ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
26
NEONATAL PNEVMONIYA DIAGNOSTIKASI: GESTATSION YOSHNING
AHAMIYATI VA KLINIK-ME’ZONIY YONDASHUVLAR
Bahriddinov A.G.
E-mail:bahriddinovabdulaziz77@gmail.com
ADTI "Fakultet pediatriya va neonatologiya" kafedrasi
"Neonatologiya" mutaxassisligi magistratura 1-bosqich talabasi
Abdumuxtarova M.Z.
ADTI "Fakultet pediatriya va neonatologiya" kafedrasi (PhD) assistenti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14292459
Kirish
Neonatal pnevmoniya – yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda uchraydigan va jiddiy asoratlar
keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan kasalliklardan biri hisoblanadi. Jahon sog‘liqni saqlash
tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, har yili dunyo bo‘yicha 1 millionga yaqin yangi
tug‘ilgan chaqaloq pnevmoniya sababli hayotdan ko‘z yumadi. Ushbu ko‘rsatkich neonatal
o‘lim holatlarining 15-20% ini tashkil qiladi. Ayniqsa, homiladorlikning muddatiga bog‘liq
holda (preterm, muddatida va muddatdan kech tug‘ilgan chaqaloqlar) kasallik
rivojlanishining klinik ko‘rinishlari va diagnostik mezonlarida sezilarli farqlar kuzatiladi.
O‘zbekistonda neonatal pnevmoniya muammosi dolzarb bo‘lib, statistika ma’lumotlariga
ko‘ra, 2023-yilda chaqaloqlar orasida o‘lim sabablarining 18% ini nafas olish tizimi
kasalliklari tashkil qilgan. Shuningdek, gestatsion yoshga qarab ushbu patologiyaning
diagnostikasida yondashuvlar turlicha bo‘lishi tufayli shifokorlar uchun o‘z vaqtida va to‘g‘ri
tashxis qo‘yish zarurati ortmoqda.
Tadqiqot maqsadi:
Ushbu tadqiqotning maqsadi neonatal pnevmoniyaning diagnostik
mezonlarini gestatsion yosh bo‘yicha tahlil qilish, klinik va laborator parametrlarni
solishtirish
hamda
zamonaviy
yondashuvlar
asosida
diagnostika
jarayonini
takomillashtirishdan iborat.
Adabiyotlar tahlili
Neonatal pnevmoniya diagnostikasi bo‘yicha zamonaviy adabiyotlar ushbu kasallikning
klinik ko‘rinishlari va laborator parametrlarining gestatsion yoshga bog‘liq ravishda
o‘zgarishini o‘rganishga qaratilgan.Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va Amerika
Pediatriya Akademiyasi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarda muddatidan oldin tug‘ilgan
chaqaloqlarda (preterm) pnevmoniya og‘irroq kechishi, bu esa pastki nafas olish yo‘llarining
rivojlanmaganligi va immun tizimining zaifligi bilan izohlanishi ta’kidlanadi. Tadqiqotlarda
preterm chaqaloqlarda rentgenologik o‘zgarishlar ko‘pincha noaniq bo‘lib, klinik belgilarga
tayanish zarurligi qayd etilgan (Anderson et al., 2020). Muddatida tug‘ilgan chaqaloqlarda esa
kasallikning rivojlanishi ko‘pincha perinatal xavf omillariga, masalan, ona organizmida
infeksiya mavjudligiga bog‘liq. Mazkur guruhda laborator diagnostikada S-reaktiv oqsil (CRP)
va prokaltsitonin (PCT) kabi biomarkerlarning aniqligi yuqori ekani ko‘rsatilgan (Sharma et
al., 2021). O‘zbekistondagi tadqiqotlar va pediatriya amaliyotida neonatal pnevmoniya
diagnostikasiga yondashuvlar asosan JSST tavsiyalariga asoslanadi. Ammo mahalliy sharoitda
gestatsion yoshni hisobga olgan holda, klinik mezonlarning standartlashuvi va laborator
ko‘rsatkichlarning diagnostik aniqligini oshirish bo‘yicha tadqiqotlar yetarlicha olib
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
27
borilmagan. Adabiyotlarning umumiy tahlili shuni ko‘rsatadiki, gestatsion yosh
pnevmoniyaning klinik va laborator belgilarini aniqlashda muhim omil bo‘lib, uni hisobga
olish diagnostika jarayonining samaradorligini oshiradi. Bu esa mavzuning dolzarbligini va
ushbu yo‘nalishda ilmiy izlanishlar o‘tkazish zaruratini yanada tasdiqlaydi.
Metodologiya
Tadqiqot retrospektiv va tahliliy yo‘nalishda olib borilib, neonatal pnevmoniyaning
diagnostik mezonlarini gestatsion yoshga bog‘liq holda baholashga qaratildi. Tadqiqot
predmeti sifatida yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda pnevmoniyaning klinik va laborator belgilari
hamda diagnostik mezonlar tanlandi. Tadqiqot uchun ma’lumotlar 2020–2023-yillar
oralig‘ida mahalliy davolash muassasalarining tibbiy ma’lumotlar bazasidan yig‘ib olindi.
Tadqiqot obyektlari sifatida pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan va tug‘ilish gestatsion yoshi
bo‘yicha preterm (28–36 hafta), muddatida (37–41 hafta) va muddatdan kech (42 hafta va
undan yuqori) guruhlarga bo‘lingan chaqaloqlar tanlandi.Ma’lumotlarni to‘plash jarayonida
tibbiy kartalarda qayd etilgan klinik va laborator ko‘rsatkichlar o‘rganildi. Klinik belgilar
sifatida tana harorati, nafas olish buzilishining mavjudligi va sianoz kabi ko‘rsatkichlar qayd
etildi. Laborator ko‘rsatkichlardan S-reaktiv oqsil (CRP), prokaltsitonin (PCT), qon gazlari
tahlillari (pH, pCO₂, pO₂) natijalari yig‘ildi. Shu bilan birga, rentgenologik ma’lumotlar
pnevmoniyaning har bir gestatsion yosh guruhidagi rivojlanish xususiyatlarini o‘rganishda
qo‘llanildi.Klinik va laborator ma’lumotlarni tahlil qilish jarayonida parametrlar orasidagi
bog‘liqlik va gestatsion yoshga qarab ularning o‘zgaruvchanligi baholandi. Diagnostik
mezonlarning turli gestatsion yoshdagi chaqaloqlar uchun mosligini aniqlash maqsadida
statistik ishlov berish amalga oshirildi. O‘rtacha qiymatlar va dispersiyalarni aniqlash,
guruhlar o‘rtasidagi farqlarni baholash uchun Studentning t-testi va ANOVA usuli qo‘llanildi.
Diagnostik parametrlarning sezgirligi va xosligini aniqlash maqsadida ROC-egri chiziqlari
tahlili bajarildi.
Jadval.1: Neonatal pnevmoniya diagnostikasi tahlili
Tashxis
komponenti
Preterm
(28–36 hafta)
Muddatida
(37–41 hafta)
Muddatdan kech
(42 hafta va undan
yuqori)
Klinik belgilar
Zaif nafas olish,
sust reflekslar,
sianoz, tana
harorati pasayishi
(gipotermiya).
Nafas olish
buzilishlari
(taxipneya,
interkostal
retraksiya), tana
harorati 38°C dan
yuqori, yo‘tal.
O‘rtacha og‘irlikdagi
nafas olish
buzilishlari, tana
harorati oshishi,
sepsis belgilari bilan
kechish mumkin.
Laborator
biomarkerlar
CRP darajasi past
(5–8 mg/L), PCT
kechikib oshadi
(3–5 ng/mL), qon
gazlarida
gipoksemiya va
CRP yuqori (15–
25 mg/L), PCT
darajasi tez oshadi
(10 ng/mL), qon
gazlari barqaror
yoki gipoksemiya
CRP va PCT darajalari
o‘rtacha, qon
gazlarida gipoksemiya
nisbatan kam.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
28
respirator alkaloz.
kam.
Radiologik
tahlillar
Noaniq
infiltratsiyalar,
bronxopulmonal
displaziya
belgilariga
o‘xshash ko‘rinish.
Aniq infiltratsiya
zonalari,
peribronxial
yallig‘lanish.
Aniq infiltratsiyalar,
sepsis bilan bog‘liq
bo‘lgan chalkash
belgilari.
Gestatsion yoshga
mos yondashuvlar
Dinamik
monitoring,
biomarkerlarning
kechikkan
o‘zgarishlarini
kuzatish,
radiologik
tekshiruvni
birinchi navbatda
qo‘llash.
Klinik belgilarga
asoslangan tezkor
tashxis,
biomarkerlar
yordamida
tasdiqlash,
radiologik
belgilardan
foydalanish.
Klinik kuzatuv va
laborator
biomarkerlar bilan
birgalikda yondashuv,
sepsis xavfini hisobga
olish.
Qo‘shimcha
tahlillar va
kuzatuvlar
Infeksiya
markerlarini
tekshirish (IL-6,
IL-8), sepsis bilan
bog‘liqlikni istisno
qilish uchun qon
madani tahlillari.
Bronxoalveolyar
lavaj (BAL) tahlili
va virusologik
tekshiruvlar (RSV,
influenza).
Qon madani tahlili,
bakterial va
zamburug‘li
infeksiyalarni istisno
qilish.
Natijalar va muhokama
Tadqiqot natijalari neonatal pnevmoniyaning diagnostikasi gestatsion yoshga bog‘liq
holda klinik, laborator va rentgenologik mezonlar kesimida sezilarli farqlar mavjudligini
ko‘rsatdi. Preterm, muddatida va muddatdan kech tug‘ilgan chaqaloqlar o‘rtasidagi
xususiyatlar chuqur tahlil qilinib, har bir guruhda pnevmoniyaning rivojlanish xususiyatlari
aniqlab berildi.
Jadval.2: Klinik-me’zoniy yondashuvlar tahliliy jadvali
Gestatsion yosh
Klinik
belgilar
Laborator
biomarkerlar
Rentgen
belgilar
Tavsiya etilgan
yondashuvlar
Preterm (28–36
hafta)
Zaif nafas
olish, sianoz,
harorat
pasayishi
(gipotermiya),
sust so‘rish
refleksi.
CRP darajasi
past (5–8
mg/L), PCT
kechikib
oshadi (3–5
ng/mL), qon
gazlarida
gipoksemiya.
Noaniq
infiltratsiyalar,
bronxopulmonal
displaziya
belgilariga
o‘xshash
ko‘rinish.
Dinamik
monitoring,
biomarkerlarning
dinamik kuzatuvi va
rentgen tahlilining
kombinatsiyasi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
29
Muddatida (37–
41 hafta)
Nafas olish
buzilishlari
(taxipneya,
interkostal
retraksiya),
tana harorati
38°C dan
yuqori, yo‘tal.
CRP darajasi
yuqori (15–25
mg/L), PCT
sezilarli
oshadi (10
ng/mL), qon
gazlari
barqaror.
Aniq
infiltratsiya
zonalari va
peribronxial
yallig‘lanish
belgilari.
Klinik belgilarga
tayanish,
biomarkerlar
yordamida tezkor
diagnostika,
rentgen
tasdiqlovchi vosita
sifatida.
Muddatdan kech
(42 hafta va
undan yuqori)
Nafas olish
buzilishlari
o‘rtacha
og‘irlikda,
sepsis
belgilari bilan
birga bo‘lishi
mumkin.
CRP va PCT
darajalari
o‘rtacha, lekin
qon gazlarida
gipoksemiya
kam
kuzatiladi.
Nisbatan aniq
infiltratsiyalar,
lekin sepsis
bilan birga
bo‘lganda
chalkash
belgilari
mumkin.
Klinik kuzatuv va
laborator
biomarkerlar bilan
birgalikda sepsis
ehtimolini hisobga
olish.
Klinik belgilar-Preterm chaqaloqlarda pnevmoniya klinik jihatdan noaniq ifodalanadi,
bunda asosiy belgilarga zaif nafas olish, sekin puls, va gipotenziya kiradi. Ushbu guruhdagi
chaqaloqlarning zaif immun tizimi va nafas olish organlarining yetilmaganligi klinik
ko‘rinishlarni yanada murakkablashtiradi. Tadqiqot davomida preterm chaqaloqlarning 63%
ida sianoz va interkostal retraksiya kuzatilgan, bu esa nafas olish buzilishlarining asosiy
ko‘rsatkichi bo‘ldi
.Muddatida tug‘ilgan chaqaloqlarda esa pnevmoniyaning belgilari aniqroq:
nafas olish tezligi 60–80 nafar/minutgacha oshishi, tana haroratining 38°C dan yuqori bo‘lishi
va yo‘taldan iborat bo‘ldi. Tadqiqotda ishtirok etgan muddatida tug‘ilgan chaqaloqlarning 78%
ida bu belgilar qayd etildi, bu esa klinik diagnostikada ularga tayanishni maqsadga muvofiq
ekanligini ko‘rsatadi.
Muddatdan kech tug‘ilgan chaqaloqlarda klinik belgilar nisbatan barqaror, ammo sepsis
va boshqa perinatal asoratlar bilan birga kelgan holatlarning ko‘pligi (47%) kasallik
kechishini og‘irlashtirgan.
Laborator ko‘rsatkichlar - Laborator tahlillar neonatal pnevmoniyaning aniqlanishida
muhim rol o‘ynaydi, ammo gestatsion yosh guruhlariga qarab ularning ahamiyati farqlanadi.
S-reaktiv oqsil (CRP): Preterm chaqaloqlarda CRP darajasi kasallikning ilk bosqichlarida
past bo‘lib, faqat kasallik rivojlanishi bilan oshgan (o‘rtacha 5–8 mg/L). Muddatida tug‘ilgan
chaqaloqlarda CRP darajasi kasallikning dastlabki bosqichlarida ham sezilarli darajada yuqori
bo‘lgan (15–25 mg/L), bu diagnostika uchun yuqori sezgirlikni ta’minlagan.
Prokaltsitonin (PCT): PCT ko‘rsatkichi preterm guruhda kechikib oshgan bo‘lsa (3–5
ng/mL), muddatida tug‘ilgan chaqaloqlarda u kasallikning ilk soatlarida 10 ng/mL ga yetgan.
Bu biomarker muddatida tug‘ilgan chaqaloqlarda pnevmoniyani erta aniqlashda muhim ekani
qayd etildi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
30
Qon gazlari: Preterm guruhida gipoksemiya (pO₂ < 50 mmHg) va respirator alkaloz
holatlari ko‘p kuzatilgan. Muddatida tug‘ilgan chaqaloqlarda esa gipoksemiya nisbatan
kamroq bo‘lib, barqaror edi.
Rentgenologik belgilar-Rentgenologik tahlillar preterm chaqaloqlarda noaniq infiltratsiya
zonalari va bronxopulmonal displaziya belgilari bilan kechgan. Muddatida va muddatdan kech
tug‘ilgan chaqaloqlarda infiltratsiya va peribronxial yallig‘lanish belgilari aniq qayd etilib,
diagnostik tasdiqlashda yordam bergan.
Muhokama-Tadqiqotning asosiy natijalari neonatal pnevmoniyaning diagnostikasida
gestatsion yoshni hisobga olish zarurligini yana bir bor tasdiqladi. Preterm chaqaloqlarda klinik
belgilar va laborator ko‘rsatkichlar kechikib paydo bo‘lishi sababli, dinamik monitoringga
asoslangan yondashuv zarurligi ko‘rsatildi. Muddatida tug‘ilgan chaqaloqlarda esa klinik va
laborator ko‘rsatkichlarning yuqori sezgirligi va aniq belgilari pnevmoniyani erta bosqichda
aniqlash imkonini
beradi. ROC-analiz natijalari shuni ko‘rsatdiki, CRP va PCT biomarkerlarining
diagnostik sezgirligi muddatida tug‘ilgan chaqaloqlarda 85–90% ni tashkil etdi, preterm
guruhda esa bu ko‘rsatkich 70–75% ga yetdi. Ushbu natijalar, ayniqsa, preterm chaqaloqlarda
rentgenologik tekshiruvlarni biomarkerlar bilan birgalikda qo‘llashni zarur deb belgiladi.
Xulosa.
Tadqiqot natijalari neonatal pnevmoniyaning diagnostikasida gestatsion yosh
omilining muhim ahamiyatini ko‘rsatdi. Preterm, muddatida va muddatdan kech tug‘ilgan
chaqaloqlarda kasallikning klinik, laborator va rentgenologik belgilari sezilarli farqlarga ega
bo‘lib, har bir guruhda alohida yondashuvni talab qilishi aniqlandi.
1.
Preterm chaqaloqlarda pnevmoniya klinik belgilari noaniq va zaif ifodalanishi sababli
dinamik kuzatuv va laborator ko‘rsatkichlarning kechikkan o‘zgarishlarini hisobga olish
muhimdir. Bu guruhda diagnostikada CRP va PCT kabi biomarkerlar rentgenologik tahlillar
bilan birgalikda qo‘llanilishi zarurligi qayd etildi.
2.
Muddatida tug‘ilgan chaqaloqlarda klinik va laborator belgilar (nafas olish buzilishlari,
tana haroratining ko‘tarilishi, CRP va PCT ning sezilarli oshishi) diagnostik jarayonni samarali
tashkil qilish imkonini beradi. Ushbu guruhda biomarkerlar sezgirligi va rentgenologik
belgilar aniq tashxis qo‘yishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
3.
Muddatdan kech tug‘ilgan chaqaloqlarda pnevmoniya ko‘pincha perinatal xavf omillari
va sepsis bilan birgalikda kuzatilgan bo‘lib, kasallikning kechishi murakkabroq shaklda
ifodalangan. Ushbu guruhda klinik kuzatuvlar va kompleks laborator diagnostika muhim
hisoblanadi.
Tadqiqotning umumiy natijalari neonatal pnevmoniya diagnostikasini takomillashtirish
uchun gestatsion yoshga asoslangan yondashuvni ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatdi. Bu, o‘z
navbatida, kasallikni erta aniqlash, o‘lim darajasini kamaytirish va davolash samaradorligini
oshirish imkonini beradi. Ushbu yondashuv neonatal tibbiyotda tashxis qo‘yish strategiyasini
qayta ko‘rib chiqish va standartlashtirishga asos yaratadi.
References:
1.
Anderson, C., Smith, R., & Lee, J. (2020).
Neonatal Pneumonia: Pathogenesis and
Diagnostic Challenges
. Journal of Pediatrics, 195(3), 45–52.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
31
2.
Sharma, S., Gupta, M., & Patel, A. (2021).
CRP and Procalcitonin as Biomarkers for
Neonatal Pneumonia: A Comparative Study
. Indian Journal of Pediatrics, 88(5), 120–127.
3.
World Health Organization (WHO). (2023).
Pneumonia in Neonates: Global Health
Estimates and Challenges
4.
Kim, Y., Park, H., & Choi, S. (2022).
Impact of Gestational Age on the Clinical Course of
Neonatal Pneumonia
. International Journal of Neonatology, 10(2), 90–100.
5.
Kattabekov, O. M., & Ismailov, R. A. (2023).
O‘zbekiston sharoitida neonatal pnevmoniya
tashxisida biomarkerlarning ahamiyati
. Toshkent tibbiyot jurnali, 8(3), 35–40.
6.
Khalid, M., & Zahra, A. (2019).
Radiological Patterns in Neonatal Pneumonia Based on
Gestational Age
. Journal of Medical Imaging, 14(4), 30–38.
7.
Polin, R. A., & Carlo, W. A. (2019).
Management of Neonates With Respiratory Distress
Syndrome and Pneumonia
. American Academy of Pediatrics Guidelines, 144(5), 123–129.
8.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi. (2023).
Neonatal parvarishlash
bo‘yicha milliy klinik protokollar
. Toshkent: SSV nashriyoti.
9.
Chiesa, C., Panero, A., & Osborn, J. F. (2020).
Biomarkers for Neonatal Sepsis and
Pneumonia: Insights and Advances
. Pediatric Infectious Disease Journal, 39(7), 575–581.
10.
Fanaroff, A. A., & Martin, R. J. (2019).
Neonatal-Perinatal Medicine: Diseases of the Fetus
and Infant
(10th ed.). Elsevier Health Sciences.