Авторы

  • Madina Akramdjanova
    O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi kabinet mudiri

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.51728

Ключевые слова:

Korpus korpus lingvistikasi kompyuter lingvistikasi parallel matnlar korpusi chog‘ishtirma aspekt badiiy asar bo‘yicha parallel matnlar korpusi.

Аннотация

Korpuslar, birinchi navbatda, lingvistik tadqiqotlar uchun ma’lumotlar bazasidir. Tilning mavqeini oshirish, ijtimoiy funksiyalarini kengaytirish, kommunikatsiyadagi o‘rnini belgilash, axborot asri talablariga muvofiq ravishda takomillashtirishga doir tadqiqotlar olib borilmoqda. Hozirgi texnik imkoniyatlardan foydalangan holda milliy tillarning umumiy ma’lumotlar bazasini yaratish, shu asosda tilning  semantik imkoniyatlarini, mazmun ifodalash ko‘lamini belgilash global taraqqiyotning dolzarb masalalaridan biridir. Har bir tilda yaratilgan matnlar korpusi, birinchi navbatda, shu tilning lug‘at boyligini aks ettirishga xizmat qiladi.  Grammatik va uslubiy   xususiyatlarini aks ettiradi. Jumladan, Parallel matnlar korpusi tarjima qilinayotgan tillar o‘rtasidagi lakunar hamda realiya birliklarni to‘liq ifodalash imkonini beradi. Ushbu maqolada parallel matnlar korpusining ahamiyati haqida fikr yuritilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

34

PARALLEL MATNLAR KORPUSINI YARATISHNING AMALIY VA NAZARIY

AHAMIYATI

Akramdjanova Madina Ismatullayevna

O‘zbekiston Milliy universiteti

O‘zbek tilshunosligi kafedrasi kabinet mudiri

ummulrayxon@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14049849

Annotatsiya.

Korpuslar, birinchi navbatda, lingvistik tadqiqotlar uchun ma’lumotlar

bazasidir. Tilning mavqeini oshirish, ijtimoiy funksiyalarini kengaytirish, kommunikatsiyadagi
o‘rnini belgilash, axborot asri talablariga muvofiq ravishda takomillashtirishga doir
tadqiqotlar olib borilmoqda. Hozirgi texnik imkoniyatlardan foydalangan holda milliy
tillarning umumiy ma’lumotlar bazasini yaratish, shu asosda tilning semantik imkoniyatlarini,
mazmun ifodalash ko‘lamini belgilash global taraqqiyotning dolzarb masalalaridan biridir.
Har bir tilda yaratilgan matnlar korpusi, birinchi navbatda, shu tilning lug‘at boyligini aks
ettirishga xizmat qiladi. Grammatik va uslubiy xususiyatlarini aks ettiradi. Jumladan, Parallel
matnlar korpusi tarjima qilinayotgan tillar o‘rtasidagi lakunar hamda realiya birliklarni to‘liq
ifodalash imkonini beradi. Ushbu maqolada parallel matnlar korpusining ahamiyati haqida
fikr yuritilgan.

Annotation:

corpses are primarily a database for linguistic research. Studies are carried

out to increase the status of the language, expand its social functions, establish its place in
communication, improve it in accordance with the requirements of the information age. The
creation of a general database of national languages, taking advantage of the current technical
capabilities, on this basis, the definition of the semantic capabilities of the language, the scale
of content expression, is one of the pressing issues of global development. The div of texts
created in each language serves, first of all, to reflect the dictionary wealth of that language.
Aks reflect the mathematical and methodological featurestiradi. In particular, the parallel text
Corps provides a complete representation of lacunar and Real units between the translated
languages. This article gives an idea of the importance of a parallel text div.

Kalit so‘zlar

: Korpus, korpus lingvistikasi, kompyuter lingvistikasi, parallel matnlar

korpusi, chog‘ishtirma aspekt, badiiy asar bo‘yicha parallel matnlar korpusi.

Keywords:

Corpus, corpus linguistics, computer linguistics, parallel texts corpus, corpus

aspect, parallel texts corpus on the work of art.


Korpus lingvistikasi kompter lingvistikasi yo‘nalishi sifatida shakllandi. Korpus

lingvistikasi hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolar hajmining kengligi, vazifalarning keng
ko‘lamdaligi bois alohida soha sifatida rivojlanmoqda. Kompyuter lingvistikasi, korpus
lingvistikasi amaliy tilshunoslik yo‘nalishlari hisoblanadi.

Har bir tilning mavqeyi axborot-kommunikatsiyadagi o‘rni bilan belgilanadi. Tilning

axborot almashuv funksiyasini ta’minlashda kompyuter lingvistikasining, korpus
lingvistikasining ahamiyati katta. Korpuslar muayyan tilning xususiyatlarini yoritishda,
imkoniyatlarini aks ettirishda, tilshunoslik sohalarini, xususan, kompyuter leksikografiyasini


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

35

takomillashtirishda, ijtimoiy soha tushunchalarini ommalashtirishda amaliy ahamiyat kasb
etadi.

Kompyuter lingvistikasi taraqqiyotini ta’minlovchi asosiy lingvistik omil elektron

matnlar korpusi yoki parallel matnlar korpusidir.

Korpus

(korpus) lotincha so‘z bo‘lib, «tana»

degan ma’noni bildiradi. “Korpus so‘z, so‘z birikmasi, grammatik shakllarni, so‘z ma’nosini
muayyan qidiruv tizimi orqali topishni anglatuvchi elektron ko‘rinishdagi matnlar
jamlanmasidir [1]”. Korpuslar barcha yo‘nalishdagi tadqiqotlar uchun muhim manba sifatida
xizmat qiladi. Korpus lingvistikasining kommunikatsiya, axborot almashuv, ilmiy
tadqiqotlardagi ahamiyatli o‘rni tadqiqotchidan tavsiya qilingan adabiyotlardagi
ma’lumotlarni tahlil qilish, qiyoslash va baho berish ko‘nikmalariga, korpus lingvistikasining
dasturiy vositalari va axborot resurslari bilan ishlash malakasiga ega bo‘lishni talab etadi.

Korpus lingvistikasining shakllanishi, taraqqiyoti va nazariy asoslari tadqiqotlarda

yoritilgan.

Korpus lingvistikasi, uning predmeti izohlangan, ilmiy adabiyotlardagi ta’riflari til

korpusi ma’lum tilning belgilangan davrdagi, xilma-xil janr, rang-barang uslub, hududiy
hamda ijtimoiy variantdagi matnlarning elektron shakldagi maxsus dasturiy ta’minot
asosidagi yig‘indisi sifatida umumlashtirilgan [2].

Korpus lingvistikasida parallel matnlar korpusi muhim ahamiyat kasb etadi. Parallel

matnlar korpusi badiiy asar, qo‘llanma, ommaviy axborot vositalari, turli xil hujjatlarning ikki
yoki undan ko‘p tillardagi elektron ko‘rinishlaridir. Parallel matnlar korpusi chog‘ishtirma
aspektdagi tadqiqotlarda o‘ziga xos o‘rin tutadi. Parallel korpuslar yordamida bir so‘z, jumla,
abzats, supersintaktik butunliklarning turli tillardagi variantlarini bilish mumkin. Parallel
korpuslar – madaniyatlararo muloqot keng yoyilgan hozirgi davr uchun muhim bo‘lgan
ma’lumotlar bazasi. Parallel korpuslar orqali turli til muhitidagi, madaniyatlaridagi
universaliyalar hamda tillarning o‘ziga xos mental xususiyatlari, realiya va lakunar birliklarni
aniqlash mumkin bo‘ladi. Parallel matnlar korpusi avtomatik tarjima rivoji uchun ham xizmat
qiladi, kompyuter leksikografiyasining taraqqiyotini ta’minlaydi. Parallel matnlar korpusi
yordamida maxsus konkordanser dasturlar ishlab chiqiladi va turli xil ixtisoslik lug‘atlari
tuzish imkoniyati yuzaga keladi.

“Parallel matnlar korpusi ilmiy va amaliy maqsadlarda (shu jumladan, xorijiy tillarni

o‘qitish maqsadida) amalga oshirilmoqda. Parallel matnlar strukturasiga ko‘ra manba tildan
maqsad tilga tarjima matnlardan iborat. Masalan, «Alie in Wonderland» ingliz matni va uning
nemis, fransuz, rus tillaridagi tarjimasi parallel matnlarni yaratishga asos bo‘ladi [3]”.

Parallel matnlar korpusining shakllanishi tilning nufuzini oshirish, mavqeini

mustahkamlashga xizmat qiladi. Avvalo, parallel matnlar korpusi ma’lumotlar bazasi sifatida
kommunikativ funksiya bajaradi. Bir tildagi matnning boshqa tildagi tarjimasi
madaniyatlararo munosabatlarni aniqlashga, farqlarni ko‘rsatishga yo‘naltiriladi. Leksik
birliklarni boshqa tillardagi tarjima variantlari orqali semantik tahlil qilishga imkoniyat
yaratiladi. Axborot uzatishning turli tillardagi umumiy va spetsifik xususiyatlarini aniqlash
imkoni yuzaga keladi.

Badiiy asar bo‘yicha parallel matnlar korpusi, avvalo, ikki yoki bir necha tillar

grammatikasidagi o‘xshash va farqli jihatlarni tahlil qilish imkonini beradi. Parallel matnlar
korpusi har ikki tildagi badiiy uslub xususiyatlarini qiyoslashda ahamiyatlidir. Badiiy uslubda
tasvir vositalari, ko‘chimlar, obrazli ifodalar har bir til an’anasiga mos ravishda aks etadi [4]


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

36

Muallif nutqida tillarning grammatik xususiyatlari o‘z ifodasini topsa, qahramonlar nutqida
adabiy til va sheva so‘zlarining uyg‘un ravishda qo‘llanishi obrazli tasvir mahoratini
yoritishga xizmat qiladi.

Badiiy matnlar asosidagi korpus muayyan tillarga xos birliklar – realiya birliklarni ham

o‘z ichiga oladi. Parallel matnlar korpusi realiya birliklar tarjimasidagi tamoyillarni
aniqlashga imkon beradi. Realiya birliklarning kalkalash, semantik kalkalash, ekvivalent so‘zni
tanlash kabi usullardagi tarjimalari borasida ma’lumotlar olish mumkin bo‘ladi.

Badiiy asarlar asosidagi parallel matnlar korpusida frazemalar bilan bog‘liq muammolar

bo‘lishi aniq. O‘zbek tilidagi frazemalar ikki yoki undan ortiq so‘zdan tuzilib, shu so‘zlar
semantikasi asosida yangi ko‘chma lug‘aviy ma’noni shakllantirishga xizmat qiladi. Shu bois
parallel matnlar korpusini shakllantirishda to‘g‘ridan to‘g‘ri mashina tarjimasidan
foydalanilsa, semantikani to‘g‘ri yoritishda muammolar kelib chiqadi. Muammolarni bartaraf
etish uchun frazemalar sodda va qo‘shma leksik birliklar, so‘z birikmalaridan farqlashi,
maxsus teglar, razmetkalar bilan belgilanishi lozim. Frazemalar tarjimasida, albatta,
mutaxassis nazorati kerak bo‘ladi.

Parallel matnlar korpusi turli tillar asosida xilma-xil madaniyatlarni solishtirish,

madaniy munosabatlarni ifodalovchi leksik birliklar mazmun-mohiyatini o‘zlashtirish
imkoniyatini beradi. Parallel matnlar korpusi orqali tillarning fonetik, leksik, morfologik,
sintaktik xususiyatlarini qiyoslash, chog‘ishtirish mumkin. Bunday korpuslar so‘z
turkumlariga xos kategoriyalar, grammatik ma’noning ifodalanishi, so‘z yasalish tizimiga oid
ma’lumotlar bera olishi bilan ham e’tiborga molikdir.

Qo‘llanma, o‘quv adabiyotlari matni bo‘yicha tuzilgan korpuslar ilmiy uslub

xususiyatlarini yoritishda, muayyan soha bo‘yicha nazariy ma’lumotlar berishga
mo‘ljallangan. Ommaviy axborot vositalari doirasida tuzilgan parallel matnlar korpusi
ommaviy nashrlarning turi, mazmuni haqida to‘liq ma’lumot beradi[5]. Matbuot nashrlarida
yoritilayotgan masalalar mazmunini o‘zlashtirishga yordam beradi. Parallel matnlar
korpusiga televidenie va radiomatnlarning og‘zaki varianti (audiomatnlar)ni joylashtirish
ma’lumotlar bazasining illyustrativligini oshiradi.

Rasmiy, ish yuritish hujjatlariga oid parallel matnlar turli tillardagi rasmiy ish yuritish

uslubi, me’yoriy-huquqiy hujjatlar qolipini aniqlashda ahamiyatlidir. Parallel matnlarning bu
ko‘rinishi turli tillardagi rasmiy uslub xususiyatlarini qiyoslash, universal hamda farqli
jihatlarini yoritish maqsadi qo‘yilgan tadqiqotlar uchun manba vazifasini o‘taydi.

Xulosa qilib aytganda, Parallel matnlar korpusidan til ta’limi, til o‘qitish tizimida

lingvistik ma’lumotlar bazasi sifatida foydalanish mumkin. Badiiy asarlar mazmunini
o‘zlashtirish, konseptual tahlil qilish, matn lingvistikasi asoslarini, turli tillarga xos matn
xususiyatlarini o‘rganishda parallel matnlar korpusining ahamiyati katta.

References:

1.

http://rusorpora.ru

2.

Hamroeva Sh. M. Ŭzbek tili mualliflik korpusini tuzishning lingvistik asoslari: Filol. fan. f.

d. (PhD) dis. avtoref. – Qarshi, 2018. –B.9
3.

Baranov A.N. Vvedenie v prikladnuyu lingvistiku. - M.: Editorial URSS, 2001.-S.61.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

37

4.

Po‘latov A. Kompyuter lingvistikasi. –T., 2011;

5.

Rahimov A. Kompyuter lingvistikasi asoslari. –Toshkent: Akademnashr, 2011. –B.117

Библиографические ссылки

Hamroeva Sh. M. Ŭzbek tili mualliflik korpusini tuzishning lingvistik asoslari: Filol. fan. f. d. (PhD) dis. avtoref. – Qarshi, 2018. –B.9

Baranov A.N. Vvedenie v prikladnuyu lingvistiku. - M.: Editorial URSS, 2001.-S.61.

Po‘latov A. Kompyuter lingvistikasi. –T., 2011;

Rahimov A. Kompyuter lingvistikasi asoslari. –Toshkent: Akademnashr, 2011. –B.117