ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
131
OSMOS HODISASI. OSMOTIK BOSIM VA UNING TIBBIYOTGA
TATBIQ ETILISHI
Jalilov Muxidin Xalimovich
Xudoykulova Shoira Narzullayevna
Abduraxmonov Shaxriyor Saidaxmadovich
104 guruh davolash ishi fakulteti
SAMARQAND ZARMED UNIVERSITETI
https://doi.org/10.5281/zenodo.14265321
Annotatsiya:
Maqolada osmos hodisasi, osmotik bosimni hosil bo’lishi nazariy
tushuntirilgan. Osmotik bosimni odam organizmidagi ahamiyati tushintirilib tushuntirib
jumladan turli dorivorlarni organizm qon tomirlari orqali kiritishdagi o’rni oziq - ovqatlarni
oshqozon ichak tizimida so’rilishidagi axamiyati to’qimalarda modda almashishidagi roli
tushintirilgan. Qonning osmotik bosimni o’zgarishi organizmda patologik jarayonlar sodir
bo’layotganligi aniqlangan.
Аннатация:
В статье теоретически объяснено явление осмоса и образование
осмотического давления. Объяснено значение осмотического давления в организме
человека, в том числе его роль при введении различных лекарственных средств через
кровеносные сосуды организма, его значение в всасывании пищи в желудочно-
кишечной системе, а также его роль в обмене веществ в ткани. Установлено, что
изменения осмотического давления крови являются патологическими процессами,
происходящими в организме.
Annatation:
The article explains the phenomenon of osmosis and the formation of
osmotic pressure theoretically. The importance of osmotic pressure in the human div was
explained, including its role in the introduction of various drugs through the blood vessels of
the div, its importance in the absorption of food in the gastrointestinal system, and its role in
the exchange of substances in tissues. Changes in blood osmotic pressure have been found to
be pathological processes occurring in the div.
Kalit so’zlar:
osmotik bosim, erituvchi, membrana, konsentratsiya, molekula, diffuzya,
izotonik eritma, gipertonik eritma, tеrmodinamika, onkotik bosim, fizologik eritma,
plazmolizm.
Suyuqlikda qattiq modda eritilganda, uning molekulalari suyuqlikning butun hajmida
tarqalib, eritmani hosil qiladi. Qattiq modda erigan suyuqlik erituvchi deb ataladi. Eritmaning
hajm birligiga to’g’ri keluvchi erigan moddaning massasiga eritmaning konsentratsiyasi
deyiladi, va quydagi
c=
𝑚
V
(1) formula bilan topiladi.
Konsentratsiyasi past eritmalar suyultirilgan eritmalar deyiladi.
Erigan modda porsial bosimga ega bu bosim gaz molekularlar kinetik nazaryasining
asosiy tenglamasi va Mendeleyev – Klayperon tenglamasiga ko’ra
P=
2
3
𝜂
0
𝑊
̅
va
PV=
𝑚
𝜇
𝑅𝑇
(2)
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
132
formulalar bilan ifodalanadi, bu yerda
𝜂
0
- erigan modda molekulalrining
konsentratsiyasi,
𝑊
- erigan modda molekulasining o’rtacha kinetic energiyasi m va
𝜇
- erigan
modda massasi va uning molyar massasi, V va T eritmaning hajmi va harorati, R- universal gaz
doimiysi. (R=8,31j/moll. K.)
Erigan moddaning porsial bosimini aniqlash uchun quydagicha tajriba o’tkaziladi. Tajriba
uchun [U] simon probirka o’rtasiga yarim o’tkazgichni membrana joylashtiriladi.
Membrananing bir tomoniga yuqori konsentratsiyali eritma quyiladi, ikkinchi tomoniga toza
erituvchi quyiladi. Biroz vaqtdan so’ng erituvchi molekulalarining yarimo’tkazgich membrana
orqali yuqori konsentratsiyali eritma tomonga o’tayotganligi kuzatiladi. Yarim o’tkazgich
membrana teshiklari juda kichik bo’lganligi sababli undan faqat erituvchi molekulalari o’tadi.
Yuqori konsentratsiyali eritmani shakarli suv deb qaraydigan bo’lsak, shakar ya’ni glukoza (C
6-
H
12
O
6
) molekulalari massasi va hajmi suvdan ancha yuqori bo’lganligi uchun membranadan
o’tmaydi. Shunday qilib probirkaning bir tomoni biror masofaga pasayadi, ikkinchi tomoniga
shuncha moddachaga ko’tariladi. Buning sababi suv malekulalarining konsentratsiyasi
eritmadagi shakar molekulalarining suv molekulalaridan kattaligidir. Shakar molekulalarining
o’rtacha konsentratsiyasi berilgan balandlikdagi ustunchasining gidrostatik bosim bilan
muvozanatlashuvchi erigan moddaning porsial bosimini hosil qiladi. Eritmani sof erituvchidan
ajratib turuvchi membrana orqali erituvchining diffuzyalanishi – Osmos hodisasi deyiladi.
Bunda eritmada hosil bo’lgan qo’shimcha bosim osmotik bosimdir.
Eritmalarda osmotic bosimni hosil bo’lishi uchun ikkita shart bajarilishi kerak;
1)
Yarim o’tkazgichli ajratuvchi parda (membrana)
2)
Membranani ikki tomoniga kondentradiyalari turlicha bo’lgan suyuqlik bo’lishi.
Eritmani hosil qilgan bosimi yoki osmotik bosim quydagicha topiladi;
P=
𝜌
gh (3).
bu yerda
𝜌
– eritmaning zichligi, g –erkin tushish tezlanishi, h - balandlik
Bu tajribani oddiy tushunish mumkin, masalan quritilgan mevani suvga solib qo’ysak,
uning po’sti shishib ichiga suv kiradi. Bu holat quritilgan meva ichida osmotic bosimni
borligidan dalolat beradi. Bu bosim suv molekulalarining meva qobig’idan o’tib (shakar o’ta
olmaydi), shakarning suvli eritmada hosil qilishi natijasida hosil bo’ladi. Bosim va
konsentratsiya bog’laydigan
P=
𝜌
RT/
𝜇
(4) formula kelib chiqadi.
Ya’ni osmotik bosim eritmaning konsentratsiyasi va haroratiga to’g’ri proparsional va
erigan modda molecular massasiga teskari proparsionaldir. Bu formulaga ko’ra osmotik bosim
erituvchining xossalariga bog’liq bo’lmaydi. Yana shuni nazarda tutish lozimki osmotik bosim
faqat noelektrolit eritmalarga xos bo’ladi.
Osmotik bosim bu tozza erituvchi bilan eritma o’tkazgichli membrana ajratgan eritmada
hosil bo’luvchi ortiqcha gidrostatik bosim bo’lib, eritma va erituvchi o’rtasidagi yarim
o’tkazuvchi membrana orqali erituvchi defuzziyasi to’xtaganda sodir bo’ladi. Bu bosim eritma
va erituvchi molekulalarini qarama – qarshi diffuzyasi tufayli har ikkala eritma
konsentratsiyalarini garatsiyalarini tenglashtirishga harakat qiladi.
Eritma tomonidan hosil qilinayotgan osmotik bosim, eritilgan moddalarni kimyoviy
tabiatidan bog’liq bo’lmasdan eritilgan modda miqdoridan bog’liq bo’ladi, demak osmotik
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
133
bosim eritmaning kolliktiv xususiyatidan bog’liq bo’ladi. Eritmada erigan moddaning
konsentratsiyasi qancha katta bo’lsa u hosil qilayotgan osmotik bosim shuncha katta bo’ladi.
Bu qoida, osmotik bosim qoidasi deb qabul qilingan va ideal gaz holati tenglamasiga juda
o’xshaydi va quydagicha ifodalanadi
P=iCRT(5) bu yerda i- eritmaning izotonik koifisenti,
C – eritmaning molyar konsentratsiyasi, SI-sistemasida moll/m
3
o’lchanadi; R -universal
gaz doimiyligi; T- eritmaning termodinamik harorati.
Osmotik bosimni o’lchovi sifatida ya’ni yarim o’tkazuvchi membrana tomonlaridagi
erituvchi potensiallarini farqi hisoblanadi va toniklik deyiladi.
Eritmalardan qaysi birining osmotik bosimi katta bo’lsa gipertonik eritma deyiladi, agar
osmotik bosim kichik bo’lsa gipertonik eritma deyiladi.
Izotonik suyuqliklar yopiq sistemada bo’lsa, masalan qon to’qimasida osmotik bosim
to’qima membranasini yorilishiga olib keladi. Shuning uchun qon tomirlarga quyilayotgan
dorivor malhamlar izotonik eritmalarda eritiladi, chunki bu eritmalar tarkibidagi natriy xlor
(oshtuzi) miqdori to’qima suyuqligi hosil qilayotn osmotik bosimga tenglashtirib olish mumkin.
Agar qon tomiri orqali kiritilayotgan dorivor suv yoki ko’proq (tsitoplazmaga nisbatan
gipatonik) eritilgan bo’lsa, osmotik bosim suvni qon to’qimasi ichiga kirishga majbur qiladi bu
esa qon to’qimasini yorilishiga olib keladi.
Agar qonga gipertonik eritma bo’lgan osh tuzi eritmasini konsentratsiyasi 3-10% lisini
kiritsak, suv qon to’qimasidan tashqariga chiqadi va qon to’qimalari siqiladi. Agar o’sayotgan
to’qima qobiqlaridan protoplastlar ajratilsa plazmolizm deyiladi siqilgan to’qimalarni yuqori
eritmali eritmaga kiritsak deplazmolizi deb aytiluvchi teskari jarayon sodir bo’ladi.
Eritma tarkibidagi oqsillar miqdori bilan o’lchaniladigan osmotik bosim onkotik bosim
deyiladi va P= 0,03-0,04 atm ga teng bo’ladi. Davomayli ochlikda, buyrak xastaligida qondagi
oqsillar konsentratsiyasi kamayadi, qondagi onkotik bosim kamayadi, va onkotik shish hosil
bo’ladi; suv tomirlardan to’qimalarga o’tadi, bu erda R
onk
bosim qayta yiringli jarayon R
onk
yiringlash markazlarida 2-3 barobar ortiq bo’ladi, bunga asosiy sabab oqsillarni parchalanishi
hisobidan zarrachalarni soni ortishi bo’ladi.
Odam organizmida osmotik bosim doimiy bo’lib o’rtacha 7,7 atm ga teng. Shuyning uchun
qon tomirlardan dorivorlarni kiritishda odatda izotonik eritmadan foydalaniladi va eritmalarni
osmotik bosimi P
plaz
=7,7 atm ga teng. (0,9% NaClni fiziologik eritmasi yoki 5% glyukoza
eritmasi) Gipertonik eritmalarda P
bosimi,
Plazmadan katta bo’lganda tibbiyotda yaralar sirtini
yiringlardan tozalashda (NaCl ni 10% lisi) allergik shishlardan tozalashda (10% CaCl
2
yoki 20%
glyukozadan), yumshatuvchi dorivorlar maqsadida (Na
2
SO
4
* 10H
2
O, MgSO
4
* 7H
2
O) lardan
foydalaniladi.
Osmos va osmotik bosimdan oziq – ovqatlarni oshqozon - ichakda so’rilishi, organiizmda
moddalar almashinishi, suv va suvda erigan eritmalarning to’qimalardan o’tishi bog’liq bo’ladi.
Tirik organizmlarda, xususan odam organizmida osmos hodisasi va osmotik bosimnin
ahamiyati juda yuqori. Agar qon tarkibidagi eritrositlarning izotonik, gipotonik va gipertonik
eritmaga solinganda sodir bo’ladigan jarayonlarda tashxisda foydalaniladi. Bundan tashqari
organizmdagi har bir to’qima yoki hujayrani oziqlanishi, nafas olishi, keraksiz moddalarni
ajratishi va boshqa hayotiy muhim jarayonlarni ularning osmotik bosim orqali ta’minlanadi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
134
Qonning osmotik bosimi 7,68-8,1 ga teng, Bu qiymatning o’zgarishi organizmda jiddiy
o’zgarishlar patologik holatlar kelib chiqishiga olib keladi. Osmos jarayoniga yana bir misol,
shirin (glukozaga boy) ovqat yeganimizdan so’niy chanqash hissini sezamiz, bu ham osmos
hodisasi bilan bog’liqdir.
References:
1.
Детлаф А. А, Яворский Б. М, курс физика; Учебное пособие для вузов- М; Высшая
школа, 1989- С. 113
2.
Madusmanova N.K, Xoshimxonova M.A, N.N. Mamatqulova “Analitik kimyo” Toshkent
“VNESHINVESPROM” 2021
3.
X. Rustamov, SH.P. Nurillayev. Fizika kimyo. T., “Fan va texnologiya”, 2011y
4.
Ершов Ю.А. Попков В.A, Берлиянд А.С., общия химя. Биофизчеслая химя. Химя
биогенных елементов. М, Высшая школа, 1993- ISBN 5-06-002170-X, -c. 540
5.
Karimova D.A., “Fizikaviy va kloid kimyo” fanidan o’quv – uslubiy majmua Navoiy 2019.14
6.
Abdusamatov A., Raximov A, “Fizika va bkolloid kimyo”- T.; 1992 12.