Авторы

  • Baxrambek Abdisharipov
    Ma'mun universiteti Roman German kafedrasi Ingliz tili o'qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.51732

Ключевые слова:

Birinchidan ajoyib hech qachon unchalikmas shubhasiz.

Аннотация

Har bir tilda shunday so‘zlar yoki so‘z birikmalari borki, ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima ham qilib tushinib bo‘lmaydi. Ushbu tezisda bir nechta iboralarni ko‘rib chiqamiz.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

21

O‘ZBEK TILIDAGI IBORALARNING INGLIZCHA QO'LLANILISHI

Abdisharipov Baxrambek Baxodir o'g'li

Ma'mun universiteti

Roman German kafedrasi

Ingliz tili o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14049178

Annotatsiya:

Har bir tilda shunday so‘zlar yoki so‘z birikmalari borki, ularni to‘g‘ridan-

to‘g‘ri tarjima ham qilib tushinib bo‘lmaydi. Ushbu tezisda bir nechta iboralarni ko‘rib
chiqamiz.

Kalit so'zlar:

Birinchidan, ajoyib, hech qachon, unchalikmas, shubhasiz.

Аннотация:

В каждом языке есть слова или фразы, которые нельзя понять даже

при прямом переводе. В этом тезисе мы рассмотрим несколько выражений.

Ключевые слова:

Во-первых, круто, никогда, не так уж, без сомнения.

Annotation:

Each language has such words or combinations of words that cannot be

translated directly. In this thesis, we will consider several phrases.

Keywords:

Firstly, very good, never ever, not really, indeed.

Kirish:

O'zbek tilidagi iboralar va ularning ingliz tilidagi ekvivalentlari ko'pincha

ma'lum kontekstda farq qilishi mumkin. Quyida ba'zi mashhur o'zbek iboralari va ularning
inglizcha tarjimalarini keltiraman.

Firstly, secondly, thirdly… - «Birinchidan, ikkinchidan, uchinchidan...»
“Inglizcha” quloq uchun rasmiy tuyuladi (so‘zlashuvda odatda first, second, third

qo‘llaniladi), biroq tilni yaxshi bilishingizni ko‘rsatadi. Ammo in the first, in the second va hk.
ko‘rinishida qo‘llab bo‘lmaydi.

Firstly, I prefer airplane because it’s fast. Secondly, they give you meals, and thirdly, I

like a view from the window. - Men samolyotlarni ma'qul ko‘raman. Chunki birinchidan, tez,
ikkinchidan, u yerda taom berishadi, uchinchidan, illyuminatorni tomosha qilishni
yoqtiraman.

Very good. - «Ajoyib»
O‘zbek tilida bo‘lgani kabi ingliz tilida bu ibora asl ma'nosiga zid ma'noni ham anglatishi

mumkin.

I left your glasses at home. — Men ko‘zoynagingni uyda unutibman. Very good. —

Ajoyib.

Get out! «Yo‘g‘-ye!», «Qo‘ysang-chi»
Asl ma'nosidan tashqari hayrat va ishonchsizlikni ham anglatishi mumkin.
I’m going to get married. — Uylanyapman. Get out! — Yo‘g‘-ye!

Never ever - «Hech qachon»
“Hech qachon” so‘zi ma'nosini kuchaytirish uchun xizmat qiladi. I will never ever do it

again.- Men boshqa hech qachon bunday qilmayman.

It’s not rocket science - «Bu oliy matematika emas»
Agar kimdir nimanidir murakkab desa-yu, siz esa buni noto‘g‘ri deb hisoblasangiz, ingliz

tilida (so‘zma-so‘z aytganda) “bu raketa ilmi emas” tariqasida aytishingiz mumkin. Managing


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

22

people is hard but it’s not rocket science. - Odamlarni boshqarish osonmas, biroq bu oliy
matematika emas.

Ain’t no. - inkor shakl
Am/is/are not yoki have/has not tuzilmasining so‘zlashuvda ishlatiladigan ko‘rinishidir.

Yoshlar va oddiy odamlar tomonidan qo‘llaniladi, ma'lumotga ega bo‘lganlar “ensasi qotishi”
mumkin. Biroq yuqori baholashlar aniq. I ain’t got no cigarettes.- Menda sigaret yo‘q.

Going nuts (be nuts).- «Aqldan ozibdi», «tomi ketibdi»
Yong‘oqqa umuman aloqasi bo‘lmagan, so‘zlashuvda qo‘llaniladigan ibora. Tornado is

about to come, everyone’s going nuts.- Yaqinda to‘fon keladi, hamma aqldan ozayotganga
o‘xshaydi. John is nuts.-Jonning “tomi ketibdi”.

Let’s just say.- «Qisqacha qilib aytganda…», «Qisqasi…»
Biror narsani batafsil tushuntirishni istamagan hollarda qo‘llaniladi. Let’s just say I’m

not a big fan of Elvis.- Qisqasi, men Elvisning muxlisi emasman.

Let’s sleep on it- «Ertagacha qoldiraylik»
Ba'zida qaror qabul qilish uchun vaqt kerak. “Tong kechki vaqtga qaraganda donoroq”

deyishadi-ku. Shuning uchun inglizlarda “buning uchun bir uxlab turish kerak” deyiladi. I can’t
make a decision right now, let me sleep on it. Men hozir qaror qabul qila olmayman, ertagacha
o‘ylab ko‘rishim kerak.

Not really.- «Unchalikmas»
Juda keng tarqalgan bu ibora.
Are you ready to go? — Borishga tayyormisan?, Not really. — Unchalikmas.

Help yourself.- «Oling-oling», «bemalol»
Asl ma'nosidan tashqari, ko‘pincha gap shaklida mustaqil ravishda harakat qilishga

ruxsat ma'nosida qo‘llaniladi. May I use your phone?— Telefoningizdan foydalansam
bo‘ladimi?, Help yourself! — Bemalol!

Indeed.- «Haqiqatan ham», «shubhasiz»
Bu so‘z aytilgan gap yoki rozilikni kuchaytirish ma'nosida qo‘llaniladi. He sounds

reasonable. — U to‘g‘ri aytyapti, He is indeed. — Shubhasiz.

May I be excused?- «Tashqariga chiqsam maylimi?»
Ro‘yxatimizdagi bebaho gavhar ibora mana shu. O‘nta ingliz tili o‘qituvchisidan

“Chiqsam bo‘ladimi?”ni qanday aytishni so‘rab ko‘ring. Ulardan to‘qqiztasi «May I get out?»,
«May I go out?» shakllarini aytadi. The girl raised her hand and said, “Mrs Jones, may I be
excused?”, Qiz qo‘lini ko‘tarib, dedi: «Jons xonim, tashqariga chiqsam maylimi?»

I’m done.- «Tugatdim», «Charchadim»
Gap og‘zaki nutqda ko‘p ishlatiladi. I’m done washing dishes, let’s go. Idishni yuvib

bo‘ldim, ketdik.

So are you / so am I; me neither.- «Sen ham/men ham»; «men ham ...madim»
Agar “men ham”, “siz ham”ni me too shaklida emas, haqiqiy ingliz tilida aytmoqchi

bo‘lsangiz, so so‘zini olib, ko‘makchi fe'l va egani qo‘yasiz. Agar bildirilgan inkor fikrga rozi
bo‘lsangiz, u holda so o‘rniga neitherdan foydalaning.Birinchi shaxsdagi inkorda me neither ni
qo‘llash mumkin. Fe'lning zamonidan qat'iy nazar. Diqqat: agar suhbatdoshingizning ingliz
tilisi u qadar yaxshi bo‘lmasa, u sizni tushunmasligi mumkin. U holda oddiy too yordam
beradi(bu ham ingliz tilida va ortiqcha “ohanjamalarsiz”).


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

23

I wanna go home. — Men uyga ketishni istayman. So do I. — Men ham. Your girlfriend

doesn’t like her new roommate. — Qizingga yangi xonadoshi yoqmayapti. Me neither. —
Menga ham.

Xulosa:

Shuni ayta olamizki, agar barcha so‘zlarning ma’nosini yaxshi bilish ham va

barcha grammatik iboralarni tushunish ham, shunga qaramay idiomatik iboraning ma’nosini
anglash murakkabligicha qolaveradi. Maqollar, iboralar va og‘zaki so‘zlashuv uslubidagi
so‘zlarni tushunish bir qator qiyinchiliklarni vujudga keltiradi. Idioma deb ma’nosi tarkibidagi
so‘zlar ma’nolarining yig‘indisidan kelib chiqmaydigan so‘z birikmalariga aytiladi. Idiomatik
iboralar, asosan, kundalik muloqotlarda qo‘llaniladi.

References:

1.

A.L.YUSUPOV INGLIZCHAO‘ZBEKCHA IDIOMALAR LUG‘ATI - 2014.

2.

Kursfrazeologiisovremennogoangliyskogoyazika. –M. 1986.

3.

MamatovA. O’zbek tili frazeologizmlarining shakllanishi. –T. 1997.

4.

MamatovA. O’zbek tili dafrazeologizmlarning shakllanishi masalalari. –T.: O’TA. 2001.

Библиографические ссылки

A.L.YUSUPOV INGLIZCHAO‘ZBEKCHA IDIOMALAR LUG‘ATI - 2014.

Kursfrazeologiisovremennogoangliyskogoyazika. –M. 1986.

MamatovA. O’zbek tili frazeologizmlarining shakllanishi. –T. 1997.

MamatovA. O’zbek tili dafrazeologizmlarning shakllanishi masalalari. –T.: O’TA. 2001.