Авторы

  • Fayozbek Xamidov
    O’zbekiston Respublikasi, Andijon Davlat Tibbiyot Instituti.
  • Sherzodbek Atakhonov
    O’zbekiston Respublikasi, Andijon Davlat Tibbiyot Instituti.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46557

Аннотация

Bugungi kunda Diffuz toxik bo’qoq (DTB)ning, endemik bo‘qoq o‘choqlarida tarqalishi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar yo‘q. Vaholanki, DTB QBning jarrohlik kasalliklari orasida eng ko‘p uchrashi, patologik jarayonining og‘ir kechishi, asoratlarga moyilligi bilan oldingi o‘rinlardan birini egallaydi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

4

DIFFUZ TOXIK BO’QOQNI SUBTOTAL THYREOIDEKTOMIYA USULIDAN

KEYIN YAQIN KELGUSIDA O’TKAZILGAN RETROSPEKTIV TEKSHIRUVLAR

NATIJALARI

Xamidov Fayozbek Shavvazovich

Atakhonov Sherzodbek Elbek o'g'li

O’zbekiston Respublikasi, Andijon Davlat Tibbiyot Instituti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.12198447

Muammoning dolzarbligi:

Bugungi kunda Diffuz toxik bo’qoq (DTB)ning, endemik bo‘qoq

o‘choqlarida tarqalishi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar yo‘q. Vaholanki, DTB QBning jarrohlik
kasalliklari orasida eng ko‘p uchrashi, patologik jarayonining og‘ir kechishi, asoratlarga
moyilligi bilan oldingi o‘rinlardan birini egallaydi.
Deyarli 70-80-yillardan buyon DTBga duchor bo‘lgan bemorlarni yakuniy davolashda eng
ko‘p foydalanib kelinayotgan usullardan biri bu jarrohlik yo‘li bilan davolash xisoblanadi.
Amaliy jarrohlar uchun shu qadar sodda, qulay, amalda qo‘llash oson bo‘lgan va ko‘pchilik
hollarda masalani to‘g‘ri xal qilish mumkin bo‘lgan yo‘l, DTBda QB to‘qimasining ma’lum
qismini qoldirishdir. Ammo keyingi yillarda klinitsistlar hammadan ko‘ra ko‘proq DTBni
operatsiyasidan keyingi uzoq kelgusidagi oqibatlar: gypothyreozning o‘sishi yoki kasallikning
qaytalanishiga ko‘proq e’tibor qaratmoqdalar. Ko‘pchilik jarroh-endokrinologlar QB
to‘qimasini ko‘p qoldirish sababli, kasallik qaytalanishining vujudga kelishi ro‘y beradi deb
hisoblaydilar, gypotireozni esa thyreoid to‘qimasining yetishmasligidan deb biladilar.
DTBni jarrohlik yo'li bilan davolash - bu thyreotoksikozni eng tez va samarali bartaraf etishni
ta'minlaydigan asosiy usuldir. QB qoldirilgan to'qimasining hajmi haqida biron bir ma’lumot
yo'q. Kelgusidagi oqibatlarga bag'ishlangan DTB jarrohlik amaliyotining maqolalarida,
jarrohlik amaliyotining funktsional holati uning hajmiga bog'liq emasligi ko'rsatilgan. QBning
qoldirilgan cho’ltoq funktsiyasini oldindan aytib berishda muhim rol o'ynaydi.
DTBning rivojlanishi, tarqalishi va uchrashi hudud tanlamaydi, chunki u nafaqat muhitga
qarab, balki odamning ruhiyatiga, turmush sharoitiga bog‘liq, qolaversa, organizmning ushbu
xastalikka irsiy moyilligi ham rol o‘ynaydi. Bundan kelib chiqadiki, DTBning patogenezi
haligacha to‘liq o‘rganilmagan. Ushbu muammoni yechish dolzarbligicha qolmoqda.

Maqsadi:

Diffuz toxik bo’qoqni subtotal thyreoidektomiya usulidan keyin (1 va 5 yil

davomida) yaqin kelgusida o’tkazilgan retrospektiv tekshiruvlar natijalari..

Tadqiqot usullari:

Andijon davlat tibbiyot instituti Jarroxlik va urologiya kafedrasining

bazasiga qarashli Yu.Otabekov nomli Klinikasining III jarrohlik bo'limida 2015 yildan 2019
yilgacha DTB kasalligi bilan Subtotal thyreoidektomiya (ST) o’tkazgan 120 (100 %) nafar
bemorlarni yaqin kelgusida natijalari tahlil qilindi. ST o’tkazgan 120 nafar bemordan 83
(69,2%) nafarini ayollar, qolgan 37 (30,8%) nafari erkaklar xisoblandi. Kasallik tarixida bayon
etilgan tekshiruvlar va operatsion jurnalda ko’rsatilgan kesib olingan qalqonsimon bez
o’lchovlaridan ma’lum bo‘lishicha DTB bilan operatsiyaga olingan 120 nafar bemordan 65
(54,2 %) nafari IV-darajadagi kattalikda bo‘lgan, 41 (34,1%) nafari III-darajada, 14 (11,7 %)
nafari V-darajadaligi aniqlandi (O.V.Nikolaev bo‘yicha sinflangan).
Mazkur bemorlarni operatsiyadan so‘ng kelgusidagi holatini ilmiy tadqiq etish va
tekshiruvlardan o‘tkazish uchun 170126-sonli pochta orqali har biriga xat yuborilib
savolnoma orqali javob olindi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

5

2015 yildan 2019 yilgacha DTB kasalligi bilan ST o’tkazgan 120 (100 %) nafar bemorlarni 16-
25 yoshlilaridan ayoli – 5,9 %, erkagi – 3,8 %; 26-39 yoshlilaridan ayoli – 14,0 %, erkagi – 7,5
%; 40-55 yoshlilaridan ayoli – 14,0 %, erkagi – 4,9 %; 56-70 yoshlilaridan ayoli – 10,8 %,
erkagi – 3,8 %ni; jami ayoli – 69,2 %, erkagi – 30,8 %ni tashkil qilgan. O'rta yoshi 43,2 ± 2,8
yoshga to'lgan, 11 kishi sog'lom guruxga (9 nafari ayol, 2 nafari erkak) kiritilgan. RIAning
normativ limiti KIT sinovi to'plamlarini aniqlash uchun ishlatilgan: T3 gormonining me'yoriy
chegarasi – 1,2-2,8 nanamoll/l (O'rtacha – 1,6 ± 0,09 nanamoll/l), T4 - 60-160 nanamoll/l
(O'rtacha – 114,3 ± 3,1 nanamoll/l), TTG – 0,07-4,17

mmol/l (O'rtacha – 1,6±0,19 mmol/l),

TPOga nisbatan antitelaning me'yoriy chegarasi – 21-3500 mE/ml (O'rtacha – 16,3±1,12
mE/ml) deb baholandi. Mercosolil, Immunomodulator, A vitaminlari, elenium, antibiotiklar,
yurak glikozidlari, koronolitiklar, temir tanqisligi bo’yicha anemiya belgilari tiklovchi dorilar
buyurilgan. ST O.V.Nikolaev usulida olib borilgan. Ko’rsatkichlarni katta-kichikligida T-
kriteriy mezonlarini aniqlash uchun "4-yadroli Pentium" prosessori Microsoft Windows – 10
tizimi joriy etib kiritilgan Excel dasturi yordamida statistik taxlillar xisoblab chiqarildi.

Tadqiqot natijalari:

120 nafar bemorlar STdan so’ng yaqin 1 yilgacha retsidivga moyilligi

bor bеmorlar 1 nafari va yaqin 5 yilgacha 2 nafari shubha bilan tekshirildi. 3 nafar bemorni
yurak urushlarida o’zgarishlar bor bo’lib, taxikardiya (1’ – 98, 112, 108 tagacha), sistolik
bosimni nisbatan ko’tarilishi, ozish belgilari borligi (1 oyda 5 kg-gacha vazn tashlash), ko’p
terlash, sutkalik diurezni ortishi, tez-tez ichini surilishi yuzaga keldi. T

3

gormoni 3 nafar

bemorda ko’tarilganligi aniqlandi. Birida - 2,8 nmol/l, ikkinchisida - 3,21 nmol/l, uchunchisida
2,78 nmol/l ga ko’tarilgan. T

4

gormoni ham 3 nafar bemorda ko’tarilganligi aniqlandi. Birida -

150,2 nmol/l, ikkinchisida – 158,4 nmol/l, uchunchisida 178,08 nmol/l ga ko’tarilgan. TTG
gormoni 3 nafar bemorda pastlagan. Birida – 0,08 mmol/l, ikkinchisida – 0,06 mmol/l,
uchunchisida – 0,05 mmol/l-ga kamaygan. TPOga nisbatan antitela ham 3 nafar residivga
moyilligi bor bemorlarda ko’tarilganligi aniqlandi. Birida – 56,1 mE/ml, ikkinchisida – 47,5
mE/ml, uchunchisida 104,08 mE/ml ga ko’tarilgan.
Operasiyalardan so’ng ayrim bemorlarda Operatsiyadan so’nggi gypothyreoz (OSG)ga
moyilligi bor bеmorlarda: bradikardiya, tana vaznining oshishi, harakatlarni pasayishi,
uyquvchanlik, xotirani pasayishi, yuqori va pastki qovoq bolishlarining shishi, terining
quruqlashuvi, terining qalinlashuvi kabi bir qator klinik belgilar aniqlandi. ST o’tkazgan
bеmorlarni 34 nafarida OSG aniqlangan.
ST o’tkazilgandan 1 yildan so’ng OSGli bemorlar 16 nafarini yurak urushi zarbi 85 %ga, 5
yildan so’ng 18 nafar bemorni yurak urushi zarbi 85,7 %ga pasaygan. Bu esa operasiyadan
so’ng SGga nisbatan olinganda (p<0,001) ishonchli katta t-kriteriyga ega. ST o’tkazilgandan 1
yildan so’ng OSGli bemorlarni 16 nafarida T

3

ko’rsatkichi 62 %, 5 yildan so’ng 18 nafarida T

3

ko’rsatkhichi 47 %ga pasaygan. Bu esa operasiyadan so’ng SGga nisbatan olinganda (p<0,001)
ishonchli katta t-kriteriyga ega. ST o’tkazilgandan 1 yildan so’ng OSGli bemorlar 16 nafarini T

4

ko’rsatkhichi 45 %ga, 5 yildan so’ng 18 nafar bemorni T

4

ko’rsatkhichi 47 %ga pasaygan. Bu

esa operatsiyadan so’ng gypothyreozli bemorlarni SGga nisbatan olganda (p<0,001) ishonchli
t-kriteriyga katta farqi bor.
ST o’tkazilgandan 1 yildan so’ng OSGli bemorlar 16 nafarini TTG ko’rsatkhichi 3 barobarga, 5
yildan so’ng 18 nafar bemorni TTG ko’rsatkhichi 4 barobarga pasaygan. Bu esa operasiyadan
so’ng SGga nisbatan olinganda (p<0,001) ishonchli katta t-kriteriyga farqi bor. O’tkazilgan
operatsiyadan so’ng bemorlar TTG ko’rsatkichida p<0,01 farqi bor.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

6

ST o’tkazilgandan 1 yildan so’ng 16 nafar OSGli bemorlarni TPO-antitela ko’rsatkhichini 76
%ga, 5 yildan so’ng 18 nafar bemorni TPO-antitela ko’rsatkhichi 66 %ga pasaygan. Bu esa
operasiyadan so’ng gypothyreozli bemorlarni SGga nisbatan olganda ishonchli t-kriteriyda
katta farqi (p<0,001) borligi aniqlandi.
57 nafar bemorda operasiyadan kuzatilgan kechki keyingi gypothyreoz asorati borlarga
endokrinolog va jarrox konsultatsiysi o’tkazildi, bemorlar opertsiya qildirishdan oldin
endokrinologiya dispanseri uchyotiga olingan bo’lib, operasiyadan keyin L-thyroxin- 50, 100,
150, 200 mkg-dan tavsiya qilindi va unga kombinatsya qilib oddiy yod tutuvchi preparatlar
tavsiya qilindi.
ST o’tkazilgandan 5 yil so’ng 11 nafar mijozning T

3

0,5 %ga ko’tarilsada, meyordan chetlab

(p<0,05) o’tmadi. ST o’tkazilgandan 5 yil so’ng 11 nafar mijozning T

4

1 %ga balandlasada ham,

lekin meyor ko’rsatkichdan o’zgarmadi. ST o’tkazilgandan 5 yil so’ng 11 nafar mijozning TTG
0,5 %ga ko’tarilsa ham meyordan chetlab (p<0,05) o’tmadi. ST o’tkazilgandan 5 yil so’ng 11
nafar mijozning TPO-antitelasi 2 %ga kamaysa ham, lekin meyor ko’rsatkichi o’zgarmadi, bu
bilan Euthyreoz holatidagi mijozlarni t-kriteriysi bilan bir xil.

Xulosa:

Tekshirilgan natijalardan ko’rinib turibdiki ST bilan operasiya qilingan 120 nafar

bemor ichidan 2,5 % (n=3)da retsidiv aniqlandi. Bu esa bez toqima cho’ltog’ini ko’p
qoldirilayoganligidan yoki to’qima ustiga ustak ekilayotganidan emas, balki qoldirilayotgan
cho’ltog’ining funksional faoliyati yuqoriligidadir va bunga qo’shimcha TPO-antitelani
mavjudligi hamdir. Qoldirilgan bez cho’ltog’i funksional faoliyatining yuqoriligi va TPOga
nisbatan antitela titrining operatsiyadan oldin baland bo’lgan bo’lsa funksional faoliyatini
stimullash 2 martaga yanada oshiradi. Vaxolanki o’z-o’zidan retsidiv ortib boraveradi va
kasallik jarayoni shiddat bilan kechadi.

References:

1.

Grebnev A. G. bashorat qilish, oldini olish va optimallashtirish operatsiyadan keyingi

hipotiroidizmni davolash (rus tilida). / AG. Grebnev: tibbiyot fanlari nomzodi muallifining
referati. Perm, 2005. - P. 35-110.
2.

Aristarxov V. G., Kirillov Yu.B., Uxov Yu.Men. Patologiyada morfologik tadqiqot usullari

qalqonsimon bez. (Rus tilida) // to'qqizinchi rus materiallari Jarrohlik endokrinologiyasi
bo'yicha simpozium. Chelyabinsk, 2000. - P. 35-37.
3.

Kotelnikova L. P. qalqonsimon bezning morfologik xususiyatlari operatsiyadan keyingi

hipotiroidizm bilan og'rigan bemorlarda. (Rus Tilida)
4.

/ L. P. Kotelnikova, N. S. Efimova, N. G. Polyakova. Dolzarb endokrinologiya masalalari.

Perm, 2002. - P. 116.
5.

Mustafin T. I., Dvinskix A. V., Kuklin D. S., Sharifgaliev I. A.

6.

Morfologik diagnning zamonaviy usullari // o'quv qo'llanma. Ufa. - 2018. - P. 12

7.

Avtandilov G. G. miqdoriy patologik asoslari anatomiya. (Rus Tilida) –M. Tibbiyot, 2002.

- P. 240.
8.

Butova O. A., Botasheva V. S., Golovko E. M. Qalqonsimon bezning patohistologik

xususiyatlari endemik guatr. (Rus Tilida). // Stavropol davlatining axborotnomasi
Universitet.2010; 69:182-6.
9.

Rogov Yu.I., Xariton N. S. xususiy patologik anatomiya. (Rus tilida) / / o'quv qo'llanma.

ISEI BSU. Minsk. "ITC oliya vazirligi". -2017. - P. 91. -2017. - P. 91.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

7

10.

Tochilnikov G. V. qalqonsimon bezning klinik kursining xususiyatlari erkaklardagi

kasalliklar va ularni jarrohlik davolash. (Rus Tilida) // Tibbiyot fanlari nomzodi mualliflik
referati: 14.00.27 / Tochilnikov Grigoriy Viktorovich. - SPb., 2004. - P. 15

Библиографические ссылки

Grebnev A. G. bashorat qilish, oldini olish va optimallashtirish operatsiyadan keyingi hipotiroidizmni davolash (rus tilida). / AG. Grebnev: tibbiyot fanlari nomzodi muallifining referati. Perm, 2005. - P. 35-110.

Aristarxov V. G., Kirillov Yu.B., Uxov Yu.Men. Patologiyada morfologik tadqiqot usullari qalqonsimon bez. (Rus tilida) // to'qqizinchi rus materiallari Jarrohlik endokrinologiyasi bo'yicha simpozium. Chelyabinsk, 2000. - P. 35-37.

Kotelnikova L. P. qalqonsimon bezning morfologik xususiyatlari operatsiyadan keyingi hipotiroidizm bilan og'rigan bemorlarda. (Rus Tilida)

/ L. P. Kotelnikova, N. S. Efimova, N. G. Polyakova. Dolzarb endokrinologiya masalalari. Perm, 2002. - P. 116.

Mustafin T. I., Dvinskix A. V., Kuklin D. S., Sharifgaliev I. A.

Morfologik diagnning zamonaviy usullari // o'quv qo'llanma. Ufa. - 2018. - P. 12

Avtandilov G. G. miqdoriy patologik asoslari anatomiya. (Rus Tilida) –M. Tibbiyot, 2002. - P. 240.

Butova O. A., Botasheva V. S., Golovko E. M. Qalqonsimon bezning patohistologik xususiyatlari endemik guatr. (Rus Tilida). // Stavropol davlatining axborotnomasi Universitet.2010; 69:182-6.

Rogov Yu.I., Xariton N. S. xususiy patologik anatomiya. (Rus tilida) / / o'quv qo'llanma. ISEI BSU. Minsk. "ITC oliya vazirligi". -2017. - P. 91. -2017. - P. 91.

Tochilnikov G. V. qalqonsimon bezning klinik kursining xususiyatlari erkaklardagi kasalliklar va ularni jarrohlik davolash. (Rus Tilida) // Tibbiyot fanlari nomzodi mualliflik referati: 14.00.27 / Tochilnikov Grigoriy Viktorovich. - SPb., 2004. - P. 15