ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
11
KORXONALARDA ASOSIY FAOLIYATGA BOG‘LIQ BO‘LMAGAN
DAROMADLAR VA XARAJATLAR HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH
Dilnoza Xudaynazarova
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
"Buxgalteriya hisobi" kafedrasi assistenti
Sadinova Marjona Umrzoq qizi
Ahrorov Shohjahon Ravshan o'g'li
Mexriddin Tojimurodov Sadriddin oʻgʻli
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabalari
https://doi.org/10.5281/zenodo.14272032
Annotatsiya:
Muallif tomonidan ushbu ilmiy maqolada mamlakatimizda tashkil etilgan
korxonalarning asosiy faoliyatga bog‘liq bo‘lmagan daromad va xarajatlar hisobi, ularni
takomillashtirish yo‘nalishlari metodlari to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so`zlar:
korxona, iqtisodiy o‘sish, optimallashtirish, takomillashtirish, investitsiya,
ERP, BRP, CRM.
Аннотация:
В данной научной статье автором представлена информация о
методах учета доходов и расходов предприятий, созданных в нашей стране, не
связанных с основной деятельностью, направлениях их совершенствования.
Ключевые
слова:
предприятие,
экономический
рост,
оптимизация,
совершенствование, инвестиции, ERP, BRP, CRM.
Abstract:
In this scientific article, the author provides information on the accounting of
income and expenses of enterprises established in our country, not related to their main
activities, as well as methods for their improvement.
Keywords:
enterprise, economic growth, optimization, improvement, investment, ERP,
BRP, CRM.
Kirish.
Mustaqillik yillaridan so‘ng mamlakatimizda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
korxonalari faoliyati iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, ularning ishlashi
mamlakatning iqtisodiy o‘sishini, ish o‘rinlarining yaratilishini, eksportni ko‘paytirishni va
aholi turmush darajasini yaxshilashni ta'minlashda muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston
iqtisodiyoti ko‘p tarmoqli bo‘lib, shu bilan birga kichik, o‘rta va yirik korxonalar faoliyati ham
alohida ahamiyatga ega. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda korxonalarning
faoliyati doimiy o‘zgarish va rivojlanishga yo‘naltirilgan. Hukumat iqtisodiyotni
liberallashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va yangi texnologiyalarni rivojlantirish
uchun sharoit yaratmoqda. Shuningdek, mehnat bozorini optimallashtirish, ekologik
muammolarni hal qilish va xalqaro savdoni rivojlantirish kabi vazifalar dolzarb bo‘lib
qolmoqda. Korxonalarning barqaror va muvaffaqiyatli faoliyati mamlakat iqtisodiy o‘sishi va
raqobatbardoshligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Asosiy qism.
Korxonalarning bozorga mahsulot yetkazib berishga bo‘lgan layoqatini aniqlab beruvchi
muhim omil sarf-xarajatlar darajasi hisoblanadi. Har qanday tovarni ishlab chiqarish iqtisodiy
resurs sarflarini taqozo qiladi, ular ham ma’lum narxga ega bo‘ladi. Korxona bozorga taklif
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
12
qiladigan tovar miqdori iqtisodiy xarajatlar, resurs narxlari darajasiga, resurslardan
foydalanish samaradorligi va tovarlar bozorida sotiladigan narxlarga bog‘liq. Ishlab chiqarish
xarajatlari deganda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga
qilinadigan barcha sarflar tushuniladi. Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari tarkibiga xom ashyo,
asosiy va yordamchi materiallar, yonilg‘i va energiya uchun qilingan xarajatlar, asosiy kapital
amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalari, foiz to‘lovlari va boshqa xarajatlar
kiradi. Ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf-xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot
tannarxini tashkil qiladi. Korxona faoliyatining umumiy rentabelligini va moliyaviy
barqarorligini aniqlashda asosiy faoliyatga bog‘liq bo‘lmagan daromadlar va xarajatlar alohida
ahamiyatga ega. Ular korxona operatsiyalarining samarasizligini yoki kutilgan daromadlar
bo‘lmagan boshqa manbalardan kutilgan foydalarni ko‘rsatishi mumkin. Ushbu maqolada
korxonalarda asosiy faoliyatga bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar va daromadlar hisobini ko‘rib
chiqamiz.
Asosiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar - bu korxonaning asosiy ishlab
chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish faoliyatidan tashqaridagi faoliyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan
xarajatlardir. Bu turdagi xarajatlar korxonaning asosiy biznes faoliyatiga bevosita aloqasi yo‘q,
ammo ular korxonaning moliyaviy holatiga ta'sir qiladi. Asosiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lmagan
xarajatlar odatda investitsiya faoliyati, moliyaviy operatsiyalar, ijaraga berish, qimmatli
qog‘ozlar savdosi, va boshqa qo‘shimcha faoliyatlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Ularning 3 turi
mavjud:
1.
Moliyaviy xarajatlar
2.
Investitsiya xarajatlari
3.
Tasodifiy xarajatlar
Moliyaviy xarajatlarga foiz xarajatlari va valyuta kursi farqlari xarajatlari kiradi.
Tashkilotlar o‘zlari olgan qarzlar yoki kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlarini amalga oshiradi. Bu
xarajatlar korxonaning moliyaviy hisobotida ko‘rsatiladi. Moliyaviy xarajatlar hisobini
takomillashtirish uchun tashkilotlarning yoki kompaniyalarining xarajatlarni yanada samarali
va aniqroq hisoblash, nazorat qilish va boshqarish tizimini rivojlantirish zarur. Ushbu jarayon
moliyaviy samaradorlikni oshirish, resurslardan oqilona foydalanish va qarorlar qabul
qilishda to‘g‘ri ma'lumotlar asosida harakat qilish imkonini yaratadi.
Investitsiya xarajatlariga sotish bilan bog‘liq xarajatlar va ko‘chmas mulkni saqlash yoki
aktivlarni nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar kiradi. Investitsion xarajatlarni
hisoblash va ularni takomillashtirish kompaniyaning moliyaviy barqarorligini va
rentabelligini oshirishga yordam beradi. Yangi texnologiyalar, innovatsion metodologiyalar,
aniq prognozlash va yaxshilangan rejalashtirish jarayonlari orqali investitsion xarajatlar
hisobini samarali boshqarish mumkin. Bu esa kompaniyaga uzoq muddatda o‘z faoliyatini
muvaffaqiyatli davom ettirish va raqobatbardoshligini oshirish imkonini beradi.
Tasodifiy xarajatlarga sug‘urta xarajatlari, jazo yoki da'vo xarajatlari, grantlar va
yordamlar kabi xarajatlar kiradi. Tasodifiy xarajatlar ko‘pincha, masalan, favqulodda holatlar,
kutilmagan xarajatlar, yoki aniq rejalashtirilmagan vaziyatlar natijasida yuzaga keladi.
Tasodifiy xarajatlar hisobini takomillashtirish, ularni aniqlash, tahlil qilish, boshqarish va
rejalashtirish jarayonlarini yaxshilash orqali kompaniyalar kutilmagan moliyaviy
muammolarni engib o‘tishlari va uzoq muddatda barqarorlikni ta’minlashlari mumkin.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
13
Asosiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadlar — bu korxonaning asosiy
faoliyatidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlardir. Bu turdagi daromadlar odatda
korxonaning ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish faoliyatiga bevosita aloqasi bo‘lmaydi,
lekin ular korxonaning umumiy moliyaviy holatiga ta'sir qiladi. Asosiy faoliyatga bog‘liq
bo‘lmagan daromadlar ko‘plab turdagi moliyaviy va investitsion faoliyatlardan kelib chiqishi
mumkin. Ularning 4 turi mavjud:
1.
Investitsion daromadlar
2.
Ijara daromadlari
3.
Moliyaviy daromadlar
4.
Soliq imtiyozlari va subsidiyalardan kelib tushadigan daromadlar
Investitsion daromadlar korxona asosiy faoliyatidan tashqaridagi investitsiya faoliyati
natijasida olinadi. Investitsion daromadlar, odatda, aksiyalar, obligatsiyalar, qimmatli
qog‘ozlar va boshqa moliyaviy aktivlar orqali olinadi. Bu turdagi daromadlar korxonaning
moliyaviy holatini yaxshilashda va rentabellikni oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Ijara daromadlari korxona yoki shaxsning mulkni boshqalarga ijara shartnomasi asosida
taqdim etishdan olingan daromadlardir. Bu daromadlar mulkni vaqtincha boshqalarga
foydalanish uchun berish orqali olinadi. Ijara daromadlari ko‘pincha ko‘chmas mulk bo‘yicha
eng keng tarqalgan hisoblanadi, lekin asbob-uskunalar, transport vositalari va boshqa aktivlar
bo‘yicha ham mavjud.
Moliyaviy daromadlar korxona yoki shaxsning moliyaviy aktivlardan olingan
daromadlarini to‘g‘ri hisoblash, tahlil qilish va hisobot berish jarayoni hisoblanadi. Moliyaviy
daromadlar asosan kreditlar, depozitlar, qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar, obligatsiyalar), valyuta
savdosi, foizlar, dividendlar va boshqa moliyaviy operatsiyalardan olinadi.
Soliq imtiyozlari va subsidiyalar — bu davlat tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab-
quvvatlash, investitsiyalarni rag‘batlantirish, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish yoki atrof-
muhitni himoya qilish kabi maqsadlar uchun beriladigan moliyaviy yordamlar va
imtiyozlardir.
1
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli
Qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish
xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi
Nizomga muvofiq korxonalarda yuqorida keltirilgan daromad va xarajatlar hisobini
takomillashtirish va iqtisodiy samaradorlikka erishish uchun bir qator chora-tadbirlar
ko‘rilmoqda.
2
Korxonalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun quyidagi tadbirlarga
e’tibor berish lozim:
1) Korxona yalpi mahsulotini ko‘paytirish va uning sifatini yaxshilash, unumdorligi
yuqori texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etilishini ta’minlash, korxonada
mehnat unumdorligini oshirish, korxonalarda xomashyo ta’minotini yanada takomillashtirish,
ishlab chiqarish jarayonlarida mahalliy ishlab chiqarish vositalardan maqsadga muvofiq
1
https://namdu.uz/media/Books/pdf/2024/05/28/NamDU-ARM-2211-Korxona_iqtisodiyoti..pdf
2
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli Qarori
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
14
ravishda foydalanishni talab darajasida ta’minlash, mahsulotlarning sifatini, ularni tashish
va saqlash jarayonlarini yaxshilash tadbirlarini tezkorlik bilan amalga oshirish va boshqalar.
2) Korxonalarda mahsulotlar tannarxini pasaytirish uchun ishlab chiqarishni samarali
joylashtirish, zamonaviy va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, mavjud ishlab chiqarish
vositalaridan samarali foydalanish natijasida ish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish,
xodimlarni rag‘batlantirish tizimini yaxshilash lozim.
3) Korxonalar faoliyatiga bozor munosabatlarini joriy etishni jadallashtirish uchun
korxonalarda yetishtirilgan mahsulotlarni sotish jarayonini erkinlashtirish, investitsiyalar jalb
etilishini ta’minlovchi iqtisodiy mexanizmlarni joriy etish, korxonalar faoliyatiga xizmat
qiluvchi infratuzilma sohalarini rivojlantirish, korxonalar faoliyatiga xorijiy investitsiyalarni
jalb etishni jadallashtirish, korxonalarda yetishtirilayotgan mahsulotlarni xorijiy
mamlakatlarga eksport qilishni qo‘llab-quvvatlash zarur.
3
Korxonalar faoliyatini takomillashtirish va optimallashtirish uchun xalqaro metodlar
mavjud. Ushbu metodlardan bir nechtasini ko‘rib chiqamiz.
Biznes jarayonlarini qayta loyihalash (BPR – Business Process Reengineering) — bu
kompaniyaning mavjud ish jarayonlarini to‘liq tahlil qilish va ularni yangi, samarali shaklda
qayta tashkil etish jarayonidir. BPR odatda tashkilotning faoliyatini tubdan yaxshilash
maqsadida amalga oshiriladi.
4
Korxonalarda biznes jarayonlarini optimallashtirishning eng samarali yo‘llaridan biri bu
ERP tizimlarini joriy etishdir. Enterprise Resource Planning (ERP) tizimlari korxonaning
barcha resurslarini (moliyaviy, ishlab chiqarish, savdo, kadrlar va boshqalar)
markazlashtirilgan platformada boshqarishga imkon beradi.
5
Customer Relationship Management (CRM) tizimlari kompaniyalarga mijozlar bilan
aloqalarni yaxshilash va ularning ehtiyojlariga tezkor javob berishga yordam beradi. CRM
tizimi mijozlar haqida ma'lumotlarni markazlashtiradi va ularni tahlil qilish imkonini beradi.
6
Xulosa
Korxonalarda biznes jarayonlarini boshqarish va optimallashtirish uchun tashkil etilgan
loyihalar korxonaning samaradorligini oshirish, xarajatlarni kamaytirish va sifatni
yaxshilashga xizmat qiladi. Bunday loyihalar ERP tizimlari, CRM tizimlari, lean ishlab
chiqarish, raqamli transformatsiya, BRP kabi metodologiyalarni o‘z ichiga oladi. Bu loyihalar
nafaqat jarayonlarni soddalashtirish, balki kompaniyaning umumiy raqobatbardoshligini
oshiradi.
References:
1.
NamDU_Arm, Korxona iqtisodiyoti
2.
Эшпулатова, З. (2022). ДАРОМАДЛАР ҲИСОБИ ВА ХАЛⱩАРО ТАЖРИБА. TOSHKENT
https://newjournal.org/new/article/view/11540/11184
https://www.ibm.com/topics/business-process-reengineering
https://www.sap.com/products/erp/what-is-
erp.html#:~:text=Enterprise%20resource%20planning%20(ERP)%20is,a%20single%20source%20of%20truth
.
https://www.techtarget.com/searchcustomerexperience/definition/CRM-customer-relationship-
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
15
3.
DAVLAT
IQTISODIYOT
UNIVERSITETI
“O‘ZBEKISTON
IQTISODIYOTINI
RIVOJLANTIRISHNING ILMIY, 911.
4.
Baratovna, E. Z. (2023). THE CONCEPT OF OTHER COMPREHENSIVE INCOME AND ITS
5.
REFLECTION IN THE FINANCIAL STATEMENTS. Gospodarka i Innowacje., 31, 36-39.
6.
Musayeva, S. I. (2024). ADVANTAGES AND DISADVANTAGES OF INTERACTIVE
METHODS INTRODUCING THE СLT (СOMMUNIСATIVE LANGUAGE TEACHING)
APPROACH. World Scientific Research Journal, 32(1), 217-219.
7.
Musayeva, S. I., & Mengliyeva, S. S. (2022). Kursantlarning madaniyatlararo
rivojlantirish.
8.
Эшпулатова, З. Б. (2022). РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ПЕРВОГО ПРИМЕНЕНИЯ