Авторы

  • GULASAL ASQAROVA
    ANDIJON QISHLOQ XO‘JALIGI VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI ZOOINJINERIYA (TURLARI BO‘YICHA) YO‘NALISHI 1-BOSQICH TALABASI

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.51844

Ключевые слова:

Raqamlashtirish axborot xizmatlari bozori axborot texnologiyalari Internet elektron ta'lim O'zbekiston ta'lim tizimi raqamli infratuzilma innovatsion texnologiyalar o'qitish usullari.

Аннотация

Ushbu maqola Ziyonet ta’lim tarmog’I va uning loyixalari haqida yozildi. Ziyonet axborot ta’lim tarmog'i O‘zbekiston Respublikasida axborot texnologiyalari sohasida muhim o‘rin tutuvchi va mamlakatning barcha ta'lim muassasalarini zamonaviy axborot tizimlari bilan ta'minlashga yo‘naltirilgan tarmoqdir. Ushbu tizimning asosiy maqsadi ta'lim jarayonini raqamlashtirish, o‘qitish metodologiyasini yangilash va o‘quvchilarga zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratishdan iboratdir.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

44

ZIYONET AXBOROT TA’LIM TARMOG’I VA UNING LOYIXALARI

ASQAROVA GULASAL DILSHODBEK QIZI

ANDIJON QISHLOQ XO‘JALIGI VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI

ZOOINJINERIYA (TURLARI BO‘YICHA) YO‘NALISHI

1-BOSQICH TALABASI

https://doi.org/10.5281/zenodo.14293229

Kalit so’zlar

: Raqamlashtirish, axborot xizmatlari bozori, axborot texnologiyalari,

Internet, elektron ta'lim, O'zbekiston ta'lim tizimi, raqamli infratuzilma, innovatsion
texnologiyalar, o'qitish usullari.

Ключевые

слова

:

Цифровизация,

рынок

информационных

услуг,

информационные технологии, интернет, электронное образование, система
образования Узбекистана, цифровая инфраструктура, инновационные технологии,
методы обучения.

Anotatsiya

Ushbu maqola Ziyonet ta’lim tarmog’I va uning loyixalari haqida yozildi. Ziyonet axborot

ta’lim tarmog'i O‘zbekiston Respublikasida axborot texnologiyalari sohasida muhim o‘rin
tutuvchi va mamlakatning barcha ta'lim muassasalarini zamonaviy axborot tizimlari bilan
ta'minlashga yo‘naltirilgan tarmoqdir. Ushbu tizimning asosiy maqsadi ta'lim jarayonini
raqamlashtirish, o‘qitish metodologiyasini yangilash va o‘quvchilarga zamonaviy axborot
texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratishdan iboratdir.

Ziyonetning amalga oshirilayotgan loyihalari nafaqat o‘quvchilar, balki o‘qituvchilar va

ta'lim muassasalari uchun ham foydali bo‘lib, axborot texnologiyalari sohasidagi yangiliklarni
ommalashtirish, o‘quv dasturlarini takomillashtirish, virtual kutubxonalar yaratish, masofaviy
ta'lim imkoniyatlarini kengaytirish va onlayn resurslar orqali ta'lim jarayonini samarali tashkil
etishni ko‘zda tutadi.

ZiyoNET jamoat axborot taʼlim tarmogʻi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti ning 2005-

yil 28-sentyabrdagi PQ-191-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining jamoat taʼlim axborot
tarmogʻini tashkil etish tơgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq tashkil topgan

[2]

.

ZiyoNET tarmogʻining asosiy maqsadi taʼlim oluvchilar uchun taʼlim olish tizimida keng

koʻlamli axborot-kommunikatsiya xizmatlarini joriy etishdan iborat. ZiyoNET tarmogʻi yoshlar,
murabbiylar, shuningdek barcha portal foydalanuvchilari uchun kerakli axborotlarni jamlash
bilan bir qatorda, ularga axborot texnologiyalari sohasidagi kerakli maʼlumotlarni berish,
oʻzaro muloqot qilish va tajriba almashinishlari uchun zarur imkoniyatlarni yaratib berish
vazifasini ham oʻz zimmasiga oladi.

ZiyoNET portali — sayt, ZiyoNETtarmogʻining asosiy resurslari ziyonet.uz manzilida

joylashgan.

Asosiy qism

2006-yilda — ZiyoNET tarmogʻi Resurs markazi portalining birinchi talqini ishlab chiqildi

va www.ziyonet.uz manzili boʻyicha ishga tushirildi.

2007-yil avgustda — ZiyoNET portali tubdan oʻzgartirildi va uning 2-talqini yaratildi.

Uning bosh sahifasida oxirgi maʼlumotlar va Kutubxonada joylashtirilgan materiallar hamda
muhokama uchun mavzular koʻrsatila boshlandi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

45

2007-yil oktyabrda — ZiyoNET barcha foydalanuvchilar uchun bepul sayt-satelitlarni

yaratish imkoniyatini yaratdi.

2008-yilda — saytning asosiy sahifasi takomillashtirildi va bosh sahifada sayt-

satelitlarlarda nashr etilgan maʼlumotlar berila boshlandi.

2009-yil yanvarda — ZiyoNet Portalining oʻzbek tilidagi talqini ishga tushirildi.
2009-yilda — Uz milliy domeni Internet-festivalida „Fan va taʼlim sohasidagi eng yaxshi

sayt” nominatsiyasida 3-oʻrinni egalladi.

2015-yil yanvar oyida asosiy sahifaning dizayni oʻzgartirildi va ZiyoNET portalining

boʻlimlariga yoʻnaltirilgan vidjetlar namoyish etildi.

2015-yil iyunda ZiyoNET Portalining barcha sahifalarining chap tomonida “Translit”

boʻlimi yaratildi.

2015-yil iyulda “ZiyoNET” taʼlim tarmogʻiga 1069-sonli AOKAning litsenziyasi berildi.
2018-yilda asosiy sahifaning dizayni yangilandi.
ZiyoNET portalining resurslari:
“Abituriyent” boʻlimida — abituriyentlar uchun Oʻzbekiston Respublikasidagi OTMga

oʻtish ballari, testlar, kvotalar va h.k.z. toʻgʻrisidagi maʼlumotlar berib boriladi.

“Armiya va yoshlar” — Oʻzbekiston Respublikasi qurolli kuchlari, tarixi, muhim sanalari

va harbiy maʼlumotlariga bagʻishlangan boʻlim.

“Audiokitoblar” — turli mavzulardagi (adabiyotlar, ilmiy kitoblar, ertaklar, darsliklar,

tarix va boshqalar) rus, oʻzbek va boshqa tillardagi audio materiallar bazasi.

“Kutubxona” — Portal kutubxonasi Respublika OTM va ularning mualliflari tomonidan

taqdim etilgan avtoreferatlar, dissertatsiyalar, bitiruv malakaviy ishlari va boshqa ishlarning
manbaidir. 2021-yil 1-iyun holatiga koʻra, 11 6000 dan ortiq oʻquv adabiyotlar mavjud.

“Savol-javoblar” — Savol-javoblar xizmati.
“Arboblar“

-"Oʻzbekiston

arboblari”

veb-sayti https://arboblar.uz/ (Wayback

Machine saytida 2017-10-05 sanasida arxivlangan) manzilida joylashgan, Oʻzbekiston
taraqqiyotiga hissa qoʻshgan taniqli insonlar haqida maʼlumot beradi. Ushbu sayt ilmiy-
ommabop, maʼrifiy va taʼlimiy resursdir.

“Oʻyinlar” boʻlimida mahalliy dasturchilar tomonidan ishlab chiqilgan oʻzbek va rus

tillaridagi oʻyinlar bilan bir qatorda, ingliz tilini oʻrganish boʻyicha 400 tadan ortiq taqdim
qilingan oʻyinlar joylashtirilgan. Brauzerlarda Flash Player qoʻllab-quvvatlash tugaganligi
sababli, oʻyinlar hozirda faol holatda emas.

“Taʼlimiy muassasalar” — respublikaning barcha taʼlim muassasalari, shuningdek,

mutaxassisliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi.

“Iqtidorli yoshlar” — Oʻzbekistondagi iqtidorli yoshlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

joylashtirilgan.

“Saytlar” (Saytlar reyestri) ushbu boʻlimda foydalanuvchilar taʼlimiy va bilim berishga

moʻljallangan saytlar, kutubxonalar, turli xildagi maʼlumotnomalar, ensiklopediyalar, mashhur
shaxslarning shaxsiy saytlari katalogi shakllantirilgan va foydalanuvchilarga tavsiya etilgan.

“Sayt-satellitlar” — taʼlim oluvchilar, oʻqituvchilar va boshqa tashabbuskor

foydalanuvchilar oʻzlarining shaxsiy yoki taʼlim muassasalari uchun zn.uz domenida bepul sayt
(sayt-satellit) yaratish imkoni yaratilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

46

Ziyonetning vazifalari

Yoshlar uchun: ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash samaradorligini oshirishga; oʻsib

kelayotgan yosh avlodning Vatanga muhabbat tuygʻusini, oʻzbekistonning boy tarixi, xalqning
milliy anʼanalari va maʼnaviy qadriyatlarini bilishga asoslangan yuksak maʼnaviy-axloqiy
fazilatlarini mustahkamlashga; faol hayotiy mavqega ega boʻlgan barkamol shaxsiy voyaga
yetkazishga qaratilgan milliy axborot resurslarini shakllantirish va rivojlantirish;

Oʻzbekistonning milliy manfaatlarini hisobga olgan holda, yoshlarning maʼnaviy, aqliy

jihatdan kamol topishiga koʻmaklashadigan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tahliliy,
maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-taʼlim hamda boshqa axborotdan keng koʻlamda foydalanishni
taʼminlash;

Yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, har xil sport turlarini

ommalashtirish;

Respublika oʻquvchilari va yoshlari uchun masofaviy taʼlim usullarini, boshqa axborot-

kommunikatsiya xizmatlarining keng kompleksini taʼlim tizimiga joriy etishda koʻmaklashish.

Xulosa

Ziyonet axborot ta’lim tarmog'i O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi

raqamlashtirishni amalga oshirish va zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish yo‘lidagi
muhim loyihalardan biridir. U mamlakatdagi barcha ta'lim muassasalarini axborot tizimlari
bilan ta'minlash, o‘quvchilarga masofaviy ta'lim va boshqa raqamli resurslardan foydalanish
imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan. Ziyonet portalining turli bo‘limlari orqali, o‘quvchilar va
o‘qituvchilar uchun bilim olish va tajriba almashish uchun keng imkoniyatlar taqdim etiladi. Bu
loyiha O‘zbekiston ta’lim tizimini innovatsion texnologiyalar bilan rivojlantirishga, yoshlarni
Vatanparvarlik, ma’naviy qadriyatlar, sog‘lom turmush tarzi kabi muhim yo‘nalishlarda
tarbiyalashga, shuningdek, masofaviy ta’limni kengaytirish orqali o‘qitish usullarini
takomillashtirishga xizmat qiladi. Ziyonet tarmog‘i o‘zining ko‘p funksiyali xizmatlari va
resurslari orqali O‘zbekistonning ta’lim tizimini modernizatsiya qilishda muhim rol
o‘ynamoqda.

References:

1.

“Axborot-Kommunikatsiya texnologiyalari Qishloq xo’jaligida”-Toshkent,2022

2.

Axborot Komunikatsiya Texnologiyalari-Toshkent,2017

3.

O. Abduraxmonov "Development of a structure for implementation of parallel

algorithmes based on cubic splines in a multiple nuclear processor” International Journal of
Engineering and Information Systems //Vol. 5, Issue 5., Pages: 63-66,2021 y.
4.

O. Abduraxmonov “Ko‘p yadroli protsessorda kubik bazisli splaynlar asosida parallel

algoritmlarni amalga oshirish tuzilmasini ishlab chiqish” Academic Research In Edicational
Sciences Scientific Journal // Vol.2,Issue3.,Pages: 628-633,2021 y.
5.

O. Abduraxmonov “Some methods of signals digital operation” International journal for

advanced research in science & technology // Vol.10, Issue 06., Pages: 1-4, 2020 y.
6.

Abduraxmonov Odiljon Qobulovich: Pandemiya sharoitida “Axborot-kommunikatsion

texnologiyalari” dan foydalanib,elektron ta’lim shakliga o‘tishning o‘ziga xos xususiyatlari.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

47

“International scientific-online conference on innovation in the modern education system.
Washington University in St.Louis

.

7.

Usmanova Mavluda Soyibjon qizi, Karimov Otabek Raximovich, Mamatov Shohruxbek

Muhammadjon o‘g’li “OLIY TA’LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYARDAN FOYDALANISHNING
ILMIY METODIK ASOSLARI” “XALQ TA’LIMI XODIMLARINI “UZLUKSIZ KASBIY
RIVOJLANTIRISH”GA MOSLASHISH JARAYONINING IJTIMOIY-PEDAGOGIK MUAMMOLARI”
MAVZUSIDAGI ILMIYAMALIY ANJUMANI 2022-yil 31-oktyabr.
8.

Usmonova Mavludaxon Soyibjon qizi “

TА’LIM MUАSSАSАLАRIDА ELЕKTRОN O‘QUV

АDАBIYOTLАRIDАN FОYDАLАNISH” INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR
JURNALI JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH MAY 2023 8.Усмонова
Мавлудахон Сойибжон қизи, Каримов Отабек Рахимович, Маматов Шоҳрухбек
Муҳаммаджон ўгли “ИҚТИСОДИЁТДА РАҚАМЛИ ТЕХНОЛОГИЯЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШ”
«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy,
onlayn konferensiya 2022
9.

Usmonova Mavludahon Soyibjon qizi "Library of Programming Languages Python" Easy

Delivery Methods Using Modern Information Communication Tools” European Journal of
Pedagogical Initiatives and Educational Practices ISSN (E): 2938-3625 Volume 1, Issue 1, April,
2023
10.

Usmonova Mavludakhon “Operating Principles and Applications of Blockchain

Technology” European Journal of Pedagogical Initiatives and Educational Practices ISSN (E):
2938-3625 Volume 1, Issue 9, December, 2023

Библиографические ссылки

“Axborot-Kommunikatsiya texnologiyalari Qishloq xo’jaligida”-Toshkent,2022

Axborot Komunikatsiya Texnologiyalari-Toshkent,2017

O. Abduraxmonov "Development of a structure for implementation of parallel algorithmes based on cubic splines in a multiple nuclear processor” International Journal of Engineering and Information Systems //Vol. 5, Issue 5., Pages: 63-66,2021 y.

O. Abduraxmonov “Ko‘p yadroli protsessorda kubik bazisli splaynlar asosida parallel algoritmlarni amalga oshirish tuzilmasini ishlab chiqish” Academic Research In Edicational Sciences Scientific Journal // Vol.2,Issue3.,Pages: 628-633,2021 y.

O. Abduraxmonov “Some methods of signals digital operation” International journal for advanced research in science & technology // Vol.10, Issue 06., Pages: 1-4, 2020 y.

Abduraxmonov Odiljon Qobulovich: Pandemiya sharoitida “Axborot-kommunikatsion texnologiyalari” dan foydalanib,elektron ta’lim shakliga o‘tishning o‘ziga xos xususiyatlari. “International scientific-online conference on innovation in the modern education system. Washington University in St.Louis.

Usmanova Mavluda Soyibjon qizi, Karimov Otabek Raximovich, Mamatov Shohruxbek Muhammadjon o‘g’li “OLIY TA’LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYARDAN FOYDALANISHNING ILMIY METODIK ASOSLARI” “XALQ TA’LIMI XODIMLARINI “UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISH”GA MOSLASHISH JARAYONINING IJTIMOIY-PEDAGOGIK MUAMMOLARI” MAVZUSIDAGI ILMIYAMALIY ANJUMANI 2022-yil 31-oktyabr.

Usmonova Mavludaxon Soyibjon qizi “TА’LIM MUАSSАSАLАRIDА ELЕKTRОN O‘QUV АDАBIYOTLАRIDАN FОYDАLАNISH” INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH MAY 2023 8.Усмонова Мавлудахон Сойибжон қизи, Каримов Отабек Рахимович, Маматов Шоҳрухбек Муҳаммаджон ўгли “ИҚТИСОДИЁТДА РАҚАМЛИ ТЕХНОЛОГИЯЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШ” «Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 2022

Usmonova Mavludahon Soyibjon qizi "Library of Programming Languages Python" Easy Delivery Methods Using Modern Information Communication Tools” European Journal of Pedagogical Initiatives and Educational Practices ISSN (E): 2938-3625 Volume 1, Issue 1, April, 2023

Usmonova Mavludakhon “Operating Principles and Applications of Blockchain Technology” European Journal of Pedagogical Initiatives and Educational Practices ISSN (E): 2938-3625 Volume 1, Issue 9, December, 2023