ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
126
GLOBALLASHUV JARAYONINING IJTIMOIY HAYOTDAGI AHAMIYATI
Hasanov A.
SamDUKF Aniq va tabiiy fanlar fakulteti o’qituvchisi
Tursuno V.
Samarov B.
Buxgalteriya hisobi va audit ta’lim yo’nalishi talabalari
https://doi.org/10.5281/zenodo.14498440
АNNOTATSIYA
Ushbu maqolada globallashuv jarayonining ijtimoiy hayotdagi ahamiyati, uning yoshlar
dunyoqarashiga ta’siri, milliy qadriyatlarga ma’naviy va g’oyaviy jihatlariga ta’siri borasida
fikrlar bildirilgan.
Kalit so’zlar:
Globallashuv, ijtimoiy hayot, g’oyaviy tarbiya, milliy qadriyat, madaniyat,
ma’naviyat, g’oyaviy immunitet, mafkuraviy jarayonlar.
ABSTRACT
This article discusses the importance of the globalization process in social life, its impact
on the worldview of young people, and its impact on national values, their spiritual and
ideological aspects.
Key words:
Globalization, social life, ideological education, national values, culture,
spirituality, ideological immunity, ideological processes.
KIRISH
XXI asr boshlariga kelib dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi aloqalarning murakkab =lashib
ketishi, ijtimoiy taraqqiyotning jadallashuvi shaxs va jamiyat orasidagi aloqadorlik
muvozanatini buzmoqda. Natijada shaxsning ijtimoiy voqelikka ta’siri kamayib, jamiyatning
esa shaxsga ta’siri yo‘nalishlari ko‘payib bormoqda.
Globallashuv jarayoni keltiradigan qulaylik va imkoniyatlardan ko‘proq foydalanish
uchun uni chuqur o‘rganish, foydali va zararli jihatlari atroflicha tahlil qilish zarur. Faqat
shundagina u keltirishi mumkin bo‘lgan foydadan ko‘proq manfaatdor bo‘lib, uning zararli
tomonlarini chetlab o‘tish imkoniyati tug‘iladi. Globallashuvni to‘la va chuqur o‘rganmay
turib, uning imkoniyatlaridan foydalanish ham, zararli oqibatlaridan saqlanish ham mumkin
emas. Globallashuv jarayoni ijtimoiy intergatsiyalashuv orqali oldiga qo‘ygan maqsadga
erishish mumkinligini dunyo xalqlari bugungi kunda anglab yetishmoqda. Globalizatsiyaning
hozirgi kunda mavjud manbalari kommuni katsiya vositalaridagi tub o‘zgarishlar,
investitsiyadagi yangi jarayon; dunyoga yangicha qarashning vujudga kelishi. Dunyodagi
biron bir mamlakatni globalizatsiya chetlab yoki ayirib o‘ta olmaydi. U barcha mamlakatlarga
o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Globalizatsiyaga to‘g‘ri yondashilsa taraqqiyotni tezlashtiradi, tinch-
totuvlikni ta’minlaydi va qo‘shni davlatlar bilan munosabatni yaxshilaydi. Globalizatsiya
jarayoni ko‘pincha iqtisodiy omillarga bog‘liq hodisa sifatida izohlanadi. Haqiqatdan esa u
ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga o‘z ta’sirini o‘tkazib, taraqqiyot yoki yangilanishlar
manbai hisoblanadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Globallashuvga biz chuqurroq yondashib fikr yuritganimizda insoniyatga ko‘rsatadigan
ijobiy ta’siri bilan birga, chuqur tafovutlarni ham keltirib chiqardi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
127
Agar ularga e’tibor berilmasa jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Birinchidan, Globallashayotgan dunyo, jadallashayotgan progress, farovonlashayotgan
turmush shaxsning jamiyatdagi o‘rniga, ijtimoiy mavqeiga putur yetkazmoqda. V. Parsvaniya
ta’kidlaganidek: “Konkret “Men” mavhumlashib, umumiy “Men” bag‘riga singib bormoqda.
Individ nochorlashib, uning mavjudligi bema’nilashib ketmoqda. Ijtimoiy munosabatlar eng
asosiy qadriyat bo‘lmish insonni ulug‘lashga, uni o‘z maqsadiga aylantirishga ojizlik
qilmoqda”[1].
Ikkinchidan, globalizatsiya natijasida rivojlangan mamlakatlarda aholi daromadi foiz
hisobiga oshib bormoqda kam taraqqiy etgan daromadi foiz hisobiga oshib bormoqda, kam
taraqqiy etgan mamlakatlarda esa tobora aholi daromadi foiz hisobiga tushib,
qashshoqlashuvni keltirib chiqarmoqda, ya’ni bu mamlakatlar xomashyo tovarlarini ishlab
chiqib eksport qilayotir;
Uchinchidan, Globallashuvning turli mamlakatlarga o‘tkazayotgan ta’siri ham turlicha.
Jamiyatning shaxsga ta’siri kuchaygani sayin hozirgi zamon kishilarining ayrim qismida
ijtimoiy o‘zgarishlardan hayiqish, qo‘rqish tuyg‘usi rivojlanmoqda. Qo‘rquv–bir tomondan,
shaxsdagi tashabbuskorlikni yemirsa, ikkinchi tomondan, insonni g‘ayriinsoniy maqsadlarga
bo‘ysundirish imkoniyatini kengaytiradi.
To‘rtinchidan, Globallashuv sharoitida jahon xalqlarining milliy-madaniy qadriyatlari
uyg‘unlashib, yangi faoliyat normalari va prinsiplari, qoidalari va qadriyatlari qaror topib
borayotganini kuzatish mumkin. Bunday sharoitda esa dunyo xalqlari, xususan kam sonli
millatlarning milliy an’ana va qadriyatlari xavf ostida qolmoqda. G‘arb olimlari tomonidan
ayni shu jihatni ko‘zda tutgan “erituvchi qozon nazariyasi” ilgari surilmoqda. Bu nazariya
tarafdorlarining fikricha, globallashuv sharoitida millatlarning qadriyatlari, an’ana va urf-
odatlari bir qozonda qaynagan taomdek qo‘shilib, aralashib ketadi.[2]
Beshinchidan; Rivojlangan mamlakatlarda shaxs ongi va faoliyatining kriminalizatsiyasi
va nigilizatsiyasi sodir bo‘lmoqda. Rivojlanayotgan va rivojlanmagan mamlakatlar
fuqarolarining qadriyatlari sistemasida milliylikning yemirilib borayotgani sezilib turadi.
Oltinchidan: Jahondagi globallashuv jarayonlari ko‘pqutbli dunyoning shakllanishiga
zamin hozirladi. Ko‘p qutbli dunyo deganda umumjahon barqarorligi, xavfsizligi va
taraqqiyotini ta’minlab turgan bir necha iqtisodiy va siyosiy markazlarni o‘z ichiga oluvchi
sistema tushuniladi. Jahonda turli siyosiy va iqtisodiy markazlarning mavjudligi barcha
millatlarning manfaatlarini inobatga olish imkonini beradi, albatta. Ayni paytda u barcha
xalqlarni yagona standart, turmush tarzi va mafkuraga bo‘ysundirish xavfidan sug‘urta qiladi.
Biroq ko‘p qutbli dunyoning shakllanishi jahonni to‘rtinchi bora bo‘lib olishga intilishni
boshlab berishi ham mumkin. Ma’lumki, birinchi bor (birinchi jahon urushi mobaynida)
dunyo hududini, ikkinchi bor (ikkinchi jahon urushi mobaynida) kapitalini, uchinchi bor esa
(XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab bugungi qadar) o‘zga mamlakatlarga mafkuraviy,
infor-matsion, texnologik ta’sir meyorini bo‘lib olishga urinildi. Ko‘p qutbli dunyo esa
mamlakatlarning intellektual salohiyati uchun kurashni boshlab berishi mumkin. Bunday
vaziyat o‘zbek kishisini yangi taraqqiyot modellari, yangi texnologiyalar bilan tanishtiradi. Bu
yaxshi, albatta. Biroq, ushbu tani-shuv milliy madaniyat, til va an’analardan voz kechish
evaziga sodir bo‘lsa-chi? Bunday geosiyosiy vaziyat millatlarning eng yetuk aql sohiblarini
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
128
o‘zga manfaatlar ta’siri ostiga tushirib qo‘ysa-chi? Ko‘p qutbli dunyoning asosiy xavf-xatarlari
ham ana shu savollarda jamlangan.
Yettinchidan: Yigirmanchi asr madaniy taraqqiyoti ommaviy madaniyatning avj olishiga
va keng tarqalishiga poydevor yaratdi. G‘arb mamlakatlarida madaniyat yutuqlaridan keng
ommani “bahramand” qilish maqsadida madaniy durdonalarning soddalashtirilgan,
primitivlash tirilgan muqobillari ishlab chiqila boshlandi. Bu jarayon oxir-oqibatda “ommaviy
madaniyat” nomini oldi. Bugun esa “ommaviy madaniyat” niqobi ostida axloqiy buzuqlik va
zo‘ravonlik, individualizm va egotsentrizm g‘oyalari tarqala boshladi[3]
XULOSA
Yuqorida sanab o‘tilgan glaballashuvning oqibatlari kishilardan har bir qadamini o‘ylab
bosishni taqozo qilmoqda. Globallashuv jarayonlari bu amalga oshishi va bo‘lishi tabiiy
bo‘lgan hodisaga aylanib qoldi. U hech bir davlat va jamiyatni chetlab o‘tmaydi. Shunday ekan
globallashuvga jamiyatni tayyorlab, buning mohiyatini fuqarolarga tushuntirib, keltirib
chiqarishi mumkin bo‘lgan ijobiy va salbiy oqibatlar haqida dunyoqarash hosil qilib
bormog‘imiz kerak. Aks holda globalizatsiyaga jamiyatni tayyorlamas ekanmiz, globalizatsiya
bizni o‘z yo‘rig‘iga solib, rivojlangan mamlakatlarga xom-ashyo yetkazib beruvchi mamlakat
holatida qolaveramiz. Buning oldini olish va mamlakatimizni rivojlantirish uchun har birimiz
ma’suliyat hissini sezmog‘imiz davr talabidir.
References:
1.
http://globalanti.risa.ru/admin/FCKeditor/ fckeditor.html.
2.
Ёқубов С. Ахборот жамияти: хаёлот эмас, ҳақиқат.// Тафаккур.-2007.- №4.-15-б.
3.
Каримов И. Юксак маънавият – енгилмас куч.- Т.: Маънавият, 2008.- 117-б.
4.
Panjiyev, S. (2019). CONCEPTS OF TRUTH OF THE NEW TIME. Scientific Bulletin of
Namangan State University, 1(7), 170-173.
5.
Suhrob, P. (2022). GLOBALIZATION PROCESS AND NATIONALSPIRITUAL FACTORS.
Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(12), 636-638.
6.
Suhrob, P. (2022). THE NOOSPHERE STAGE AND THE INCREASING RESPONSIBILITY OF
MANKIND IN THE PERSPECTIVE OF THE PLANET EARTH. American Journal of Research in
Humanities and Social Sciences, 6, 55-58.
7.
Панжиев, С. (2022). ҚАДРИЯТЛАРНИНГ ШАХС МАЪНАВИЙ ҚИЁФАСИНИ
ЮКСАЛТИРИШДАГИ ЎЗИГА ХОС ЖИҲАТЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences, 2(11), 863-866.
8.
Suhrob, P. (2021). The philosophical content of truth and its forms. World Bulletin of
Social Sciences, 4(11), 176-178.
9.
Suhrob, P. (2024). Importance Of Globalization Process in Social Life. Czech Journal of
Multidisciplinary Innovations, 29, 21-23.
10.
Панжиев, С. (2024). ЁШ АВЛОД ҚАЛБИДА МИЛЛИЙ ҒУРУР ВА ИФТИХОР
ТУЙҒУЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА НАВОИЙ МАЪНАВИЙ МЕРОСИНИНГ РОЛИ. Oriental
renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 4(5), 482-487.
11.
Panjiyev, S. (2023). APPROACH TO THE QUESTION OF TRUTH IN THE HISTORY OF
PHILOSOPHY.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
129
12.
Panjiyev, S. (2022). YUKSAK MA’NAVIYAT HAQIQAT MEZONI. Oriental renaissance:
Innovative, educational, natural and social sciences, 2(12), 1156-1159.
13.
Panjiyev, S. (2022). The relevance of the philosophical comprehension of truth. Asian
Journal of Multidimensional Research, 11(12), 195-197.
14.
Babamuratov, E., Ulmashon, D., & Zhurabek, Z. (2023). METHODS OF IDEOLOGICAL
WORK FOR YOUTH WITH IDEOLOGICAL DEPRESSION. World Bulletin of Social Sciences, 27,
136-143.
15.
Allamuratov, S. A., & Dzhuraeva, U. C. (2021). Irrigation and reclamation works in the
surkhan oasis.