ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
92
9-SINFLARDA OQSILLAR VA AMINOKISLOTALAR DARSINI O’TISHDAGI
AN’ANAVIY VA INTERFAOL METOD TURI
Temirova M.U.
Mamasodiqova M.M.
mokhigulmuzaffarovna@gmail.com
Andijon Davlat Pedagogika insituti talabalari 402-guruh talabalari
https://doi.org/10.5281/zenodo.14234210
Annotatsiya:
9-sinf o’quvchilarni biologiya fanidagi oqsillar va aminokislotalar
mavzusini osonroq va samarali tarzda o’tishni an’anaviy va interfaol metodlardan foydalanish
usullari.
Annotation:
Methods for facilitating easier and more effective learning of the topic
"Proteins and Amino Acids" in biology for 9th-grade students through the use of traditional
and interactive teaching methods.
Kirish so’zlar:
Oqsil, aminokislota, an’anaviy ta’lim, interfaol usul, polimer.
Oqsillar yuqori molekulali kolloid birikma bo’lib, aminokislotalarga parchalanadi.
Oqsillarning elementar tarkibi uglerod 50-54%, vodorod 6,5-7,3%, kislorod 21-23%, azot
16% hamda oltingugurt 0,5% dan iborat. Ularning tarkibida ba’zan fosfor ham uchraydi.
Oqsillar aminokislotalardan tuzilgan. Organik moddalar ichida eng murakkabi oqsillardir. Ular
polimerlar guruhiga kiradi. Oqsil molekulasi faqat aminokislotalardan tuzilgan bo’lsa ham bu
monomerlar bir xil emas, oqsil molekulasi tarkibiga bir-biridan faqr qiladigan 20 xil
aminokislotalar kiradi.
Oqsillar tarkibidagi aminokislotalar
Halqasiz (asiklik) aminokislota
Halqali (siklik) aminokislota
1. Glitsin
8.Leysin
15.Fenilalanin
2.Alanin
9.Izoleysin
16.Triozin
3.Serin
10.Treonin
17.Triptofan
4.Sistein
11.Lizin
18.Gistidin
5.Sistin
12.Arginin
19.Prolin
6.Metionin
13.Asparagin kislota
20.Oksiprolin
7.Valin
14.Glutamin kislota
Aminokislotalar peptid bog’ orqali o’zaro birikadi va polipeptid zanjirlarini hosil qiladi.
Aminokislotalar organik kislota molekulasida bir yoki bir nechta vodorod atomining
aminoguruh NH2 bilan almashinishdan hosil bo’ladi. Ko’pincha NH2 guruh karboksil guruhiga
(COOH) qo’shni uglerod atomining vodorodi o’rniga kiradi.
An’anaviy dars–muayyan muddatga mo‘ljallangan. Ta’lim jarayoni ko‘proq o’qituvchi
shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan
iborat ta’lim modelidir. O’quv materiali yangi va ancha murakkab bo’lganda, an’anaviy
dars –ko’p hollarda ta’lim jarayonining birdan –bir metodi bo‘lib qolmoqda. Ma’lumki,
an’anaviy darsda ta’lim jarayonining markazida o’qituvchi turadi. Shu bois, ba’zida
an’anaviy darsni markazida o’qituvchi turgan o’qitish usuli deb ham atashadi. Markazda
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
93
o’qituvchi bo’lgan o’quv jarayonining, darsning maqsadi va uning ijobiy jihatlari quyida
keltirilgan asoslarga tayanadi:
-o’quvchining o’qishga bo’lgan ishtiyoqini oshirib borish;
-ilgari egallangan bilimlarni ham inobatga olish;
-o’qish jarayoni tezligini muvofiqlashtirish;
-o’quvchi tashabbusi va majburiyatini qo‘llab –quvvatlash;
-amaliyot orqali o‘rganish;
-ikki tomonlama fikr –mulohazalar bilan ta’minlash;
-o’qish jarayonini to’g’ri yo’lga qo’yish;
-o’qituvchi–o’quvchilar uchun o’quv jarayonini yengillashtiruvchi shaxs;
-o’quv jarayonini baholash.
An’anaviy dars o‘tish modelida ko‘proq ma’ruza, savol –javob, amaliy mashq kabi
metodlardan foydalaniladi. Shu sabab, bu hollarda an’anaviy dars samaradorligi ancha past
bo’lib, o’quvchilar ta’lim jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib qoladilar.
Interfaol metodlar
Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo’yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va
jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida
muayyan nazariy bilimlarni o’quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan
ko’nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, o’quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular
tomonidan egallangan bilim, ko’nikma va malakalar darajasini baholash o’qituvchidan yuksak
pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.
“6x6x6” METODI
“6x6x6” metodi yordamida bir vaqtning o‘zida 36 nafar o‘quvchini muayyan faoliyatga
jalb etish orqali ma’lum topshiriq yoki masalani hal etish, shuningdek, guruhlarning har bir
a’zosi imkoniyatlarini aniqlash, ularning qarashlarini bilib olish mumkin. Bu metod asosida
tashkil etilayotgan mashg‘ulotda har birida 6 nafardan ishtirokchi bo‘lgan 6 ta guruh
o’qituvchi tomonidan topshiriq beriladi. Yana har bir guruh o’zlari o’tilgan mavzu yuzasidan
kichkina matn tuzishadi. Keyin har bir guruh tuzgan matnlarini kattaroq bo’laklarga bo’lib
kanvertga solingan holatda boshqa guruhga taqdimetadi. Guruhlar qog’oz bo’laklarini yig’ib
matnni o’qib guruh bilan mavzuni qay darajada yoritilgani nima e’tibor bergani
tushunganlarini so’zlab beradi . Bu metod orqali mavzu o’quvchilar tomonidan qayta
o’zlashtiriladi. Nazariy mavzu ham qiziqarli maroqli tarzda o’tilishini ta’minlaydi.
“6x6x6” metodining afzallik jihatlari quyidagilardir:
— guruhlarning har bir a’zosining faol bo‘lishiga undaydi;
— ular tomonidan shaxsiy qarashlarning ifoda etilishini ta’minlaydi;
— guruhning boshqa a’zolarining fikrlarini tinglay olish ko‘nikmalarini hosil qiladi;
— ilgari surilayotgan bir necha fikrni umumlashtira olish, shuningdek, o‘z fikrini himoya
qilishga o’rgatadi.
Eng muhimi, mashg’ulot ishtirokchilarining har bir qisqa vaqt (20 daqiqa) mobaynida
ham munozara qatnashchisi, ham tinglovchi, ham ma’ruzachi sifatida faoliyat olib boradi.
Ushbu metodni 5, 6, 7 va 8 nafar o’quvchidan iborat bo’lgan bir necha guruhlarda
qo’llash mumkin. Biroq yirik guruhlar o’rtasida “6x6x6” metodi qo’llanilganda vaqtni
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
94
ko’paytirishga to’g’ri keladi. Chunki bunday mashg’ulotlarda munozara uchun ham, axborot
berish uchun birmuncha ko’p vaqt talab etiladi.
Darslarni o’quvchilarga qiziqarli sodda va tushunarli tarzda o’tilishida ham an’anviy
ta’lim va interfaol usullardan to’g’ri foydalanib o’tish ancha samara beradi. Oqsillar mavzusini
o’tishda an’anaviy usulardan ma’ruza va og’zaki usullardan darsni tushuntirishda
foydalaniladi. Doskaga aminokislotalarni rangli tarzda jadvali yoki turli hil shakllar orqali
tarmoqlab tushintirish mumkin. Yangi mavzuni o’zlashtirilgani bilish uchun “6x6x6” interfaol
medotidan foydalanish mumkin. Yangi mavzuni tinglab zerikkan o’quvchilar topshiriqni
bajarish orqali darsga yan e’tibori jalb etiladi. Hamda yangi mavzuni izlash orqali mavzu
mustahkamlanadi qiziqarli tarzda.
References:
1.
A.Zikiryayev, A.Toxtayev, I.Azimov, N.Sonin 9-sinf Biologiya (sitologiya va genetika
asoslari) Toshkent 2019
2.
TA’LIM JARAYONIDA AN’ANAVIY VA NOAN’ANAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN
FOYDALANISHShirinov Feruzbek Shuhratovich Qo‘qon DPI Informatika kafedrasikatta
o‘qituvchisi.
3.
http://zuxra-urganch.zn.uz/oqituvchilarga/interfaol-metodlar/