishilar
sanʼatning ushbu qoliplarini idrok etishga qodir bo‘lmagan bo‘ladilar. Bundaylar loaqal
shunday imkoniyat borligiga ishonishlari lozim.
Ammo G‘azzoliy fikricha, bilishning eng yuqori turi to‘g‘ridan-to‘g‘ri tajriba va “zavq”
vositasida hosil qilinadigan aql yoki imon yo‘li bilan qo‘lga kiritilmaydi. Shunday bo‘lsa ham,
xudoni bilishning to‘g‘ri yo‘li “tajribaviy” bilishlar jumlasidan joy oladi. Baʼzilar bu dunyoning
shodliklari va g‘am-g‘ussalari bilan shunchalik mukkalaridan ketadilarki, xudoning nurini
idrok eta olmay qoladilar. Boshqa birovlar xudoni faqat bu dunyo bilan bo‘lgan aloqasi
doirasidagina biladilar, yaʼni osmonlarni aylantiruvchi va birinchi harakat manbai sifatida
taniydilar.
Ollohni bilishning barcha bosqichlarida oriflar parvardigorni uning haqiqiy zotini berkitgan
“nur hijobi” orqali topadilar. Ammo oriflarning to‘rtinchi guruhi, yaʼni “qo‘shiluvchilar shuni
idrok etadilarki, ushbu “subhon” shunday sifat sifatidirki, faqat yagonalik va mutlaq komillik
unga xosdir. Shuning uchun ular o‘z nigohlarini uning tomoniga, uni muqaddas yaratuvchiga
hamda u yaratgan osmonlar va zaminlarga qaratadiki, eng uzoqdagi harakatlanuvchi olamlar
ham undan farmon olib turadilar. Bu oriflar o‘rtasida shunday kishilar boshqalardan
afzaldirlarki, yagona haq (vohidul haq) darajasiga yetib kelganlarida fano bo‘lib, yo‘qlik
darajasiga sho‘ng‘iydilar va shu sababdan o‘zlarini ham, boshqa hech bir mavjud narsani
ko‘rmasdan, faqat Ollohning jamolinigina ko‘radilar, xolos. Baʼzida bunday so‘fiyona holatni
“fano” yoki “fano al-fano” deb ataydilar, zero, sufiy bu holatda o‘zidan foniy bo‘ladi va o‘zining
foniyligidan ham foniy bo‘ladi. Baʼzilar (Shibliy, Bistomiy) soflikda shu darajada mastlik
holatiga sho‘ng‘iydilarki, o‘zlarini xudo, deb biladilar. Haqiqatda esa, ular erishgan holat
xudoni yagonaligini (tavhid) tasdiqlashdan boshqa narsa emas, yaʼni jahonda undan o‘zga
haqiqiy mavjud narsa yo‘qligidan ogoh bo‘lishlikdir. Ammo bunday holat boshqa-yu, u bilan
birlashib ketish (ittihad) holati boshqa gap.
Shunday qilib, G‘azzoliy shattoh holatidagi so‘fiylardan oshkora ravishda aloqani uzishdan
ko‘ra, agarchi ularning baʼzida “yashiriladigan va aytib bo‘lmaydigan” sirlarini fosh
qilganliklari tufayli tanbehga sazovor, deb bilsa ham, o‘z ustozi Junayd kabi vahdat vujud
mohiyatini mahorat bilan uzoqlashtiradi va tanazzulga tushirishdan saqlab qoladi. Shuning
uchun uning tasavvufni islomdagi tavhid (yakkaxudolik) g‘oyasining eʼtiborini kuchaytirishga
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
35
va uning tabiatan tashqaridagi narsalarda ham to‘g‘riligini isbotlashga urinish, deb tushunish
mumkin.
Olloh faqat sifatlar yoki xilma-xil aniq narsalar tufayli o‘ziga ko‘plikni qabul qiladi. Agar uning
zotining o‘ziga boqsak, u “haq”dir. Agar unga sifati jihatidan qarasak, yaʼni imkoni bor
ko‘plikdagi tajalliy topgan sifatiga boqsak, u “xalqdir” (yaratilgandir). Ammo buning har ikkisi,
vahdat (yagonalik) va kasrat (ko‘plik), avval va oxir, qadim (azaliy), muhdas (yaratilgan), vojib
(zaruriy) va mumkin, zotiga ko‘ra, bir haqiqatdan o‘zga narsa emas[1].
Eng yuqori darajada namoyon bo‘lish yoki ilohiy mazhar o‘sha “birinchi inson namunasi”dirki,
Ibn Arabiy uni Odam Ato bilan bir deb bilib, uni ilohiy kalima yoki komil inson deb ataydi.
Darhaqiqat, bu jahonning borligi va mavjudligining sababining har ikkisi ana shu komil inson
borligi tufaylidir.
Olloh “surati” va unga o‘xshab yaratilgan komil inson talqini yana Hallojga qaytishni taqozo
etadi va tasavvufning Xudo va inson o‘rtasidagi aqliy tafsirida muhim vazifani bajaradi. Ibn
Arabiy lohut va nosutni bir-biridan farq qiluvchi ikki tabiat, deb tushunadi. Lohut o‘zining
yashiringanlik jihatidan har ikki mavjudning ichki mohiyatiga muvofiqdir, nosut esa tashqi
jihatdan zohirdir. Falsafiy istilohida birinchisi javharga muvofiq kelsa, ikkinchisi araz
(aksidensiya)dir. “Haq”ning namoyon bo‘lishi insonda o‘z avjiga chiqadi. Shunga binoan inson
kichik olam yoki barcha yaratilgan narsalarning xulosasidir. U katta olamning barcha
kamolotini, hamda ilohiy zotning kamolotini ham tajassum ettiradi. Ana shu dalilga muvofiq
inson Qurʼonda keltirilgandek, Ollohning yerdagi xalifasi, yaʼni noibi sifatida saylangandir.
Shundan kelib chiqib bo‘lsa kerak, baʼzi musulmon davlatlarining asosiy qonunlarida “Yer
Ollohniki” degan jumla qayd etilgan. Xususiy mulk egasi esa xalifadir. Shuning uchun unga
topshirilgan mulkni, yaʼni yerni qarovsiz qoldirmasligi, uni ekib, parvarishlashi va mo‘l hosil
olishi shartdir.
Tasavvufning asosiy xizmati shundan iboratki, u “imon” tushunchasini shakllantiradi va uni
“bilimdan” farqlaydi. Undan tashqari tasavvuf Ollohni bilish muammosiga doir dalillar ishlab
chiqdi. Moddiy dunyo narsa va hodisalari haqida ratsional bilim bo‘lishi mumkin emasligini
ko‘rsatib beradi, ularga nisbatan faqat “imon” tushunchasi ishlatilishi mumkin, ular haqidagi
“bilim” esa irratsional va shaxsiy bo‘lishi mumkin, lekin u ilmiy va asoslangan bo‘lmaydi[2].
Mana shunday yondashuvlar asosida ilmiy faoliyatga doir yondashuvlarda xulosaviy fikrlar
shakllana boshladi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf o‘zining “Tasavvuf haqida tasavvur” asarida
tasavvufning vazifalarini quyidagicha keltiradi.
1. Muhaqqaq ulamolar tasavvufni “botiniy fiqh”, yaʼni “ichki fiqh” deydilar. Ibodatlarni ado
etish jaraynida qalbni qanday tutish kerakligini, xushuʼ va xuzuʼni qanday ado etish lozimligini
oyat va hadislar hamda ijmoʼ va qiyos asosida botiniy fiqh ilmi –tariqat bayon qilib beradi.
2. Tasavvuf aqoid ilmiga ham yaqindan bog‘liqligi bor. Maʼlumki, aqoid ilmi eʼtiqod
masalalarini muolaja qilib, odatda bu boradagi bosh masalalar haqida bahs yuritib, har bir
masala bo‘yicha oyat va hadislardan dalillar keltiradi. Ammo bu ilmda his-tuyg‘u, zavqu shavq,
qalbiy masalalar bayoniga ko‘p ahamiyat berilmaydi. Tasavvuf esa aynan shu masalalarga
katta eʼtibor qaratadi.
Tasavvuf “qalb”, “ruh”, “”aql” va “nafs” kabi maʼnolarni alohida ehtimom ila tushuntiradi va
ularning har biriga musulmon banda qanday munosabatda bo‘lishi zarurligini bayon qilib,
o‘sha bayonning tatbiq qilinishini ham yo‘lga qo‘yadi[3]. Shunday ekan, tasavvuf ilmini islom
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
36
dunyosining ilmiy va intellektual faoliyatida muhim o‘rin tutganligini va mutasavvuf
olimlarning asarlari asosida islom dunyoqarashi burmuncha oshganligini ko‘rishimiz
mumkin. Umuman olganda, tasavvuf Islom dinining teosofiyasi, uning diniy falsafasi hamdir.
Tasavvuf dinga nisbatan falsafa, falsafaga nisbatan diniy taʼlimotdir[4].
O‘rta asr Sharq teologik qarashlarining rivojlanishi va o‘zining aqidaviy asoslarini yaratishida
hadis ilmiy ham muhim ahamiyatga ega va unda mazmunli davr bo‘lgan va “olti sahih
to‘plami” vujudga kelgan. Mazkur hadislar to‘plamini yozgan muhaddislarga Ismoil al-
Buxoriy, Muslim ibn al-Hajjoj, Abu Dovud as-Sijistoniy, Abu Iso at-Termiziy, Ahmad an-Nasoiy,
Abu Abdulloh Muhammad ibn Mojja kabi muhaddislarni kiritish mumkin. Ahamiyatli tomoni
shundaki, mazkur hadis to‘plovchi olimlarning ko‘pchiligi Markaziy Osiyolik bo‘lib, bu yerda
hadis ilmidagi vorisiylik anʼanalari kuchli saqlab qolinganligi, qadrlaganligi va keyingi avlodga
yetkazish masʼuliyati muhaddislik ilmidan kuchli vakillarning chiqishiga asos bo‘lgan.
Shunday ekan, maʼlum bir davrda bir hududda ilmiy faoliyatning rivojlanishi bilan birga
vorisiylik anʼanalari ham shakllansa, shu yerda ilmiy uyg‘onish va intellektual rivojlanish
yuzaga kelgan. Markaziy Osiyoda hadis ilmida vorisiylik anʼanalari asosida maktabning
vujudga kelishi ham muhaddislik ilmining rivojlanishiga kuchli taʼsir ko‘rsatganligini
ko‘rishimiz mumkin.
References:
1.
Affifi. The Mystical Philisophy of Ibnul-Arabi. – Cambridge: 1938. –P.101.
2.
Frolova E.A. Istoriya srednevekovoy arabo-musulmanskoy filosofii. – Moskva: IF RAN,
1995. –S. 161.
3.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tasavvuf haqida tasavvur. –Toshkent:
“Hilol-nashr”, 2016. -B.66-68.
4.
Xolmo‘minov J. Tasavvuf falsafasi. Tasavvuf ontologiyasi. .(O‘quv qo‘llanma).T.: “Yosh
avlod matbaa”, 2021. – B.8.