Авторы

  • Xurshida Sattorova
    Termiz davlat-muzey qo’riqxonasida ilmiy xodim

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.51833

Ключевые слова:

alkaloidli glikozidli efir moyli vitaminli pelterin tanat ekstrakt achchiqmiya bodom doʻgʻbuy dorivor gulxayri yongʻoq jagʻ-jagʻ zubturum isiriq itburun omonqora pista daraxti sachratqi choyoʻt shildirbosh shirinmiya shuvoq yantoq yalpiz kiyikoʻt togʻrayhon qizilcha qoqioʻt.

Аннотация

ushbu maqolada ziradoshlar oilasiga mansub bo’lgan bir nechta o’simliklarning dorivorlik xususiyatlari haqida qisqacha ma’lumotlar keltirib o’tilgan. Ziradoshlar oilasi vakillarining tarqaladigan hududlarini bilib olish mumkin.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

16

ZIRKDOSHLAR OILASI TURKUMI TURLARI HAMDA ULARNI DORIVORLIK

HUSUSIYATLARI

Sattorova Xurshida Nurmatovna

Termiz davlat-muzey qo’riqxonasida ilmiy xodim

https://doi.org/10.5281/zenodo.14274420

Annotatsiya:

ushbu maqolada ziradoshlar oilasiga mansub bo’lgan bir nechta

o’simliklarning dorivorlik xususiyatlari haqida qisqacha ma’lumotlar keltirib o’tilgan.
Ziradoshlar oilasi vakillarining tarqaladigan hududlarini bilib olish mumkin.

Kalit so‘zlar

: alkaloidli, glikozidli, efir moyli, vitaminli, pelterin tanat, ekstrakt,

achchiqmiya, bodom, doʻgʻbuy, dorivor gulxayri, yongʻoq, jagʻ-jagʻ, zubturum, isiriq, itburun,
omonqora, pista daraxti, sachratqi, choyoʻt, shildirbosh, shirinmiya, shuvoq, yantoq, yalpiz,
kiyikoʻt, togʻrayhon, qizilcha, qoqioʻt.


Tabiatimizdagi ko'p o'simliklar oziq-ovqatga sifatida ishlatilishi bilan qolmay dorivorlik

xususiyatini ham namoyon qiladi. Olimlar tomonidan har bir o'simlikning o'ziga xos bo'lgan
dorivorligi o'rganib chiqilgan. Ziradoshlar oilasining ba'zi turlarida ham shifobaxshlik bor.

Zirkdoshlar (Berberidaceae Juss)- ikki urugʻpallalilar yoki magnoliyasimonlar sinfiga

mansub oʻsimliklar oilasi. Ko’p yillik oʻt, buta yoki daraxtlar. Guli ikki jinsli, gulqoʻrgʻoni sariq,
bir necha (4—5) qator boʻlib joylashgan, har bir qatorda 3 tadan gultojbarg bor. Koʻpchilik
Z.ning gulida tojbarg bilan changchisi orasida shiradon — staminodiy boʻladi. Mevasi rezavor,
baʼzan koʻsakcha yoki yongʻoqcha shaklida. Asosan, Shim. yarim sharning moʻʼtadil
hududlarida usadi. Zirkdoshlarning bargi tarkibida alkaloidlar, ayniqsa, berberin koʻp.
Ularning mevalari nordon, mazali boʻlganligidan turli xil taomlarga, jumladan, palovga
solinadi, ovqatni xushtaʼm qiladi. Qora zirk keng isteʼmol qilinganligi uchun uning tusiga
nisbat berib "qoraqand" deb ataladi. Tabobatda jigar xastaliklarini davolashda, isitmani
pasaytiruvchi, ich ketishni toʻxtatuvchi va yurakni mustahkamlovchi vosita sifatida
qoʻllaniladi.

Arpabodiyon (Pimpinella anisum) — ziradoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻtlar

turkumiga kiradi, 2 ta turi bor. Oʻzbekistonda oddiy Arpabodiyon (Arpabodiyon Vulgare)
ekiladi. Uning pastki barglari buyraksimon yoki uch boʻlakli, yirik arra tishli, yuqoridagilari
barglari ipsimon, boʻlakchalarga boʻlingan. Gullari mayda, oq, murakkab soyabonga
toʻplangan. Arpabodiyonning mevasi tarkibida 3,2%, baʼzan 6% gacha efir moyi va 28% gacha
boshqa moylar bor. Efir moyi tarkibida 90% gacha anetol boʻladi. Mevasi va efir moyidan
tayyorlangan preparatlar balgʻam koʻchiruvchi sifatida qoʻllaniladi. Arpabodiyon mevasi va
efir moyi oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi.Bundan tashqari arpabodiyon antiseptik, mikroblar,
bakteriyalar va xavfli viruslani yo‘q qilish vazifasini ham bajargan

Zira – ozdiruvchi ziravor. Zira ovqatga solinadigan va yog‗ hujayralarining to‗planib

qolishini kamaytirish bilan birga ozishga yordam beruvchi ajoyib ziravor. Bu ziravor ortiqcha
vazn hosil bo‘lishining oldini olishdan tashqari, oldindan mavjud bo‗lgan ortiqcha
kilogrammlardan qutulishga ham yordam beradi. Zira yog‗ to‗qimalari miqdorini yuqori
darajada kamaytiradi. Eron tibbiyot fanlari universitetida o’tkazilgan tadqiqotlarda o’zining
ovqatlanish ratsioniga zirani kiritgan ayollar organizmida yog’‗ to’qimalari 14 foizga


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

17

kamaygani, shu vaqtning o’zida, nazorat guruhi qatnashchilariniki esa hatto to‘g‘ri ovqatlanish
tartibiga qaramasdan 5 foizga kamaygani aniqlandi. Zira uyquning bir maromda kechishini
yaxshilaydi. Agarda siz uyquga to’ymasangiz, unda ko’proq iste‘mol qilasiz — to’yib
uxlamaslik ishtahani nazorat qila olmaslikka va moddalar almashinuvining sekinlashishiga
olib keladi. Zira uyqusizlik bilan kurashishga yordam beradi. Zira qondagi qand miqdorini
meyorga keltiradi. Zira hujayralarning insulinga va glyukozaga bo’lgan extiyojini kuchaytirish
yo’li bilan qondagi shakar miqdorini ushlab turish vazifasini ham bajaradi. Zira qondagi
shakar miqdorini nazoratda tutib turish bilan uglevodlarga bo’lgan intilishni yengadi va
bizdagi to‘qlik hissini uzoqroq saqlab turadi. Zira hazmni yaxshilaydi. Zira hidi og’iz
bo’shlig’idagi so’lak ajiralib chiqishini faollashtiradi, bu esa hazm qilish sistemasini ishga
tushiradi va uning birinchi bosqichini yaxshilaydi. Zira tarkibidagi timol moddasi ovqat hazm
qilish va so‘rilishda ishtirok etuvchi kislota, o’t va fermentlar ishlab chiqaruvchi bezlar
faoliyatini tezlashtiradi. Shuningdek, zira yel haydovchi vosita hisoblanadi, ya‘ni u gaz
yig’ilishi va qorin dam bo‘lishi kabi muammolarining ham yechimi ekanligini bildiradi

Dorivor oʻsimliklar - odam va hayvonlarni davolash, kasalliklarning oldini olish uchun,

shuningdek, oziq-ovqat, atir-upa va kosmetika sanoatida ishlatiladigan oʻsimliklar - giyohlar.
Yer yuzida dorivor oʻsimliklarning 10-12 ming turi borligi aniqlangan. 1000 dan ortiq oʻsimlik
turining kimyoviy, farmakologik va is xossalari tekshirilgan. Oʻzbekistonda dorivor
oʻsimliklarning 700 dan ortiq turi mavjud. Shulardan tabiiy sharoitda oʻsadigan va
madaniylashtirilgan 120 ga yaqin oʻsimlik turlaridan ilmiy va xalq tabobatida foydalaniladi.
Hozirgi davrda tibbiyotda qoʻllaniladigan dori-darmonlarning qaryib 40-47% oʻsimlik xom
ashyolaridan olinadi. Oʻsimliklar murakkab tuzilishiga ega boʻlgan jonli tabiiy kimyoviy
laboratoriya boʻlib, oddiy noorganik moddalardan murakkab organik moddalar yoki
birikmalarni yaratish qobiliyatiga ega. Dorivor oʻsimliklarning quritilgan oʻti, kurtagi, ildizi,
ildizpoyasi, tuganagi, piyozi, poʻstlogʻi, bargi, guli, gʻunchasi, mevasi (urʻugi), danagi, sharbati,
qiyomi, toshchoyi, efir moyi va boshqalardan doridarmon tarzida foydalaniladi.

Dorivor oʻsimliklarni 2 xil tasniflash qabul qilingan: 1) taʼsir qiluvchi moddalarning

tarkibiga qarab — alkaloidli, glikozidli, efir moyli, vitaminli va boshqalar, 2) farmakologik
koʻrsatkichlariga qarab — tinchlantiruvchi, ogʻriqqoldiruvchi, uxlatuvchi, yurak-tomir
tizimiga taʼsir qiluvchi, marka-ziy nerv sistemasini qoʻzgʻatuvchi, qon bosimini pasaytiruvchi
va boshqalar. Dorivor oʻsimliklarning taʼsir etuvchi moddalari alkaloidlar, turli glikozidlar
(antraglikozidlar, yurakka taʼsir etuvchi glikozidlar, saponinlar va boshqalar), flavonoidlar,
kumarinlar, oshlovchi va shilliq moddalar, efir moylari, vitaminlar, boʻyoq moddalar,
fermentlar, fitonsidlar, kraxmal, oqsillar, polisaharidlar, azotli moddalar, moy hamda moy
kislotalari va boshqa birikmalar boʻlishi mumkin. Dorivor oʻsimliklarning organizmga taʼsiri
uning tarkibidagi kimyoviy birikmalarning miqdoriga bogʻliq. Bu birikmalar oʻsimlikning
qismlarida turli miqdorda toʻplanadi. Dorining taʼsirchanlik quvvati hamda sifati yuqori
boʻlish davri ularning gullash hamda urugʻlash davrining boshlanishi vaqtiga toʻgʻri
keladi.Dorivor moddalar baʼzi oʻsimliklarning kurtagi, bargi yoki poyasida, baʼzi
oʻsimliklarning guli yoki mevasida, baʼzilarida ildizi yoki poʻstlogʻida toʻplanadi.Shuning uchun
oʻsimliklarning asosan biologik aktiv moddalari koʻp boʻlgan qismi yigʻib olinadi.

Oʻsimliklarning ildizi, ildizpoyasi, piyozi va tuganagi, odatda, oʻsimlik uyquga kirgan

davrda — kech kuzda yoki oʻsimlik uygʻonmasdan oldin — erta bahorda tayyorlanadi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

18

Oʻsimlikning meva va urugʻlari pishib yetilganda yigʻiladi, chunki ular bu paytda dori
moddalariga boy boʻladi. Yangi ykgʻib olingan dorivor oʻsimlik mahsuloti tarkibida (yer ustki
aʼzolarida 85% gacha, ildizida 45% gacha) nam boʻladi.Bu nam yoʻqotilmasa (quritish yoʻli
bilan), oʻsimlik chirib, dori moddalari parchalanib, yaroqsiz boʻlib qoladi.

Odamlar qadim zamonlardan tabiat neʼmatlaridan foydalana boshlaganidan buyen

dorivor oʻtlardan kasalliklarni davolashda foydalanib kelganlar. Bundan 3—4 ming yil ilgari
Hindiston, Xitoy, Qad. Misr mamlakatlarida shifobaxsh oʻsimliklar haqida maʼlumotlar
beruvchi asarlar yozilgan.Sharqda, xususan Oʻrta Osiyo xalq tabobatida dorivor oʻsimliklardan
foydalanib davolash oʻzining qad.anʼanalariga ega. Shifobaxsh oʻsimliklardan tibbiy
maqsadlarda foydalanish borasida Abu Ali Ibn Sinoning “Al-qonun” asarida 476 ga yaqin
oʻsimlikning shifobaxsh xususiyatlari va ularni ishlatish usullari toʻgʻrisida maʼlumotlar
keltiriladi. Hoz.vaqtda dorivor oʻsimliklarning turi koʻpayib, xalq tabobati shifobaxsh
oʻsimliklar bilan boyigan. Dorivor oʻsimliklardan koʻproq, anor, achchiqmiya, bodom, doʻgʻbuy,
dorivor gulxayri, yongʻoq, jagʻ-jagʻ, zubturum, isiriq, itburun, omonqora, pista daraxti,
sachratqi, choyoʻt, shildirbosh, shirinmiya, shuvoq, yantoq, yalpiz, kiyikoʻt, togʻrayhon,
qizilcha, qoqioʻt va boshqalari tarqalgan. Achchiqmiyadan paxikarpin, oqquraydan pesni
davolashda qoʻllaniladigan psoralen, isiriqdan garmin, itsigekdan anabazin, omonqoradan
galantamin, shildirboshdan sferofizin va b. alkaloidlar olinadi.

Anor pustidan gijja haydovchi pelterin tanat va ekstrakt tayyorlanadi. Dorivor gulxayri

preparatlari balgʻam koʻchiruvchi va yumshatuvchi, jagʻ-jagʻ va lagoxilusdan tayyorlangan
dorilari qon ketishini toʻxtatuvchi, pista bujgʻuni va choyoʻtdan tayyorlangan dorilar
meʼdaichak kasalliklarini davolashda ishlatiladi. S.Q. Islombekov nomidagi Toshkent
farmatsevtika zdida Oʻzbekistonda oʻsadigan va ekiladigan dorivor oʻsimliklardan turlituman
dorilar tayyorlanadi. Dorivor oʻsimliklarni topish va ulardan alkoloidlar olishda Oʻzbekistan
FA Oʻsimlik moddalari kimyosi institutining xizmati katta. Intda 4000 dan ortiq oʻsimlikning
turli organlari alkoloid olish maqsadida oʻrganilib, ulardan 1000 ga yaqin tabiiy birikmalar
ajratib olingan.Shu asosda sitizin, galantamin kabi 20 dan ortiq qimmatli preparat yaratilgan
va tibbiyotga joriy qilingan. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Botanika instituti va Botanika
bogʻining efir moyli, dorivor va boʻyoqli oʻsimliklar lab. ilmiy xodimlari mutaxassislar bilan
hamkorlikda Oʻrta Osiyo hududida koʻp tarqalgan yuqumli kasalliklardan eng xavflisi sariq
(gepatit)ni davolashda ekologik jihatidan toza, samaradorligi yuqori boʻlgan dorivor
oʻsimliklar xom ashyolaridan tayyorlangan „Safro haydovchi Hojimatov yigʻmasi“ni yaratdilar
va bu yigʻma ilmiy tibbiyotda qoʻllashga va ishlab chiqarishga ruxsat etildi (1997).
Shuningdek, SamDU Botanika kafedrasida, Toshkent davlat farmatsevtika intida dorivor
oʻsimliklarni ekib yetishtirish texnologiyasi oʻrganilmoqda. Toshkent, Namangan, Jizzax,
Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Xorazm Maʼmun akademiyasida
dorivor oʻsimliklar yetishtiradigan maxsus xoʻjaliklar bor. Yovvoyi dorivor oʻsimliklar xom
ashyolari asosan „Oʻzfarmsanoat“ respublika davlat-aksiyadorlik konserni, matlubot
shirkatlari va Oʻzbekistan Qishloq va suv xoʻjalik vazirligining „Shifobaxsh“ ishlab chiqarish
birlashmasi xoʻjaliklari tomonidan tayyorlanadi.

Berberidaceae- Zirkdoshlar oilasi Berberis integerri Buta Tog‘ Dorivor Berberis oblonga

Buta Tog‘ Dorivor Zirkdoshlar ‒ Berberidaceae oilasi. Oilaning 14 ta turkumi, 650 taga yaqin
turi mavjud bo‘lib, O‘zbekistonda 3 turkumga oid 8 ta turi o‘sadi. 1,5 - 3 metr balandlikdagi


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

19

butalar, subtropik va mo‘’tadil iqlimli mintaqalarda keng tarqalgan. Barglari oddiy va
murakkab. Gullari 2 jinsli, gulkosa va gultojbarglari 6 tadan, changchisi ham 6 ta. Zirklarning
tarkibida berberin alkaloidi bo‘ladi, undan tibbiyotda foydalaniladi. Mevasining rangiga qarab,
qora va qizil zirklarga bo‘linadi. Qora zirk xalq tabobatida yurak, bosh og‘rig‘ini qoldirishda,
qonni to‘xtatish, haroratni pasaytirishda, uyquni yaxshilashda, ishtahani ochishda qo‘llaniladi.
Zirkning mevasi kisel, sharbat, muzqaymoq kabilarni tayyorlashda ishlatiladi.Bargi
tuzlanadigan sabzavotlarga solinadi.Bunday sabzavotlar uzoq vaqtgacha buzilmasdan, o‘z
sifatini yaxshi saqlab turadi. Ildizi va po‘stlog‘idan olinadigan sariq bo‘yoqda junli matolar
bo‘yaladi. Zirklar insonlar uchun shifobaxsh ziravor o‘simlik hisoblanadi. Zirk O‘zbekistonning
tog‘li hududlarida, quruq, shag‘alli adir va tog‘ yonbag‘irlarida keng tarqalgan. Gullari shingil,
shoda shaklida, to‘pgul.Oila vakili qora zirk ‒ Berberis oblonga ziravor meva sifatida
ishlatiladi.

Xulosa qilib aytganda, ziradoshlar oilasining deyarli barcha vakillarida dorivorlik

xususiyati mavjud. Tabobatimizda tabiatdagi barcha o‘simliklardagi foydali va zararli
xususiyatlar o‘rganilgan bo‘lib , Abu Ali ibn Sinoning ―Tib qonunlari‖ asarida oila vakillariga
xos bo‘lgan shifobaxshliklar ham keltirib o‘tilgan.

References:

1.

Ikromova .M.I , Normurodov.X.N , Yuldashev.A.S. BOTANIKA. ―O‘zbekiston‖ TOSHKENT-

2002
2.

Pratov.O‘ , Shamsuvaliyeva L. Sulaymonov E. Axunov X. Ibodov X. Maxmudov V.

BOTANIKA .‖Ta‘lim nashriyoti‖ TOSHKENT – 2010. 226-bet
3.

Tursunboyeva G.S. Komilova Sh.R BOTANIKA ASOSLARI. TOSHKENT – 2009

4.

Hamdamov I.H, Hamdamova E.I, Suvonova G.A, Begmatova M. BOTANIKA VA

O‘SIMLIKLAR FIZIOLOGIYASI. ―Sano-standart ―nashriyoti.TOSHKENT – 2017. 249- bet
5.

Matkarimova A.A, Mahkamova T.X , Maxmudova M.M, Azizova X. Ya, Vaisova G.B.

BOTANIKA. TOSHKENT – 2018. 255-bet
6.

Berdiyev E.T, Hakimova M.X, Maxmudova G.B O'RMON DORIVOR O'SIMLIKLARI . "Sano-

standart" nashriyoti. TOSHKENT-2016. 141-bet ; 110-bet; 106

Библиографические ссылки

Ikromova .M.I , Normurodov.X.N , Yuldashev.A.S. BOTANIKA. ―O‘zbekiston‖ TOSHKENT-2002

Pratov.O‘ , Shamsuvaliyeva L. Sulaymonov E. Axunov X. Ibodov X. Maxmudov V. BOTANIKA .‖Ta‘lim nashriyoti‖ TOSHKENT – 2010. 226-bet

Tursunboyeva G.S. Komilova Sh.R BOTANIKA ASOSLARI. TOSHKENT – 2009

Hamdamov I.H, Hamdamova E.I, Suvonova G.A, Begmatova M. BOTANIKA VA O‘SIMLIKLAR FIZIOLOGIYASI. ―Sano-standart ―nashriyoti.TOSHKENT – 2017. 249- bet

Matkarimova A.A, Mahkamova T.X , Maxmudova M.M, Azizova X. Ya, Vaisova G.B. BOTANIKA. TOSHKENT – 2018. 255-bet

Berdiyev E.T, Hakimova M.X, Maxmudova G.B O'RMON DORIVOR O'SIMLIKLARI . "Sano-standart" nashriyoti. TOSHKENT-2016. 141-bet ; 110-bet; 106