ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
19
ONA TILI DARSLARIDA ORFOGRAFIK MALAKALARNI SHAKLLANTIRISHDA
DIDAKTIK O‘YINLARDAN FOYDALANISH METODIKASI
Omonillayeva Maxfuza Ilyosjon qizi
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti
“Boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14135191
Annotatsiya:
Didaktik o‘yinlar orfografik malakalarni shakllantirishda samarali
metodik vosita hisoblanadi. O‘yinlar yordamida o‘quvchilar o‘zlashtirgan bilimlarni
amaliyotda qo‘llashni o‘rganadilar, orfografiya qoidalarini o‘zlashtiradilar va xatolarni
tuzatish ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Bunday o‘yinlar nafaqat bilimlarni o‘rganishni
yengillashtiradi, balki o‘quvchilarning motivatsiyasini oshiradi va o‘rganish jarayonini
qiziqarli qiladi.
Kalit so‘zlar:
didaktik o‘yin, savod o‘rgatish davri, orfografik hushyorlik, mantiqiy
tafakkur, savodxonlik.
Ma’lumki, yozuv san’atning bir turidir. Yozuv insonning his–tuyg‘usi hamda ruhiy
qiyofasini namoyon qiladigan sifatlardir. Bu sifatlarni amalga oshirish esa ona tili fanining
maqsadlaridan biridir.
O‘quvchini orfografik hushyorlikni va savodli yozishga o‘rgatish albatta boshlang‘ich
sinflarda amalga oshiriladi. Bola bu davrda so‘zlarni yozuv taxtasidan va kitobdan ko‘chirib
to‘g‘ri yozish malakasini egallaydi. Asta–sekin so‘z birikmasi, gap tuzishni o‘rganadi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarni grammatikaga oid bilimlarini o‘rgatish va ularni
yozma nutqlarini shakllantirishda yozma ishlar alohida o‘rin tutadi. Bular – ko‘chirib yozish,
diktant, bayon, insho tarzida amalga oshiriladi.
O‘qituvchi bir xil yoki bir-biriga o‘xshash usullarda dars o‘tish bilan chegaralanib
qolmasligi kerak. Ayniqsa, muammoli darslarni har xil didaktik o‘yinlar yordamida o‘tish
ularning qiziqishlarini oshirish bilan birgalikda, mantiqiy tafakkurini o‘stirishga ham yordam
beradi.
Didaktik o‘yinlar o‘tkazishdan oldin bolalarning yoshini, bilim saviyasini hisobga olishni
unutmaslik kerak. Ularni oddiy, oson va vaqtni kam oladigan turlaridan boshlab, asta-sekin
murakkablashtirib borish yaxshi natija beradi. Bunday ish tutish, bir tomondan bolalarning
dunyoqarash va ongini kengaytirsa, boshqa tomondan, ularning bayon etish qobiliyatini
kuchaytiradi, mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
O‘qituvchi bunday didaktik o‘yinlarni mavzu asosida ma’lum maqsaddan kelib chiqqan
holda tanlay olishi zarur.
Quyida didaktik o‘yinlardan namunalar keltiramiz.
1-sinf o‘quvchilariga savod o‘rgatish davrida juda oddiy bo‘lgan o‘yinlardan foydalanish
kerak.
1.«Kim tez topa oladi?» o‘yini
.
Sinf o‘quvchilari bir necha guruhga ajratiladi. O‘qituvchi biron predmet yoki ish quroli
rasmini o‘quvchilarga ko‘rsatadi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
20
Masalan: chinor, terak, olma daraxtlarining bargini ko‘rsatib,
1. Uzoq umr ko‘ruvchi daraxt qaysi?
2. Qaysi daraxt meva beradi?
3. Jonli predmetni toping?
4. Qaysi hayvon tez chopa oladi?
va shu kabi savollar beradi.
2. Tasvirli didaktik o‘yin.
Tasvirda nima aks ettirilgan? Tasvir nimalardan tashkil topgan?
O‘quvchilar tasvirda yashiringan sonlarni topish orqali ularni eslab qolish va qo‘l
harakatini to‘g‘ri ishlatishga o‘rganadilar. Ular o‘ynab yurganda yerga, daftarga, boshqa
joylarga tasvirni chizish orqali ham sonlarni eslab qolish ko‘nikmalarini egallaydilar.
3. Fikrni charhlash o‘yini.
O‘yinning maqsadi o‘quvchilar savodxonligini oshirish bilan birgalikda hisoblash
malakalarini ham shakllantirishdan iborat.
O‘yinda sonlar o‘rniga ularning harfiy ifodasi ko‘rsatiladi, javob ham harfiy ifoda bilan
berilishi talab qilinadi:
i + i = t
Bu o‘yinda o‘quvchilar harfiy ifoda o‘rnida qanaqa son borligini mantiqiy fikrlab, o‘zlari
ham ifodaning harfiy javobini yozadilar. Bu o‘yin 1-sinf o‘quvchilarini ilk savod o‘rgatish
davriga mos keladi.
4. “So‘zning o‘rnini topish” o‘yini.
O‘yinni o‘tkazishdan oldin o‘qituvchi yozuv taxtada yoki kartochkada she’riy parchalarni
yozib tarqatadi. Kartochkadagi ayrim so‘zlar tushirib qoldiriladi. O‘qituvchi o‘quvchilardan
so‘zlarning o‘rnini topib yozishni talab etadi.
Bunday o‘yinlarni o‘tkazish o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga va lug‘at boyligini
oshirishga yordam beradi. Namuna:
Bog‘ yashnaydi, Uy yashnaydi,
........... bilan. ......... bilan.
Dala yashnar Tog‘ yashnaydi
........... bilan. ......... bilan.
O‘quvchilar ochiq qolgan so‘zlar o‘rniga mos keladigan to‘g‘ri javobni topib yozishlari
kerak (bog‘bon, dehqon, bola, lola).
Tilimizga jon bergan aziz_____________bobo,
Vatan deya kurashgan sohibqiron_______bobo.
Yulduzlar sirini ochgan_________dek bobojon,
Tibbiyotga yo‘l ochgan_____________bobojon.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
21
Hadislarni to‘plagan va bizgacha yetkazgan
___ _____________bobom sen.
Barchasiga jon bergan sen aziz, _______jonim sen.
Darsda turli xil boshqotirmalardan foydalanish bolalarning fikrlash qobiliyatini
o`stiribgina qolmay, husnixatga ham o`rgatadi. Masalan:
1.
Qaysi qatordagi so‘z mevaning anagrammasi emas?
B)
AANNB
C)
SNNAAA
D)
IXO‘RLO
E)
ARKZI
F)
ATSHLOFI
2.
Harflardan harflarga gorizontal, vertikal, diagonal bo‘yicha o‘tib, yashiringan iborani
o‘qing.
O‘ I T
L T YE
CH A B
B K E
I R S
3.
Qaysi qatordagi harflardan so‘z tuzib bo‘lmaydi?
A)
ONKOIT
B)
ABRXA
C)
HFINRA
D)
MAKALAK
«Kim savodxon» o‘yini.
O‘quvchilarga imlosi qiyin so‘zlarni to‘g‘ri yozib berish
topshiriladi.
Masalan: dar__, ros__, Samarqan__, pas__, go‘sh__, es__lik, darax__, mar__.
So‘zlar guruhlarga kartonga tayyorlab topshiriladi. Har bir guruhga berilgan so‘z bir xil
bo‘lishi kerak. Qaysi guruh a’zolari berilgan so‘zni to‘g‘ri yozib ko‘rsatsa, shu guruh a’zolari
g‘olib hisoblanadi.
Ularning olgan ballari doskaga yozib boriladi va o‘yin shu tarzda davom ettiriladi. O‘yin
oxirida qaysi guruh ko‘p ball to‘plagan bo‘lsa, shu guruh a’zolari «Kim savodxon» o‘yinini
g‘olibi bo‘ladi.
Ayniqsa, o‘qituvchilarimizga erkinlik berilishi ularni o‘zlarida bor texnologiyalarni
qo‘llashga yo‘l ochib berdi.
O‘yinlar nafaqat orfografik ko‘nikmalarni rivojlantirishda, balki boshqa til bilimlari,
masalan, grammatika, leksika va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishda ham muhim
vositadir. Didaktik o‘yinlar turli mavzularda integratsiya qilinishi mumkin, masalan,
o‘quvchilar bir vaqtning o‘zida so‘zlarning to‘g‘ri yozilishini va ma'nosini ham o‘rganadilar.
Didaktik o‘yinlar orfografik malakalarni shakllantirishda samarali metodik vosita hisoblanadi.
O‘yinlar yordamida o‘quvchilar o‘zlashtirgan bilimlarni amaliyotda qo‘llashni o‘rganadilar,
orfografiya qoidalarini o‘zlashtiradilar va xatolarni tuzatish ko‘nikmalarini rivojlantiradilar.
Bunday o‘yinlar nafaqat bilimlarni o‘rganishni yengillashtiradi, balki o‘quvchilarning
motivatsiyasini oshiradi va o‘rganish jarayonini qiziqarli qiladi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
22
References:
1.
Yo‘ldoshev R., Xusainova U. Ta’limning inerfaol metodlari. – Urganch
2.
G‘ulomov A., Qodirov M., va boshq. Ona tili o‘qitish metodikasi. – T: Fan va texnologiya.
3.
Jabborov E., G.Тilovova, G.Meyliyeva. О‘zbek tili о‘qitishning amaliy metodikasi.-Qarshi:
QarDU, 2010-y.
4.
Jamolxonov. N. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –T.: O‘qituvchi, 2005.
5.
Karima Qosimova, Safo Matchonov, Xolida G 'ulomova, Sharofat Yo‘ldosheva, Sharofjon
Sariyev. Ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent: Nosir nashriyoti.
6.
Jo‘rayeva N. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasining dolzarb masalalari//
Academic research in educational sciences, Volume 2, Issue 9, 2021.
7.
Karima Qosimova, Safo Matchonov, Xolida G 'ulomova, Sharofat Yo‘ldosheva, Sharofjon
Sariyev. Ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent: Nosir nashriyoti.
8.
Ona tili (maktab o‘quvchilari uchun). Qomus. –T.: Yangi asr avlodi.
9.
10.
11.