ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
65
BIOLOGIYA O’QITISHDA O’QUVCHILARDA MUSTAQIL VA IJODIY
FAOLIYATNI TARKIB TOPTIRISHNI RIVOJLANTIRISH
Toshboyev Ermat Ergashevich
Termiz davlat universiteti akademik litseyi
“Tabiiy fanlar kafedrasi” o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14376900
Annotatsiya:
Ushbu tezisda biologiya o’qitishda o’quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr
yuritish ko’nikmalari, faoliyat tajribalarning asosi, biologik fikr yuritish, o’quvchilarda biologic
tushunchalarni rivojlantirish va kengaytirish haqida fikr-mulohazalar yuritilgan.
Kalt so’zlar:
fikr, mulohaza, fakt, texnologiya, ijodiy fikr yuritish, xulosa.
Fikr inson faoliyati, uning o’z kuchi, qudrati va bilimini tashkil etuvchi ma’naviy-insoniy
sifatidir. Fikr rivoji ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi
bo’lganligi uchun, biologiyani o’qitish jarayonida o’quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr
yuritish ko’nikmalarini rivojlantirish zarur.
Biologiyani o’qitishda o’qituvchi o’quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish
ko’nikmalarini rivojlantirish uchun avvalo:
O’quvchilarning darsda mustaqil ishlashlari uchun o’quv topshiriqlarini tuzishi;
Biologik obyektlar, tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlarni o’rganish maqsadida tajriba va
kuzatish o’tkazish yuzasidan ko’rsatmalar tayyorlashi;
O’quvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning mustaqil ta’limi uchun
qo’shimcha adabiyotlar va multimedialarni tanlashi lozim.
O’quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirish uchun,
ta’lim-tarbiya jarayonida rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasini qo’llash zarur.
Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasining asosiy g’oyasi o’quvchilarni har tomonlama
rivojlantirish sanaladi. Mazkur texnologiyaning asosiy xususiyatlari: o’quvchilarni o’z bilish
faoliyatini subyektiga aylantirib, fikr yuritish mexanizmini shakllantiradi, rivojlantiradi.
O’quvchilarning bilish faoliyati empirik va nazariy bilish yaxlitligida tashkil etilib, o’qitish
jarayonida bilimlarni deduktiv usulda o’rganish ustuvor bo’ladi. O’qitish jarayonining asosini
o’quvchilarning o’quv topshiriqlarini bajarish orqali vujudga keltiriladigan mustaqil faoliyat
tashkil etadi. O’quvchilarning aqliy rivojlanishiga zamin tayyorlab, bu jarayonda tanqidiy va
ijodiy fikr yuritishni shakllantirish ustuvor yo’nalish sanaladi. Fikr yuritishning bu ikki tipi
bir-birini to’ldiradi va taqozo etadi. Tanqidiy fikr yuritish shaxsning voqea va hodisalar
haqidagi munosabati va fikrini vujudga keltirib, uning tarkibiga quyidagi kiradi: Tahliliy fikr
yuritish (axborotni tahlil qilish, zarur faktlarni tanlash, taqqoslash, faktlar va hodisalarni
chog’ishtirish).
Biologiya va tabiiy – ilmiy savodxonligi: Hayotiy hodisalarda ilmiy usulda hal qilinishi
mumkin bo’lgan muammolarni aniqlash, kuzatish va tajribalar asosida xulosalar chiqarish
kompetensiyasi. Bu xulosalar atrofimizdagi olamni tushunish va inson faoliyati natijasida
unda sodir bo’layotgan o’zgarishlarni anglab yetish, shunga ko’ra kerakli qarorlar qabul qila
olish ko’nikmasini rivojlanishiga imkon yaratadi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
66
O’quvchilarda tahliliy fikr yuritish ko’nikmalarini shakllantirish uchun biologiya
o’qituvchisi har bir darsda avval o’rganilayotgan obyektlar bilan o’rganilgan obyekt
o’rtasidagi bog’lanishlarni aniqlaydigan topshiriqlarni berishi kerak.
Biologiyani o’qitishda o’qituvchi o’quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish
ko’nikmalarini rivojlantirish uchun o’qituvchi, avvalo:
-
O’quvchilarning darsda mustaqil ishlashlari uchun o’quv topshiriqlarini tuzishi, biologic
ob’ektlar, tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlarni o’rganish maqsadida tajriba va kuzatish
o’tkazish yuzasidan ko’rsatmalar tayyorlashi;
-
O’quvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning mustaqil ta’lim uchun
qo’shimcha adabiyotlar va multimedialarni tanlashi lozim;
-
O’quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirish uchun
ta’lim-tarbiya jarayonida rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasini qo’llash zarur.
O’quvchining ijodiy fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirishda o’qituvchi tahliliy fikr
yuritishning tarkibiy qismlaridan, xususan, mustaqil fikr yuritish ko’nikmalaridan
foydalanishi mumkin. Shuni qayd etish kerakki, o’quvchilarda mustaqil fikr yuritish
ko’nikmalarini rivojlantirmay turib, ijodiy fikr yuritish ko’nikmalarini shakllantirish va
rivojlantirish mumkin emas.
Biologiya ta’limida o’quvchilarda mustaqil va ijodiy faoliyatlarni rivojlantirishda bir
qator muammolar yuzaga kelishi mumkin. Ushbu muammolarni hal etish uchun tureli xil
strategiyalar va yondashuvlar qo’llaniladi. O’quvchilarda mustaqil va ijodiy faoliyatlarni
rivojlantirishda asosiy muammolar quyidagilar:
-
Biologiya faniga qiziqishnining kamligi o’quvchilarning mustaqil va ijodiy faoliyatiga
salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
-
O’quv materiallari, laboratoriya jihozlari va texnologiyalarning yetarli emasligi ta’lim
jarayonida qiyinchilik tug’dirishi mumkin.
-
Ba’zi hollarda o’qituvchilarning metodik ko’nikmalari va ijodiy yondashuvlari yetarli
bo’lmasligi mumkin.
-
O’quvchilarning motivatsiyasini oshirish uchun rag’batlantiruvchi ta’lim texnologiyalari
va metodlari yetarli darajada qo’llanmasligi.
-
O’quvchilar uchun tajriba va amaliyot o’tkazish imkoniyatlarining cheklanganligi.
Biologiya ta’limida o’quvchilarda mustaqil va ijodiy faoliyatlarini rivojlantirishdagi
muammolarni hal etishda quyidagi yechimlarni tavsiya etadi:
- interaktiv va qiziqarli darslar o’tkazish, biologiyaning kundalik hayotdagi ahamiyatini
tushuntirish orqali o’quvchilarning qiziqishini oshirish;
- zamonaviy o’quv materiallari va labaratoriya jihozlarini ta’minlash, onlayn resurslar va
texnologiyalarni ta’lim jarayoniga jalb etish;
- o’qituvchilar uchun malaka oshirish kurslari va seminarlarini tashkil etish, zamonaviy
pedagogic texnologiyalar va metodlarni o’rganish;
- o’quvchilarni mustaqil va ijodiy faoliyatga jalb etish uchun rag’batlantirish tizimlarini
qo’llash, masalan, mukofotlar, tanlovlar va loyihalar;
- tajriba o’tkazish uchun labaratoriyalar tashkil etish, ilmiy loyihalar va tadqiqotlar uchun
sharoit yaratish.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
67
O’quvchilarda biologiya faniga qizishni uyg’otish va motivatsiyani oshirish uchun
interaktiv darslar, qiziqarli labaratoriya mashg’ulotlari va real hayotiy misollarni qo’llash
zarur. Bunday yondashuv o’quvchilarning biologiya faniga nisbatan ijobiy munosabatini
shakllantirishga yordam beradi.
Ta’lim jarayonida zamonaviy resurslar va texnologiyalardan foydalanish o’quvchilarning
mustaqil va ijobiy faoliyatlarini rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega. Elektron o’quv
materiallari, onlayn platformalar va virtual labaratoryialar o’quvchilarga o’rganish jarayonini
qiziqarli va samarali qilish imkonini beradi.
O’quvchilarga biologiya fanida amaliyot va tajriba o’tkazish imkoniyatlarini yaratish
ularning mustaqil va ijodiy fikrlashini rivojlantirishga kata yordam beradi. Tajribalar va
labaratoriya ishlari o’quvchilarning ilmiy yondashuvlarini kuchaytiradi va ularning nazariy
bilimlarini amaliyotga qo’llashga yordam beradi.
O’quvchilarning mustaqil va ijodiy faoliyatlarini rag’batlantirish uchun turli xil tanlovlar,
loyihalar va mukofotlar tizimini joriy etish muhimdir. Bunday tadbirlar o’quvchilarning
motivatsiyasini oshiradi va ularni yangi yutuqlarga undaydi.
References:
1.
Allamurotov M va boshqalar. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida biologiya fanidan
labaratoriya va amaliy mashg’ulotlar o’tkazish uchun metodik qo’llanma. T. O’zFA. Fan 2008
2.
Niyozov Q. A. Biologik ta’lim jarayonida o’quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlashni
rivojlantirish. Namangan. 2019-yil
3.
G’ofurov A.T, Tolipova J.O va boshqalar. Biologiya o’qitish metodikasi. Oliy o’quv yurtlari
uchun darslik. Toshkent 2013 y
4.
Niyozov Q.A. biologiya fanini o’qitishda pedagogic texnologiyalar – 2017 y.