ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
107
INKLYUZIV TA‟LIMNI AMALIYOTGA JORIY QILISHNISHI - YUTUQ VA
MUAMMOLARI
Maxmudov Jasur Yusupovich
59-son “Nurli maskan” IDTM boshlanlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14058773
Annotatsiya
: Maqolada inklyuziv ta‟limni amaliyotga joriy qilinishi, imkoniyati
cheklangan bolalarning ta‟lim olishiga qaratilgan e’tibor, maxsus yordamga muhtoj bolalarni
umumta’lim muassasalari tizimida o'qitish borasida davlatimiz tomonidan chiqarilgan
qarorlar va amalga oshirilgan yutuqlar bilan birga ayrim hal etilishi kerak bo’lgan muammolar
haqida fikrlar bildirilgan.
Kalit so’zlar
. Inklyuziv ta‟lim, ko„tarish qurilmasi, pandus, tutqich, maxsus pedagog,
imkoniyati cheklangan bola, mutaxassis.
Abstract:
In the article, the introduction of inclusive education into practice, the focus
on the education of children with disabilities, the decisions made by our state regarding the
education of children with special needs in the system of general education institutions, and
some of the achievements that need to be resolved. Opinions were expressed about the
problems.
Key words.
Inclusive education, lifting device, ramp, handrail, special pedagogue,
disabled child, specialist.
Imkoniyati cheklangan bolalarning ta‘lim olishi nihoyatda yuqori e‘tiborni talab qiluvchi
umuta‘lim tizimining sohasi hisoblanib, imkoniyati cheklangan bolalar jamiyatning ijtimoiy
qatlamidir, chunki ularning ko’pchiligi kam ta‘minlangan oilalarda voyaga yetganlar. Inklyuziv
ta‘lim – bu imkoniyati cheklangan bolalarni barcha zaruriy vositalar bilan ko’pchilik bolalar
uchun amalga oshiriluvchi ta‘lim tadbirlariga jalb etishdir. Shundagina biz imkoniyati
cheklangan barcha bolalarni jamiyat hayotida faol ishtirok etishga erishishishimiz mumkin.
Maxsus yordamga muhtoj bolalarni umumta‘lim muassasalari tizimida o’qitish borasida
respublikamizda ko’zga ko’rinarli ishlar qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son Farmoni
bilan tasdiqlangan, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasida alohida ta‘lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarga ko’rsatiladigan ta‘lim xizmatlari
sifatini yaxshilashga qaratilgan, alohida ta‘lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarni o’qitish uchun
inklyuziv ta‘lim tizimini tashkil etish, umumta‘lim muassasalarini maxsus moslamalar
(ko’tarish qurilmasi, pandus, tutqich va boshqalar), shuningdek tegishli kadrlar (maxsus
pedagog, bolalarni ruhiy-pedagogik kuzatish bo’yicha mutaxassislar) bilan ta‘minlash; alohida
ta‘lim ehtiyojlari bo’lgan har bir bolaning inklyuziv ta‘lim olish huquqini ta‘minlashga
qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish kabi bandlar kiritilgan.
Bundan tashqari, ―Zamonaviy maktab‖larni qurishda ushbu maktablarda alohida ta‘lim
ehtiyojlari bo’lgan bolalarni o’qitish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ular uchun
maxsus infratuzilma bo’lishi va jihozlanishini ta‘minlash maqsadida inklyuziv ta‘limni tashkil
etish bo’yicha ―Zamonaviy maktab‖ga qo’yiladigan me‘yoriy talablar loyihasi ishlab chiqildi.
Mana shu maqsadda alohida ta‘lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarni o’qitish uchun O’zbekiston
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
108
Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 13.10.2020 yildagi «Alohida ta‘lim ehtiyojlari
boʻlgan bolalarga ta‘lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari
toʻgʻrisida»gi PQ-4860-son qarori qabul qilindi[1].
Alohida ta‘lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarni sog’lom bolalar qatorida umumta‘lim
maktablarida o’qitish amaliyotini rivojlantirish maqsadida ixtisoslashtirilgan ta‘lim
muassasalarida
ta‘lim
olayotgan
o’quvchilarning
umumta‘lim
maktablariga
integratsiyalashuvi (uyg’unlashtirgan holda ta‘lim-tarbiya berish) tajribasi qo’llanilishi
natijasida so’ngi yillarda 500 nafarga yaqin alohida ta‘lim ehtiyojlari bo’lgan o’quvchilar
umumiy o’rta ta‘lim maktablariga qaytarildi. Hozirgi kunda 3,2 mingdan ortiq umumiy o’rta
ta‘lim maktablarida 13 ming nafarga yaqin o’quvchilar inklyuziv ta‘lim bilan qamrab
olingan[1, 4-b].
Amalga oshirilgan ma‘lum bir darajadagi yutuqlar bilan birga ayrim hal etilishi kerak
bo’lgan muammolar ham mavjud. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: salbiy munosabat;
hamjamiyatda ko’rinmaslik; moddiy mablag’ muammolari; jismoniy moslashtirish; sinfdagi
o’quvchilar soni; qaramlik; jinsiy belgilarga qarab kamsitish; favqulodda vaziyatlar, mojorolar
va qochoqlar[2,3]. Shulardan birinchisi salbiy munosabat muammosiga to’xtaladigan bo’lsak
bu holat maxsus ehtiyojli bolalarning umumta‘lim muasasalari tizimida ta‘lim-tarbiya
olaishlari uchun eng katta to’siq bo’lsa kerak. Salbiy munosabat muammosining mazmuni
shundaki, ota-onalar, hamjamiyat a‘zolari, o’qituvchilar, umumta‘lim muassasalari hodimlari,
boshqaruv organlaridagi hatto maxsus ehtiyojli bolalrning o’zlaridagi umumta‘lim
muassasalarida ta‘lim tarbiya olishlariga nisbatan qashiliklari va buni istamasliklaridir. Bunga
sabab nogironlarga nisbatan insonlardagi noto’g’ri fikr, ular to’g’risida ma‘lumotlarning
yetishmasligi, nogiron bolalarning chegaralangan muhitda o’sganligi va boshqalardir[4].
Hamjamiyatda ko’rinmaslik muammosining mazmuni shundaki, ko’pincha ko’plab
maxsus ehtiyojli bolalar ota-onalar tomonidan qattiq bekitiladi. Ularni uyga qamab hech
kimga ko’rsatmaydilar, ro’yxatga olish jarayonida nogiron bolasi to’g’risida hech bir ma‘lumot
berilmaydi. Natijada ko’plab nogiron bolalar hamjamiyatda ishtirok etishdan mahrum
bo’ladilar. Ular to’g’risida hech bir ma‘lumotni bo’lmasligi ta‘limtarbiya muassasalariga
qatnamasliklariga olib keladi[8,9].
Moddiy mablag’ muammolari. Jahon miqiyosida ko’pgina davlatlarda maxsus ehtiyojli
bolalarni umumta‘lim muassasalarida o’qitish juda qimmatga tushadi,- deb hisoblaydilar.
Shuning uchun ham inklyuziv ta‘lim tizimini joriy qilish masalasini hal qilmaydilar. Jismoniy
moslashtirish masalasi har bir davlatda mavjud bo’lib, bu mammo asosida maxsus ehtiyojli
bolalarni maktabga qatnashi masalasi yotadi. Maxsus ehtiyojli bola maktabga kelgandan so’ng
u ko’plab muammolarga duch keladi, masalan, binoning ichkarisiga kirish, xonalar bo’ylab
harakatlanish, hojatxonaga borish va hokazolar. Inklyuziv ta‘limda jismoniy xavsizlik va
qulaylik muhimdir. Sinfdagi o’quvchilar soni muammosiga keladigan bo’lsak, sinfdagi
o’quvchilar sonining ko’pligi ko’plab davlatlarda maxsus ehtiyojli bolalar uchun inklyuzivlikka
to’sqinlik qiladi. Rivojlangan davlatlarda har bir sinfdagi bolalar soni 30 tadan oshmaydi.
Ammo rivojlanishdan orqada qolgan davlatlarda esa bir sinfda 60-100 nafar bolaning o’qishi
oddiy holder[7].
Qaramlik muammosi- ya‘ni bunda maxsus ehtiyojli bolalarning ko’pchiligini doimiy
ravishda boshqalar ko’magiga muhtojligi nazarda tutiladi. Jinsiy belgilarga qarab kamsitish
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
109
muammosi oqibatida ta‘limda o’g’il bolalar va qiz bolalarning teng munosabatda bo’lmasligi
kuzatiladi[5,6].
Favqulodda vaziyatlar, mojorolar va qochoqlar. Favqulotta vaziyatlar, mojorolar va
qochoqlar nafaqat nogironlik sababchisi, balki, maxsus ehtiyojli bolalarning zaifligini yanada
chuqurlashtirishga sabab bo’ladigan omildir. Jahon miqyosida esa hanuzgacha bu
muammoning yechimlari topilganicha yo’q.
Xulosa qiladigan bo’lsak, inklyuziv ta‘lim nafaqat ta‘lim borasida, balki bolalarning
ma‘naviy va jismoniy o’sishlari, shuningdek vositalarni iqtisod qilish borasida ham
samaralidir, maxsus yordamga muhtoj bolalarni umumta‘lim muassasalari tizimida o’qitish
borasida respublikamizda ko’zga ko’rinarli ishlar qilinmoqda. Olib borilayotgan ishlar
natijasida imkoniyati cheklangan bolalar ta‘limga jamoatchilik tashkilotlarining munosabati
o’zgardi, ota-onalarning bolalariga e‘tibori ortdi, ta‘lim olishlari uchun qiziqishlari yanada
ortdi. O’zbekistonda imkoniyati cheklangan bolalarni umumta‘lim mussasalariga jalb etish,
integrasiya asosida ta‘limni tashkil etishning o’ziga xos muammolari va qiyinchilaklari
bo’lsada u barcha mintaqalarda rivojlanib bormoqda, bu esa imkoniyati cheklangan bolalarga
ta‘lim berishning noan‘anaviy shakllarini tashkil etishga harakat qilinmoqda.
References:
1.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning 13.10.2020 yildagi «Alohida
ta‘lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ta‘lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4860-son qarori
2.
Muzaffarova X.N. Inklyuziv ta‘limning muammolari va istiqbollari//
3.
Muzaffarova X.N., Tursunqulova O. Inklyuziv ta‘limni amaliyotga joriy qilish masalalari//
zamonaviy taraqqiyotda ilm-fan va madaniyatning o’rni nomli respublika ilmiy amaliy
konferentsiyasi 20.06. 2021yil
4.
Nurmuhammedova L.Sh. Oilada nogiron farzandni tarbiyalashning pedagogik
xususiyatlari. Ped.fan.nomz...diss. – Toshkent, 2005. – 156 b.
5.
Rustamov.S. Inklyuziv sinflarda oilalar bilan ishlash va ular o’rtasidagi hamkorlikning
o’ziga xosligi.
6.
Ture Yonsson. Inklyuziv ta‘lim. O’qituvchilar uchun metodik qo’llanma. Yunesko xalqaro
tashkiloti. Opereyshen Mersi Xalqaro Tashkiloti, Respublika ta‘lim markazi.–T.:ilmiy jurnal.
Toshkent, 2002. - №1-2.
7.
Shoumarov G’., R.Shomahmudova, L.Mo’minova, H.Kalbaeva va boshqalar ―O’zbekiston
Respublikasida Inklyuziv ta‘lim kontsepsiyasi‖ Ijtimoiy tashabbuslarni qo’llab-quvvatlash
fondi, T., 2009.
8.
Shomahmudova R.Sh. Maxsus va inklyuziv ta‘lim. Xalqaro va milliy tajribalar.Uslubiy
qo’llanma.Toshkent. ―Chashma print‖ 2011. -213 b