ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
94
THE HISTORY OF PUBLIC SPEAKING AND ITS APPEARING REASONS
Kadirov Maksudbek Uktamovich
Urganch davlat universiteti magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14038112
Annotatsiya.
Ushbu maqolada notiqlik san’atining paydo bo’lish sabablari, “Ritorika”
vatani, “logograf” kasbiga bo’lgan talab haqida bir talay ma’lumotlar keltiriladI. Bundan
tashqari, maqolada notiqlik san’atining dunyoga mashhur namoyondalari, ularning hayot yo’li
va “ritorika” san’atiga qo’shgan hissasi haqida ham fikrlar keltirilgan.
Kalit so’zlar.
Ritorika, notiq, logograf, sofist, Afina, Yunoniston.
Annotation.
This article provides a lot of information about the reasons for the
representation of the art of oratory, the homeland of "rhetoric", and the demand for the
profession of "logographer". In addition, the article also contains thoughts about the world-
famous representatives of the art of oratory, their life path and their contribution to the art of
"rhetoric".
Key words.
Rhetoric, orator, logographer, sophist, Athens, Greece.
Аннотация.
В данной статье дается много информации о причинах
репрезентации ораторского искусства, родине «риторики», востребованности
профессии «логограф». Кроме того, в статье также содержатся размышления о
всемирно известных представителях ораторского искусства, их жизненном пути и
вкладе в искусство «риторики».
Ключевые слова.
Риторик, оратор, логограф, софист, Афины, Греция.
Notiqlik haqidagi ta’limot uzoq o’tmishga borib taqalib, uning Assuriya, Vavilon,
Hindiston va Misrda paydo bo’lganligi haqida ma’lumotlar bor. “Ritorika” san’ati yuqorida
sanab o’tilgan davlatlarda paydo bo’lganligiga qaramasdan, Afina va Rimda notiqlik ta’limot
darajasiga yetgan.
Qadim zamonlardan omma oldida nutq so’zlash, insonlarni o’ziga ishontirish, ilgari
surayotgan g’oyaga ergashtirish, bayon etilayotgan fikrning ishonchli va asosli chiqishiga
urunish, fikrni aniq, lo’nda va ta’sirli chiqishi notiqning so’zamonlik mahoratiga, notiqlik
san’atiga bog’liq bo’lgan.
O’sha davrda yuqori ijtimoiy mavqega ega bo’lish, xalq boshqaruvi va siyosiy
harakatlarda, sud ishlarida qatnashish insonlardan eng avvalo go’zal nutq sohibi bo’lish bilan
birga, aql-zakovat va notiqlik mahorati talab etilgan.
Qadim Yunonistonda demokratiya tuzumining yo’lga qo’yilishi har bir oddiy fuqaro
siyosiy yig’inlarda, davlat majlislari, sud ishlarida so’zga chiqib nutq so’zlash imkoniyatiga ega
bo’lgan, aynan shuning uchun ham insonlarda “notiqlik” san’atiga bo’lgan qiziqish keskin
tarzda kuchaygan. Chunki o’sha darvlarda notiqlik san’atini egallagan kishining mavqei
askarlik maqomi bilan tenglashtirilgan bo’lib, bu jamiyatdagi eng yuqori lavozimlarda
hisoblangan. O’sha davrning eng mohir notiqlari ham aynan Afina va Rimda mahoratli, so’zi
o’tkir notiq bo’lib yetishgan Aristotel, Demosfen, Sitseron, Lisiniy Krass, Mark Antoniy va
boshqalar shular jumlasidandir.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
95
Qadim Yunonistonda sud tizimi takomillashuvi va tartibga solinishi aholi o’rtasida
notiqlarga bo’lgan talabni oshirdi. Chunki sud jarayonida da’vogar ham, sudlanuvchi ham nutq
so’zlab o’zining da’vo-shikoyati yoki aybsizligini ishonarli va mazmunli nutqi orqali isbotlashi
zarur hisoblangan. Oddiy o’qimagan aholi vakillarining esa bu ishni uddalay olmasligi aniq
bo’lgan. Aynan shuning uchun ham aholining ilmsiz, notiqlikdan xabari yuq qatlamigi sud
jarayonida bo’lgan voqea-hodisalarni ta’sirli qilib so’zlab berishda ularga zukko notiqlar
ko’maklashgan. O’sha davrda ushbu ma’suliyat
“logograf”
1
lar (bugungi kundagi “advokat”
vazifasini bajarishgan) zimmasiga tushgan bo’lib, ular shu davr qonunchiligidan, sud-huquq
tizimidan ma’lumotga ega, bilimli shaxslar bo’lishgan.
Sud-huquq tizimidagi
“logograflar”
ga bo’lgan talab, keyinchalik notiqlik san’ati rivojiga
katta hissa qo’shgan desak, hech yanglishmagan bo’lamiz.
Eramizdan oldingi V asrda shakllangan notiqlik san’ati faqat og’zaki tarzda bo’lgan
bo’lib, notiqlar tomonidan yozilgan betakror va go’zal na’munalar badiiy adabiyot na’munasi
sifatida qabul qilinmagan. V asr o’rtalariga kelib, notiqlikka ilmiy yondoshish shakllana
boshlab, ushbu san’at turi bilan shug’ullanuvchi shaxslar
sofistlar
hisoblangan. “Ritorika”
san’ati nazariy asoslari bilan shug’ullanuvchilar “ritor”lar nomi bilan atalgan. Ushbu davrda
Sitsiliyada demokratiyaning yo’lga qo’yilishi, so’z erkinligi bilan bog’liq vaziyatlar “ritorika”
san’ati rivoji uchun asosiy omil hisoblangan, va aynan shuning uchun ham Sitsiliya “ritorika”
san’atining asl vatani deb tan olingan.
Notiqlar tomonidan yaratilgan go’zal va mazmundor nutq matnlari nasriy va she’riy janr
na’munalari sifatida qabul qilingan, bunday notiqlar qatoriga Aristotel, Demosfen, Sitseron,
Lisiy, Perekil, Gorgiaslarni kiritishimiz mumkin.
Aristotel
(eramizdan avvalgi 384-322 yillar) U Makedoniya yarim orolida shiforok
oilasida tug’ilgan. Otasi Nikomax poshdo Amintii II saroyida shifokor bo’lib ishlagan. O’rta
Osiyoda Arastu nomi bilan mashhur bo’lgan Aristotel o’z zamonasining mashhur olimi bo’lgan
Platonga shogirdlikka tushadi
2
. Aristotel zamonidagi siyosiy zo’ravonliklar sababli Afinada
Troadga, u yerda Assosga, keyin Lesbos yarim oroli Mitilen shahriga, unda Makedoniyaga
ko’chib boradi. Shu yerda podsho Flipp rahnamoligida falsafa maktabi tashkil etadi.
Zamonning talabi bilan notiqlikka e’tibor yanada kuchayib, Gretsiyada ham notiqlik
maktablari tashkil etila boshlanadi. Aristotelning notiqlikka bag’ishlangan
“Poetika”
va uch
kitobdan iborat
“Ritorika”
nomli asarlari dunyo yuzini ko’radi.
Demosfen
(eramizdan avvalgi 384-323 yillar) U Afina shahrida o’ziga to’q oilada
dunyoga keladi. Otasi qurol-yaroq ustaxonasi egasi bo’lgan. Bo'lajak notiq 5 yoshga to'lganida
otasi vafot etib, Demosfen va uning singlisiga otadan katta meros qoladi. Bolalaning tarbiyasi
va merosi ularning tog'asiga topshiriladi. Tog'asi barcha boyliklarni o’z nomiga olgach, bolalar
tarbiyasi bilan umuman qiziqmay qo’yadi.
Demosfen voyaga yetgach, tog'asi unga pullarning ma’lum bir qismini, uyi hamda
qullarini beradi holos. Demosfen tog‘asidan mol-mulkning qolgan qismini ham qaytarishni
so’raydi, tog’asi bunga ko’nmagach, mulkni sud orqali undirish uchun, sudga ariza berishga
to’g’ri keladi. Sudda yutub chiqish uchun esa Afina davlat qonunlarini bilish, notiqlik
1
https://dic.academic.ru/dic.nsf/dic_fwords
2
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
96
mahoratiga esa bo’lish zarur edi. Shu sababli Demosfen notiqlik san’atini o'rganish uchun o‘z
davrining mashhur advokati Isey maktabida ta’lim oladi. U o’qish jarayonida mashhur tarixchi
Fukidid, faylasuf Platon asarlarini qunt bilan o’qib o’rganadi. Va mol-mulkni qaytarib olish
uchun bo’lgan sud besh yil davom etadi. Shu davr mobaynida u ustozi bilan ko’pgina sud
majlislarida ishtirok etib, o’zining notiqlik mahoratini yanada sayqallab boradi. Uning keng
ommo oldidagi birinchi va ikkinchi nutqi muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Buning asosiy sababi
esa uning “R” harfini to’g’ri talaffuz eta olmasligi edi. Demosfen ushbu muvaffaqiyatsizlikdan
keyin o’z xatosini tushunadi, va o’z ustida uzoq yillar ishladi. Va nihoyat u o’z chiqishi bilan
xalq oldida qatnashib, ularning olqishiga sazovor bo’ldi. Shundan so’ng, u davlat majlislari, sud
muhokamalarida qatnasha boshlaydi. O’sha paytda davlat boshqaruvida bo’layotgan siyosiy
o’yinlar, demokratik kelishmovchiliklar sababli, Demosfen Kalavri oroliga qochib borib,
Poseydon ibodatxonasiga yashirinadi va dushmanlarga bo’ysunishdan ko’ra zahar ichib vafot
etishni afzal ko’radi, va o’z joniga qasd qiladi.
Sitseron
(eramizdan avvalgi 103-43 yillar) Mark Tulliy Sitseron Rimdan uzoq bo‘lmagan
Arpina shahrida dunyoga kelgan. Bolalik yillari Arpina shahrida o‘tadi. Keyinchalik otasi
farzandini o’qitish maqsadida Rimga ko‘chib o‘tadi. Rimda Yunon muallimlar qo’lida tarbiya
topgan Sitseron Yunon tili va adabiyotini mukammal egallaydi. O’z davrining mashhur so‘z
ustalari Lisiniy, Kross Mark Antoniy kabi notiqlardan ritorika sirlarini o’rganadi. Ayni damda
falsafadan ham ta’lim oladi. Sitseron notiqlarning nutq so’zlash jarayonida turli mimika va
harakatlardan foydalanib so‘zlayotganlarini kо‘rib, aktyorlikdan ham xabardor bo'lish kerak
xulosaga kelib, Ezop va Rossiy kabi mashhur aktyorlaridan saboq oladi. Sitseronning birinchi
nutqi davlat rahbari Sull hamda Kott ismli notiq qarshiligiga uchraydi. Shu sababdan, ritorika
va falsafa fanidan chuqurroq bilim olish uchun Antio Askalonskiyga shogirdlikka tushadi. U
bir qancha shaharlarni kezib, bir qator notiqlardan saboq oladi. Rim hukmdori Sull vafotidan
keyin Sitseron Rimga qaytib keladi, va davlat ishlarida faol qatnasha boshlaydi. U sud
majlislarida qatnashib, o’z nutqi bilan xalqni qoyil qoldiradi. 58-yilga kelib, Sitseronning
davlat tuzumidagi qonun-qoidalarga norozilik ohangida bitilgan nutqlari sabab, uni Rimdan
badarg'a etishadi. Va Sitseron Yunonistonga jo’nab ketishga majbur bo’ladi. Vatanidan
haydalish Sitseron uchun juda qayg’uli holat bo’ladi. Do‘stlarining yordami bilan bir yarim
yildan so‘ng u Italiyaga qaytib keladi. Vataniga qaytgach, u nutq nazariyasi ustida izlanishlar
olib boradi. Va nihoyat, uning mashaqqatli mehnat samarasi hisoblangan uch kitobdan iborat
«Notiqlar haqida» nomli asari dunyo yuzini ko’radi. Mazkur asar dialog shaklida yozilgan
bo‘lib, Litsiniy, Kross Mark va Antoniy, Yuliy Sezar, Strabon, Katull, huquqshunos Ssevola va
uning shogirdlari Katt, Sulnitsiy, Ryflarning ijtimoiy va siyosiy nutqlari, ularning notiqlik
san’ati, hamda bu san’atining eng mayda-chuyda masalalaridan tortib siyosiy
muammolargacha bo’lgan fikr-mulohazalarini o‘z ichiga oladi
3
.
Sitseronning fikricha, notiq shunchaki sud ishlarining barcha qonun-qoidalarini yaxshi
biladigan qonunparast emas, balki davlat ishlarini chuqur tushunadigan, xalq qayg'usiga
hamdardlik qila oladigan davlat arbobi bo‘lmog‘i kerak. Shuning uchun notiqlik san’atiga
qiziqqan har bir kishi faqat Ritorika ilmiga oid ibtidoiy bilimlar bilan cheklanmasdan va
3
Bekmirzayev N. Notiqlik asoslari. — Т., “Yangi nashr”, 2008. B-29
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
97
o‘zining tabiiy iste’dodiga ishonib qolmasdan, doimo turli fanlarni o‘qib-o‘rganmog‘i, ilm va
madaniyatning yuqori cho‘qqilariga intilmog‘i darkor
4
.
Sitseronning “Brut” va “Notiq” nomli boshqa asarlari Rim notiqlik san’ati tarixiga
bag’ishlangan bo’lib, ushbu asarlarda attikachilarning nazariyalariga qarshi mulohazalar
bildirilgan. Uning ta’kidlashicha, har qanday notiqning ko‘zda tutgan asosiy maqsadi
tinglovchining zavqini uyg‘otib, ularni o‘ziga moyil qilishdan iboratdir. Notiq sharoitga qarab
mavjud uslublarning hammasidan baravar foydalanishi zarur. Sitseron bu fikmi davom ettirib,
“kimki jo‘n narsalar haqida oddiygina, kundalik voqealar haqida o'rta darajada, ulug‘ hodisalar
haqida esa zavq-shavq bilan gapirsa, shu odam so‘z san’atining chinakam ustasi bo‘ladi”
deydi
5
.
Hukumdor Sezar vafotidan keyin davlat boshqaruvi uning nabirasi Oktavian qo’liga
o’tadi. Sitseron va Oktavian o’rtasidagi kelishmovchilik Sitseronning qatl qilinishi haqidagi
farmoni bilan yakunlanadi.
Sitserondan qolgan butun insoniyat meros bo’lib qolgan ajoyib, takrorlanmas nutqlari
ko’p yillar davomida notiqlik san’atiga qiziqqan yoshlar tomonidan katta qiziqish bilan o’qib
o’rganilgan. Uning nutqlarini uyg’onish davrida Italiya, Fransiya va Olmoniyaning insonparvar
olimlari sevib o'rgandilar.
Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, jahon “Ritorika” sathida notiqlik san’atiga
o’zining salmoqli hissasini qo’shgan notiqlar bir qancha hisoblanib, har bir notiq so’z san’atida
o’zining o’chmas izlarini qoldirib ketgan. Ular tomonidan yaratilgan va kelgusi avlodlarga
qoldirilgan durdona nutq jamlanmalari, risolalari hanuzgacha nodir qo’llanma hisoblanib,
notiqlik san’atini egallashni niyat qilgan yoshlar uchun dasturul amal bo’lib xizmat qilmoqda.
References:
1.
Bekmirzayev N. Notiqlik asoslari. — Т., “Fan”, 2006.
2.
Bekmirzayev N. Nutq madaniyati va notiqlik asoslari. — Т., “Fan”, 2007.
3.
Волков A.A. “Курс русской риторики” — М., 2001.
4.
Jumaniyozov R. “Nutqiy mahorat”. — Т., “Adolat”, 2005.
5.
Byatt, A. S. The Biographer's Tale. Vintage, 2001.
6.
Graham, Allen. Intertextuality. Routledge, 2000.
7.
Jasinski, James. Sourcebook on Rhetoric. Sage, 2001.
8.
Plottel, Jeanine Parisier, and Hanna Kurz Charney. Intertextuality: New Perspectives
in Criticism. New York Literary Forum, 1978.
4
Ko’rsatilgan asar.
5
Bekmirzayev N. Notiqlik asoslari. — Т., “Yangi nashr”, 2008. B-29