Авторы

  • Isobek Shermanov
    Dotsent, PhD O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.51768

Ключевые слова:

Konstitutsiya xalq ta’limi pedagog-o‘qituvchi o‘quvchi-yoshlar kreativ dekoratsiya “fin ta’limi” andazasi.

Аннотация

Ushbu maqolada mamlakatimizning bugungi yoshlarini barkamol ruhda tarbiyalash muammolari: yangicha, kreativ dunyoqarashga ega pedagoglarni tayyorlash va yosh avlod uchun barcha sharoitlarga ega maktablarni barpo etish xususida bayon qilingan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

34

YANGI O’ZBEKISTONNING TA’LIM TIZIMIDAGI MUAMMOLAR VA

YECHIMLAR (IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLIL)

Shermanov Isobek Chilmamatovich

Dotsent, PhD

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

shermanov1983@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.14179951

Annotatsiya.

Ushbu maqolada mamlakatimizning bugungi yoshlarini barkamol ruhda

tarbiyalash muammolari: yangicha, kreativ dunyoqarashga ega pedagoglarni tayyorlash va
yosh avlod uchun barcha sharoitlarga ega maktablarni barpo etish xususida bayon qilingan.

Kalit so‘zlar:

Konstitutsiya, xalq ta’limi, pedagog-o‘qituvchi, o‘quvchi-yoshlar, kreativ,

dekoratsiya, “fin ta’limi” andazasi.


Bugungi kunda dunyoning ilg‘or, yetakchi davlatlarida taʼlim sohasini rivojlantirish

birinchi o‘rindagi vazifa sifatida qaralayotganligi bejiz emas. Sababi, mamlakatning kelgusi
taraqqiyotining asosiy omili, aynan ta’lim sohasiga borib taqalishi hamda uning ravnaqi aynan
shu sohada qo‘lga kiritilgan yutuqlar bilan o‘lchanishi bu faktdir. Zero, taʼlim tizimining
taraqqiyoti jamiyatdagi barcha sohalarning muvaffaqiyatli taraqqiyotini taʼminlaydi.

Yangi O‘zbekistonda bugungi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, ertamiz vorislari

bo‘lgan yoshlarga sifatli bilim berish, ularni har tomonlama yetuk, komil inson qilib voyaga
yetkazish yo‘lida ulkan tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Muhtaram Prezidentimizning
2020 yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori

yoshlarni islohotlarning faol

ishtirokchisiga aylantirish, ilm-fanga rag‘batini oshirish, izlanuvchanlik va yaratuvchanlik
faoliyatiga keng jalb qilish, jahon miqyosida Vatanimiz dovrug‘ini keng taratgan ajdodlarga
munosib avlodni tarbiyalash maqsadlariga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir[1].

Bugungi kunda O‘zbekiston muhim demografik chegarada turibdi. 30 yoshgacha bo‘lgan

yoshlar aholining 60 foizini tashkil qiladi. Kelgusi 20 yilda bugungi bolalar va yoshlar
mamlakatimiz tarixidagi eng yirik asosiy kuchga aylanishini ibobatga oladigan bo‘lsak, ta’lim
tizimiga yot va zararli bo‘lgan buzg‘unchi kuchlarning tahdididan xoli bo‘lgan fazalardan
biriga aylantirmog‘imiz lozimdir.

Bu yo‘lda ta’lim sifati va ta’lim samaradorligi jamiyatda hayot sifatini ko‘rsatuvchi asosiy

omillardan biri hisoblanadi. Davlat va jamiyat umumiy va kasbiy ta’limga qanchalik ko‘p
mablag‘ sarflasa va natijasi eng yuqori xalqaro standartlarga javob bersa, hayot sifati
shunchalik yuqori bo‘ladi.

Bugungi globallashgan dunyoda mafkuraviy tahdidlar kuchaygani barchamizga ayyon.

Mafkuraviy kurash o‘zi nima?, degan savol tug‘ilishi tabiiy.

Mafkuraviy kurash – bu turli g‘oyaviy qarashlar, yondashuvlar, xilma-xil maslak va

maqsadlarga ega ijtimoiy subyektlar o‘rtasida yuzaga keladigan, qarama-qarshilikka
asoslangan munosabatlar demakdir[2.306]. Demak, mafkuraviy kurash aynan bir mafkura
yoki g‘oya emas ularning negizida tashkil topgan turfa xil qarashlarning gegemonlikka
intilishidir. Shunga yaqin ma’noda Sh.Sh.Negmatova “Gumanistik iqtisodiyot–sog‘lom


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

35

raqobatga asoslangan, insonning barcha moddiy va ma’naviy ne’matlarga bo‘lgan ehtiyojlarini
qondirishga, jamiyatning keskin tabaqalanib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan ijtimoiy
yo‘naltirilgan iqtisodiyotdir”[3,9]. Zamonaviy biotexnologik usullar shu qadar kuchli va to‘liq
o‘rganilmagan salohiyatga egaki, ulardan keng foydalanish faqat axloqiy me’yorlarga qat’iy
rioya qilgan holda maqsadli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Jamiyatda mavjud bo‘lgan
axloqiy tamoyillar jamiyat va shaxs manfaatlari o‘rtasida murosa izlashga majbur qiladi.
Qolaversa, hozirgi paytda shaxs manfaatlari jamiyat manfaatlaridan yuqori qo‘yilgan.
Binobarin, bu boradagi odob-axloq me’yorlariga rioya etish va yanada rivojlantirish, eng
avvalo, inson manfaatlarini har tomonlama himoya qilishga qaratilishi lozim.

Ta’lim sohasidagi turfa xil mafkuralar dialektik jihatdan olganda juda yaxshi, ammo bu

ma’lum bir kuchlarning ishtirokida ularning manfaatlariga xizmat qilishi, bu – ta’lim tizimini
ichdan yemirishi mumkin bo‘lgan asosiy muammolardan biridir.

Bugungi kunda ta’lim samaradorligini belgilashda eng optimal qarorlar qabul qilish –

yuqori ta’lim sifatiga erishishni talab etadi. Ta’lim sifatini oshirish uchun, avvalo, byurokratik
tizimni yo‘qotish kerakdir. Sababi, eng g‘arazli bo‘lgan tashqi yot g‘oyalar ushbu tizimning
mevasi hisoblanadi, ya’ni ta’limda ertangi kunga bo‘lgan qo‘rquv va ishonchsizlik buzg‘unchi
g‘oyalarning kirib kelishiga keng yo‘l ochib beradi.

Mamlakatimizning hozirgi davrdagi rivojlanish bosqichida oliy kasbiy ta’lim

globallashuv jarayonlari davrida mamlakatning milliy, iqtisodiy, ekologik, siyosiy xavfsizligini
ta’minlashga qodir bo‘lgan shaxslarning shakllanishidagi, insoniyatning universallashuvi va
postindustrial axborot jamiyatiga o‘tishidagi asosiy vositalardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Chunki, axborotlashgan jamiyatda axborotlarning keng ko‘lamda harakatlanishi,
ma’lumotlarning turfa xilligi insonlarda axborotlarni tanlash imkonini yaratadi. Bularning
barchasi ta’limning globallashuvini vujudga keltiradi. Ta’limning globallashuvi, aslida, milliy
ta’lim tizimini demontaj qilishni nazarda tutadi, dunyo tartibotida tub o‘zgarishlarni nazarda
tutadi va bunda milliy chegaralar o‘z ma’nosini yo‘qotadi.

Professor J.Mestenhauzer (AQSh, Minnesota shtati) o‘z fikriga ko‘ra, “xalqarolashtirish”

va “xalqaro ta’lim” tushunchalarini ajratish kerak deb ta’kidlaydi.

Xalqaro ta’lim – amaliyotda ma’lum bir o‘quv dasturlari to‘plami sifatida amalga

oshiriladi, uning vazifasi talabalarni kelajakdagi kasbiga tayyorlash, iqtisodiy hayotni
baynalmilallashtirish sharoitida har qanday mamlakatning mehnat bozorida bitiruvchilar
uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlantirishdir.

Shu bilan birga hozirgi kundagi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi asoratlari davom

etayotgan bir pallada oliy ta’lim jamiyatni birlashtirishning, yagona ijtimoiy-madaniy makonni
saqlab qolishning, ijtimoiy nizolar va etnomilliy ziddiyatlarni yengib o‘tishning eng muhim
salohiyatli omili sifatida olib qaralishi lozimdir. Yangicha ta’lim tizimlarining shakllanishi
tendensiyalari aniq-ravshan turibdi-ki, hozirgi zamon jamiyatining umumiy rivojlanishi
tendensiyalar bilan belgilanadi[4.23].

Ta’lim sifati an’anaga ko‘ra o‘qitishning va ilmiy tadqiqotlarning OTM darajasidagi tabiiy

elementi va olimlarning kasbiy faoliyatidagi ajralmas bir bo‘lagi bo‘lib sanaladi. Hozirgi kunda
oliy ta’lim sifatini oshirish butun dunyoda ta’lim tizimidagi eng muhim va asosiy masalalardan
biri bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun ham oliy ta’lim sifatini baholashdagi yondashuvlarni
tadqiq qilishga ehtiyoj tug‘iladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

36

Umuman olganda inson ijtimoiy hayotda bunyodkorlik hamda ezgulik amallarini olib

borishi natijasida yuzaga kelgan taraqqiyotdagi o‘zgarishlarni ko‘rib, o‘zining qo‘shgan hissasi
natijalarini anglab, unda quvonch hissi yuzaga keladi. Bunda yoshlarda o‘ziga ishonch tuyg‘usi
yuzaga kelishi, mustahkamlanishiga va kayfiyatining ko‘tarilishi natijasida yoshlar faolligining
oshishiga ham olib keladi[5.14].

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda quyidagi takliflarni keltirishimiz mumkin:
Birinchidan, ta’lim tizimini isloh qilish uchun milliy modelni ishlab chiqishda ko‘r-

ko‘ronalikdan voz kechgan holda zamonaviy, eng ilg‘or xalqaro ta’lim andozalarini
o‘zlashtirish orqali ta’limni rivojlantirish;

Ikkinchidan, ta’lim tizimidagi byurokratiyani yo‘q qilish orqali o‘qituvchi va talaba-

yoshlarda ertangi kunga bo‘lgan ishonchni shakllantirish;

Uchinchidan, Yangi O‘zbekistonning Uchinchi renessans davrida amalga oshirilayotgan

tub islohotlarini to‘lig‘icha ta’lim tizimiga isloh qilish;

To‘rtinchidan, ta’limni tarbiyadan ajratgan holda tashkil etish, ya’ni o‘qituvchilarni

faqatgina ta’lim jarayoniga jalb etish orqali tarbiyadan xoli etish.

References:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.12.2020 yildagi PQ-4910-sonli qarori.

2.

Yaxshilikov J.Ya., Nurmuhammedov N.E. “Milliy g‘oya – taraqqiyot strategiyasi”.

Toshkent, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Fan” nashriyoti. 2017 yil. B.306
3.

Negmatova, Shahzoda. "Competition between political parties in Uzbekistan."

European

Journal of Humanities and Social Sciences

1 (2016): 25-27.

4.

Xoliqulov Muhammad Qaxor o‘g‘li. Geo-mafkuraviy jarayonlar va

ularning kelib chiqish

qonuniyatlari. Falsafiy tadqiqotlar va ijtimoiy fanlar xalqaro jurnali. O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi. 2024-yil. 1-
son. –B.23.
5.

Yaxshilikov J.Ya. Yoshlаr dunyoqаrаshi shаkllаnishi vа rivojlаnishidа finlаndiya

tа’limining o‘zigа xos xususiyati vа omillаri. O‘zbekiston-finlandiya ta’limi va barkamol avlod
tarbiyasi muammolari. Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. – Samarqand: –B.14.
6.

Chilmamatovich, Shermanov Isobek. "FIN TA’LIM TIZIMINING OʻZBEK TA’LIM TIZIMIGA

ISLOH QILINISHI SABABLARI."

Ustozlar uchun

57.4 (2024): 39-42.

7.

Chilmamatovich, Shermanov Isobek. "HISTORY AND METHODOLOGY OF BIOGEN

TECHNOLOGIES (ONTOLOGICAL-EPISTEMOLOGICAL ANALYSIS)." (2023).
8.

Shermanov, Isobek. "BIOETIKA: FAN-TEXNOLOGIYA VA ISHLAB CHIQARISH

JARAYONIDAGI AHAMIYATI (ijtimoiy-falsafiy tahlil)."

Farg'ona davlat universiteti

1 (2023):

194-194.
9.

Chilmamatovich, Shermanov Isobek. "Main tasks in the material and spiritual

transformation of biotechnological processes."

Asian Journal Of Multidimensional

Research

12.7 (2023): 24-30.

10.

Шерманов, Исобек. "Ижтимоий тараққиётда биотехнологик жараёнларни

шакллантириш: муаммо ва таклифлар."

Общество и инновации

3.6 (2022): 64-69.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

37

11.

Chilmamatovich,

Shermanov

Isobek.

"БИОТЕХНОЛОГИК

ЖАРАЁНЛАР

ТАРАҚҚИЁТИДА МОДДИЙ ВА МАЪНАВИЙ ИШЛАБ ЧИҚАРИШ УЙҒУНЛИГИ
МАСАЛАЛАРИ."

PHILOSOPHY AND LIFE INTERNATIONAL JOURNAL

SI-1 (2022).

12.

Шерманов, И. "МИЛЛИЙ ИЖТИМОИЙ ИШЛАБ ЧИҚАРИШ ВА УНИНГ МУСТАҚИЛ

ИЖТИМОИЙ

ТАРАҚҚИЁТДА

ТУТГАН

ЎРНИ

ВА

АҲАМИЯТИ."

ВЕСТНИК

КАРАКАЛПАКСКОГО ГОСУДАРСТВЕННОГО УНИВЕРСИТЕТА ИМЕНИ БЕРДАХА

35.2 (2017):

103-104.
13.

Шерманов, Исобек Чилмаматович. "СОЦИАЛЬНОЕ РАЗВИТИЕ: ОСНОВЫ

МАТЕРИАЛЬНОГО И ДУХОВНОГО СООТНОШЕНИЯ."

Актуальные научные исследования в

современном мире

3-7 (2017): 142-146.

14.

Shermanov, Isobek Chilmamatovich. "DIALECTIC AND SINERGETIC PECULIARITIES OF

MATERIAL PRODUCTION PROCESS."

Theoretical & Applied Science

2 (2017): 81-86.

15.

Шерманов, И. Ч. "ИЖТИМОИЙ ТАРАҚҚИЁТДА МАЪНАВИЙ ИШЛАБ ЧИҚАРИШНИНГ

ФАЛСАФИЙ МЕТОДОЛОГИК АҲАМИЯТИ."

ILMIY XABARNOMA

: 44.

16.

Негматова, Шахзода, and Хасан Орипов. "Проблемы формирования интернет-

грамотности среди молодежи."

Наука и образование сегодня

5 (6) (2016): 37-39.

17.

Negmatova, Shakhzoda Shukhratovna, and Nodirjon Ergashevich Togaev. "Diversity in

social development."

Школа Науки

5 (2019): 43-45.

18.

Негматова, Шахзода, and Хасан Вахобович Орипов. "Влияние глобальных кризисов

на духовность человека."

Достижения науки и образования

10 (32) (2018): 33-35.

19.

Negmatova, Shahzoda. "Competition between political parties in Uzbekistan."

European

Journal of Humanities and Social Sciences

1 (2016): 25-27.

20.

Shukhratovna, Negmatova Shakhzoda. "Modern Scientific Thinking: Innovative And

Euristic Aspects."

The American Journal of Social Science and Education Innovations

3.10

(2021): 13-17.
21.

Negmatova, Sh Sh. "THE CONCEPT OF COMPETITION IN THE SCIENTIFIC

COMMUNITY."

Актуальные направления фундаментальных и прикладных исследований

.

2016.
22.

Negmatova, Shahzoda Shuxratovna. "MORAL NORMS OF THE ECONOMIC

COMPETITIVE."

Teoretičeskaâ i prikladnaâ nauka

7.27 (2015): 44-47.

23.

Negmatova, Shahzoda Shuxratovna. "Legal processes of ensure of socio-economic

competition."

The Fourth International Congress on Social Sciences and Humanities

. 2015.

24.

Shukhratovna, Negmatova Shakhzoda, and Oripov Khasan Abdivakhobovich. "The

influence of intellectual competition to social development in the 21st century."

European

science

7 (49) (2019): 44-47.

25.

Shukhratovna, Negmatova Shakhzoda. "A Paradigm of Synergetics and Nonlinear

Thinking." (2023).

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.12.2020 yildagi PQ-4910-sonli qarori.

Yaxshilikov J.Ya., Nurmuhammedov N.E. “Milliy g‘oya – taraqqiyot strategiyasi”. Toshkent, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Fan” nashriyoti. 2017 yil. B.306

Negmatova, Shahzoda. "Competition between political parties in Uzbekistan." European Journal of Humanities and Social Sciences 1 (2016): 25-27.

Xoliqulov Muhammad Qaxor o‘g‘li. Geo-mafkuraviy jarayonlar va ularning kelib chiqish qonuniyatlari. Falsafiy tadqiqotlar va ijtimoiy fanlar xalqaro jurnali. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi. 2024-yil. 1-son. –B.23.

Yaxshilikov J.Ya. Yoshlаr dunyoqаrаshi shаkllаnishi vа rivojlаnishidа finlаndiya tа’limining o‘zigа xos xususiyati vа omillаri. O‘zbekiston-finlandiya ta’limi va barkamol avlod tarbiyasi muammolari. Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. – Samarqand: –B.14.

Chilmamatovich, Shermanov Isobek. "FIN TA’LIM TIZIMINING OʻZBEK TA’LIM TIZIMIGA ISLOH QILINISHI SABABLARI." Ustozlar uchun 57.4 (2024): 39-42.

Chilmamatovich, Shermanov Isobek. "HISTORY AND METHODOLOGY OF BIOGEN TECHNOLOGIES (ONTOLOGICAL-EPISTEMOLOGICAL ANALYSIS)." (2023).

Shermanov, Isobek. "BIOETIKA: FAN-TEXNOLOGIYA VA ISHLAB CHIQARISH JARAYONIDAGI AHAMIYATI (ijtimoiy-falsafiy tahlil)." Farg'ona davlat universiteti 1 (2023): 194-194.

Chilmamatovich, Shermanov Isobek. "Main tasks in the material and spiritual transformation of biotechnological processes." Asian Journal Of Multidimensional Research 12.7 (2023): 24-30.

Шерманов, Исобек. "Ижтимоий тараққиётда биотехнологик жараёнларни шакллантириш: муаммо ва таклифлар." Общество и инновации 3.6 (2022): 64-69.

Chilmamatovich, Shermanov Isobek. "БИОТЕХНОЛОГИК ЖАРАЁНЛАР ТАРАҚҚИЁТИДА МОДДИЙ ВА МАЪНАВИЙ ИШЛАБ ЧИҚАРИШ УЙҒУНЛИГИ МАСАЛАЛАРИ." PHILOSOPHY AND LIFE INTERNATIONAL JOURNAL SI-1 (2022).

Шерманов, И. "МИЛЛИЙ ИЖТИМОИЙ ИШЛАБ ЧИҚАРИШ ВА УНИНГ МУСТАҚИЛ ИЖТИМОИЙ ТАРАҚҚИЁТДА ТУТГАН ЎРНИ ВА АҲАМИЯТИ." ВЕСТНИК КАРАКАЛПАКСКОГО ГОСУДАРСТВЕННОГО УНИВЕРСИТЕТА ИМЕНИ БЕРДАХА 35.2 (2017): 103-104.

Шерманов, Исобек Чилмаматович. "СОЦИАЛЬНОЕ РАЗВИТИЕ: ОСНОВЫ МАТЕРИАЛЬНОГО И ДУХОВНОГО СООТНОШЕНИЯ." Актуальные научные исследования в современном мире 3-7 (2017): 142-146.

Shermanov, Isobek Chilmamatovich. "DIALECTIC AND SINERGETIC PECULIARITIES OF MATERIAL PRODUCTION PROCESS." Theoretical & Applied Science 2 (2017): 81-86.

Шерманов, И. Ч. "ИЖТИМОИЙ ТАРАҚҚИЁТДА МАЪНАВИЙ ИШЛАБ ЧИҚАРИШНИНГ ФАЛСАФИЙ МЕТОДОЛОГИК АҲАМИЯТИ." ILMIY XABARNOMA: 44.

Негматова, Шахзода, and Хасан Орипов. "Проблемы формирования интернет-грамотности среди молодежи." Наука и образование сегодня 5 (6) (2016): 37-39.

Negmatova, Shakhzoda Shukhratovna, and Nodirjon Ergashevich Togaev. "Diversity in social development." Школа Науки 5 (2019): 43-45.

Негматова, Шахзода, and Хасан Вахобович Орипов. "Влияние глобальных кризисов на духовность человека." Достижения науки и образования 10 (32) (2018): 33-35.

Negmatova, Shahzoda. "Competition between political parties in Uzbekistan." European Journal of Humanities and Social Sciences 1 (2016): 25-27.

Shukhratovna, Negmatova Shakhzoda. "Modern Scientific Thinking: Innovative And Euristic Aspects." The American Journal of Social Science and Education Innovations 3.10 (2021): 13-17.

Negmatova, Sh Sh. "THE CONCEPT OF COMPETITION IN THE SCIENTIFIC COMMUNITY." Актуальные направления фундаментальных и прикладных исследований. 2016.

Negmatova, Shahzoda Shuxratovna. "MORAL NORMS OF THE ECONOMIC COMPETITIVE." Teoretičeskaâ i prikladnaâ nauka 7.27 (2015): 44-47.

Negmatova, Shahzoda Shuxratovna. "Legal processes of ensure of socio-economic competition." The Fourth International Congress on Social Sciences and Humanities. 2015.

Shukhratovna, Negmatova Shakhzoda, and Oripov Khasan Abdivakhobovich. "The influence of intellectual competition to social development in the 21st century." European science 7 (49) (2019): 44-47.

Shukhratovna, Negmatova Shakhzoda. "A Paradigm of Synergetics and Nonlinear Thinking." (2023).