Авторы

  • B.M. Boltayev
  • I.F. Turg’unov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.51774

Аннотация

Chov churrasini bartaraf qilish dunyoda eng ko’p qilinadigan rejali operatsiyalardan biri bo’lib, bugungi kunda ushbu operatsiyaning 400 dan ortiq usullari ishlab chiqilgan. Biroq biron-bir usul operatsiyadan keyingi asoratlar bo’lmasligi va churra qaytalanmasligini kafolatlamaydi. Shuning uchun ham zamonaviy gerniologiya oldida chov churrasini bartaraf etishning eng optimal usulini ishlab chiqish kabi vazifa turibdi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

23

IKKI TOMONLAMA CHOV CHURRALARINI DAVOLASHDA LAPAROSKOPIK

VA AN’ANAVIY METODIKALARNING SOLISHTIRMA TAHLILI

Boltayev B.M.

Turg’unov I.F.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14166719

Dolzarbligi.

Chov churrasini bartaraf qilish dunyoda eng ko’p qilinadigan rejali

operatsiyalardan biri bo’lib, bugungi kunda ushbu operatsiyaning 400 dan ortiq usullari
ishlab chiqilgan. Biroq biron-bir usul operatsiyadan keyingi asoratlar bo’lmasligi va churra
qaytalanmasligini kafolatlamaydi. Shuning uchun ham zamonaviy gerniologiya oldida chov
churrasini bartaraf etishning eng optimal usulini ishlab chiqish kabi vazifa turibdi.

Maqsad.

Ushbu tahlildan maqsad randomizatsiyalashtirilgan klinik tekshiruvlar asosida

ikki tomonlama chov churralarini bartaraf etishda TAPP (transabdominal preperitoneal
plastika) va Lixtenshteyn operatsiyalari orasidagi ustunlik va kamchiliklarni aniqlash,
aniqlangan ustunlik va kamchiliklar asosida ushbu operatsiya usullarini qanday
kategoriyadagi bemorlar uchun tavsiya qilish mumkinligini taklif etish.

Tadqiqot materiallari va usullari.

Ushbu tahlilda material sifatida Ielpo B. va uning

hamkasblari tomonidan 2016, 2017 va 2018-yillarda o’tkazilgan randomizatsiyalashtirilgan
klinik tadqiqotlar tanlab olindi. Ushbu tadqiqot natijalari statistik tahlil qilinib, ikki
tomonlama chov churralarini bartaraf etishda TAPP va Lixtenshteyn operatsiyalaridan
keyingi davrdagi natijalar 6 ta me’zonlar asosida solishtirildi: operatsiyadan keyingi davrdagi
koyka kunlari, operatsiya davomiyligi, operatsiyadan keyingi 1-kundagi og’riq darajasi (VAS
shkalasidan foydalanildi), operatsiyadan keyingi 7-kundagi og’riq darajasi (VAS shkalasidan
foydalanildi), operatsiyadan keyin churraning qaytalanish chastotasi, operatsiyadan keyingi
asoratlar chastotasi (seroma, gematoma, yaraning yiringlashi).

Tadqiqot natijalari.

Operatsiyadan keyingi davrda TAPP o’tkazgan bemorlar

Lixtenshteyn operatsiyasini o’tkazgan bemorlarga nisbatan o’rtacha 0,44 kun kamroq
statsionarda davolangan va tezroq uyga qo’yib yuborilgan. Laparoskopik amaliyotlar o’rtacha
3,87 minut uzoqroq davom etgan. Operatsiyadan keyingi davrda og’riq sindromi VAS shkalasi
bo’yicha laparoskopik operatsiya o’tkazgan bemorlarda 1-kuni 2,05 ballga, 7-kuni esa 1,42
ballga kam bo’lgan. Biroq operatsiyadan keyin churraning qaytalanish chastotasi Lixtenshteyn
operatsiyasida 2,13% ga kamroq ekanligi aniqlandi. Operatsiyadan keyingi asoratlar (seroma,
gematoma, yaraning yiringlashi) laparoskopik amaliyotlarda sezilarli 17,83% ga kamroq
kuzatilgan.

Xulosa.

Ikki tomonlama chov churralarini bartaraf etishda TAPP usuli operatsiyadan

keyingi koyka kunlarining kamligi, og’riq sindromining pastligi, operatsion jarohatdagi
asoratlar (seroma, gematoma, yaraning yiringlashi) chastotasi kamligi bilan Lixtenshteyn
operatsiyasidan ustun tursa, operatsiya davomiyligi va operatsiyadan keyin churraning
qaytalanish chastotasi me’zonlari bo’yicha biroz unga yutqazadi. Shu o’rinda Lixtenshteyn
operatsiyasida TAPP usulidan farqli ravishda umumiy intubatsion narkozdan tashqari orqa
miya anesteziyasi va mahalliy infiltratsion anesteziyani ham qo’llash mumkinligini yodga
olish kerak. O’z o’rnida TAPP qorin bo’shlig’idagi xamroh patologiyalarni aniqlashda
Lixtenshteyn operatsiyasidan so’zsiz ustun turadi. Shu o’rinda ikkala usulni ham butkul


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

24

mukamallikdan yiroqligini inobatga olib, ularni bir-biriga raqobatchi usullar sifatida ko’rishni
tavsiya qilamiz. Yosh, somatik sog’lom, ish qobiliyatini tez tiklashi kerak bo’lgan bemorlarda
tanlovdagi tarozi pallasi TAPP usuli tomonga, yoshi ulug’, kardiorespirator muammolari bor,
mehnat faoliyatini tugatgan bemorlarda esa Lixtenshteyn operatsiyasi tomonga bosib ketadi.