ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
113
BIOLOGIYADAN O’QUV ISHLARINI TASHKIL ETISH, YILLIK TAQVIM, YILIK
REJA TUZISH
Abduraxmonova Mahliyo
Nishonboyeva Shohista
Andijon Davlat Pedagogika Instituti Biologiya yo’nalishi talabalari
https://doi.org/10.5281/zenodo.14250086
Annotatsiya:
Biologiya fanidan o‘quv ishlarini tashkil etishda yillik taqvim va reja tuzish
jarayoni o‘quvchilarga sifatli ta'lim berish uchun zarur. Yillik reja o‘quv jarayonining
samaradorligini oshirishga yordam beradi, barcha mavzularni mukammal o‘rganishga imkon
yaratadi va o‘qituvchilarga o‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilishni osonlashtiradi.
Abstract:
In the organization of educational work in biology, the process of creating an
annual calendar and plan is necessary to provide quality education to students. The annual plan
helps to increase the efficiency of the educational process, makes it possible to study all subjects
perfectly, and makes it easier for teachers to monitor the knowledge of students.
Аннотация:
При организации учебной работы по биологии процесс создания
годового календаря и плана необходим для обеспечения качественного образования
студентов. Годовой план помогает повысить эффективность учебного процесса, дает
возможность изучить все предметы на отлично, облегчает преподавателям контроль
знаний учащихся.
Kalit so’zlar:
Yillik taqvim, ishchi dastur, na’munaviy dastur, didaktika, amaliy
mashg’ulot, baholash mezonlari, eksprementlar.
Key words:
Annual calendar, working program, model program, didactics, practical
training, evaluation criteria, experiments.
Ключевые слова:
Годовой календарь, рабочая программа, типовая программа,
дидактика, практика, критерии оценки, эксперименты.
Biologiya fanidan o‘quv ishlarini samarali tashkil etish uchun o‘quvchi va o‘qituvchining
faol ishtiroki, zamonaviy ta’lim metodlaridan foydalanish va o‘quvchilarning bilimlarini tizimli
ravishda rivojlantirish zarur. Biologiya fanining o‘ziga xosligi, ilmiy kuzatishlar, tajribalar va
amaliy mashg‘ulotlar orqali chuqur tushuncha hosil qilishni talab qiladi.
Maktablarda o’tilgan har bir o’quv fanining mazmuni o’quvchilar bilishi kerak bo’lgan
bilimlar, o’zlashtirishi kerak bo’lgan o’quv ko’nikmalar, malakalar yig’indisini ifoda qiluvchi
hujjat-o’quv dasturi hisoblanadi. [3]. O’quv dasturi o’quv fanini o’qitishdan maqsad, vazifalar,
o’quvchilar o’zlashtirishi kerak bo’lgan bilimlar, ko’nikmalar kompleksini o’zida
mujassamlashtiradi.
Biologiya fanidan o‘quv ishlarini tashkil etish, yillik taqvim va yillik reja tuzish o‘quv
jarayonining samarali va tizimli bo‘lishini ta'minlash uchun zarur. Quyida biologiya fanidan
o‘quv ishlarini tashkil etish, yillik taqvim va yillik reja tuzish bo‘yicha umumiy tavsiyalar
berilgan.[4]
1.O‘quv ishlarini tashkil etish:
Biologiya fanidan o‘quv ishlarini samarali tashkil etish
uchun o‘quvchi va o‘qituvchining aktiv ishtiroki, zamonaviy ta’lim metodlari va usullaridan
foydalanish va o‘quvchilarning bilimlarini tizimli ravishda rivojlantirish zarur. Biologiya
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
114
fanining o‘ziga xosligi, ilmiy kuzatishlar, tajribalar va amaliy mashg‘ulotlar orqali chuqur
tushuncha hosil qilishni talab qiladi. Dars rejalari: har bir dars mavzusiga doir reja tuzish. Bu
rejalar orqali yangi mavzuni tushuntirish, laboratoriya ishlarini bajarish, o‘quvchilarga
mustahkamlovchi mashqlar va savollar berish, tarqatma materiallaridan foydalanish kiradi.
O’quv ishlarini tashkil etishda differensiyatsiya usuli ya’ni o‘quvchilarning bilim darajasiga
qarab turli yondoshuvlar va vazifalarni taqdim etish yo’lidir. Faollashtirish esa o‘quvchilarni
darsda faol ishtirok etishga undash, turli didaktik savollar tayyorlash, savollarni o‘z vaqtida
berish va ularga mulohazalarini bildirish imkonini yaratishdn iborat.
2
.
Yillik taqvim tuzish.
Yillik taqvim, o‘quv yilida biologiya fanini o‘rganish uchun zarur
bo‘lgan barcha darslarni, laboratoriya ishlarini, amaliy mashg‘ulotlarni va tekshiruvlarni
belgilab beradi.
Yillik taqvimda quyidagilarni inobatga olish zarur: mavzular bo‘yicha taqvim tuzish, har
bir darsni o‘z vaqtida o‘qitishni rejalashtirish, taqvimda dam olish kunlari va bayram kunlarini
hisobga olish, darslarni shu kungacha xos ravishda rejalashtirish;
Imtihon va testlar: yilning o‘rtalarida va oxirida imtihonlar yoki testlar (Og’zaki, yozma,
test shaklida) o’tkazish va shu kabi muhim xususiyatlarini inobatga olgan holda yillik taqvim
tuzish muhim hisoblanadi.
3. Yillik reja tuzish.
Yillik reja biologiya fanining barcha mavzularini o‘qish va ularni
maqsadga muvofiq tarzda o‘rganish uchun tuziladi. Yillik reja biologiya fanining har bir
bo‘limini o‘z ichiga olishi kerak. Masalan:
1.
Biologiya fan sifatida
2.
Tirik organizmlarning kimyoviy tarkibi
3.
Uglevod va lipidlar
4.
Oqsillar
4
.
Yillik rejaning tarkibi:
mavzu va maqsadlar: Har bir darsning asosiy maqsadi va
yondoshuvlarini belgilash. Darsning har bir mavzusini asosiy maqsadini belgilab olish kerak,
yondoshuvini aniqlab shunga yarasha tayyorgarlik ko’rishi lozim.
O‘qitish metodlari:
Darslarda foydalaniladigan metodlar (davomiylik, darsliklardan foydalanish, amaliy
mashg‘ulotlar, laboratoriya ishlari, multimediyali materiallar). Har bir darsga o’ziga yarasha
yondashish slayd, video ro’liklar tayyorlash, labaratoriya mashg’ulotiga munosib tayyorgarlik
ko’rish. Baholash mezonlari: O‘quvchilarning bilimlarini baholash asosan, o’qituvchi bilan
o’quvchilar o’rtasida mutonosib vazifalar ya’ni yig‘ma testlar, yozma ishlar, amaliy topshiriqlar
orqali o’quvchi bilimlarini baholash lozim. Tashkiliy masalalar esa darsning tartibi, joylashuvi,
vaqti va o‘quvchilarni baholash usullari kabi tashkiliy ishlar olib boriladi.
5. Biologiya darslarida o‘qitish usullari
Eksperimentlar va amaliy mashg‘ulotlar: Biologiya fanini o‘rganishda tajriba va amaliy
ishlar juda ahamiyatlidir. O‘quvchilar o‘z bilimlarini laboratoriya ishlarida mustahkamlashlari
mumkin.[1]
Kreativ yondoshuv esa darslarni interaktiv qilish, masalan, o‘yinlar, didaktik o’yinlar,
muhokamalar, muommoli vaziyatlar va yechimlar, guruh ishlari orqali o‘quvchilarning
ishtirokini oshirish hisoblanadi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
115
Ijtimoiy tarmoqlar va texnologiyalar: O‘quvchilarga biologiya faniga oid onlayn
resurslardan foydalanishni o‘rgatish, ya’ni turli internet saytlaridan kerakli ma’lumotlarni olish
va ulardan foydalanishni o’rgatish.
O’quv dasturining metodik tavsiyalarida yana biologiyaning muommoli mavzularini
o’qitishda xam fikrlikni oshirish, har bir dunyoqarashining o’ziga xos ijobiy taraflari va
kamchiliklari o’quvchilarga yetkaza olish qobilyati bo’lishi kerakligi haqida aytib o’tilgan.[2]
1-rasm. Yillik ishchi dasturdan namuna
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
116
2-rasm. Yillik ishchi dasturdan namuna
Xulosa.
Biologiyani o’qitishda o’quv ishlarini to’g’ri tashkil etish bu juda muhim jarayon
hisoblanib, har bir pedagok uchun dastlabki ishdir. Biologiya o’qituvchisi avvalombor darsni
tashkil etish va yillik taqvim, yillik reja tuzishni o’zi tushunib olishi lozim. O’quvchilarni darsga
to’g’ri yo’naltira olish va qiziqtirish asosiy vazifa hisoblanadi. Buning uchun didaktik o’yinlarda
keng foydalanish, muommoli vaziyatlar metodidan, insert usullaridan foydalanish yaxshi natija
beradi. Lekin har bir mavzuga doir to’g’ri tanlangan metodika mavzu mohiyatini yanada ochib
beradi fikrimcha.
References:
1.
Biologiya o’qitish metodikasi o’quv dasturi. Majmua. Chirchiq-2024
2.
Biologiyani o’qitishning umumiy metodikasi. A.T.G’ofurov 2005-yil
3.
Biologiya o’qitish metodikasi. A.T.G’ofurov, J.O.Tolipova. Toshkent-2004
4.
Biologiya o’qitish metodikasi. S.X.Sulliyeva, Q.G’.Zokirov. Toshkent-2020
5.
cspu.uz
6.
arxiv.uz
7.
Wikipedia.org
8.
arroziy.uz