Авторы

  • Madinaxon Abduxalilova
    Andijon davlat pedagogika instituti, Tabiiy fanlar fakulteti, biologiya yo’nalishi to’rtinchi bosqich talabasi
  • Irodaxon Xolmatova
    Andijon davlat pedagogika instituti, Tabiiy fanlar fakulteti, biologiya yo’nalishi to’rtinchi bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.51778

Ключевые слова:

STEAM FSMU biologiya kimyo geografiya intellektual fotosintez.

Аннотация

Ushbu maqolada maktab o’quvchilarini sinfdan tashqari mashg’ulotlarda bilim va ko’nikmalarini oshirish va rivojlantirish haqida bayon etilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

8

MAKTAB O’QUVCHILARIGA SINFDAN TASHQARI MASHG’ULOTLARNI

RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Abduxalilova MadinaxonAbdurayim qizi

1

Xolmatova Irodaxon Nurmuhammad qizi

2

Andijon davlat pedagogika instituti, Tabiiy fanlar fakulteti,

biologiya yo’nalishi to’rtinchi bosqich talabasi

1,2

https://doi.org/10.5281/zenodo.14061677

Abstract.

This article describes the improvement and development of knowledge and

skills of schoolchildren in extracurricular activities

.

Keywords

. STEAM, FSMU, biology, chemistry, geography, intellectual, photosynthesis.

Annotatsiya.

Ushbu maqolada maktab o’quvchilarini sinfdan tashqari mashg’ulotlarda

bilim va ko’nikmalarini oshirish va rivojlantirish haqida bayon etilgan.

Kalit so’zlar.

STEAM, FSMU, biologiya, kimyo, geografiya

,

intellektual, fotosintez.


Ta’lim sifatini oshirish borasida qator qarorlar qabul qilinmoqda. Shuningdek, yangi

maktablar bunyod etilib, bir qancha maktablarda qaytadan rekonstruksiya ishlari olib
borilyapti va sinf xonalari jahon talablariga mos ravishda jihozlanyapti, qolaversa, - “O‘qituvchi”
maqomi yanada yuksaltirilmoqda.

Bunga yaqqol misol sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning

2018-yil 5-sentabr kuni - “O‘qituvchi maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish
bo‘yicha qaror imzolaganligini keltirish joizdir. Barchamizga ma’lumki, har bir o‘qituvchi
oldidagi muhim vazifa bu yosh avlodga sifatli ta’lim berishdir. Yuqoridagilarga monand
ravishda 2023-yil yurtboshimiz tomonidan “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon
qilinishi ham ta’limga bo’lgan e’tiborning na’munasi hisoblanadi.

Sinfdan tashqari mashgʻulotlarda umumiy oʻrta taʼlim maktablarining barcha sinf

oʻquvchilari oʻz ixtiyorlari bilan maktab oʻquv dasturidan tashqari qoʻshimcha fanlar, sanʼat
turlari, sogʻlomlashtirish maskanlari, badiiy hunarmandchilik va boshqa kasb-hunar, sport
turlarini oʻrganadilar. Bugungi kunda yoshlar siyosatini takomillashtirish, intellektual
rivojlangan yosh avlodni tarbiyalash, taʼlim sifati va uni baholashning xalqaro standartlarini
joriy etish orqali tubdan yaxshilash, sinfdan tashqari oʻqitish tizimini rivojlantirish boʻyicha
ustuvor vazifalar belgilab berildi. Bunda sinfdan tashqari mashgʻulotlarda oʻquvchi va
oʻsmirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirish, ularning boʻsh vaqtini va dam olishini
tashkil etish maqsadida madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sogʻlomlashtirish, sport,
ekosayyohlik, ekomarafon va boshqa yoʻnalishlarda sinfdan tashqari mashgʻulotlar oʻz
faoliyatini olib borilmoqda. Sinfdan tashqari mashgʻulotlar oʻz faoliyatini, tezkor va shiddat
bilan rivojlanib borayotgan jamiyat, fantexnika va ishlab chiqarishning yangicha talablariga
mos ravishda, uzoqni koʻzlagan holda, oʻquvchilarga milliy taʼlim tizimi asosida nazariy bilim,
koʻnikma, malaka va hayotiy koʻnikmalar (kompetensiyalar)ni shakllantiribgina qolmay, balki
mazkur kompetensiyalarni amaliyotda qoʻllay olish, undan kelajakda shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy
faoliyatida muvafaqqiyatli boʻlishi uchun zarur bulgan layoqatlar, qobiliyatlar, hayotiy malaka
va koʻnikmalarni shakllantiradi. Sinfdan tashqari mashgʻulotlarda ekosayohatni tashkil qilish
va oʻtkazish katta ahamiyatga ega. Bunda oʻquvchilarning darsda olgan bilimlarini


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

9

mustahkamlash, chuqurlashtirish, mustaqil ishlash, ijodiy tafakkur qilish, qobiliyatlarini hamda
amaliy koʻnikma va malaka (kompetensiya)larini rivojlantirish umumiy holda texnologiya
faniga boʻlgan qiziqishlarini oshirish bilan birga tabiatga nisbatan masʼullik hissini oshirish
imkoniyatlar paydo boʻladi. Umumtaʼlim maktablarining yuqori sinf oʻquvchilarini tabiat
bagʻriga, mamlakatimizda keng rivojlanayotgan intensiv bogʻlarga, yopiq inshoat (issiqxona)
larda parvarish qilinayotgan meva, sabzavotlarni, tabiatda qizil kitobga kiritilgan noyob
oʻsimliklar hamda bugungu kundagi eng sermahsul manzarali va mevali daraxtlarni parvarish
qilayotgan maskanlar (quriqxona)larga ekosayohatlar tashkil qilish muhim ahamiyat kasb
etmoqda. Oʻquvchilarga ekoturizmni rivojlantirishda davomida olib boriladigan tashkiliy
tadbirlar FSMU taʼlim texnologiyalari asosida tashkil qilindi.

Oʻquvchilar tabiat qoʻyniga sayohatga chiqishda ushbu savollarga biologiya, kimyo,

geogegrafiya oʻqituvchilari quyidagi maʼlumotlarni tushuntirish lozim.

Biologiya oʻqituvchisi

: Yer yuzidagi oʻsimliklar har yili fotosintez yoʻli bilan 450 mlrd.

tonnaga yaqin organik moddalar hosil qiladi. 1 gektar oʻrmon har yili 3 t kislorod ishlab havoga
chiqaradi. Fotosintez organik moddalar hosil qilib, atmosferani karbonat angidrid (CO2)
gazidan tozalaydi va kislorod (O2) bilan boyitadi. Ana shu bilan fotosintez hodisasi
sayyoramizda hayotning mavjud boʻlishi uchun asosiy zarur shart-sharoitlarni yaratadi.

Kimyo oʻqituvchisi:

Fotosintez – organik birikmalarda yutilgan yorugʻlik energiyasining

kimyoviy energiyaga aylanish jarayonidir. Fotosintez jarayonida karbonat angidrid gazi xlorofil
ishtirokida suv bilan taʼsirlashadi. Bunda glyukoza va kislorod ajralib chiqadi: 6CO2+6N2O
→C6N12O6+6O2 va buning mohiyati atroflicha bayon etiladi. Oʻsimliklar uglerod atomlaridan
iborat zanjirni ildizlar yordamida yerdan oladigan boshqa elementlarning atomlarini qoʻshib
olib, inson va hayvonlar uchun oziq boʻlmish oqsil, yogʻ, uglerod molekulalarini hosil bo’lishi
tushuntiriladi.

Geografiya oʻqituvchisi

: Yerda Quyosh nuri taʼsirida sodir boʻladigan hodisalardan biri

fotosintezdir. Quyoshdan chiqib sayyoramizga keluvchi umumiy nurlanishdan faqat yarmi Yer
yuziga yetib keladi. Toʻlqin uzunligiga koʻra, undan faqat 1/8 qismi fotosintez boʻlishi uchun
yaroqlidir. Bu nurlarning 0,4% qismi (umumiy energiyaning taxminan 1%) oʻsimliklar
tomonidan foydalaniladi. Yerdagi hayot, aynan mana shu 1% energiyaga bogʻliqdir. Yorugʻlik
ham energiyasi energiyaga ega ekanligi tushuntiriladi.

O’quvchilarga maktabdan va sinfdan tashqari mashg’ulotlarni rivojlantirishda STEAM

taʻlim muhiti fanlararo o’qitish tizimini tashkil etishni talab etmoqda. O’quvchilar tomonidan
mevali va manzarali daraxtlarni ekish, koʻpaytirish, parvarish qilish ularda tabiatga boʻlgan
muhabbat hissini oshiradi.

References:

1.

Ochilov Shokir Baxtiyorovich Improving the methodology for the development of

environmental competencies of students in the interdisciplinary teaching of physics.
ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal Year: 2021, Volume: 11,
Issue: 10 First page: ( 1269) Last page: ( 1273) Online ISSN: 2249-7137. Article DOI:
10.5958/2249-7137.2021.02237.0


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

10

2.

Ochilov Sh.B. Texnologiya fanini fanlalaro o’qitishda o‘quvchi ekologik kompetensiyasini

rivojlantirish texnologiyalari Science and innovation international scientific journal volume 1
issue 7 uif-2022: 8.2 | issn: 2181-3337
3.

Khamroeva Sevara Nasriddinovna THE THEORETICAL SIGNIFICANCE OF DEVELOPING

LOGICAL THINKING SKILLS AMONG FUTURE PHYSICS TEACHERS uzbek scholar journal
volume- 24, january, 2024 www.uzbekscholar.com 193-196
4.

Laylo Turdieva, Khamroeva Sevara Nasriddinovna METHODOLOGY FOR TEACHING THE

TOPIC “DEVICE USED IN CRAFTS” uzbek scholar journal volume- 24, january, 2024

www.uzbekscholar.com225-227

5.

Usmonova Sohiba Toyir qizi JCROSS (CROSSWORD) – BLOCK USAGE METHODOLOGY

uzbek scholar journal volume- 24, january, 2024 www.uzbekscholar.com 236-241
6.

O’. K. Sunnatova, G. I. Saifullayeva Research in students in physics and astronomy classes

and the development of competencies of the XXI century. Ways of organizing project activities
of students in physics education Uzbek Scholar Journal Volume-24, January, 2024
www.uzbekscholar.com 101-108
7.

Sayfullayeva Gulhayo Ikhtiyor kizi, Bozorova Aziza Murodilla kizi The practical

importance of an integrative approach to teaching astronomy from a small school age uzbek
scholar journal volume- 24, january, 2024 www.uzbekscholar.com 130-133
8.

Saifullayeva Gulhayo volunteer daughter Interactive Applications From Astronomy And

Ways To Manage Them Uzbek scholar journal volume- 24, january, 2024
www.uzbekscholar.com 123-129
9.

Kamolov Ikhtiyor Ramazonovich FEATURES OF USING MATHEMATICAL KNOWLEDGE

AND LAWS OF PHYSICS IN TEACHING ASTRONOMY Uzbek scholar journal volume- 24, january,
2024 www.uzbekscholar.com 152-157
10.

I.R. Kamolov, G.I. Sayfullaeva -Formation of teacher’s competence in the performance of

laboratory and experimental works Journal of critical reviews. ISSN-2394-5125, 2020

Библиографические ссылки

Ochilov Shokir Baxtiyorovich Improving the methodology for the development of environmental competencies of students in the interdisciplinary teaching of physics. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal Year: 2021, Volume: 11, Issue: 10 First page: ( 1269) Last page: ( 1273) Online ISSN: 2249-7137. Article DOI: 10.5958/2249-7137.2021.02237.0

Ochilov Sh.B. Texnologiya fanini fanlalaro o’qitishda o‘quvchi ekologik kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyalari Science and innovation international scientific journal volume 1 issue 7 uif-2022: 8.2 | issn: 2181-3337

Khamroeva Sevara Nasriddinovna THE THEORETICAL SIGNIFICANCE OF DEVELOPING LOGICAL THINKING SKILLS AMONG FUTURE PHYSICS TEACHERS uzbek scholar journal volume- 24, january, 2024 www.uzbekscholar.com 193-196

Laylo Turdieva, Khamroeva Sevara Nasriddinovna METHODOLOGY FOR TEACHING THE TOPIC “DEVICE USED IN CRAFTS” uzbek scholar journal volume- 24, january, 2024 www.uzbekscholar.com225-227

Usmonova Sohiba Toyir qizi JCROSS (CROSSWORD) – BLOCK USAGE METHODOLOGY uzbek scholar journal volume- 24, january, 2024 www.uzbekscholar.com 236-241

O’. K. Sunnatova, G. I. Saifullayeva Research in students in physics and astronomy classes and the development of competencies of the XXI century. Ways of organizing project activities of students in physics education Uzbek Scholar Journal Volume-24, January, 2024 www.uzbekscholar.com 101-108

Sayfullayeva Gulhayo Ikhtiyor kizi, Bozorova Aziza Murodilla kizi The practical importance of an integrative approach to teaching astronomy from a small school age uzbek scholar journal volume- 24, january, 2024 www.uzbekscholar.com 130-133

Saifullayeva Gulhayo volunteer daughter Interactive Applications From Astronomy And Ways To Manage Them Uzbek scholar journal volume- 24, january, 2024 www.uzbekscholar.com 123-129

Kamolov Ikhtiyor Ramazonovich FEATURES OF USING MATHEMATICAL KNOWLEDGE AND LAWS OF PHYSICS IN TEACHING ASTRONOMY Uzbek scholar journal volume- 24, january, 2024 www.uzbekscholar.com 152-157

I.R. Kamolov, G.I. Sayfullaeva -Formation of teacher’s competence in the performance of laboratory and experimental works Journal of critical reviews. ISSN-2394-5125, 2020