Авторы

  • San’atbek Yakubov
    Ma’mun universiteti o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.51735

Ключевые слова:

soliq qo‘shilgan qiymat solig‘i stavka soliq siyosati soliq ma’murchiligi tovar va xizmatlar.

Аннотация

Qo‘shilgan qiymat solig‘ining O‘zbekistonda joriy etilishi. Amaldagi soliq stavkalari, qo‘shilgan qiymat solig‘ining  ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan muhimligi, davlat budjeti tushumlaridagi o‘rni yoritib o‘tilgan. Mamlakatimizda QQS soliq to‘lovchilarini aniqlash va ularni ro‘yxatdan o‘tishi, hamda hisobotlar taqdim etilishi muddatlari haqida so‘z borgan. Shundan kelib chiqib, O‘zbekistonda soliqqa oid qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritish orqali QQS ma’murchiligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

11

O’ZBEKISTONNING SOLIQ TIZIMIDAGI QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘INING

AHAMIYATI

Yakubov San’atbek Ravshanbekovich

Ma’mun universiteti o‘qituvchisi

sanatbekyakubov5888@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14049055

Annotatsiya:

Qo‘shilgan qiymat solig‘ining O‘zbekistonda joriy etilishi. Amaldagi soliq

stavkalari, qo‘shilgan qiymat solig‘ining ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan muhimligi, davlat budjeti
tushumlaridagi o‘rni yoritib o‘tilgan. Mamlakatimizda QQS soliq to‘lovchilarini aniqlash va
ularni ro‘yxatdan o‘tishi, hamda hisobotlar taqdim etilishi muddatlari haqida so‘z borgan.
Shundan kelib chiqib, O‘zbekistonda soliqqa oid qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritish orqali
QQS ma’murchiligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Tayanch so‘zlar va iboralar:

soliq, qo‘shilgan qiymat solig‘i, stavka, soliq siyosati, soliq

ma’murchiligi, tovar va xizmatlar.

Аннотация:

Введение налога на добавленную стоимость в Узбекистане.

Освещены действующие налоговые ставки, социально-экономическая значимость
налога на добавленную стоимость, его роль в доходах государственного бюджета. В
нашей стране заговорили об идентификации и регистрации плательщиков НДС, а
также о сроках подачи отчетности. На основании этого разработаны предложения по
совершенствованию администрирования НДС в Узбекистане путем внесения
изменений в налоговое законодательство.

Ключевые слова и фразы:

налог, налог на добавленную стоимость, ставка,

налоговая политика, налоговое администрирование, товары и услуги.

Abstract:

Introduction of value added tax in Uzbekistan. Current tax rates, socio-

economic importance of value added tax, and its role in state budget revenues are highlighted.
In our country, there was talk about the identification and registration of VAT taxpayers, as
well as the deadlines for submitting reports. Based on this, suggestions on improving the VAT
administration in Uzbekistan by making changes to the tax legislation have been developed.

Key words and phrases:

tax, value added tax, rate, tax policy, tax administration, goods

and services.


O‘zbekiston o‘zining mustaqilligini qo‘lga kiritgan dastlabki yillaridanoq barcha sohalar

kabi soliq sohasiga ham katta e’tibor qaratdi. Soliqlar milliy daromadni bir qismi hisoblanadi.
Soliqlar majburiy va qaytarib bermaslik sharti bilan aholidan va yuridik shaxslardan davlat
budjetiga o‘z harajatlarini qoplash uchun undirib olinadigan to‘lovdir.

Soliqlar har qanday davlat shakllanishining asosiy manbasi hisoblanadi. Soliqlar, bu –

davlat va soliq to‘lovchilar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarni tartibga soluvchi muhim
vositasi hisoblanadi. Soliq mexanizmi soliq huquqi va soliqqa tortishni boshqarish asoslariga
tayangan holda soliq munosabatlarini tartibga soladi.

Mamlakatimizda QQS ilk bor 1992 yilning 1 yanvarida joriy qilingan. 32 yildan buyon

amalda qo‘llanilib kelayotgan QQSning ilk stavkasi 30 foiz qilib belgilangan bo‘lib, keyichalik


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

12

mamlakatimizda soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq yukini kamaytirish maqsadida soliq
stavkalari bosqichma bosqich kamaytirib borildi.

O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksiga muvofiq QQS stavkasi 12 foiz qilib miqdorida

belgilangan.

1

Mamlakatimizda 2019 yildan tadbirkorlik sub’ektlarini umumbelgilangan soliq rejimiga

majburan o‘tishi lozimligini belgilovchi mezon yaratildi va bunda ushbu mezon sifatida yillik
oborot (yalpi tushum) belgilandi

2

. Tegishli o‘zgartirishlarga ko‘ra QQS qamrovini kengaytirish

uchun yillik tushumi 1 mlrd.so‘mdan oshgan soliq to‘lovchilar umumbelgilangan soliq
rejimiga o‘tishi va QQS to‘lovchisiga aylanishi belgilab qo‘yildi.

Soliqqa tortishning jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki QQSning birinchi darajali, ijtimoiy

xarakterli tovar hamda xizmatlarga nisbatan yuqori va (yoki) imtiyozli (pasaytirilgan)
stavkalarni qo‘llash orqali soliq tushumlarini oshirish mumkin.

Soliq ma’murchiligining murakkabligi va yukining og‘irligiga qaramay, agar
QQS stavkasi optimal darajada o‘rnatilsa, qat’iy tartibga rioya qilish va hamkorlarni

to‘g‘ri tanlash orqali kichik biznes sub’ektlari ham QQS mexanizmidan maksimal darajada
manfaat ko‘rishlari mumkin

3

.

QQS birinchi marotaba joriy etilgan 1954 yildan bugungi qadar dunyodagi 175 ta

mamlakatda QQS yoki unga o‘xshash bo‘lgan iste’mol solig‘i (tovar va xizmatlar uchun)
sifatida joriy etilgan bo‘lib, ushbu soliq turi bo‘yicha bugungi kunda dunyo mamlakatlari
orasida belgilangan bazaviy stavkaning eng yuqorisi 27%ni (Vengerya) va eng quyisi 4.5%
(Andorra)ni tashkil etadi.

Soliq kodeksining 237-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik

faoliyatini amalga oshiruvchi va (yoki) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi
quyidagilar qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar deb e’tirof etiladi:

1) O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;
2) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi soliq davrida bir

milliard so‘mdan oshgan yoxud ixtiyoriy ravishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga o‘tgan
yakka tartibdagi tadbirkorlar;

3) O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi chet

el yuridik shaxslari, shuningdek chet davlatning qonunchiligiga muvofiq tadbirkor sifatida
ro‘yxatdan o‘tgan va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar, agar bunday
tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish joyi deb O‘zbekiston Respublikasi e’tirof etilsa;

4) faoliyatni O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasalar orqali amalga oshiruvchi

chet el yuridik shaxslari;

5) oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnoma) doirasida

amalga oshiriladigan faoliyat bo‘yicha — oddiy shirkatning ishlarini yuritish vazifasi
zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxs – oddiy shirkatning ishtirokchisi;

1

O‘zbekiston Respublikas Soliq kodeksi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2019-y., 02/19/SK/4256-

son

2

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish

konsepsiyasi to‘g‘risida”gi PF-5468-sonli Farmoni, 2018 yil 29 iyun.

3

Panno, J.M. (2011) A Value Added Tax in the United States: What it Could Mean for Small Business Owners. Ohio

State Entrepreneurial Business Law Journal, Vol. 6:1, pp. 329- 360.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

13

6) O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tuvchi

shaxslar. Mazkur shaxslar bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq qo‘shilgan qiymat
solig‘ini to‘lovchilar deb e’tirof etiladi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq majburiyatlari ushbu bo‘limda belgilangan

hollarda va tartibda soliq agentlari tomonidan bajariladi.

Quyidagilar soliq solish obyektidir:
1) realizatsiya qilish joyi O‘zbekiston Respublikasi bo‘lgan tovarlarni (xizmatlarni)

realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma;

2) O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish.
Ushbu soliq turi bo‘yicha soliq davri 1 oyni tashkil etadi.
Ushbu soliq turi bo‘yicha budjetga tushgan tushumlar miqdori bo‘yicha 2024-yilning II

choragida 9 425.0 mlrd.so‘mni tashkil etib, foyda solig‘i 9 474.0 mlrd.so‘m bilan birgalikda
soliqlar o‘rtasida yetakchi o‘rinni egallagan (1-jadaval)

Foiz hisobida ushbu soliq turining budjet mablag‘laridagi ulushi foyda solig‘i bilan

birgalikda 21 foizni tashkil etgan.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig ‘i ham huddi ushbu soliq tiurlari kabi

budjetdagi ulishini yuqoriligini saqlab qolgan. (20 foiz)


1-jadval


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

14

2-jadval
Oxirgi yillarda O‘zbekistonda soliq sohasida amalga oshirilgan o‘zgarishlar ijobiy

natijalarni berayotgan bo‘lsada, QQS ma’murchiligi va yuki bilan bog‘liq hal qilinishi lozim
bo‘lgan kichik muammolar ham mavjud bo‘lib qolmoqda. Xususan, QQS ma’murchiligini
takomillashtirish va ushbu soliq turi bo‘yicha to‘lovchilar hajmini oshirishga soliqning
stavkasini barcha soliq to‘lovchilarga nisbatan qo‘llanilishiga o‘tilishini isloh qilmasdan turib
kirishilishi inflyasiyaning nisbatan kuchayishiga zamin yaratishi mumkin.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan inflyasiyaning kuchayishini oldini olish maqsadida

mamlakatimizda QQSning pasaytirilgan stavkasini barcha soliq to‘lovchilarga nisbatan joriy
etish mumkin bo‘ladi.

Huddi shuningdek, ushbu soliq turi bo‘yicha amalda qo‘llanilayotgan soliq imtiyozlarini

samarasini o‘rgangan holda ullarning amal qilish muddatlarini uzaytirish mumkin bo‘linadi.

References:

1.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga

mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-60 sonli farmoni.
2.

O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,

31.12.2019-y
3.

Niyazmetov I. (2008). Analysis of the impact of the tax burden on the financial activities

of business entities and budget revenues. Uzbekistan. Candidate work. Abstract
4.

www.soliq.uz

O‘zbekiston Respublikasi soliq qo‘mitasining rasmiy web sayti.

5.

www.lex.uz

sayti.

Библиографические ссылки

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-60 sonli farmoni.

O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2019-y

Niyazmetov I. (2008). Analysis of the impact of the tax burden on the financial activities of business entities and budget revenues. Uzbekistan. Candidate work. Abstract

www.soliq.uz O‘zbekiston Respublikasi soliq qo‘mitasining rasmiy web sayti.

www.lex.uz sayti.