Авторы

  • S.B. Xo‘jamova
    Shahrisabz davlat pedagogika instituti o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.51799

Ключевые слова:

Virusli kasalliklar tarqalish geografiyasi nozogeografik muhit epidemiya infektsion kasalliklar sog‘liqni saqlash.

Аннотация

Ushbu maqolada virusli kasalliklarning tarqalish geografiyasi va nozogeografik muhitni yaxshilash yo‘llari batafsil tahlil qilingan bo‘lib, virusli kasalliklardan gepatit tarqalishining asosiy omillari, ularning iqlim, geografik joylashuv va inson faoliyati bilan qanday bog‘liqligi ko‘rib chiqilgan. Virusli gepatit va ularning tarqatuvchi mexanizmlari, shuningdek, kasalliklarning epidemiyalashuvi jarayonida rol o‘ynaydigan ekologik shart-sharoitlar tahlil qilingan. Maqolada shuningdek, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar asosida virusli gepatit kasalliklarning oldini olish va ularni kamaytirish uchun muhim yo‘nalishlar belgilab olingan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

120

VIRUSLI KASALLIKLARNING TARQALISH GEOGRAFIYASI VA

NOZOGEOGRAFIK MUHITNI YAXSHILASH YO‘LLARI

Xo‘jamova S.B.

Shahrisabz davlat pedagogika instituti o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14263769

Annotatsiya:

Ushbu maqolada virusli kasalliklarning tarqalish geografiyasi va

nozogeografik muhitni yaxshilash yo‘llari batafsil tahlil qilingan bo‘lib, virusli kasalliklardan
gepatit tarqalishining asosiy omillari, ularning iqlim, geografik joylashuv va inson faoliyati
bilan qanday bog‘liqligi ko‘rib chiqilgan. Virusli gepatit va ularning tarqatuvchi mexanizmlari,
shuningdek, kasalliklarning epidemiyalashuvi jarayonida rol o‘ynaydigan ekologik shart-
sharoitlar tahlil qilingan. Maqolada shuningdek, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar asosida virusli
gepatit kasalliklarning oldini olish va ularni kamaytirish uchun muhim yo‘nalishlar belgilab
olingan.

Kalit so‘zlar:

Virusli kasalliklar, tarqalish geografiyasi, nozogeografik muhit, epidemiya,

infektsion kasalliklar, sog‘liqni saqlash.

Abstract:

In this article, the geography of the spread of viral diseases and ways to

improve the nosogeographic environment are analyzed in detail, the main factors of the
spread of hepatitis from viral diseases, how they are related to climate, geographical location,
and human activity are considered. Viral hepatitis and their spreading mechanisms, as well as
environmental conditions that play a role in the epidemic of diseases, are analyzed. The article
also defines important directions for the prevention and reduction of viral hepatitis diseases
based on modern scientific research.

Key words:

Viral diseases, distribution geography, nosogeographic environment,

epidemic, infectious diseases, health care.


Jahonda kasalliklarning tarqalish geografiyasi va aholi salomatligini muhofaza qilishning

zarurati global sog‘liqni saqlash masalalarining eng muhim jihatlaridan biri bo‘lib, kasalliklar
tarqalishi ko‘plab omillarga bog‘liq, jumladan, iqlim o‘zgarishi kasalliklarning tarqalishiga
ta’sir ko‘rsatadi, iqlim sharoitlari o‘zgarishi orqali kasalliklarni tarqatadigan hasharotlar yoki
mikroorganizmlar yangi hududlarga kirib keladi. Shaharlarning tez rivojlanishi, aholi zichligi
va sanitariya sharoitlarining yomonlashuvi kasalliklarning tarqalishiga olib keladi. Shahar
joylarda infeksion kasalliklar tezroq tarqalishi mumkin. Aholining migratsiyasi va savdo
aloqalari tufayli kasalliklar tezda bir joydan boshqa joyga o‘tishi mumkin. Xususan,
pandemiyalar (masalan, COVID-19) global darajada tarqalgan vaziyatlarni keltirib chiqaradi.
Aholiga tibbiy xizmatlarning ko‘rsatilish sharoiti va areali ham muhim bo‘lib, tibbiy yordamga
ega bo‘lmagan hududlarda kasalliklar tezroq rivojlanishi mumkin.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) 2024 yilgi global gepatit

hisobotiga ko‘ra ushbu kasallik qurbonlari soni doimiy ravishda o‘sib bormoqda. Gepatit
yuqumli kasalliklar qotillari bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi va yiliga 1,3 million
o‘limga olib keladi, bu yuqumli kasalliklarning qotillari bo‘lgan sil kasalligi bilan bir xil.
Butunjahon gepatit sammitida taqdim etilgan ushbu hisobot diagnostika va davolashning
yaxshilanishiga va arzonroq tibbiy mahsulotlarga qaramay, test va davolash qamrovi to‘xtab


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

121

qolganligini ta’kidlaydi. Ammo, agar hozir chora ko‘rilsa, JSSTning 2030 yilgacha gepatitni
yo‘q qilish maqsadiga erishish mumkin bo‘ladi. 187 mamlakatdan olingan yangi ma’lumotlar
shuni ko‘rsatadiki, virusli gepatitdan o‘lganlarning taxminiy soni 2019 yildagi 1,1 milliondan
2022 yilda 1,3 millionga ko‘paygan, ularning 83 foizi gepatit B va 17 foizi gepatit C sabab
bo‘lgan. Dunyo bo‘ylab har kuni gepatit B va C infeksiyasidan 3500 kishi vafot etadi [1].
Gepatit - bu viruslar va boshqa infektsiyalar, spirtli ichimliklar va ba’zi dorilar tufayli kelib
chiqqan jigarning yallig‘lanishi. Bu bir qator sog‘liq muammolariga olib keladi, ularning
ba’zilari o‘limga olib kelishi mumkin. Dunyo miqyosida virusli gepatit bilan yashovchi
odamlarning 90 foizi bu kasallikdan bexabar va har kuni 3000 kishi kasallikdan vafot etadi.
JSSTga a’zo davlatlar tomonidan tasdiqlangan JSST Global gepatit strategiyasi 2016 yildan
2030 yilgacha yangi gepatit infektsiyalarini 90 foizga va o‘limni 65 foizga kamaytirishga
qaratilgan [2].

JSST hisobotlariga ko‘ra, Markaziy Osiyoda yashovchi bolalar gepatit A bilan kasallanish

xavfi yuqori. Markaziy Osiyoda ushbu virusni yuqtirishning eng keng tarqalgan yo‘llari gigiena
qoidalariga rioya qilmaslik va ifloslangan suv yoki himoyalanmagan oziq-ovqatlarni, ayniqsa
meva va sabzavotlarni iste'mol qilishdir. Gepatit A tarqalishiga hissa qo‘shadigan boshqa
umumiy omillar migratsiya, iqtisodiy rivojlanishning past darajasi va toza ichimlik suvi bilan
ta’minlanmasligidir. Gepatit A – bu jigarni ta’sir qiluvchi virusli infeksiya bo‘lib, asosan
ifloslangan suv yoki oziq-ovqat orqali yuqadi. Markaziy Osiyoda yashovchi bolalar uchun
gepatit A bilan kasallanish xavfi ko‘plab omillarga bog‘liq, jumladan, gigiena qoidalariga rioya
qilmaslik, shuningdek, toza ichimlik suvi va sanitariya sharoitlarining yetishmasligi gepatit A
tarqalishiga olib kelishi mumkin. Gepatit A virusiga qarshi vaksina mavjud, ammo uning
tarqatilishi va qabul qilinishi mintaqaga qarab farq qiladi. Vaksinatsiya darajasi past bo‘lgan
joylarda kasallanish xavfi yuqori bo‘lishi mumkin. Oziq-ovqatni saqlash va tayyorlash
sharoitlari ham kasallanish xavfini oshirishi mumkin [5]. Bu muammo bilan kurashish uchun
davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan sog‘liqni saqlash tizimini kuchaytirish,
vaksinatsiya dasturlarini amalga oshirish va gigiena qoidalarini targ‘ib qilish kabi chora-
tadbirlar ko‘rilmoqda.

O‘zbekistonda gepatit (jigar yallig‘lanishi) kasalligi turli shakllarda, xususan gepatit A, B,

C, D va E turlarida keng tarqalgan. Gepatit kasalligi O‘zbekistonda salomatlikka jiddiy tahdid
soladigan muammo bo‘lib, uning tarqalishiga bir nechta omillar ta’sir ko‘rsatadi [3, 4]. Gepatit
kasalligining tarqalish geografiyasi tahlil qilinganda quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:
- Virusli gepatit kasalliklarining tarqalishi sanitariya, tibbiy xizmatlar sifati, ichimlik suvi
ta’minoti va tibbiy amaliyotlardagi ehtiyotsizlikka bevosita bog‘liqdir. Bu omillar, ayniqsa
qishloq hududlarida, kasalliklarning yuqishi uchun qulay sharoit yaratadi. Yirik shaharlarda
tibbiy xizmatlar yaxshi rivojlangan bo‘lsa ham, qishloq joylarida sanitariya-gigiyena
sharoitlari past bo‘lishi va tibbiy yordamning malakali bo‘lmasligi virusli gepatit
kasalliklarining keng tarqalishiga olib keladi. Bu kasalliklar bilan kasallanganlar soni bo‘yicha
(2022-yil) Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari yetakchi
hisoblanadi (jadval).
- Gepatit A virusining asosiy tarqalish yo‘li – suv va oziq-ovqat orqali. Bu kasallik eng ko‘p suv
ta’minoti yoki sanitariya sharoitlari yomon bo‘lgan hududlarda uchraydi. O‘zbekistonda
gepatit A ko‘proq qishloq joylarda, ichimlik suvi sifatsiz yoki sanitariya sharoitlari yomon


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

122

bo‘lgan hududlarda uchraydi. Ayniqsa, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo viloyatlari va
Toshkent shahri kabi mintaqalarda kasallik tarqalishi yuqori (jadvalga qarang).
- Gepatit B virusining tarqalishi asosan qon orqali amalga oshadi, shu jumladan ko‘p marotaba
to‘liq sterilizatsiya qilinmagan asboblar orqali, jinsiy yo‘l bilan, shuningdek, yangi tug‘ilgan
chaqaloqlarga onadan o‘tish mumkin. O‘zbekistonda gepatit B tarqalishining yuqori darajasi
barcha hududlarda kuzatiladi, Qashqadaryo, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida bu kasallik bilan
og‘riganlar soni ko‘pchilikni tashkil etadi. Ba’zi shahar markazlarida (Toshkent, Samarqand)
tibbiy xizmatlar rivojlangan bo‘lsa-da, qishloq joylarda bu kasallik tarqalishi yuqori
hisoblanadi.

Jadval.
Hududlar bo‘yicha aholining virusli gepatit kasalliklariga chalinishi
(2022 yil, har 100 ming kishiga nisbatan)

Hududlar

virusli gepatit

virusli gepatit “A” virusli gepatit ”B”

O‘zbekiston

Respublikasi

82,6

81,9

0,4

Qoraqalpog‘iston

Respublikasi

13,1

12,3

0,3

Andijon

17,5

17,4

0,1

Buxoro

7,4

6,2

0,6

Jizzax

32,5

31,9

0,5

Qashqadaryo

251,2

248,4

1,3

Navoiy

23,5

23,2

0,2

Namangan

37,3

36,9

0,1

Samarqand

202,3

201,8

0,4

Surxondaryo

212,9

212,6

0,2

Sirdaryo

42,7

42,1

0,5

Toshkent

37,3

36,9

0,3

Farg‘ona

28,4

28,2

0,1

Xorazm

4,4

4,1

0,2

Toshkent shahri

39,7

38,6

0,3

Jadval O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi materiallari

asosida tuzilgan.

O‘zbekistonda gepatit kasalliklari turli mintaqalarda turli darajada tarqalgan. Umuman

olganda, gepatitning tarqalishi asosan sanitariya-epidemiologik sharoitlarga, tibbiy xizmatlar
sifati va odamlarning sog‘liqni saqlash haqida ma’lumot darajasiga bog‘liq [3]. Kasallikning
oldini olish uchun immunizatsiya, sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilash, shuningdek,
tibbiy ko‘riklar va tashxislar samarali amalga oshirilishi zarur. O‘zbekistonda gepatitning
tarqalishi ko‘plab omillarga bog‘liq. Sanitariya-epidemiologik sharoitlar, jumladan, ichimlik
suvi ta’minoti, kanalizatsiya tizimlari va umumiy gigiena qoidalariga rioya qilish gepatit
viruslarining tarqalishiga ta’sir qiladi. Shuningdek, tibbiy xizmatlarning sifati ham muhim
ahamiyatga ega. Tibbiyot muassasalarida sanitariya normalariga rioya qilinmasligi yoki tibbiy
asbob-uskunalarning noto‘g‘ri ishlatilishi gepatit viruslarining yuqish xavfini oshirishi


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

123

mumkin [6, 7]. Aholining sog‘liqni saqlash haqida ma’lumot darajasi ham muhim rol o‘ynaydi.
Aholi o‘z sog‘lom turmush tarzini yuritish va gepatitning oldini olish bo‘yicha ma’lumotga ega
bo‘lishi zarur. Shuning uchun profilaktika tadbirlari, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va
jamoatchilikni xabardor qilish ishlari juda muhimdir. Gepatitning oldini olish uchun emlash
dasturlari ham o‘rinli hisoblanadi. O‘zbekistonda gepatitga qarshi emlash dasturlari amalga
oshirilmoqda, bu esa tarqalishni kamaytirishga yordam beradi.

Umuman olganda nozogeografik muhitni yaxshilash uchun tibbiyot muassasalarini

yangilash, malakali kadrlarni tayyorlash va sog‘liqni saqlash xizmatlarini kengaytirish; aholini
virusli kasalliklar haqida xabardor qilish, ularni oldini olish usullari bo‘yicha ta’lim berish
hamda ommaviy axborot vositalaridan foydalanib, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini
targ‘ib qilish; shaxsiy gigiyena qoidalarini o‘rganish va ularga rioya qilganlarni (ayniqsa oziq-
ovqat xavfsizligi bo‘yicha) rag‘batlantirish [8]; viruslarni aniqlash va kuzatishda zamonaviy
texnologiyalarni (boshqaruv tizimlari, mobil ilovalar) qo‘llash; tabiatga zarar yetkazmaslik
uchun ekologik barqarorlikka e'tibor berish, tuproq, suv va havoni ifloslanishdan himoya
qilish; virusli kasalliklarga qarshi kurashda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish,
vaksinalar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash va ulardan foydalanishni oshirish maqsadga
muvofiq. Ushbu yo‘llar orqali virusli kasalliklarning tarqalishini kamaytirish mumkin bo‘ladi
hamda aholi salomatligini yaxshilashga erishiladi.

References:

1.

Трансмиссивные болезни.

https://www.who.int/ru/news/item/09-04-2024-who-

sounds-larm-on-viral-hepatitis-infections-claiming

...

2.

Казахстан является лидером по предоставлению бесплатного тестирования и

лечения гепатита в Центральной Азии.

https://www.who.int/ru/news-room/feature-

stories/detail/kazakhstan-is-leading-light-for-free-hepatitis-testing-and-treatment-in-
central-asia

3.

Komilova N.Q., Ravshanov A, Muhammedova N. Tibbiyot geografiyasi va global

salomatlik. –Toshkent: Mumtoz so‘z, 2019-10 b.
4.

Komilova N.Q. Tibbiyot geografiyasining nazariy va amaliy masalalari. – Toshkent:

Sharq, 2016-5 b.
5.

Воловская М.Л. Эпидимиология билан инфекцион касалликлар асослари.-Т.:

Медицина, 1977. -387 б.
6.

Khujamova Sanobar Boltaevna. Nozogeographic situation and factors influencing them

//Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies, Hosted
online from Paris, France. 2 (4), P. 353-358
7.

Xujamova S.B. Xavfli kasalliklar va ularning geografiyasi// “Zamonaviy geografiya:

innovatsion rivojlanishining ilmiy-uslubiy asoslari” Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
(Urganch, 27-28-oktyabr) 2023 y. B. 219-222
8.

Xujamova S.B. Qashqadaryo viloyati nozogeografik vaziyatining asosiy xususiyatlari//

«Zamonaviy geografik tadqiqotlar: Nazariya, amaliyot, innovatsiya» Xalqaro ilmiy-amaliy
konferensiya materiallari. I-qism. Samarqand, 2023 yil 12-13 may. B. 485-490.

Библиографические ссылки

Казахстан является лидером по предоставлению бесплатного тестирования и лечения гепатита в Центральной Азии. https://www.who.int/ru/news-room/feature-stories/detail/kazakhstan-is-leading-light-for-free-hepatitis-testing-and-treatment-in-central-asia

Komilova N.Q., Ravshanov A, Muhammedova N. Tibbiyot geografiyasi va global salomatlik. –Toshkent: Mumtoz so‘z, 2019-10 b.

Komilova N.Q. Tibbiyot geografiyasining nazariy va amaliy masalalari. – Toshkent: Sharq, 2016-5 b.

Воловская М.Л. Эпидимиология билан инфекцион касалликлар асослари.-Т.: Медицина, 1977. -387 б.

Khujamova Sanobar Boltaevna. Nozogeographic situation and factors influencing them //Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies, Hosted online from Paris, France. 2 (4), P. 353-358

Xujamova S.B. Xavfli kasalliklar va ularning geografiyasi// “Zamonaviy geografiya: innovatsion rivojlanishining ilmiy-uslubiy asoslari” Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari (Urganch, 27-28-oktyabr) 2023 y. B. 219-222

Xujamova S.B. Qashqadaryo viloyati nozogeografik vaziyatining asosiy xususiyatlari// «Zamonaviy geografik tadqiqotlar: Nazariya, amaliyot, innovatsiya» Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. I-qism. Samarqand, 2023 yil 12-13 may. B. 485-490.