ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
42
“YUSUF VA ZULAYHO” TUKUMIDAGI DOSTONLAR
Xidirova Turgʻunoy Abdumajid qizi
Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti
filologiya va tillarni oʻqitish oʻzbek tili
2-bosqich 51-23-guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14292486
Annotatsiya:
Adabiyot olamida 150 dan ortiq namunasi boʻlgan “Yusuf va
Zulayho”dostonining Rabgʻuziy, Durbek, Abdurahman Jomiy va boshqa ayrim yozuvchilar
tomonidan yaratilgan variantlarini solishtirib oʻxshash va farqli jihatlarini koʻrib chiqamiz.
Kalit soʻzlar
: Yusuf, Zulayho, turkum, Azizi Misr, Rabgʻuziy, Durbek, Qur’oni Karim, Injil,
doston.
Adabiyot tarixini oʻrganar ekanmiz, uni dastlab davrlashtirishdan boshlash zarur albatta.
Nasimxon Rahmonov oʻzining “Oʻzbek adabiyoti tarixi (eng qadimgi davrlardan XV asrning
birinchi yarmigacha)” nomli oʻquv qoʻllanmasida eng qadimgi davrlardan XV asrning birinchi
yarmigacha boʻlgan adabiyot tarixining oʻzini besh qismga boʻlib chiqadi. Biz yuqorida tilga
olgan “Yusuf va Zulayho “dostoni aynan shu kitobning Islomdan keyingi adabiyot tarixining
Temuriylar davri adabiyoti qismida kiritilgan va tahlil qilingan.Ushbu kitobda aytilishicha
“Yusuf va Zulayho “qissasi ilk marotaba Musoning “Ibtido “kitobida uchraydi.Bu kitob
miloddan oldingi II ming yillikning oʻrtalarida paydo boʻlgan. Garchi “Ibtido” da ushbu asar
“Yusuf va Zulayho “nomi bilan keltirilmagan boʻlsa ham, 37-bobdan Yusuf bilan bogʻliq voqea
boshlanadi va Yoqub avlodlari Misrga koʻchib borishi, u yerda oʻrnashganlari, Yusufning vafot
etishi bilan “Ibtido “yakunlanadi...” Bu ma’lumotdan shuni anglash mumkinki, sayyor obraz
hisoblanuvchi Yusuf,ilk bor milloddan oldingi II ming yillikning oʻrtalarida paydo boʻldi va
hozirgacha tildan tilga asardan asarga koʻchib bormoqda.Jumladan,aynan Yusuf obrazi asl
manbai – ilohiy muqaddas kitoblar: Qur’oni Karim, Injil hisoblanadi. Bu kitoblarda
paygʻambarlar avlodidan boʻlgan Yusuf paygʻambar haqida aytib oʻtilgan va hayoti
tasvirlangan. Boshqa asarlarga oʻtgan Misr vaziri ya’ni Azizi Misrning ayoli uni sevib qolib
nayranglar uyushtirishi esa “goʻzal sevgi qissasi “nomi bilan mashhur boʻldi.Zulayho ismi esa
ana shu qissa ixlosmandlari tomonidan shartli ravishda qoʻyilgandir.Chunki aytib
oʻtganimizdek bu voqealar muqaddas kitoblarda tasvirlangan voqealar boʻlib,bu kitoblarda
hech qanday Zulayho ismi uchramaydi,obraz Azizi Misr ya’ni,Misr davlatida mavjud boʻlgan
davlat kishisi Misr vazirining ayoli deya aytib ketiladi.
Yusuf goʻzalligiga oshiq boʻlib,maʼshuqa obrazida Zulayho mustaqil,makkor,hayosiz
koʻrinishda barcha turkumlarda tasvirlansada,uning Yusuf bilan koʻrishishi va sevib qolishi
turlicha tarzda belgilanadi.Jumladan,nasriy usulda bayon etilgan “Qissasi Rabgʻuziy” asarida
2xil tarzda ifodalandi,buning sababi esa Rabgʻuziy bu asarini yozish mobaynida biror tarixiy
voqeaning oʻzi bilgan va u yashagan davrda mavjud boʻlgan turli variantlarni keltirib,ularning
ichida aniq birining ma’qullashdan, toʻgʻri deya atashdan yiroq boʻlib,oʻzi tasdiqlovchi
maʼlumotlar izlab, tasdiqlab ,isboti bilan koʻrsatishga uringanligidan deyishimiz mumkin.
Mavzuga qaytadigan boʻlsak, Rabgʻuziy Zulayho va Yusuf koʻrishishi, Zulayhoning Yusufni
sevib qolishining voqeligini quyidagi ikki holati mavjudligini keltiradi:
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
43
1.
”Rivoyatda kelmish Vahhob ibn Munabbah roziyallohu qnhu aytur:” Yusuf bahosi toʻrt
yuz ratl oltun,toʻrt yuz ratl kumush,toʻrt yuz ratl inju, gavhar muqarrar boʻldi.Zulayho eri Azizi
Misrga xabar qildi.-”U oʻgʻlonni sen sotilgan olgʻil,bizga qul boʻlsin” yeb.Bilmadiki oʻzi anga qul
boʻlgʻusi.
2.
”Yana bir rivoyatda Zulayho amoriyga oʻlturub tamoshadin kelurda Yusufga
yoʻluqdi,koʻngul isiqdi.Misrgʻa aytdi: “Bu oʻgʻlonni sotilgan olgʻil”. Aziz aytdi:” Bizning molimiz
yoʻq,baho tegurgaymiz...”
Shunda Zulayho bor mulkini,jismidagi tillarini ham sotib boʻlsa ham uni sotib olishga
zarurligini aytadi.Rabgʻuziy keltirgan dalillarga qaraganda Zulayho Yusufni tasodifan uchratib
qolib,soʻng yaxshi koʻrib qoladi.Ammo boshqa bir varianti boʻlgan Qul Aliy qalamiga mansub
“Yusuf va Zulayho “dostonida esa Yusufni tushida koʻrib,uni yaxshi koʻrib qolgach,Aziz uni
asrab olishidan tushida xabar topgan Zulayho Azizi Misrga turmushga chiqadi.Xuddi shu
syujet Durbek, Abdurahman Jomiylarnign “Yusuf va Zulayho “dostonlarida ham bor,yuqorida
koʻrib chiqqan Rabgʻuziyning asarida esa boshqacha talqinda keltiriladi.Ramz Bobojon
qalamiga mansub variantda esa dramatik asar shaklida boʻlib,Yusufning aybdorligi boshqa
variantlardagidek Zulayho makri orqali yuklanadi,farqli jihati shundaki bunda yana bir
vositachi Nodir obrazi ham qoʻshiladi.”Qissasi Rabgʻuziy”da esa Qur’oni Karimdagi voqealar
singari Zulayho erini uchratib qolgach,vaziyatdan chiqish uchun oʻzi tuhmat qiladi: “... Zulayho
aydi: man bu soat evda yoʻqtur erdim,Yusuf kirdi,meni koʻrdu,yolgʻiz.Ev avloq manga ilik
sungʻali, oʻgʻradi.Achigʻlandim,tutayin teb Quva chiqdim.,seni munda koʻrdim.”
Albatta ta’kidlash kerakki,”Yusuf va Zulayho “ voqeligi muqaddas kitoblardan boshlanar
ekan,u boʻlgan voqeadir.Shuning uchun ham bu turkumda asar soʻngida kelib chiquvchi
maqsad,voqealar rivoji oʻzgarmay balki obrazlar ismi,vositalar va vositachilar oʻzgarib
turadi.Bu yozuvchining eshikdan kirayotgan shaxs qay yoʻldan kelayotgani,ahvolini ijodkor
ona tasvirlay olishi va oʻquvchini qiziqtira olishidan farqlanadi.Oʻquvchiga yetkazilishi kerak
boʻlgan ma’lumot esa obraz eshikdan maʼlum vaqtda kirib kelgani hisoblanadi,oraliqdagi
voqelik esa yozuvchiga havola tarzida qoldiriladi.Shu sababli ham tarixiy prototip asosida
obraz shakllantirgan,tarixiy mavzuda asar yozayotgan yozuvchidan oʻta mohirlik va
sinchkovlik talab qilinadi.Negaki u dalillarni oʻzgartirib yuborishi,tarixni yangilab yuborishi
mumkin,ammo bunga yoʻl qoʻymasligi zarur.Aynan shuning uchun ham Odil Yoqubov,Oybek
kabi tarixiy romannavis yozuvchilarga qoyil qolmay ilojimiz yoʻq,shu jumladan “Yusuf va
Zulayho” dostonining mualliflariga ham.Bu asar ham asrlar davomida turli yozuvchilar
nigohida jilvalanib turkumni hosil qildi va oʻz ma’nosini yoʻqotmadi.
References:
1.
Nasimxon Rahmonov- “Oʻzbek adabiyoti tarixi(eng qadimgi davrlardan XV asr birinchi
yarmigacha)” T.:”Sano- standart “ 2017.
2.
Nosuriddin Rabgʻuziy – “Qissasi Rabgʻuziy” 2-kitob. “Yozuvchi” nashriyoti - 1991.
3.
Ramz Bobojon-“Yusuf va Zulayho “ T.:“Gʻafur Gʻulom” nashriyoti – 2000.
4.
Abdurahmon Jomiy-“Yusuf va Zulayho “. T.:”Gʻafur Gʻulom” -1997.