ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
104
SHARQ VA G‘ARB SENTIMENTAL NASRI AN’ANALARI
Munira Niyazova
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat
o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti
E-mail: niyazova_munira@bk.ru
Tel. +998972799556
https://doi.org/10.5281/zenodo.14038184
Annotatsiya:
Istalgan bir yozuvchi ijodini tipologik o‘rganish tadqiqotchidan uning
qaysi adabiy muhitga mansubligi, hududiy va milliy mansubiyati xususida bilishni talab etadi.
Ayni paytda Sharq va G‘arb adabiyotining o‘zaro tipologik ta’siri masalasini o‘rganish ham
tadqiqot obyektiga nisbatan tarixiy yondashuv ehtiyojiga olib keladi. Zotan, adabiyot – so‘z
san’ati. So‘z san’ati bo‘lishi bilan bir qatorda jahon xalqlari o‘rtasidagi madaniy-tarixiy ko‘prik
vazifasini ham bajaradi.
Ushbu maqolada Sharq va G‘arb sentimental nasri an’analari to‘g‘risida fikr yuritib, ular
o‘rtasidagi tipologik o‘xshashliklarni aniqlashni maqsad qilgan.
Kalit so‘z:
an’ana, badiiy tafakkur, tipologik o‘xshashlik, romantik tafakkur tipi, ideal,
xayolot, hissiyot, norealistik, sentimental qahramon.
ТРАДИЦИИ ВОСТОЧНОЙ И ЗАПАДНОЙ СЕНТИМЕНТАЛЬНОЙ ПРОЗЫ
Аннотация:
Типологическое изучение творчества любого писателя требует от
исследователя знать, к какой литературной среде он принадлежит, территориальную и
национальную принадлежность. На данный момент изучение вопроса о взаимном
типологическом влиянии восточной и западной литератур также приводит к
необходимости исторического подхода к объекту изучения. Уже сейчас литература -
это искусство слова. В этой статье, посвященной традициям восточной и западной
сентиментальной прозы, мы попытаемся выявить типологические сходства между
ними.
традиция, художественное мышление,типологическое сходство,
романтический тип мышления,идеал,фантазия , эмоция,нереалист, сентиментальный
герой
EASTERN AND WESTERN SENTIMENTAL PROSE TRADITIONS
Abstract:
A typological study of the work of any writer requires the researcher to know
in what literary environment he belongs to, territorial and national affiliation. At the moment,
the study of the issue of the mutual typological influence of Eastern and Western literature
also leads to the need for a historical approach to the object of study. Already, literature is the
art of words. In addition to being a word art, it also acts as a cultural-historical bridge
between the peoples of the world. In this article, reflecting on the traditions of the eastern and
Western sentimental prose, it aims to identify typological similarities between them.
Keyword
: tradition, artistic thinking, typological similarity, type of romantic thinking,
ideal, fantasy, emotion, non-realistic, sentimental hero.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
105
Akademik Izzat Sultonning “Adabiyot nazariyasi” kitobida badiiy tafakkurning tarixan
ikki tipi ajratilishi haqida so‘z boradi: “Demak, qadim zamonlardan boshlab insoniyatning
badiiy tafakkurida ikki xil yo‘l mavjuddir: ba’zi yozuvchilarning ijodida hayotni muallifning o‘z
orzusiga yaqinlashtirib (Belinskiy ta’biri bilan aytganda, “ideallashtirib”) tasvirlash hukmron
bo‘lsa, ba’zi yozuvchilar hayotni “aslida qanday bo‘lsa, shunday” tasvirlashga harakat etadilar.
Hozirgi zamon adabiyotshunosligida birinchi xil badiiy tafakkur – “romantik tafakkur tipi”,
ikkinchi xil tafakkur – “realistik tafakkur tipi” deb ataladi”, deb yozadi bu haqda olim [Султон
И.,1980;356]. Professor D.Quronov ham bu borada I.Sulton fikrlariga yaqin fikrga keladi.
N.G.Pospelovning hayotni badiiy aks ettirishning realistik va norealistik prinsiplari mavjudligi
haqidagi fikrlarini keltirib, uni to‘la ma’qullaydi. Ammo uningcha, realistik prinsipga baqamti
turadigan norealistik prinsipni N.Pospelov tavsiya etganidek “normativ prinsip” tarzida atash
to‘g‘ri emas: “Nima bo‘lganda ham, - deb yozadi bu haqda olim, - bizga tushunchaning
mohiyatiga muvofiq ravishda badiiy aks ettirishning norealistik prinsipi deb atalgani ma’qul
ko‘rinadi. Sababi, avvalo, aks ettirilayotgan voqelikning ideal asosida qayta ishlanishi, ya’ni
“normativlik” momenti har qanday asarda bor; ikkinchidan, “realistik”ning ziddini anglatuvchi
“norealistik” atamasi tushuncha mohiyatiga aniqroq ishora qiladi”[Қуронов Д.,2021;183]
(ta’kid muallifga qarashli, N.M.). D.Quronovning G.N.Pospelov qarashlari asosida ilgari surgan
ushbu xulosasi I.Sulton xulosalari bilan deyarli bir xil ma’noni anglatadi. Ularning har ikkalasi
badiiy tafakkur tarixida mavjud poetik talqinlarning barchasi ikki prinsipga jamlanishini,
ularning biri borligicha (realistik), ikkinchisi ideal, xayolot va hissiyotlar asosida (norealistik
yoki romantik) ekanligini ta’kidlaydilar. D.Quronov qator rus va o‘zbek olimlarining ijodiy
metod va adabiy yo‘nalishlarga doir fikr-qarashlarini umumlashtirib shunday xulosani ilgari
suradi: “Xullas, adabiy jarayonda yuqorida ko‘rib o‘tilgan hayotni badiiy aks ettirish
prinsiplari, ijodiy metod va uslub tushunchalari umumiylik-xususiylik munosabati asosida
hamisha o‘zaro mustahkam aloqada yashaydi. Bu silsilada eng umumiy tushuncha – badiiy aks
ettirish prinsipi qalam ahlini hayot materiali (olam)ni asliga monand aks ettirish yo o‘zida u
haqda anglay olganlarini ifodalaydigan badiiy model yaratishga yo‘naltiradi. Ushbu amalni
ijodiy metod konkretlashtiradi – hayot materialidan nimani tasvirlash, uning qaysi jihatlarini
urg‘ulagan holda umumlashtirish hamda qanday baholashni belgilaydi. Nihoyat, uslub mazkur
ikkisini qamrab olgan holda ularning har bir badiiy asar, har bir ijodkor, har bir davr yo har
bir yo‘nalish doirasida o‘ziga xos tarzda tatbiq etilishi va betakror badiiy shaklda
voqelanishini ta’minlaydi” [Қуронов Д.,2021;183] (ta’kidlar muallifga qarashli, N.M.).
Bundan kelib chiqadiki, ijodiy metod, adabiy yo‘nalish va oqimlarning tarixiy taraqqiyot
yo‘li xarakterlar (ya’ni inson), voqelik (ya’ni syujet), aks ettirish usuli (badiiy aks ettirish)ning
qaysi prinsip asosida shakllangani va amal qilayotganiga qarab belgilanadi. Bunday prinsiplar
juda ko‘p va o‘zaro juz’iy farqlanishlarga ega bo‘lishiga qaramasdan jamlama holatida ikki xil
“badiiy tafakkur tipi” (I.Sulton) yoki “badiiy aks ettirishning ikki xil prinsipi” (D.Quronov)ni
namoyon etadi. Ularni “realistik va norealistik”, “realistik va romantik”, “ratsional va
irratsional” tarzida nomlash mumkin.
Sentimentalizm norealistik, irratsional yoki romantik tafakkur tipi bo‘lib hisoblanib,
tarixiy jarayonda uning ham Sharq, ham G‘arb badiiy tafakkuri muhitida izchil kuzatishimiz
mumkin.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
106
G‘arb adabiyoti singari Sharq adabiyotida sentimentallik tarixiy asosga ega. Qator folklor
asarlaridagi qahramonning sentimental holatini ifodalovchi epizodlar, obraz tiplari, detal va
psixologik talqinlar mavjud. Bunday xususiyatni biz Sharq adabiyotining ilk yozma
namanalarida ham uchratishimiz mumkin.
Misol tariqasida Sharqdagi islom muhitida ijod etilgan Abulqosim Firdavsiyning
“Shohnoma” asarini olaylik. Asarda turli dramatik, tragik voqealar, vaziyatlar talqini bilan
birgalikda sentimentallikka yo‘g‘rilgan syujetlar, epizodlarni, sentimental qahramonlar
talqinlarini ko‘plab uchratishimiz mumkin.
“Shohnoma” dostonining har bir qissasida bunday holatlar talqini yuksak mahorat bilan
berilganini alohida ta’kidlash kerak. Misol uchun Som, Zol, Hushang, Faridun, Bahrom,
Iskandar, Siyovush qissalarini bu nuqtai nazarga ko‘ra keng tahlil etish mumkin.
Sharq adabiyotida ham sentimentallik azaldan mavjudligi va uning G‘arb sentimental
adabiyoti bilan mushtarak jihatlari borligini ko‘rsatish maqsadida ba’zi asarlarda kelgan
shunday o‘rinlarga to‘xtalib o‘tish ehtiyoji bor. Shuning uchun “Shohnoma” asaridagi bitta
xarakterli epizodga to‘xtalish bilan kifoyalanamiz.
Ma’lumki, asarda “Rustam va Suhrob” voqeasi katta o‘rin tutadi. Shoh Kovusning yaqin
mulozimi, do‘sti va lashkarboshisi bo‘lgan pahlavon Rustam ov qilib yurar ekan Samangan
shahridagi hukmdorning qizi Taxmina bilan uchrashib qoladi. Ular o‘rtasida sevgi-muhabbat
ishqi paydo bo‘lib, turmush qurishadi. Bu turmushdan Suhrob dunyoga keladi. Suhrob ham
otasidek pahlavonga aylanadi. Devlar bilan olishib ularni mag‘lubiyatga uchratadi. Hech kim
eplayolmagan Oqqal’ani egallaydi. Mustaqil hukmdorga aylanadi. Turklar tomonga turib
Kovqus qarorgohiga hujum qiladi. Forsning yetakchi pahlavoni bo‘lgan Rustam hujum qilib
forslar yuragiga vahima solgan yengilmas bahodir Suhrob o‘z o‘g‘li ekanligini bilmasdan
janggohga chiqadi. Tajriba va ayyorlikda Suhrobdan ustun bo‘lgan Rustam hiyla-nayrangnlar
bilan Suhrobni o‘ldiradi. Ammo o‘ldirgani o‘z pushtikamaridan bo‘lgan Suhrob ekanligini
bilmaydi. Syujetdagi favqulodda bilib qolish holati asarda shunday tasvirlanadi. Suhrob:
“Otam bilsa – tuproq mening yostug‘im,
Xunim istab kelar, ko‘tarar tug‘im.
Shuncha nomdorlardan birorta odam,
Borib aytsa, xabar toparku Rustam...
Rustamning holati:
Gangib qoldi buni eshitib Rustam,
Qop-qorong‘u bo‘ldi ko‘zin o‘ngi ham.
Qo‘l-oyoq bo‘shashib tobi ham qochdi,
Hushdan ketib yotdi, so‘ng ko‘zin ochdi...
Nola bilan dedi: “Qani ayta qol,
Bormi Tahmtandan senda bir nishon,
Men Rustam, yer yutsin meni shul zamon,
Motamimni tutsin Som o‘g‘li – Doston...”[
Абулқосим Фирдавсий., 2011;197].
Shu fojiaviy o‘lim voqeasidan keyin dostonda “Rustamning Suhrob jasadi ustida nola
qilgani” degan sarlavha keladi. Bu bo‘lim sarlavhasidan boshlab, oxirigacha sentimental
ruhiyat tasvirini ifodalaydi. Otaning o‘g‘il jasadi ustidagi yig‘isi azaldan bor va adabiyotda ham
bu holat tasviri bitta emas. Ammo Rustamning holati tasviri boshqa bunday holatlar tasviriga
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
107
o‘xshamaydi. Bu holat o‘z o‘g‘lini bilmay o‘ldirib qo‘ygan otaning yig‘isidir. Chunki bu yig‘ida
fojiaviylik bilan sentimentallik qorishib ketgan bo‘lib, bu adabiyot tarixida tasvirlangan noyob
tasvirlardan biridir.
Barcha sentimental holatlardagi kabi Rustam ham bu yerda faqat yig‘i va tushkunlik,
o‘limning haqligi to‘g‘risida o‘ylashdan, taqdirga tan berishdan boshqasiga yaramaydi. Sharqu
G‘arb adabiyotidagi barcha sentimental holatlar xuddi shunday tasvir etiladi.
Nemis qahramonlik eposi “Zigfrid haqidagi qo‘shiq”da kelajagi oldinda, buyuklik va
buyuk ishlar kutib turgan shahzoda Zigfridni dushmanlar juvonmarg qilishadi. Ayyorlikda
Surxayl kampirni ham yo‘lda qoldiradigan Xagen Zigfridning xotini Krimxildadan Zigfridning
qanday o‘ldirish mumkin ekanligini bilib oladi. Zigfrid ajdarni o‘ldirib, uning qoniga
cho‘milayotgan paytida bir qurigan xazon bargi yelkasiga yopishgan, natijada aynan shu
joyiga ajdar qoni tegmay qolgan, o‘sha joyi zirhlanmay “Axill tovoni”ga aylangan edi. Xagen
Krimxildani avrab, hatto Zigfridning jangga kiyadigan sovutining o‘sha zaif joyini belgilab
qo‘yishgada ko‘ndiradi. Bu hodisadan keyin: “Krimxilda ko‘ngliga ichki vahima oralaydi.
Falokat haqida karomatli tush ham ko‘radi. Zigfrid xotinini silab-siypab ovutadi va urushga
jo‘naydi” [Песень о Нибелунгах., 2024] (tarjima bizga tegishli, N.M.). Agarda “Shohnoma”dagi
Rustami doston qissasida ota bilmasdan o‘z o‘g‘lini o‘ldirib qo‘ygan, undagi nishona – gavharni
ko‘rib tanib qolgandan keyin pushaymonlar ichra iztirob chekkan bo‘lsa, Krimxildaning holati
ham shunga yaqinroq tarzda ro‘y beradi. Mana shu o‘ylovsizligi, sirni saqlay olmagani sababli
Zigfrid fojiali o‘lim topadi. Zigfridning o‘limi asarda haqiqatdan ham o‘ta fojiali va sentimental
bo‘yoqlarga boy holda tasvirlanadi. Haqiqatdan ham, Reyn shahzodasi Zigfridning taqdiri o‘ta
ayanchli tugaydi. U muhabbat yo‘lida qurbon bo‘ldi. Krimxilda uchun o‘ziga dushman orttirdi.
Oqibat xoinlar tomonidan o‘lim topdi. Krimxildaning pushaymonli ko‘z yoshlari, uzlati esa
roppa-rosa 13 yil davom etdiki, bu bizningcha har bir er kishi havas qilsa arziydigan sadoqat,
ko‘plab ayollar zotining qo‘lidan kelmaydigan vafodir. Qahramonlarning bunday murakkab
holatlarini esa faqat sentimental ruhda talqin etish mumkinki, buni nemis shpilmanlari, ya’ni
baxshi-dostonchilari yuksak darajada aks ettirishgan.
Bunga o‘xshash sentimental elementlarni biz Sharq va G‘arbning boshqa yana ko‘plab
manbalarida uchratishimiz mumkin bo‘ladi.
Xulosa qiladigan bo‘lsak,bunday voqealar va holatlar tasviri mazmun-mohiyatiga ko‘ra
to‘laligicha sentimental asar sanalmaydigan og‘zaki va yozma adabiyot namunalarida mavjud
bo‘lgan va bundan keyin ham mavjud bo‘lishi tabiiy. Markazida inson turgan adabiyot inson
va tabiat munosabatlarini, odamning ichki dunyosi, hissiy-emotsional holatlari, taraqqiyot va
an’ana, hissiyot va intellekt, hayot va o‘lim, muhabbat va hijron, shahar va qishloq, shaharlik
va qishloqlik odam, shodlik va yig‘i, optimizm va pessimizm muammolarini badiiy aks
ettirmasligi mumkin emas.
Eng muhimi badiiy tasvir va talqinning bu va bundan boshqa ko‘plab ko‘rinishlari Sharq
va G‘arb adabiyotidagi janr shakllari, tasvir prinsiplari, inson obrazini realistik, xalq hayoti
bilan muvofiqlikda, tabiiy tasvirlash usullarida yaqqol namoyon bo‘ladi.
References:
1.
Абулқосим Фирдавсий. Шоҳнома. – Тошкент: Ғ.Ғулом номидаги НМИУ,
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
108
2.
Султон И. Адабиёт назарияси. – Тошкент: Ўқитувчи, 1980. – Б. 356.
3.
Қуронов Д. Адабиёт назарияси асослари. 2-қисм. – Алматы: CyberSmith, 2021. – Б.
183.
4.
Песень о Нибелунгах. 15-я авнтюра [22. September 2024]