ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
83
TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA TALABALARNING BADIIY IJODKORLIKNI
RIVOJLANTIRISH
Choriyev Sherzod Nurillayevich
Navoiy davlat pedagogika instituti
“Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi”
kafedrasi o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14055862
Annotatsiya
: Mazkur maqolada tasviriy san’atining rivojlanishi, xususan milliy oʻzlikni
anglash, koʻp asrlik an’ana va urf odatlar, din va adabiyotni yoritishdagi oʻrni, san’at ta’limi
orqali turli yoʻnalishlarni rivojlantirish masalalari yoritilgan. Milliy maktablarning oʻziga xos
xususiyatlarini, ularning shakllanishi va rivojlanishini madaniyatlar integrasiyasi sharoitida
oʻrganish zamonaviy san’at tarixining eng muxim vazifalaridan biri ekanligi aks ettirilgan.
Kalit soʻzlar:
integrasiya, madaniyat, uzluksiz, tasviriy san’at, badiiy jarayon, milliy
an’analar, ijodiy metod.
San’at milliylikka asoslanadi, ayni paytda ezgulik, olijanoblik, doʻstlik, hamjihatlik,
ma’naviy yetuklik kabi umuminsoniy gʻoyalarni targʻib etadi. Yurtimizga chetdan kirib
kelayotgan barcha asarni ham san’at deb qabul qilish notoʻgʻri. Bugungi globallashuv
jarayonida, tezkor axborotlashuv davrida yoshlarni oqni qoradan, yaxshini yomondan farqlay
olishga oʻrgatish zimmamizdagi asosiy vazifalardandir. Mustaqillik yillaridagi xalqaro
integrasiya Oʻzbekiston san’atini jahondagi badiiy jarayonlarga qoʻshilishiga, yangi
tendensiyalar bilan uygʻunlashuviga olib keldi. Mamlakat san’atida xorij innovasiyalari,
modernizm oqimlari, konseptual san'at yoʻnalishlarining zamonaviy koʻrinishlari oʻz aksini
topa boshladi. Bugungi zamonning dolzarb masalalari bilan bogʻliq mazkur ijodiy hodisalar
ularni jahon badiiy tajribalari kontekstida tadqiq etishga undamoqda. Shu jihatdan, mustaqillik
davrida Oʻzbekiston rangtasvirida rivojlangan yangi tendensiyalar, ularning zamonaviy
jarayonlar bilan ijodiy aloqasi, shuningdek, etnomadaniy meros bilan uygʻunligini tadqiq etish
muhimdir.
Akademik tasviriy san’at Gʻarb mamlakatlarida rivojlanganligi sababli, ushbu san'at bilan
shugʻullanish uchun, yuqori darajadagi ustozlar kabi asarlar yozish uchun ularning bilimlaridan
oʻrganamiz. Ularning bilimlarini oʻrganishning eng toʻgʻri yoʻli, bu ularning asarlaridan nusxa
koʻchirishdir. Akademik maktabda boʻlajak rassomni tayyorlashda asardan nusxa koʻchirish
darsi qadim zamonlardan beri amalda qoʻllangan va hozirgi kunda ham ta'lim jarayonining
ajralmas qismidar. Shu oʻrinda misol qilib mashxur haykaltarosh Lorenso Berninining fikrini
keltirishimiz mumkin: “Akademiyalarda qadimgi antik dunyo goʻzal haykallarining nusxalari
boʻlishi shart, ushbu san'at asrlarini yoshlarga chizdirish orqali ularni oʻqitish kerak, ularda
goʻzallik fikrini tarbiyalash kerak, agarda oʻqitishning boshidan oʻquvchilarga tabiatdan
ishlashga ruxsat bersak, ular keyinchalik goʻzallikni koʻra olmaydilar va hech qachon tabiatdan
idrok etish qiyin boʻlgan goʻzal va yuqori darajadagi badiiy asarlar bajara olmaydilar, chunki
ular tabiatdagi goʻzallikni seza olishmaydi”
Tasviriy san'at asarlaridan nusxa koʻchirish texnikasining taraqqiyot davri bir qancha
bosqichlarni bosib oʻtgan. Eng qadimiy nusxa koʻchirish Antik davrga mansub. Bu erda eslab
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
84
oʻtishimiz mumkinki, Antik davrda yasalgan deyarli barcha grek haykallari rim
haykaltaroshlarining nusxasi orqali bizga tanishdir. Ushbu nusxalar asl haykallardan bir
muncha farq qiladi. Faqatgina haykal hajmi yoki biron-bir mayda qismi bilan emas, balki ishlash
texnikasi bilan ham farq qiladi. Nusxa koʻchirish texnikasi taraqqiyotining navbatdagi bosqichi
Oʻrta asrlarda boʻlgan. Bu davrda ham nusxa asar bilan asl asarning oʻxshashligi va farqi
toʻgʻrisidagi fikrlar hozirgi kundagi fikrlarga nisbatan ancha farq qilgan. Faqatgina Renessans
davriga kelibgina nusxa koʻchirish oʻzining yuqori choʻqqilariga erishdi. Aynan shu davrda
Evropa madaniyatida nusxa koʻchirishning teoretik qonun-qoidalari ishlab chiqildi va nusxa
bilan asl asarning mavqelari inobatga olindi. Soʻng yuqori darajadagi badiiy asl rangtasvir va
haykaltaroshlik asarlaridan nusxa koʻchirish rivojlandi. XVII asrga kelib san'at ihlosmandlarini
tasviriy san'atga oʻqitish maqsadida rassomlar akademiyalari tashkil topdi. Shu tariqa nusxa
koʻchirish amaliyoti akademik ta'limning ajralmas qismiga aylandi, hamda uning maqsadi tan
olingan ustalarning namuna boʻlgan asarlarini texnika-texnologiyasini oʻrganish va
rivojlantirish edi.
Hozirgi kunda Oliy oʻquv yurtida akademik ta'limning muhim jixatlaridan biri – asarning
asl nusxasidan nusxa koʻchirishdir. Nusxa koʻchirishning dasturi rangtasvir texnika-
texnologiyasini oʻrganish, hamda yuqori darajada professional mahoratni tarbiyalashni oʻz
ichiga oladi. Nusxa koʻchirishdan maqsad asar muallifining ushbu asar ustida ishlash
jarayonini, ketma ketligini qaytarishdan hamda rangtasvirning nozik sir-asrorlarini
oʻrganishdan iboratdir. Fikrimizcha, nusxa koʻchirish orqali, rassom, rangtasvir asarini har bir
bosqichlarini professional darajada yozish madaniyatini oʻrganadi. Hozirgi kundagi rassom
qadimda yashab ijod etgan rassomning asaridan nusxa koʻchirish orqali u bilan “suxbat” quradi
va uning bilimlarini oʻrganadi. Shu tariqa asar muallifi rassomga ustozlik qiladi. Tarixiy
portretlar milliy qadriyatlar ifodachisi sifatida rassomning fuqarolik nuqtai nazari hamda milliy
merosga munosabatini aks ettirishda oʻz ifodasini topadi, obrazlar va mavzular talqini
oʻzgaradi, zero, tarixning tub burilishlari va ijtimoiy-gʻoyaviy evrilishlar paytida zamon
qahramonlari borasidagi tasavvurlar oʻzgaradi, davr mohiyatini aks ettiruvchi yorqin timsollar
yaratilishiga ma'naviy ehtiyoj tugʻiladi.
Rangtasvirda nusxa koʻchirishni boshlashdan avval rassom oʻz oldiga maqsad koʻyishi
kerak. Nusxa koʻchirishni amalga oshirishda nusxasi koʻchirilayotgan asarni va asar muallifini
yaxshilab oʻrganish kerak. Asar muallifi qaysi davrda yashab ijod etgani, qanday maktabga
mansub ekanligi, asar yozishda nimalarga asosan e'tibor berganini, qaysi texnikada asarni
yozganini va qaday materiallardan foydalanganligini taxlil qilib oʻrganib chiqishi kerak. Rassom
bundan tashqari nusxasi koʻchirilayotgan asarni texnologiyasini oʻrganishi kerak. Asar qanday
matoga ishlangan, asar yozishda ishlatilgan ashyolar toʻgʻrisida ma'lumotga ega boʻlishi va
ularni oʻrganishi kerak. Rassom nusxa koʻchirish orqali ketma ketlikka, ranglarni qay tarzda
mukammal ishlatish mumkinligiga, asarni qaysi joylarini koʻproq ishlash, qaerga urgʻu berish
va bir rangda ishlab boshqa rangda lessirovka qilib natijaga erishish kabi bilimlarni oʻrganishga
harakat qiladi. Bundan tashqari rassomning rangtasvir asariga boʻlgan munosabati oʻzgaradi va
u tarbiyalana boshlaydi. Albatta hamma ham asardan mukammal darajada nusxa koʻchira
olmaydi, ammo shunday boʻlgan taqdirda ham ushbu asar va ushbu asar muallifidan koʻplab
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
85
rangtasvir sirlarini oʻrganadi. Asar tugallanmay qolgan holatda ham talaba-rassom ishni
qanday toʻgʻri olib borish toʻgʻrisidagi bilimlarga ega boʻladi.
Muxtasar qilib aytganda, nomdor akademik rangtasvir maktablarining namoyondalari
asarlaridan nusxa koʻchirish yuqori bilimlarni beradigan, rangtasvir madaniyatini oʻrgatadigan,
professional darajaga olib chiqadigan hamda mustahkamlaydigan muhim amaliyotdir. Zero,
akademik maktabda boʻlajak rassomni tayyorlashda asardan nusxa koʻchirish tarixdan amalda
qoʻllanilib kelgan va hozirgi kunda ham ta'lim jarayonining ajralmas qismidir.
References:
1.
Ахмедова Н.Р. Живопись Центральный Азии ХХ века: традиция, самобытность,
диалог. – Ташкент: 2004.
2.
Ахмедова Н. Художник – эпоха – история. San’at. №2. 2004.
3.
Ракитин В. Художественные искания Александра Волкова. Научный, методический
и информационный журнал МГК “Вестник МАГК”. 2001.
4.
Лотман Ю.М. Культура и взрыв. / Лотман Ю.М. Семиосфера. – СПб.: Искусство-СПб.,
2004.
5.
Зингер Л.С. Очерки теории и истории портрета. Москва. – Изобразительное
искусство. – 1986.
6.
Хакимов А.А. Искусство Узбекистана: история и современность. – Ташкент, 2010.