Авторы

  • B.A. Eminov
    Farg‘ona imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb- hunar maktabi “Raqamli texnologiyalari” kaferdarasi katta o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.51748

Ключевые слова:

Psixologik himoya ochiq axborot intellektual salohiyat umuminsoniy madaniyat internetomaniya kitoblar radio televidenie kompyuter jurnal gazeta va belgi-ramz.

Аннотация

Ushbu maqolada o‘quvchilarda axborot vositalaridan foydalanish madaniyatini shakllantirishning pedagogik va psixologik xususiyatlariga doir muhim ma’lumotlar berilgan. O‘quvchilarda axborot vositalaridan foydalanish madaniyatini shakllantirishda axborot vositalari, jumladan televidenie, radio, gazeta va internetning o‘quvchi yoshlar ongiga ta’siri, ularning mazmuni, turli g‘oyalar va qarashlar, yoshlar ongida milliy mentalitetga to‘g‘ri kelmaydigan yot g‘oyalarni paydo qilishga sabab bo‘lmoqda, shu sababdan, o‘quvchilarda axborotlardan foydalanish madaniyatini shakllantirish zamon talabidir.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

61

O‘QUVCHILARDA AXBOROT VOSITALARIDAN FOYDALANISH

MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK

XUSUSIYATLARI

Eminov B.A.

Farg‘ona imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-

hunar maktabi “Raqamli texnologiyalari”

kaferdarasi katta o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14050505

ANNOTATSIYA

: Ushbu maqolada o‘quvchilarda axborot vositalaridan foydalanish

madaniyatini shakllantirishning pedagogik va psixologik xususiyatlariga doir muhim
ma’lumotlar berilgan. O‘quvchilarda axborot vositalaridan foydalanish madaniyatini
shakllantirishda axborot vositalari, jumladan televidenie, radio, gazeta va internetning
o‘quvchi yoshlar ongiga ta’siri, ularning mazmuni, turli g‘oyalar va qarashlar, yoshlar ongida
milliy mentalitetga to‘g‘ri kelmaydigan yot g‘oyalarni paydo qilishga sabab bo‘lmoqda, shu
sababdan, o‘quvchilarda axborotlardan foydalanish madaniyatini shakllantirish zamon
talabidir.

KALIT SO‘ZLAR:

Psixologik himoya, ochiq axborot, intellektual salohiyat, umuminsoniy

madaniyat, internetomaniya, kitoblar, radio, televidenie, kompyuter, jurnal, gazeta va belgi-
ramz.

KIRISH:

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash yo‘lida, zamonaviy taraqqiyot natijasida

kishilarning hayot tarzi, ta’limga munosabat keskin o‘zgardi. Ta’lim–tarbiya jarayonida
zamonaviy yondashuvlar, pedagogik imkoniyatlar ilmiy–amaliy izlanishlarga nisbatan olib
borilayotgan islohotlar natijasida qarashlar butkul o‘zgarmoqda. Natijada, so‘nggi yillarda
dunyo axborot texnologiyalari va axborot vositalarining afzalliklari qanchalik e’tirof etilmasin,
insoniyatning intellekti, uning erki, hatto ma’naviy olami, kreativ kompetentligi,
kommunikativ salohiyati axborotning to‘xtovsiz yangilanib borayotgan texnik vositalariga va
ma’lumotlariga mute’ bo‘lib qolayotganini ham e’tirof etish zarur. Shu bosidan ham, bugun
shaxsi shakllanayotgan bir vaziyatda, ularni axborot vositalaridan foydalanish madaniyatini
shakllantirish pedagogik-psixologik dolzarb muammolardan biri ekanligini ta’kidlash joiz.

Darhaqiqat, bugun dunyoda keng yoyilgan ommaviy aloqa vositalari bo‘lmaganida edi,

uzoq-uzoqlarda yashayotgan insonlarning bir-birlari bilan o‘zaro cheksiz muloqotini uzluksiz
kommunikatsiyasiz tasavur qilish ham mumkin bo‘lmas edi. Qolaversa, unga mo‘ljallangan
umumiy o‘rta ta’limni ham amalga oshirib bo‘lmagan bo‘lar edi. Oqibatda, o‘quvchi yoshlarni
savodxonlik madaniyatini oshirish imkoniyatlari ziddiyatga duchor bo‘lardi.

XXI asr pedagogikasining rivojlanish tendensiyalari uchun bola shaxsi bosh qadriyatga

aylanib bormoqda, muayyan bilimlar yig‘indisiga emas. Shu sababdan ham, jamiyatni asrimiz
yoshlariga qo‘yayotgan talabi faqatgina bilimli bo‘lishgina emas, balki izlanuvchan,
tashabbuskor, fidoyi, intellektual salohiyatli va umuminsoniy madaniyatga ega bo‘lishini ham
talab qilmoqda.

Shu ma’noda, 2030 yilgacha mo‘ljallangan ta’lim konsepsiyasida ko‘rsatilgandek,

zamonaviy milliy pedagogikamiz oldiga quyilgan dolzarb muammolarni hal qilishda tahliliy,


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

62

tadqiqot vazifasi turibdi. Shu kabi, dolzarb masalalardan biri, axborot vositalaridan
foydalanish madaniyatini shakllantirish, ta’lim va tarbiya jarayonida zarur bilim, ko‘nikma,
malakalarini shakllantirishni talab etmoqda.

Tarix zarvaraqlariga nazar tashlar ekanmiz, zardushtiylik dining muqaddas kitobi

hisoblangan “Avesto”da “Balog‘atga yetmagan farzandingni, xotiningni, molingni va olovni
doim qattiq nazorat ostida tutish kerak va hammasidan ham ko‘proq himoya qilish zarur” deb
ta’kidlangani bejis emasdir. Ya’ni yoshlar barcha davrlarda jamiyatning faol doimiy yo‘naltirib
va qo‘llab-quvvatlashni talab etadigan qatlami hisoblangan.

Shu boisdan ham, bugun yurtimizga o‘z faoliyati natijasini oldindan aniq baholay

oladigan, yuzaga kelayotgan muammoli vaziyatlarga oqilona yechim topa oladigan, jonli
muloqot, uyg‘oq fikr orqali Vatanga, uning ravnaqiga ongli ta’sir o‘tkaza oladigan intelektual
jihatdan yuksak salohiyatli yoshlar kerak.

Bu borada o‘sib kelayotgan yosh alodni ruhiy, jismoniy, intellektual-ma’naviy jihatdan

tarbiyalashning maqsadlari jamiyat a’zolarining komilligini ta’minlash sohalarida erishilgan
yutuqlar va muvaffaqiyatlarga bevosita bog‘liq.

Biz, psixologik jihatdan yaxshi bilamizki, o‘smirlik davrida o‘qish faoliyati bilan birga

mehnat faoliyati ham yetakchi faoliyat hisoblanadi. Shu bilan birga muloqot ham
munosabatlarga kirishish jarayonida muhim omillardan biri bo‘lib, o‘smirlik davrida
muloqotga kirishning asosiy sababi – do‘stlik, o‘rtoqlik elementlarini aniqlash va qoidalarini
egallashdan iborat. Shu boisdan ham o‘smir o‘quvchilar bilan ishlash jarayonida yaxshi do‘st
va hamkor bo‘la olsakkina ularda muayyan ko‘nikma, malakalarni shakllantira olishimiz
mumkin.

O‘smir yoshidagi o‘quvchilar bilan ishlashda, o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘rtasidagi

muloqot munosabatlarida qator qiyinchiliklar bo‘lib kelgan. Bunda, o‘smir o‘quvchilarning
ruhiy jarayonlaridagi o‘zgarishlar va aqliy hamda jimoniy faoliyatidagi yangilanishlar sabab
bo‘lganligi kuzatiladi. Ta’lim jarayonida o‘qituvchilarning axborotlarni bayon qilish shakli,
ma’lumotlarni yetkazish uslubi va usullari o‘smir yoshidagi o‘quvchini qiziqtirmaydi va
qoniqtirmay qo‘yadi. Shuning uchun ular uchun qiziq bo‘lgan ma’lumotlarni olishning oqilona
yo‘llarini, o‘rgatish vaqti keldi. O‘smir yoshdagi o‘quvchilarning ruhiy kamolotini
harakatlantiruvchi motiv, ularning faolligini yuzaga keltiruvchi omil ehtiyojlarda bo‘lib,
ularning ehtiyojlarni qondirish yo‘lidagi imkoniyatlarini to‘g‘ri hisobga olinganda,
axborotlarni olish va ular bilan ishlash orasidagi qarama-qarshiliklarning yechimini topgan
bo‘lamiz.

Shu narsani alohida ta’kidlash kerakki, o‘smirlar o‘ta ta’sirchan, ayniqsa tashqi ta’sirga,

tashqi voqealarga beriluvchan bo‘ladilar.

O‘smirlik davrida asosan bilish jarayoni yuqori darajada rivojlanadi. O‘smirning idroki

kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar idrokidan sifat jihatidan farq qiladi. O‘smir voqelikdagi
bilish jarayonlarini tashqi tomonlarinigina idrok qilish emas, balki narsa va hodisalarni ancha
murakkab tahlil va sintez qilish qobilyatiga ham ega bo‘lib qoladi. Ko‘rgazmali materialni
idrok qilishda o‘smirlarda fikrlash jarayoni katta o‘rin ola boshlaydi.

Dunyo yagona axborot makoniga aylangan bugungi kunda biror axborotning yo‘liga

sun’iy to‘siq qo‘yib bo‘lmaydi. Istiqlol sharofati bilan dunyoga yuz ochgan, yoshlari dunyo
tillarini bemalol egallab, “internetomaniya” kasaliga chalinish arafasida turgan yurtimizga


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

63

ham yaxshi, ham yomon ta’sirlar, turli xurujlar mavjudligi sharoitida shaxsning o‘zini-o‘zi
psixologik jihatdan salbiy ta’sirlardan himoya qila olish imkoniyatlarini kengaytirish eng
dolzarb muammolardan biridir [1].

Endigina dunyoqarashi shakllana boshlayotgan kichik maktab o‘quvchisi jamiyatda

ijtimoiy xatti-harakatni amalga oshirish uchun axborot oqimiga muhtojdir. U faol ijtimoiy
sub’ekt sifatida ishtirok etuvchi atrof olam, ijtimoiy muhit bilan doimiy axborot aloqasi
normal hayotiy faoliyatning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

Axborotlar olinishini to‘xtatilishi ruhiy kasallikni yoki ruhiy nomutanosibliklarni keltirib

chiqarishi mumkin. Bolaga nafaqat atrof ijtimoiy muhit bilan doimiy axborotli munosabat,
balki kelib tushuvchi va qayta ishlanuvchi axborot miqdori, hajmi, mazmuni va tuzilishi ham
kuchli ta’sir ko‘rsatadi

2

.

Shu o‘rinda tadqiqotchilardan biri I.Gundarevaning fikrini ham keltirib o‘tish lozim

bo‘ladi: Bola zarur axborotni bevosita tajriba, shaxsiy muloqot, shuningdek, turli-tuman
axborot manbalaridan (kitoblar, radio, televidenie, kompyuter, jurnallar, gazetalar va belgi-
ramz xarakteridagi boshqa manbalardan) oladi. Binobarin axborot manbalaridan yoxud
bevosita tajriba va shaxsiy muloqotdan olinuvchi axborot ulushining ustunligi va keskin
ortishi ijtimoiy rivojlanish qonuniyati hisoblanadi [3].

Demak, inson bevosita tajriba, shaxsiy muloqot, shuningdek, turli-tuman axborot

manbalari (kitoblar, radio, televidenie, jurnallar, gazetalar va belgi-ramz ko‘rinishidagi boshqa
manbalar) orqali zarur axborotga ega bo‘ladi. Binobarin, ijtimoiy rivojlanish qonuniyati
axborot manbalari, shu bilan birga bevosita tajriba va shaxsiy muloqotdan olingan axborot
ulushining keskin ortishi va ustunligi bilan belgilanadi.

Ushbu fikr tadqiqotchi olimlar G.V.Grachev, I.I.Melniklar tomonidan ham e’tirof etilgan:

“Jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarning murakkablashuvi va insonning kundalik turmushiga
ijtimoiy o‘zgarishlarning bevosita ta’siri uni ommaviy kommunikatsiya vositalari xabarlari
oqimiga yanada bog‘liq qilib qo‘yadi. Inson jamiyatdagi ijtimoiy xatti-harakati va hayoti uchun
zarur ba’zi ma’lumotlarni kundalik tajribasiga asoslangan holda oladi. Ijtimoiylashuvga ta’sir
etuvchi ma’lumotlarni esa tele- va radiodasturlar hamda davriy nashrlardan olish mumkin[4,
5].

“Yurtimizga qarshi qaratilgan informatsion xurujlarga zarba berish, biz tanlagan ezgu

maqsad va muddaolarni ko‘rolmaydigan chetdagi va o‘zimizdan chiqqan ayrim tili burro
shovvozlarni, turli niqoblar ostida o‘zini hammadan dono, bizga eng yaqin yordamchi va
maslahatgo‘y qilib ko‘rsatadigan, hatto milliy an’analarimiz va hayot tarzimizni o‘zimizdan
ham yaxshiroq bilishni da’vo qiladigan kimsalarning soxta urinishlarini fosh etish ham
xalqimiz manfaatlarini himoya qilishning yana bir amaliy namoyonidir”

6

.

Ilgarigidek maktablar bolalar ta’limi va tarbiyasidagi, olam va odam, tabiat va tarbiyat

ma’lumotlarini yetkazuvchi maskani sifatidagi yagona omil emas. Bu boradagi omillar bugun
ijtimoiy muhitimizda judayam ko‘p sonni tashkil emoqda. Ayni shu kabi omillardan biri
ommaviy axborot vositalari va unda yoritilayotgan axborotlar ham, bola shaxsini
shakllantirishdagi asosiy jihatlardan biri hisoblanadi. Shu boisdan ham o‘smir yoshidagi
o‘quvchilarni axborot vositalaridan foydalanish madaniyatini shakllantirish zaruratga aylanib
bormoqda.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

64

Hozirda bolalar va o‘smirlar nihoyatda katta axborotni qabul qilish erkinligiga ega. Shu

bilan birga, ommaviy tarzda yoritilayotgan axborotlarning salbiy jihatlari, o‘smir ongu va
tafakkurini zaharlashi ham haddan tashqari yuqori bo‘lmoqda. O‘quvchilarning axborot
muhiti bilan o‘zaro ta’siridagi asosiy muammolardan biri axborotlarni qabul qilishlarida ijobiy
yoki salbiy tomonlarini mazmunan tahlil qila olmasliklarida, axborotlarni qabul qilish
imkoniyatining nihoyat darajada ko‘pligi, xavfsizlik darajasiga ega emasligi bilan belgilanadi.
Bu kabi muammolarning mavjudligi, ayni damda eng ahamiyatga molik bo‘lgan masalalardan
biriga aylandi [7].

Pedagogik-psixologik manbalarni o‘rganilishlar natijasida shuni ko‘rish mumkinki,

axborot vositalaridan foydalanish madaniyatini shakllantirishda ta’lim ishtirokchilarini
xavfsiz axborot bilan ta’minlash muhim ahamiyatga ega.

U.G‘afurovning ta’kidlashicha, axborot vositalaridan foydalanish madaniyati, umumiy

ma’noda olganda, axborot olamidan shaxs taraqqiyotida foydali ma’lumotlarni ola bilishi,
shaxs shakllanishi va ijtimoiy muhitning rivojlanishidagi ishlarda foydalanuvchi
ma’lumotlarni qabul qilishi, anglangan holda tushuna olishi va tushuntirib berishga
asoslanadigan bilim, ko‘nikma, malakalar tizimini va qobiliyatliligini anglatadi [8].

B.Xodjaevning qayd etishicha, “axborot iste’moli madaniyati” tushunchasi asosida shaxs

axborot xavfsizligining uchta asosiy darajasi aks etadi: umumiy, kasbiy va mazmunli-
qadriyatli. Shaxsda axborot iste’moli madaniyatini rivojlantirishning mazkur darajalari aniq
mezonlarni tanlash va shaxsiy rivojlanganlik ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq. Axborot iste’moli
madaniyati tizimidagi kognitiv-operasion va tashkiliy tarkibiy qismlar universallik, axboriy
faoliyatning fanlararo aloqadorligi, shuningdek insonning turli xil faoliyat tizimidagi
umumlashgan tavsifini aks ettiruvchi kompyuter savodxonligi bilan belgilanadi [9].

Pedagogik amaliyotda axborot vositalarining imkoniyatlaridan foydalanish qoidalari

o‘quvchi shaxsining ijtimoiy o‘ziga xosligi, o‘quvchilarning faoliyatida shaxsiy yakdilligini,
psixikasi va xarakteri orasidagi farqlarni yakunlashni anglatadi. aniq say’-xarakatlari hamda
aloqalari ulardagi sotsial–psixologik xislatlari bir butunligini aniqlanishiga asoslanadi. O‘smir
yoshidagi o‘quvchining har tomonlamaligi va yaxlitligi uning rivojlanishidagi uyg‘unlikni
nazarda tutadi, lekin u bilan teng emas. Uyg‘unlikning zaruriy sharti bu birinchi navbatda
shaxsi bilan jamiyat, shuningdek, uning borlig‘i va rivojlanishining tulicha aspektlari
o‘rtasidagi o‘zaro aloqa va munosabatlardir. Uyg‘unlik (garmoniklik-o‘zaro moslik) shaxsidagi
o‘smir yoshi fazilatlari, ular o‘rtasidagi oqilona munosabatlari, ichki va tashqi jihatdan bir-
biriga muvofiqlikda izchil tizim bo‘lishini taqozo qiladi. Binobarin, garmoniya – bu qotib
qolgan, o‘zgarmaydigan holat emas, balki domiy ravishda kechadigan jarayondir. Uyg‘un-
garmonik rivojlanish inson shakllanishida biologik va ijtimoiy omillarning ham o‘zaro ta’sirini
taqozo qiladi, bunda eng muhim narsa, ijtimoiy tenglikning chuqurlashuvi zamirida insonning
jamiyat bilan mutanosiblikka kirishi hisoblanadi. Buni vujudga keltirishda ommaviy axborot
vositalarining o‘rni beqiyos [10].

O‘smir yoshidagi o‘quvchining axloqiy kamol topishi har qanday mafkuraviy tahdidlarga

qarshi ongli kurasha olish dunyoqarashi va shu asosda faollik ko‘rsatishini taqozo qiladi.
Estetik kamolot esa estetika nazariyasi, turmush va xulq estetikasi, professional va badiiy
ijodkorlikni rivojlantirishdagi ishtiroki, san’atga ma’naviy omil sifatida yondashishi va
boshqalarni talab qiladi. Shunday qilib, o‘smir yoshidagi o‘quvchining ma’naviy boyligini


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

65

milliy g‘oyaga asoslangan dunyoqarash, yuksak axloqiylik, estetik madaniyat tashkil qiladi.
Bulardan kelib chiqqan holda hozirgi kunda respublikamizda mavjud ommaviy axborot
vositalari xuddi shu sifatlarni o‘smir yoshidagi o‘quvchida shakllantirishga xizmat qiladigan
chiqishlarni yanada takomillashtirishlari va son jihatdan ham, sifat jihatdan ham
rivojlantirishlari lozim.

Ochiq axborot kommunikatsiyasi jarayonida yoshlar ongiga ta’sir etayotgan yot

g‘oyalarga qarshi himoya vositalarini ishlab chiqishdan avval ularning ijtimoiy xulqida ko‘zga
tashlanadigan eng muhim holatlardan biri, bu tashvishlanish, nimadandir cho‘chish va shu
tufayli ijtimoiy munosabatlardan o‘zini olib qochishga intilish hislarining namoyon bo‘lishidir.
Agar psixologik himoya holatining mohiyatidan kelib chiqadigan bo‘lsak, bu shaxs ichki
kechinmalarini ifodalovchi shunday holatki, unda odam ichki ruhiy mo‘tadillikni asrash uchun
o‘zidagi xavotirlanish, qo‘rquv va xadiksirashlarini bosishga, ulardan halos bo‘lishga intiladi.
Psixologik himoya – shaxsni turli salbiy ta’sirlardan asrashga, psixologik diskomfortni
bartaraf etishga xizmat qiladi [11].

Yoshlarning ijtimoiy jarayonlar mohiyatini anglaydigan, farovon kelajakni ta’minlay

oladigan qilib shakllanishlarida axborot vositalarining ta’lim-tarbiyaga ijobiy ko‘magini
ta’minlash beqiyos ahamiyatga egadir. O‘smir yoshidagi o‘quvchilar

u

mummilliy manfaatga

xizmat qiladigan va uning taraqqiyotiga yordam beradigan axborotlarni tanlab tahlil qilib
foydalansalar, ularning ma’naviyat va tafakkuri o‘sadi. Axborotdan foydalanish madaniyatiga
ega yoshlar salbiy va noxolis ta’sirga tushib qolmaydilar. Vujudga kelishi mumkin bo‘lgan
salbiy ta’sirlarni oldini olish qobiliyatiga ega bo‘ladilar.

References:

1.

Karimova V. Ochiq ommaviy axborot tizimi sharoitida shaxsning psixologik o‘zini-o‘zi

himoyalashi. /O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi
akademiyasi joriy arxivi, 2006.
2.

Yozieva U. L. Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarni zararli axborotlar tahdididan

himoya qilishning takomillashtirilgan texnologiyasi. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa
doktori (phd) dissertatsiyasi. Nukus, 2018. – 156 b.
3.

Gundareva I.P. O posledstviyax vospriyatiya televizionnoy informatsii mladshimi

shkolnikami // Vospitanie shkolnikov: sb. nauch. tr. – M., 2005, № 9. – S. 17. (- 21 s).
4.

Grachev G.V., Melnik I.I. Manipulirovanie lichnostyu: organizatsiya, sposobы i texnologii

informatsionno-psixologicheskogo vozdeystviya. – M.: Algoritm, 1999. – 153 s.
5.

Dotsenko Ye. Psixologiya manipulyatsii. – Moskva, 1996.

6.

Salovey P., Mayer Y.D. Emotional intelligence // Imagination, Conation and Personality.

2000. 9 p. 185 -211.
7.

Kuchukbaev F.M., Abduazimova D.F., Djuraev R.X., Divanova M.S., Inoyatova M.E.

“O‘quvchi shaxsiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi internet saytlari va teleko‘rsatuvlarning ularda
salbiy his-tuyg‘ularni vujudga keltirishning oldini olish bo‘yicha profilaktik korreksion
dastur”. – Toshkent, 2016.
8.

G‘afurov U. Globallashuv sharoitida yoshlarni din niqobidagi mafkuraviy tahdidlardan

asrashda Internetdan samarali foydalanishning dolzarb masalalari. // “Armiya – davlat


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

66

tayanchi, tinchlik kafolati”. Qurolli Kuchlar tizimidagi tarbiyaviy ishlar organlari hamda
targ‘ibotchilar uchun uslubiy qo‘llanma. – T.: “Sano-standart” nashriyoti, 2013. 285-b. (–B.
275-286).
9.

Xodjaev

B.X.

Umumta’lim

maktablari

talabalarida

tarixiy

tafakkurni

modernizatsiyalashgan didaktik ta’minot vositasida rivojlantirish: Pedagogika fanlari doktori.
... diss. – T., 2016. – 314 b.
10.

Oribjonovich, Q. X., & Najimidin o’g, N. M. R. (2023). Inson intellektual va ma’naviy

kamoloti bosqichlari. Obrazovanie nauka i innovatsionnыe idei v mire, 18(8), 39-43.
11.

Muxtarov, F. M., & Oribjonovich, Q. X. (2023, April). Oliy Ta’limda Innovatsion-Pedagogik

Faoliyatning

Ijtimoiy-Psixologik

Xususiyatlari.

In International

Conference

on

Multidimensional Research and Innovative Technological Analyses (pp. 39-44).

Библиографические ссылки

Karimova V. Ochiq ommaviy axborot tizimi sharoitida shaxsning psixologik o‘zini-o‘zi himoyalashi. /O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi joriy arxivi, 2006.

Yozieva U. L. Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarni zararli axborotlar tahdididan himoya qilishning takomillashtirilgan texnologiyasi. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (phd) dissertatsiyasi. Nukus, 2018. – 156 b.

Gundareva I.P. O posledstviyax vospriyatiya televizionnoy informatsii mladshimi shkolnikami // Vospitanie shkolnikov: sb. nauch. tr. – M., 2005, № 9. – S. 17. (- 21 s).

Grachev G.V., Melnik I.I. Manipulirovanie lichnostyu: organizatsiya, sposobы i texnologii informatsionno-psixologicheskogo vozdeystviya. – M.: Algoritm, 1999. – 153 s.

Dotsenko Ye. Psixologiya manipulyatsii. – Moskva, 1996.

Salovey P., Mayer Y.D. Emotional intelligence // Imagination, Conation and Personality. 2000. 9 p. 185 -211.

Kuchukbaev F.M., Abduazimova D.F., Djuraev R.X., Divanova M.S., Inoyatova M.E. “O‘quvchi shaxsiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi internet saytlari va teleko‘rsatuvlarning ularda salbiy his-tuyg‘ularni vujudga keltirishning oldini olish bo‘yicha profilaktik korreksion dastur”. – Toshkent, 2016.

G‘afurov U. Globallashuv sharoitida yoshlarni din niqobidagi mafkuraviy tahdidlardan asrashda Internetdan samarali foydalanishning dolzarb masalalari. // “Armiya – davlat tayanchi, tinchlik kafolati”. Qurolli Kuchlar tizimidagi tarbiyaviy ishlar organlari hamda targ‘ibotchilar uchun uslubiy qo‘llanma. – T.: “Sano-standart” nashriyoti, 2013. 285-b. (–B. 275-286).

Xodjaev B.X. Umumta’lim maktablari talabalarida tarixiy tafakkurni modernizatsiyalashgan didaktik ta’minot vositasida rivojlantirish: Pedagogika fanlari doktori. ... diss. – T., 2016. – 314 b.

Oribjonovich, Q. X., & Najimidin o’g, N. M. R. (2023). Inson intellektual va ma’naviy kamoloti bosqichlari. Obrazovanie nauka i innovatsionnыe idei v mire, 18(8), 39-43.

Muxtarov, F. M., & Oribjonovich, Q. X. (2023, April). Oliy Ta’limda Innovatsion-Pedagogik Faoliyatning Ijtimoiy-Psixologik Xususiyatlari. In International Conference on Multidimensional Research and Innovative Technological Analyses (pp. 39-44).