ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
79
PROYEKSION CHIZMACHILIKDA CHIZMANING 3D MODELINI VIRTUAL
KO’RINISHDA KO’RSATISHNING AHAMIYATI
Xamidova Gulmira Xamidovna
xamidovagulmira9@gmail.com
Navoiy davlat universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14228018
Annotatsiya.
Maqolada proyeksion chizmachilik fanini o‘zlashtirishda kompyuter
texnologiyalari yordamida grafik dasturlardan foydalanib 3 o’lchamli ko’rinishi bilan
tasavvurni kengaytirish va duch kelinadigan muammo va kamchiliklarga osonlik bilan baham
berish mumkinligi haqida qisqacha takliflar keltirilgan.
Kalit so‘zlar
: chizma, proyeksion chizmachilik, topagrafik chizma, 3D model, grafik
dasturlar, elektron darslik, axborot texnologiya, fazoviy tasavvur.
Khamidova Gulmira Khamidovna
xamidovagulmira9@gmail.com
Navoi State University
Abstract.
The article contains brief suggestions on how to expand the imagination with
a 3-dimensional view and easily share the encountered problems and shortcomings with the
help of computer technologies in mastering the science of projection drawing.
Key words
: drawing, projection drawing, topographic drawing, 3D model, graphic
programs, electronic textbook, information technology, spatial imagination.
Proyeksion chizmachilik fanini o’qitishda grafik dasturlar talabalarni bu fanni to’liq va
yaxshi o’zlashtirishlariga yordam beradi. Shu o’rinda aytish lozimki proyeksion chizmachilik
fanini o’qitish jarayonida metrik va pozitsion masalalar yechish ham talab etiladi. Talabalarni
grafik topshiriqlarni yechish uchun soddadan murakkabga asta sekinlik bilan tayyorlab
boriladi. Talaba grafik topshiriqlarni bajarish uchun proyeksion chizmachilikka oid
nazariyalarni o’zlashtirgan va uni amaliyotga tadbiq etish uslublarini o’zlashtrishi kerak.
Proyeksion chizmachilik fanini o’qitish jarayonida metrik va pozitsion masalalar yechish
o’zga xos qiyinchiliklari bo’lganligi uchun, biz ushbu masalalarni yechish jarayonini
animatsion ishlanmalar bilan berilsa, talabalarni o’zlashtirishi osonlashtiradi. Shungi uchun
bu ishlanmalar dars jarayonida o’qituvchiga yordamchi vosita sifatida foydalanilsa, mustaqil
ta’lim jarayonida talabalarga o’rgatuvchi vazifasini bajaradi.
Yuqoridagi animatsyali materiallar talabalarda rivojlanishi murakkab bo’lgan fazoviy
tasavvurni hosil bo’lishiga yordam beradi. Chunki berilayotgan chizmalarni fazoviy va
tekislikdagi hamda shakllarini grafik dasturlarning keng imkoniyatlaridan foydalanib
ko’rsatiladi. Faraz qilaylik, aylanish sirtlarining tekislik bilan kesishgan chizig’ini aniqlash
berilgan. Murakkab bo’lgan silindr, konus bilan tekislikning kesishish chizig’ini fikrlash orqali
talabalar silindr, konus sirtini to’liq tasavvur etadi. Lekin guruhdagi ayrim talabalar ko’z
oldiga keltira olmaydi[2]. Shu sababli uning 3D tasvirini ko’rsatish orqali talabalarning fazoviy
tasavvurini rivojlantirish mumkin. Animatsiyalarni talabalar tomonidan boshqarilishi
mavzularni yanada osonroq o’zlashtirishga olib keladi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
80
Bundan tashqari video ko’rinishdagi ishlanmalarni ham parallel ravishda qo’llash dars
sifatini oshirishga hizmat qiladi. Bu mutimediyali video dars ishlanmalari mavzuga qarab
qo’llanilishi mumkin. Bulardan ko’zlangan maqsad bir vaqtning o’zida talabalar fazoviy
tasavvurini rivojlantirishga erishishdan iborat.
Kompyuterda yaratilgan 3D chizmaning video orqali namoyish etilishi uni real
hayotdagidek ko’rsatib beradi va talabalar uchun tushunarli bo’lib, ularning fazoviy
tasavvurlarini rivojlantiradi. Chunki talabalarda fazoviy tasavvur rivojlanishi fanni
tushunishiga olib keladi. Zero, proyeksion chizmachilik faniga oid materiallarni o’zlashtirishda
fazoviy tasavvur muhim rol o’ynaydi. Shuning uchun talaba fazoviy tasavvurga ega bo’lsagina
fan bo’yicha topshiriqlarni bajara oladi[1].
Ta’limda yangi axborot texnologiyalari – bu ta’lim olishda kompyuter texnologiyalaridan
foydalanishdir. Smirnov A.V. ta’riflashicha "... yangi axborot texnologiyalari— ishlash
texnologiyasi, yetkazishi, EHM yordamida axborotlarni tasavvur etish va ommalashtirish,
hisoblash va dasturli vositalarni yaratilishi" hisoblanadi.
Ta’lim tizimini isloxoti natijasida mustaqil ta’lim jarayoniga katta ahamiyat berilmoqda.
Fanlar bo’yicha ma’ruza va amaliy dars jarayonlarida o’qituvchi zaruriy bilimlarni talabalarga
to’liq yetkazib berishga vaqti yetmaydi. O’qituvchi talabaga maslahatchi sifatida kerakli
manbalardan foydalanish bo’yicha yo’l-yo’riq ko’rsatadi. Ta’lim jarayonini jadallashtirish
orqali fandagi asosiy tushunchalarni talabalarga yetkazishi mumkin.
Grafik fanlarda murakkab chizmalar va ularni chizish, talabalarda fazoviy tasavvurni
rivojlantirish va boshqa materiallarni qisqa vaqtda yetkazish hamda ularni o’zlashtirilishini
ta’minlash uchun AKTlarni dars turiga qarab tanlash hamda foydalanishni tashkil etish zarur.
Shunday ekan, bu fanni o’qitishda, birinchi navbatda, o’qituvchi grafik dasturlaridan
o’zgalarning yordamisiz foydalana olishini ta’minlash lozim. “Proyeksion chizmachilik” fanida
yer maydonining chuqurlik va balandligini grafik dasturlar orqali talabalarga ko’rsatish
mumkin.
Proyeksion chizmachilik fanida talabalarga beriladigan topshiriqlar algaritm ketma-
ketligida bajarilsa mavzuni tezroq o’zlashtirish natija beradi. Agar talaba bu ketma-ketlikni
almashtirib qo’ysa, standart talablari buzilgan hisoblanadi.[4] Bunday topshiriqlarni
talabalarga dars jarayonida tushuntirish va bajarilish ketma–ketliklarini turli usullarda
berilishi mumkin. Misol uchun:
An’anaviy usul
: doskada chizish.
Noan’anaviy usul
: bajarilish ketma–ketligini animatsion tarzda namoyish etish.
Zamonaviy usul
: berilayotgan detalning 3D modelini virtual ko’rinishda ko’rsatish va
turli tomonlaridan aylantirib ko’rsatish mumkin. V.V.Kondratova ilmiy tadqiqot ishida
kompyuter grafikasini dars jarayonida qo’llash bo’yicha ilmiy tavsiyalar bergan. Ya’ni
kompyuter grafikasidan foydalanib dars uchun kerakli detallarning modellari ko’rsatish
yaxshi samara berishini ta’kidlagan.
“Proyeksion chizmachilik” fanini o’qitishda ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar jarayonida
grafik dasturlarini qo’llashdan asosiy maqsad quyidagilardan iborat:
1.
Talabalarda fanga bo’lgan munosabatni o’zgartirish, ya’ni qiziqtirish.
2.
Talabalar fazoviy tasavvurini shakllantirish.
3.
Talabalarda ijodiy va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
81
4.
Mustaqil ta’limda talabalar tomonidan grafik topshiriqlarni mustaqil va bexato
bajarishini amalga oshirish.
5.
Fan bo’yicha kerakli bilim va ko’nikmalarini tartibli va samarali egallashlarini
tashkillashtirish.
Tadqiqotlar va kuzatishlar shuni ko’rsatmoqdaki, aksariyat talablarda grafik
topshiriqlarni bajarishda ro’y berayotgan xatoliklar bir xil. Bu muammoning maqbul yechimi
kompьyuterlashtirilgan o’qitish tizimini tashkil etish bilan bog’liq. Shunday ekan, bugungi
kunda muammolarni bartaraf etishda talabadan ta’lim samaradorligini oshirish uchun darsga
boshqacha, ya’ni zamonaviy yondashishni talab etmoqda.
Bugungi kun talabalarining grafik savodxonligini rivojlantirish dolzarb masala
hisoblanib, uni hal etish uchun quyidagilarga amal qilish lozim bo’ladi:
“Proyeksion chizmachilik” fanini o’qitishda grafik dasturlardan foydalanish;
grafik topshiriqlarni murakkablik darajalariga ko’ra tasniflash;
grafik topshiriqlarni bajarish bo’yicha mulьtimediali uslubiy ko’rsatma yaratish va
foydalanishni tashkillashtirish;
talabalarni fazoviy tasavvurini shakllantirish;
Sakllangan fazoviy tasavvur asosida ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
Yuqorida sanab o’tilgan vazifalarni bajarish natijasida talabalarning fanga bo’lgan
munosabati o’zgaradi.
O’tilgan mavzular bo’yicha grafik topshiriqlarni takomillashtirishda darajalarga ajratish,
ya’ni oddiydan murakkablikka tamoyiliga asoslanadi.
Talabalarda topshiriqlarga oid variantlarning fazoviy ko’rinishini va uning yaqqol
tasavvur etishi uchun grafik dasturlarning imkoniyatidan foydalanish samarali yordam
beradi. Buning uchun AutoCAD grafik dasturida uning 3D modelini yasash va kerakli nuqtada
aylantirib ko’rish imkonini beradi.[3] Bunday o’qitish natijasida o’zlashtirish ko’rsatkichining
oshib borishini kuzatish mumkin.
Nazariy bilimlarning amaliyot bilan, amaliy tajribalar bilan bog’liq olib borish ta’limning
yetakchi qoidalaridan hisoblanadi. Ta’lim-tarbiya sohasidagi yutuqlar, eng avvalo, nazariya
bilan amaliyotning o’zaro bog’liqligiga asoslanadi. Shundagina talaba o’rganilayotgan o’quv
materiallarining tub mohiyatini tushunib yetadi va amaliyotda ulardan foydalana oladi.
Buning uchun o’qituvchi ta’lim jarayonida talabalarning faol ishtirokini ta’minlashi lozim. Faol
ishtirok esa bilimlarni ongli, tushunib o’zlashtirishga olib keladi.
References:
1.
Xalimov Mohir Karimovich. CHIZMACHILIK (GEOMETRIK VA PROYEKSION
CHIZMACHILIK) Oliy va о‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 5110800-Tasviriy san 'at va
muhandislik grafikasi, 5111000-Kasb ta’limi (Tasviriy san 'at va muhandislik grafikasi)
bakalavriat ta'lim уо‘nalishlari bo ‘yicha ta 'lim olayotgan talabalar uchun о ‘quv qo 'llanma
sifatida tavsiya etilgan.
2.
Xamidova Gulmira Xamidovna MUHANDISLIK KOMPYUTER GRAFIKASI Oliy va о‘rta
maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 60111200 – Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi
yo‘nalishi talabalari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
82
3.
Xamidova, G. X. (2024). Сhizmachilik fanini o ‘qitishda grafik dasturlardan foydalanish
va metodikasini takomillashtirish. Inter education & global study, (1), 34-44.
4.
Xamidova, G. X. (2024). Talabalarga zamonaviy kompyuter grafik dasturlari yordamida
chizmachilik fanlarini o ‘rgatish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash. Inter education &
global study, (1), 63-72.
5.
Xamidovna, X. G., & Durdona, R. (2023). Chizmachilik fanini o‘zlashtirishda grafik
dasturlardan foydalanishning ahamiyati va zarurati.
Journal of Integrated Education and
Research
,
2
(10), 52-58.
6.
Xamidovna, X. G., & To‘xtaqulovna, V. A. (2024). Ta’lim tizimining rivojlanish bosqichlari,
hozirgi ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar va xorijiy davlatlarning nufuzli otmlariga qisqa muddatli
malaka oshirish.
Scientific approach to the modern education system
,
3
(29), 87-91.
7.
Bobomurodova S. A. BOʻLAJAK OʻQITUVCHILARNI INNOVATSION-PEDAGOGIK
FAOLIYATGA TAYYORLASH MODELI //Inter education & global study. – 2024. – №. 1. – С. 73-
82.
8.
Choriyev S. N. BOʻLAJAK TASVIRIY SANʼAT OʻQITUVCHILARINING KASBIY
KOMPETENTLIGINI VA RAHBAR IMIDJINI YARATISH //Innovative Development in
Educational Activities. – 2022. – Т. 1. – №. 6. – С. 222-225.
9.
Guljamol M. SEMANTICS OF PATTERNS IN CARVINGS IN TRADITIONAL APPLIED ART
AND THEIR SYMBOLIC AND EXPRESSIVE FEATURES //Journal of Academic Research and
Trends in Educational Sciences. – 2023. – Т. 2. – №. 3. – С. 191-197.
10.