ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
83
IKKI QATLAMLI TRIKOTAJ TО‘QIMALARINI OLISH TEXNOLOGIYASINI
TAKOMILLASHTIRISH TAXLILI
I.I. Kamolova
Mustaqil izlanuvchi
Namangan tо‘qimachilik instituti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14233452
Annotatsiya.
Ushbu maqolada trikotaj to‘qimalari haqida umumiy ma‘lumotlar , ikki
qatlamli trikotaj to‘qimalari, ikki qatlamli trikotajda qatlamlarni biriktirilishi asosiy yoki
qо‘shimcha iplar haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar
: To‘qima, trikotaj mato, ip,
yumshoqlik, elastikliki.
Trikotaj
(frans, tircoter toʻqimoq) — bir yoki bir necha iplardan halqalar hosil qilib,
ularni oʻzaro biriktirish (oʻrish) natijasida olinadigan mato yoki buyum. Trikotaj iplarning
tarkibiga, ishlatilishi, pardozlash usuli va tuzilishiga qarab turlarga boʻlinadi. Tarkibiga qarab,
paxta ipi, jun, ipak va kimyoviy tola aralashgan iplardan toʻqilgan xillarga boʻlinadi.
Ishlatilishiga qarab, Trikotaj buyumlar yoki matolarga boʻlinadi. Trikotaj buyumlariga
kostyum, jemper, kofta, palto, qoʻlqop, koʻylak, ichki kiyim, paypoq va boshqa matolariga
sunʼiy moʻyna, sunʼiy charm kiradi; bular texnik maqsadlarda va turli xil kiyimlar tayyorlashda
ishlatiladi. Pardozlash usuliga qarab, dagʻal, oqartirilgan, tekis va boʻyalgan xillarga boʻlinadi.
Trikotaj ning asosiy fizikmexanik xossalari uning tuzilishiga, halqalarning shakli va
oʻlchamiga, ipning yoʻgʻon va ingichkaligiga, qalinligi va pishikligiga bogʻliq. Tuzilishi
(strukturasi) ga qarab, koʻndalang toʻqilgan, tanda oʻrilishli, bir qavatli va ikki qavatli boʻladi.
Trikotaj yumshoqligi, elastikligi, g`ijimlanmasligi, yengilligi, oson yuvilishi bilan boshqa
toʻqima matolardan ustun turadi. Trikotaj oʻrilish boshqa oddiy gazlamalar oʻrilishidan farq
qiladi. Bir yoki bir necha uzluksiz ip xalqalarini bir-biriga birlashtirib hosil qilinadi. Trikotaj
halqalarining qanday hosil boʻlishiga qarab, koʻndalang toʻqilgan (kulir) va boʻylama
(tandadan toʻqilgan) Trikotaj farqlanadi.
Koʻndalang toʻqilgan (kulir) Trikotaj. matodagi hamma halqalar qatori bitta ipning birin-
ketin egilib bukilishidan hosil boʻladi. Boʻylama (tandadan toʻqilgan) T.da esa har bir xalqa
alohida ipdan hosil boʻladi. Trikotaj. oʻrilish bir qavatli va ikki qavatli boʻlishi mumkin. Bir
qavatli Trikotaj ning oʻng tomoni bir tomonda, teskari tomoni boshqa tomonda joylashadi.
Ikki qavatli Trikotaj da esa ikkala oʻng tomoni yoki ikkala teskari tomoni bir yoqda joylashgan
boʻladi. Ikki kavatli Trikotaj qalinroq, pishiqroq va ogʻirroq. Trikotaj oʻrilish asosiy, xosilaviy
va gulli oʻrilishga boʻlinadi. Asosiy oʻrilishlar guruhiga bir xil halqa beradigan oddiy oʻrilishlar
kiradi. Bunday oʻrilishlarga kulir toʻqimasi, triko zanjir, atlas misol boʻla oladi. Hosilaviy
oʻrilish asosiy oʻrilishni oʻzgartirish yoʻli bilan hosil qilinadi. Bunday oʻrilishlarga hosilaviy
kulir toʻqimasi, movut va boshqa misol boʻladi. Gulli oʻrilishlar guruhiga asosiy oʻrilishlar
bazasida gul shakli hosil b>;ladigan oʻrilishlar kiradi; bularni tayyorlash uchun mashinaga
qoʻshimcha mexanizm kiritiladi hamda hosil qilish jarayonini oʻzgartirish yoʻli bilan mato
sirtida gul hosil qilinadi. Bunday oʻrilishlarga pressli, arqoqli, jakkard, futer va boshqa gulli
oʻrilgan Trikotaj misol boʻladi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
84
Trikotaj trikotaj mashinasida toʻqiladi. U dumaloq va tekis Trikotaj mashinalariga
boʻlinadi. Trikotaj mashinasining asosiy detali xalka hosil qilish mexanizmining ignasi
hisoblanadi. Ignaning tilli, ilgakli, oʻyikli va boshqa turlari bor. Ignalar poʻlat sim yoki lentadan
25–100 mm
uzunlikda,
0,3—1,0 mm
yoʻgʻonlikda
ishlab
chiqariladi.
Ignaning
yoʻgʻoningichkaligi Trikotaj halqalarining oʻlchamiga qarab tanlanadi: halqalar qancha mayda
boʻlsa, shunchalik ingichka igna olinadi. Trikotaj mashinalari, asosan, Trikotaj sanoati uchun
ishlab chikariladi, lekin maishiy qoʻl mashinalari va apparatlari ham bor.
Ikki qatlamli trikotajda qatlamlarni biriktirilishi asosiy yoki qо‘shimcha iplar yordamida
amalga oshiriladi. Xomashyo sarfini kamaytirish maqsadida trikotajning teskari yuzasini
yetarli darajada tо‘ldirish uchun past navli tabiiy kalava iplardan foydalanish mumkin.
Umuman, bir qavatli tо‘qimani qо‘shimcha iplar bilan biriktirish mazkur guruhdagi
trikotajning barcha strukturasi uchun xos bо‘lib, ular shunday tо‘qiladiki, bunda iplar trikotaj
yuzasiga chiqmagan holda, old va orqa tomoni bо‘yicha barcha yoki ba’zi bir halqa protyajkasi
ustida press yarim halqa tashlanmasi kо‘rinishida joylashadi. Shu bilan bog‘liq bо‘lgan holda,
old va orqa qatlamlarni tо‘qish uchun qо‘llaniladigan iplardan tola trkibi, fizik-mexanik
kо‘rsatkichlari, chiziqli zichligi, rangi bо‘yicha farq qiluvchi qо‘shimcha biriktiruvchi ip
sifatida foydalanish imkoni ham mavjud. Buning evaziga trikotajning parametrlari,
xususiyatlari va tashqi kо‘rinishi yaxshilanadi. Biriktiruvchi ip sifatida, tо‘qima tarkibi turiga
bog‘liq bо‘lmagan yuqori kirishuvchan ipdan foydalanish hisobiga, trikotaj zichligini
oshirishga, uning issiqlik saqlash xususiyatini va relyefli kо‘rinishini yaxshilashga erishish
mumkin. Ingichka biriktiruvchi iplarni qо‘llash hisobiga trikotajni yuza tо‘ldirilishini
oshirishga ham erishish mumkin bо‘ladi. Modomiki, biriktiruvchi ip halqa bilan birga
tо‘qilmas ekan, u holda asos ipi sifatida arzonroq, kam pishitilgan, anchagina qalinroq kalava
ipdan foydalanish ham mumkin. Biriktiruvchi iplarni qisqaruvchanligini oshirish hisobiga
qatlamlar orasidagi masofani oshirish mumkin, buning natijasida qalin mato olinishiga
erishiladi. Tо‘qima qо‘shimcha iplar bilan biriktirilganligi tufayli, asosiy ipdan foydalanib
biriktirish usuli bilan olingan ikki qatlamli trikotaj uchun sarflanadigan kalava ipga nisbatan,
asosiy kalava ip sarfi kam bо‘ladi. Buning natijasida trikotajni old va orqa tomonlari
parametrlarini о‘zgartirish mumkin, bu ikki qatlamli trikotajning optimal parametr-larini
olishda juda muhim ahamiyatga ega [1]. Biriktiruvchi iplarda nisbiy qisqarish kam bо‘lganligi
sababli trikotajning eni bо‘yicha chо‘ziluvchanligini anchagina chegaralash mumkin. Agar
trikotaj struktu-rasiga qandaydir yangi iplar yoki halqa tuzilishiga о‘xshash elementlar
kiritilsa, trikotajning xususiyati va parametrlarini о‘zgarishi bizga ma’lum.
Xitoyning “LONG XING” firmasida ishlab chiqarilgan “LX-280-T” rusumidagi yassi ikki
ignadonli zamonaviy trikotaj tо‘quv mashina-sining texnologik imkoniyatlaridan tо‘liq
foydalanib, tо‘qima tarkibidagi iplarini miqdorini trikotaj tо‘qimasini texnologik
parametrlariga va fizik - mexanik xususiyatlariga ta’sirini tadqiqotlash hamda ikki qatlam-li
trikotaj tо‘qima turlarini kengaytirish maqsadida, ikki qatlamli trikotaj tо‘qimasining 6 ta
variantini tuzilishi va olish usullari ishlab chiqildi. Ikki qatlamli trikotaj tо‘qimasini yangi
tuzilishini yaratishda, mavjud bо‘lgan ikki qatlamli trikotaj tо‘qimalarining tuzilishlari va “LX-
280-T” rusumidagi yassi ikki ignadonli trikotaj tо‘quv mashinaning texnologik imkoniyatlari
taxlil qilib chiqildi. Tо‘qimani bog‘lovchi birikmalari bо‘yicha ikki qatlamli trikotajni bir
nechta asosiy guruhga ajratish mumkin: ikkita bosh tо‘qima (kо‘ndalangiga yoki bо‘ylamasiga
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
85
tо‘qilgan) biriktirib tо‘qilgan, hosilali tо‘qimalar,naqshli tо‘qilgan tо‘qimalar, hosila va naqshli
tо‘qilgan trikotaj tо‘qimalari. Biriktiruvchi elementlarni hosil qilish usuli bо‘yicha ikki qatlamli
trikotaj tо‘rtta kichik guruhlarga bо‘linadi: futer usulida biriktirish (F), press usulida
biriktirish (Pr), arqoqli usulda biriktirish (A), qoplama usulda biriktirish (Q). Yangi tuzilishli,
shakl saqlovchi ikki qatlamli trikotaj tо‘qimalarini tuzilishini yaratishda biriktirishning press
usulidan foy-dalanildi. Taklif qilinayotgan ikki qatlamli trikotaj tо‘qimalari “LX-280-
T”rusumidagi yassi ikki ignadonli trikotaj tо‘quv mashinasida quyida nomlari keltirilgan
xomashyolardan foydalanib ishlab chiqariladi. [2].
XULOSA
Natijada, “LX-280-T” rusumli yassi ikki ignadonli zamonaviy trikotaj tо‘quv
mashinasining texnologik imkoniyatlaridan tо‘liq foydalanib, mashinaning konstruktiv
tuzilishiga hech qanday о‘zgartirish-lar kiritmasdan ikki qatlamli trikotaj tо‘qimasini
beshinchi varianti tо‘qib olindi.
Olingan ikki qatlamli trikotaj tо‘qimalaridan ayollar, erkaklar va bolalar ustki va yengil
ustki ikki qatlamli trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalanish, trikotaj mahsulotlari
assortimentlari turlarini kо‘payishiga olib keladi.
References:
1.
Mirusmanov B., Mukimov M.M. “Yangi tuzilishli ikki qatlamli trikotaj tо‘qimalarini olish
texnologiyasi” Maqola. “o‘zbekistonda fanlar aro innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar” //jurnali.
«best publication»
ilm-ma’rifat markazi ©
materiallari to‘plami 20-may, 2022-yil . 8-son
o‘zbekiston. 2022.
2.
Kamalova I.I., Mirusmanov B. “Yangi tuzilishli ikki qatlamli trikotaj tо‘qimalarini olish
texnologiyasi”. “Zamonaviy ta”lim tiimini rivojlantirish va unga qaratilgan kreativ g”oyalar,
takliflar va yechimlar” mavzusidagi 34-sonli Respublika ilmiy-amaliy online konferensiyasi
materiallari to’plami.15-aprel.2022y.