Ushbu maqolada loyiha boshqaruvi amaliyotidagi oʻzgarish loyihalarni boshqarish usullari qoʻllaniladigan boshqaruv ob’yektlari doirasini kengaytirish va loyihalarning oʻziga xos xususiyatlari va ularni amalga oshirish usullarini hisobga olgan holda takomillashtirilgan yoki yangi usullar va vositalardan foydalanish bilan bogʻliqdir. Loyihani boshqarish usullari nafaqat yirik kompleks loyihalar, qurilish va muhandislik, dizaynga asoslangan ishlab chiqarish, yuqori raqobatbardosh yuqori texnologiyali ishlab chiqarish kabi an’anaviy sohalarda, balki korxona faoliyatini rivojlantirish, ommaviy bozorda ijodiy loyihalarni boshqarish uchun deyarli barcha sohalarda qo’llash haqida yoritilgan.