Авторы

  • Gulmera Kuchimova
    JDPU doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.51826

Ключевые слова:

kamunum yasovchi morfemalar ot yasash mexanizmi sifat yasash mexanizmi o‘zak morfema affiks morfema.

Аннотация

Ushbu maqolada tildagi kamunum so‘z yasovchi morfemalarning funksional-semantik xususiyatlari, morfemik jihatdan tahlili va tilshunos olimlar tomonidan o‘rganilganligi haqida so‘z borgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

15

TİLDAGİ KAMUNUM SO‘Z YASOVCHİ MORFEMALARNİNG FUNKSİONAL-

SEMANTİK XUSUSİYATLARİ

Kuchimova Gulmera

JDPU doktoranti

kuchimovagulmera@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14288028

ANNOTATSIYA:

Ushbu maqolada tildagi kamunum so‘z yasovchi morfemalarning

funksional-semantik xususiyatlari, morfemik jihatdan tahlili va tilshunos olimlar tomonidan
o‘rganilganligi haqida so‘z borgan.

Kalit so‘zlar:

kamunum yasovchi morfemalar, ot yasash mexanizmi, sifat yasash

mexanizmi, o‘zak morfema, affiks morfema.

ANNOTATION:

This article discusses the functional-semantic properties of common

word-forming morphemes in the language, their morphemic analysis, and their study by
linguists.

Key words

: common word-forming morphemes, noun formation mechanism, adjective

formation mechanism, stem morpheme, affix morpheme.


Turkiy tillarda affiksatsiya asosiy yasash usuli bo‘lganligi uchun ot, sifat va fe’lda affiks

morfemalarning soni diaxron planda ham, sinxron planda ham juda katta raqamni tashkil
etadi. Bu yasovchi qo‘shimcha morfemalarning boshqa turkumlariga qaraganda ot va sifat
yasash mexanizmi sodda va qulay, ular yangi so‘zni ikki manbaning oʻzaro taʼsiri ostida
shakllantiradi: oʻzak morfemaning asl va ko‘chma maʼnosi hamda affiks morfemaga xos
bo‘lgan funksional-semantik ma’nolar

1

Qayd etish lozimki, ayniqsa otlarda yasovchi

morfemalarning differensiatsiyalashuvi, yangi shakllarning paydo bo‘lishi, eski shakllarning
unutilishi, ma’no xiralashuvi, yo‘qolishi hamda bularga mos ravishda morfemada yuz bergan
morfonologik jarayonlar tufayli ba’zi affiks morfemalar iste’moldan chiqadi, ba’zilari
kamunum affiks morfemalarga aylanadi, chunki morfemalar va so‘z yasash jarayoni va
mexanizmi uchun ham tarxiylik kategoriyasi mavjud. Shuningdek, yasovchi morfemalarning
amal qilinishi ham til taraqqiyoti natijasida tarixiylik va zamonaviylikka daxldor bo‘ladi.
Shuning uchun tarixiy va sinxron so‘z yasash mavjudligini e’tibordan chetda qoldirmaslik
kerak.

O‘zbek tilidagi turdosh otlarning asosiy qismi yasama so‘zlardan iborat. Bu so‘zlarning

katta qismiga oid bo‘lgan yasovchi morfemalar bugungi kunda kamunum affiks morfemalarga
aylangan. Bu masalani alohida tadqiq etgan I.Madrahimov o‘zining maqolasida yasama
so‘zlarni tarixiylik va hozirgi davrda yasalgani jihatidan farqlanishi lozimligini qayd etadi.
Jumladan, u yasama so‘z uch unsurning birligidan: yasovchi asos, yasovchi qo‘shimcha va so‘z
yasash qolipining ma’nosidan iborat bo‘lishini aytib o‘tadi. Olim bugungi kunda so‘z yasash
salohiyatiga ega bo‘lmagan kamunum so‘z yasovchi affikslar bilan yasalgan so‘zlar tarixiy
yasamalik xususiyatiga ega ekanligini alohida ta’kidlaydi. Aynan shunday yasovchi

1

Алиева Земфира Муса Кызы Словообразовательные парадигмы прилагательных в тюркских языках //

Вестник ЛГУ им. А.С. Пушкина. 2013. №2. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/slovoobrazovatelnye-
paradigmy-prilagatelnyh-v-tyurkskih-yazykah (April, 2023).


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

16

qo‘shimchalar bilan yasalgan yasama so‘zlarni “soddalashgan leksemalar” deb ataydi. Olim
bunday so‘zlarga misol qilib otdagi

kiyim,

bichim, o‘roq, yaroq, quroq, botqoq, eshkak, tirgak,

surgun, qirg‘in

,

to‘lqin

so‘zlarini, sifatdagi

erkin, turg‘un, o‘lik, tirik, quruq, xorg‘in, so‘lg‘in

,

fe’llardagi

qoraymoq, sarg‘aymoq, oqarmoq, bo‘zarmoq, yashamoq, sanamoq

leksemalarini

misol qilib keltiradi. Bu so‘zlarni an’anaviy tilshunoslik nuqtayi nazaridan yasama, sistem
tilshunoslik nuqtayi nazariga ko‘ra tayyor til birligi ekanini ta’kidlaydi

2

.

Haqiqatan ham, bugungi kunda kamunum affiks hisoblanuvchi affikslar orqali yasalgan

so‘zlar tarixiylik xususiyatiga ega. Ular til tarixining ma’lum bosqichida yasalgan bo‘lib, ularni
yasagan affikslar bugungi kunda eskirgan, lisoniy va nutqiy faolligi to‘xtagan va ideal til
materialiga aylangandir. “O‘zbek tili morfem lug‘ati”da bunday kamunum affiks morfemalar
turli so‘z turkumlariga oid bo‘lgan leksemalarni yasaganligiga ishora qilinadi:

yupan/ch,

ishon/ch, qari/ch, quvon/ch, suya/n/ch, sevin/ch, ilin/ch, tin/ch, irgan/ch, o‘r/oq, yot/oq,
qoch/oq, o‘tr/oq, qo‘sh/oq, qoch/oq, qol/oq, puch/oq, yir/oq, qo‘rq/oq, to‘s/iq, chiz/iq, chop/iq,
chinqir/iq, qil/iq, yor/iq, pishir/iq, pish/iq, sanch/iq, qich/iq, os/iq, sass/iq, issi/q, qat/iq,
qatt/iq, yir/iq, ort/iq, uyush/iq, sin/iq, so‘liq, yoy/iq, to‘l/iq, tin/iq, uch/uq, yuv/uq, yum/uq,
is/ir/iq, yot/iq, qavar/iq, yo‘l/iq/moq, tol/iq/moq

,

ov/loq, tosh/loq, qum/loq, esno/q, qayro/q,

chandi/q, chanqo/q, qisto/q, tuz/o/q, oqso/q, uvo/q, usho/q, uzo/q, yumalo/q, qizi/q, qichi/q,
quru/q, qaro/q, inti/q, kes/ik, kert/ik, kipri/k, tiri/k, ko‘r/ik, yugur/ik, o‘l/ik, kekir/ik, uz/ik,
eg/ik, buk/ik, bir/ik/moq, bil/ag‘on, chop/ag‘on, o‘ksi/k, turma/k, to‘sha/k, kura/k, tol/qin,
yol/qin, sot/qin, jo‘sh/qin, tut/qun, to‘s/qin, shov/qin, shosh/qin, qo‘sh/in, tiq/in, yog‘/in,
bo‘g‘/in, to‘l/in, yashir/in, but/un, tug/un, ek/in, kes/kir, o‘t/kir, g‘am/gin, hor/g‘in, so‘l/g‘in,
tur/g‘un, chol/g‘u, tuy/g‘u, to‘l/g‘in, oz/g‘in, qiz/g‘in, qir/g‘in, chida/m, o‘ra/m, tax/la/m,
tuz/um, un/um, chiq/im, qo‘n/im, o‘r/im, tin/im, dahan/aki, zo‘r/aki, og‘iz/aki, qalb/aki,
qon/a/moq, bo‘sh/a/moq, qiyn/a/moq, kuch/ay/moq, ko‘p/ay/moq, tor/ay/moq, pas/ay/moq,
oz/ay/moq, oq/ar/moq, ko‘k/ar/moq, o‘zga/r/moq, qisqa/r/moq, eski/r/moq,

berk/it/moq,

to‘la/t/moq

3

. Bu so‘zlar tarkibidagi affiks morfemalar o‘z faolligini yo‘qotgan bo‘lsa-da, ular

tilimizda hozirda ham mavjud bo‘lgan

“ot + yasovchi morfema”, “fe’l+yasovchi morfema”,

“ravish yoki sifat+yasovchi morfema”

qoliplari yordamida shakllangan. Ma’lumki, har

qanday qanday yasama so‘z so‘z yasash qolipi asosida hosil qilinadi. Yasalma lisoniylashib, o‘z
qolipidan uzilib ketsa ham, unda bilinar-bilinmas qolip bilan bog‘lanish baribir saqlanib
qoladi. So‘z yasash qolipi ikki uzvdan iborat bo‘ladi:

a) qolipning shakliy tomoni;
b) qolipning mazmuniy tomoni.
Yasama so‘zda ana shu ikki jihat aks etadi. Yasalgan birlik shaklan va mazmunan ana shu

qolipga muvofiq kelsa, unga shu qolip hosilasi sifatida qarash hamda qolipning yasovchi asosi,
albatta, mustaqil so‘z, yasovchi vosita qismi esa so‘z ham, qo‘shimcha ham bo‘lishi mumkin.

4

Yuqoridagi affiks morfemalar vositasida yasalgan yasama otlarning yasalish usuli, qolipi

va leksik-semantik ma’nolarini quyidagi jadvaldagi kabi ifodalash mumkin.

Kamunum affiks morfemalarning birikish usullari va shakllari

2

Мадраҳимов И. Ўзбек тили лексемаларининг таркибига доир // Ўзбек тили ва адабиёти.-T., 4-сон. -б

29-32.

3

Ғуломов А., Тихонов А., Қўнғуров Р. Ўзбек тили морфем луғати.- Т.: Фан, 1977-й. -391

Б

4

Qarang: Ғуломов А., Тихонов А., Қўнғуров Р. Ўзбек тили морфем луғати.- Т.: Фан, 1977-й. -391 Б.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

17

yasama so‘z

qolip va uning

xususiyati

yasovchi

morfema

yasalma va ma’nosi

yupan/ch,

ishon/ch, qari/ch,

quvon/ch,

suya/n/ch,

sevin/ch, ilin/ch,

tin/ch, tayan/ch

fe’l+ ot yasovchi

morfema

bu qolip polisemantik

va polifunksional bo‘lib,

uning har bir ma’nosi
yana bir necha ma’no

va tag ma’noga bo‘linib

ketadi

-ch

semantikasi o‘zak morfemada

ifodalangan harakat /holatdan kelib

chiquvchi hamda insonga xos bo‘lgan

his-tuyg‘ularning nomini ifodalash

(

yupan/ch, ishon/ch, qari/ch,

quvon/ch, sevin/ch);

holat, vaziyat

ifodalash

(tin/ch, tayan/ch)

o‘r/oq, yot/oq,

qoch/oq, o‘tr/oq,
qo‘sh/oq, qol/oq,

puch/oq, yir/oq,

qo‘rq/oq, to‘s/iq,

chiz/iq, chop/iq,

chinqir/iq, qil/iq,

yor/iq, pishir/iq,

pish/iq, sanch/iq,

qich/iq, uvo/q,

usho/q, so‘l/iq,

uch/uq is/ir/iq,

tuz/o/q, qisto/q,

fe’l+ ot yasovchi

morfema

qolip ko‘p ma’noli, u

asosdan anglashilgan

hodisa, holat, harakat

bilan bog‘liq narsa,

shaxs, holat ma’nolarini

ifodalaydi

-q (-oq, -

iq, -uq)

semantikasi asosdan anglashilgan

harakat /holatdan kelib chiquvchi

shaxs oti

(qo‘sh/oq, qol/oq, puch/oq,

qo‘rq/oq, oqso/q)

hamda asosdan

anglashilgan ish/ harakat/hodisa xos

bo‘lgan narsa oti (

o‘r/oq, yot/oq,

to‘s/iq, chiz/iq, chop/iq, chinqir/iq,

qil/iq, yor/iq, pishir/iq, sanch/iq,

sanch/iq, qich/iq, so‘liq, uch/uq,

yuv/uq, is/ir/iq, qayro/q, chandi/q,

tuz/o/q, uvo/q, usho/q, qaro/q)

to‘l/qin, to‘s/qin,

yol/qin;

sot/qin, tut/qun;

qo‘sh/in, biq/in,

tiq/in, yog‘/in,

bo‘g‘/in, tug/un,

ek/in,

fe’l+ ot yasovchi

morfema

qolip ko‘p ma’noli, u

asosdan anlashilgan

holat, harakat bilan

bog‘liq narsa, shaxs,

ma’nolarini ifoda-laydi

-qin

(-

qun,

-g‘un);

-in (-ın, -

un, -ün)

o‘zak morfemada ifodalangan

harakat/holatning nomi (

to‘l/qin,

to‘s/qin, yol/qin

); salbiy bo‘yoqli shaxs

oti (

sot/qin, tut/qun),

zotan

yasalishgacha

sot

va

tut

fe’llari

zamirida salbiy ottenka mavjud.

chal/g‘i, chol/g‘u,

sev/gi, kul/gu,

tuy/g‘u, qay/g‘u,

fe’l+ ot yasovchi

morfema

qolip ko‘p ma’noli, u

asosdan anlashilgan

holat, harakat bilan
bog‘liq narsa, inson

ruhiyati bilan bog‘liq

tushunchalarni

ifodalaydi

-gi ( - g‘i;
-gü, -g‘u)

o‘zak morfemada ifodalangan

harakat/holat bilan aloqador narsa oti

(

chal/g‘i, chol/g‘u);

sev/gi, kul/gu, tuy/g‘u, qay/g‘u

kabi

asosdan anglashilgan ma’nolar bilan

aloqador mavhum ot yasaydi

chida/m, o‘ra/m,

tax/la/m, tuz/um,

un/um, kir/im,

chiq/im, qur/um,

qo‘n/im, o‘r/im,

tin/im, ot/im, solim

fe’l+ ot yasovchi

morfema

qolip ko‘p ma’noli, u

asosdan anlashilgan

holat, harakat bilan

bog‘liq narsa,

numerativ so‘z

-m (-im, -

üm, -um)

o‘zak morfemada ifodalangan harakat

va holatga aloqador, shu harakatni

xususiyat qilib o‘zlashtirgan holatning

oti, turdosh mavhum otni yasaydi


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

18

ma’nolarini ifoda-laydi

kipri/k, tiri/k,
ko‘r/ik, o‘l/ik,

ko‘p/ik kekir/ik,

uz/uk,

fe’l+ ot yasovchi

morfema

qolip bir ma’noli, u

asosdan anlashilgan

holat, harakat bilan

aloqador narsa otlarini

atab ko‘rsatadi

-k (-ik, -

uk, -ük)

o‘zak morfemada ifodalangan harakat

va holatga aloqador, shu harakatni

xususiyat qilib o‘zlashtirgan holatning

oti, turdosh mavhum otni yasaydi

ovloq, qishloq,

yayloq, pishloq,

tosh/loq, qum/loq

ot+ ot yasovchi

morfema

qolip bir ma’noli, u

asosdan anlashilgan

geografik obyekt bilan

bog‘liq joy, yer

ma’nolarini ifodalaydi.

Bu yasovchi morfema

bilan yasalgan

otlarninhg bir qismi

(qishloq, ovloq, pishloq)

hozirgi paytda morfem

tarkibga ajralmaydi

-loq

joy nomi, yer oti yasaydi.


Ko‘rib turganimizdek, yuqoridagi so‘zlar kamunum affikslardan yasalgan bo‘lib, ularni

yuqorida ta’kidlangan “soddalashgan leksemalar” doirasiga kiritishimiz mumkin. Chunki, bu
so‘zlardagi yasovchi qo‘shimchalar nisbatan kamroq, ba’zilari juda kam so‘zlarni yasash
uchun xizmat qilgan. Bunday so‘zlar, haqiqatan, til tarixining ma’lum davrida yasalgan bo‘lib,
ularning vujudga kelishida faol rol olgan yasovchi morfemalar hozirgi kunda yangi so‘zlarni
yasash uchun xizmat qilmaydi. Ularning ayrimlarining o‘zak qismining ma’nosi biroz eskirib
qolgan, o‘zgargan, shu tufayli bugungi kunda ularni mustaqil morfemalarga ajratib bo‘lmaydi.
Buning ustiga, ularning aksaryati yasagan so‘zlarni ma’lum ma’no umumiyligi asosida ma’lum
so‘z yasalish tipiga birlashtirib bo‘lmaydi. Masalan,

o‘roq, yotoq, qochoq,

so‘zlari bir

qo‘shimcha bilan yasalgan bo‘lsa-da, ularning biri narsa oti, biri o‘rin-joy oti va yana biri shaxs
oti hisoblanadi.

Pishiriq, chopiq, qiliq

so‘zlarining biri narsa oti bo‘lsa, ikkinchisi faoliyat-

jarayon, uchinchisi, harakat oti hisoblanadi. Bu so‘zlar sistem tilshunoslikda ta’kidlangandek,
yasovchi asos va yasovchi qismdan tashkil topgan. Ammo ular so‘z yasalish qolipi ma’nosi
nomli uchinchi jihatiga mos kelmaydi. Ya’ni ularnning ko‘pchiligining ma’nosini asos qism va
yasovchining ma’nosidan kelib chiqib aniqlab bo‘lmaydi. Unumli yasovchi affikslar bilan
yasalgan so‘zlarda affiks aniq bir ma’no bilan deyarli har bir so‘zda takrorlanadi. Masalan

, -chi

affiksi “shaxs” ma’nosiga ega va shu ma’nosi bilan o‘zi yasagan so‘zlarda qatnashadi.
Kamunum yasovchi qo‘shimchalar bilan yasalgan yuqorida berilgan so‘zlarda esa yasovchi
qo‘shimcha turli ma’nolar bilan keladi. Yana ta’kidlab o‘tish kerakki, yasovchi qo‘shimcha kam
sonli so‘zlarni yasar ekan va so‘z yasashni to‘xtatgan ekan, ularga nisbatan “so‘z yasalish
qolipi” terminini ishlatish ,bizningcha, to‘g‘ri emas. Umuman olganda, so‘zning morfem


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

19

tarkibga ajatilishidagi tahlil va so‘z yasalishidagi tahlil bir-biriga mos kelishi kerak, ular tilning
amal qilinishida parallel mavjud bo‘lib kelgan.

Yana bir holat, o‘sha so‘zlar yasalishi jarayonida turli tovush o‘zgarishlari sodir bo‘lishi

ma’lum holat. Aynan shu tovush o‘zgarishlari ularning soddalashgan leksemalar ekanligini
tasdiqlaydi. Bunday fikrlarni boshqa tilshunos olimlar ham ilgari surgan. Masalan, tilshunos
M.Usmonova o‘zining “Lug‘aviy birliklarning soddalashuvi” nomli maqolasida shunday
ta’kidlaydi: “Ma’lumki, hozirgi o‘zbek tilida affiksatsiya jarayonida o‘zak tarkibida turli xil
tovush o‘zgarishlari sodir bo‘ladi. Bu narsa o‘zak morfemaning o‘qilishini, belgilanishini
qiyinlashtiradi. Bunday hollarda so‘zlarda soddalashish kechimi boshlanadi”

5

. M.Usmonova

bunday so‘zlarga misol qilib tarkibida kamunum so‘z yasovchilar qo‘shilishi natijasida tovush
o‘zgarishlari sodir bo‘lgan so‘zlarni ham keltiradi.

Tilimizda yana shunday so‘zlar guruhi ham mavjudki, ular ma’noli qism- morfemalardan

tashkil topgan bo‘lsa-da, uning ma’nosi ko‘chgan bo‘ladi. Natijada ularning ma’nosini tarkibda
bo‘lgan morfemalar ma’nosi bilan izohlab bo‘lmaydi, chunki so‘z tarkibidagi shakliy qismlar
so‘z anglatgan ma’no bilan nomuvofiq bo‘ladi. “ O‘zbek tili morfem lug‘ati” dagi

ro‘mol/cha,

ol/cha, yet/ak/chi, qizil/cha, ko‘k/cha, ko‘rpa/cha, gilam/cha, pora/xo‘r, sud/xo‘r, qon/xo‘r,
ham/nafas, ham/dam, oq/lo/v/chi, qora/lo/v/chi, ot/la/n/moq, kes/il/moq

(hukm qilinmoq),

achchiq/la/n/moq

,

qora/la/moq, oq/la/moq, gul/la/moq

, (sirni ochib qo‘ymoq ma’nosida)

bog‘/la/n/moq

so‘zlarini misol qilib keltirishimiz mumkin. Bunday so‘zlarni tilshunos

A.Berdialiyev yuqorida tilga olingan maqolasida “morfem qismlari shartli ajraluvchi
so‘zlar”ning yana bir turi sifatida talqin etgan edi

6

. Haqiqatan ham, ushbu so‘zlarni ma’noli

qismlarga bo‘lish shartli holatdir. Ular yaxlit holda ma’noga ega. Xulosa qilib aytganda,
kamunum yasovchi affiks morfemalarning funksional-semantik xususiyatlarini o‘rganish
so‘zlarni to‘g‘ri morfem tahlil qilishda yordam beradi.

References:

1.

Алиева Земфира Муса Кызы Словообразовательные парадигмы прилагательных в

тюркских языках // Вестник ЛГУ им. А.С. Пушкина. 2013. №2. URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/slovoobrazovatelnye-paradigmy-prilagatelnyh-v-
tyurkskih-yazykah (April, 2023).

2.

Мадраҳимов И. Ўзбек тили лексемаларининг таркибига доир // Ўзбек тили ва

адабиёти.-T., 4-сон. –б 29-32.
3.

Ғуломов А., Тихонов А., Қўнғуров Р. Ўзбек тили морфем луғати.- Т.: Фан, 1977-й. -

391 Б

4.

Усмоновa М. Луғавий бирликларнинг соддалашуви // Ўзбек тили ва адабиёти.-T.,

2012. 2-сон. -б 86-89.

5.

Бердалиев А. Сўзнинг морфем тақсимланиши // Ўзбек тили ва адабиёти. -T., 2014.

4 сон. –б. 14-18.

5

Усмоновa М. Луғавий бирликларнинг соддалашуви // Ўзбек тили ва адабиёти.-T., 2012. 2-сон. -б 86-89.

6

Qarang:

Бердалиев А. Сўзнинг морфем тақсимланиши // Ўзбек тили ва адабиёти. -T., 2014. 4 сон. –б. 14-

18.

Библиографические ссылки

Алиева Земфира Муса Кызы Словообразовательные парадигмы прилагательных в тюркских языках // Вестник ЛГУ им. А.С. Пушкина. 2013. №2. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/slovoobrazovatelnye-paradigmy-prilagatelnyh-v-tyurkskih-yazykah (April, 2023).

Мадраҳимов И. Ўзбек тили лексемаларининг таркибига доир // Ўзбек тили ва адабиёти.-T., 4-сон. –б 29-32.

Ғуломов А., Тихонов А., Қўнғуров Р. Ўзбек тили морфем луғати.- Т.: Фан, 1977-й. -391 Б

Усмоновa М. Луғавий бирликларнинг соддалашуви // Ўзбек тили ва адабиёти.-T., 2012. 2-сон. -б 86-89.

Бердалиев А. Сўзнинг морфем тақсимланиши // Ўзбек тили ва адабиёти. -T., 2014. 4 сон. –б. 14-18.