Авторы

  • Mashhura Daminova
    Navoiy davlat Universiteti, o’qituvchi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.61377

Аннотация

Tilshunoslikda bugungi kungacha mazkur sohada olib borilgan tadqiqotlar ilova hodisasi muammolarini yechishga katta hissa qo‘shgan va bizga ilova konstruksiya struktur-semantik ma’nosining badiiy matnda ifodalanishi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish imkonini berdi. Tilshunoslikda gapni aktual bo‘laklarga bo‘lish va ilova hodisasi to‘g‘risidagi ilmiy qarashlar qator chet el va rus tilshunosligida keng qo‘llanib kelinmoqda. Chex tilshunoslik maktabining asoschilaridan biri V.Matezius mazkur nazariyaga asos solgan. Tilshunoslikda bu nazariyani ko‘plab olimlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan va har tomonlama boyitilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

51

ZAMONAVIY INGLIZ TILIDA ILOVA KOMPONENTLI KONSTRUKSIYANING

GAPLARDAGI SEMANTIK VAZIFALARI XUSUSIDA

Daminova Mashhura Zafar qizi

Navoiy davlat Universiteti, o’qituvchi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14562331

Tilshunoslikda bugungi kungacha mazkur sohada olib borilgan tadqiqotlar ilova hodisasi

muammolarini yechishga katta hissa qo‘shgan va bizga ilova konstruksiya struktur-semantik
ma’nosining badiiy matnda ifodalanishi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish imkonini berdi.
Tilshunoslikda

gapni aktual bo‘laklarga bo‘lish va ilova hodisasi to‘g‘risidagi ilmiy qarashlar

qator chet el va rus tilshunosligida keng qo‘llanib kelinmoqda. Chex tilshunoslik maktabining
asoschilaridan biri V.Matezius mazkur nazariyaga asos solgan. Tilshunoslikda bu nazariyani
ko‘plab olimlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan va har tomonlama boyitilgan.

Yirik tilshunos olim M.E.Shafiro ushbu konsepsiyani gapning hajmidan kattaroq bo‘lgan

sintaktik birliklar uchun ham qo‘llaydi. Olim rus tili sintaksisi bo‘yicha olib borgan ilmiy-
tadqiqot izlanishlarida “gapni aktual bo‘laklarga bo‘linishi” konsepsiyasini yanada
takomillashtirishga harakat qiladi, mazkur konsepsiyani gapdan kattaroq sintaktik birliklarni
tahlil qilishda ham qo‘llash mumkinligini ilmiy jihatdan asoslab berdi. M.E.Shafironing ilmiy
xulosasi mazmuni va uning xizmati gapning aktual bo‘laklari “tema” va “rema” ning sodda
gaplar tarkibida bajarib kelayotgan vazifasini ilova aloqalariga asoslangan murakkab sintaktik
butunlikning qismlari bajarib kelayotgan vazifalariga tenglashtirishda ko‘zga tashlanadi.
Gapdan kattaroq bo‘lib, ilovali aloqaga asoslangan murakkab sintaktik butunlik (matn)ni aks
ettiradigan misollar orqali yuqorida bildirilgan fikrlarning tasdig‘ini ko‘rish mumkin.

Gapning aktual bo‘lagi “rema”ni ilovali elementga tenglashtirish yoki ilovali

elementlarning “rema” vazifasida kelishi qator tadqiqotchilarning diqqat-e’tiborini o‘ziga
tortdi. Tilshunos olima E.A. Referovskaya, “rema – bu aytilgan fikrga (ma’noga) nisbatan
qo‘shimcha ma’no anglatuvchi komponentdir, ya’ni ilovali elementning aynan
o‘zginasidir”,deydi.

1

Yirik tilshunos olima E.A.Referovskayaning fikr-mulohazalarini davom

ettirib, V.A.Dmitrenko bu xulosalar to‘g‘risida quyidagilarni yozadi:

“Gapning aktual bo‘laklarga ajratilishi uning grammatik bo‘linishiga qaraganda ijobiy

xarakter kasb etadi, bu yerda “rema” matnning yakunlovchi, tugallovchi komponenti sifatida
yuzaga keladi”.

2

“Rema”ga nisbatan bildirilgan fikr-mulohazalar borgan sari kengayib,

aniqlanib, to‘ldirilib boriladi, ya’ni “rema” – bu ilovali element, ilovali element esa – bu
remaning o‘zginasidir degan tushuncha paydo bo‘ladi.

Matn lingvistikasi sohasida taniqli bo‘lgan tadqiqotchi G.V.Kim o‘zining ilmiy tadqiqot

ishlarida quyidagi fikr-mulohazalarni bildiradi.“Tahlil qilinayotgan matnning qismlari
qo‘shimcha qilish xarakteriga ega bo‘lgan dialogik birliklardan tashkil topgan bo‘lib, ularning
tashkiliy qismlari, ya’ni replikalari o‘rtasidagi sintaktik aloqa vositalari o‘zgacha xarakter kasb
etadi. Ular murakkab sintaktik butunlik- matn doirasida namoyon bo‘ladi”.

3

1.

Реферовская Е.А. Лингвистические исследование структуры текста. – Л., 1983. -215 с

2.

Реферовская Е.А. Лингвистические исследование структуры текста. – Л., 1983. -225 с

3

Вазбуцкая К.Г., Левина Е.Д. Предложение малой длины в структуре художественного текста // Семантико–

стилистические исследования текста и предложения. – Л., 1980 107-114 c


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

52

Demak, ilova konstruksiya tarkibidagi ilovali elementlar qaysi bir murakkab sintaktik

butunlik doirasida bo‘lmasin, ular doimo shu murakkab sintaktik butunlikning yakunlovchi
elementi sifatida yuzaga keladi. Xuddi ana shunday xususiyat yuqorida keltirilgan ko‘p sonli
misollar tahlilida o‘z ifodasini topadi.

Ilova konstruksiya tarkibidagi ikkinchi ilovali element birinchi ilovali element talabi bilan

yuzaga keladi, boshqacha qilib aytganda, ikkinchi ilovali elementning yuzaga kelishi uchun
birinchi ilovali elementda vaziyat paydo bo‘ladi. Bunday vaziyat birinchi ilovali element
tarkibida keluvchi komponentlar tomonidan yaratiladi. Bunday vaziyatlarni tilshunos olim
B.Tursunov, “ilovali elementlarni aniqlashtirib, izohlab keladigan matn imkoniyatlari, ya’ni
kontekstual shart-sharoit”, deb ataydi.

4

Keyingi yillarda murakkab sintaktik butunlikni o‘rganish o‘zining yangi pallasiga kirdi.

Jumladan, badiiy nutq va yozuvchilarning individual uslubini o‘rganishda murakkab sintaktik
butunlik abzatsga qiyoslandi.

Tilshunoslikda keying yillarida semantika, matn lingvistikasi, lisoniy tadqiqot metodlari,

stilistika, demak muloqot usullarining yuzaga kelishi va nutqiy jarayonning bosqichlarini, eng
avvalo, uning keng qamrovli tomonlarini tadqiq qilishga qaratilgan izlanishlar ko‘paydi. Bunda
butun nutqiy jarayonda yaxlit matn ushbu fanlar uchun umumiy tarzda namoyon bo‘ladigan
markaz vazifasini bajara boshladi. Shu tarzda matn bu fanlar uchun asosiy material bo‘lib
xizmat qilishi bilan birga, ulardan biri-matn lingvistikasining ham predmeti bo‘lib qoldi.

5

Aytish joizki, bunday matnlar o‘zlarining ma’no va mazmun xususiyatlari jihatidan bir-

biridan farq qiladi, murakkab sintaktik butunlik – bu sintaktik tushuncha, boshqacha aytganda,
u sintaksisning birligidir, sababi bu yerda gapga nisbatan o‘ziga xos sath hosil bo‘ladi; yaxlit bir
asar tarzida tashkillashtirishda grammatikaning o‘rni beqiyos bo‘lsa-da, buni faqat grammatik
tushunchalar doirasida to‘liq aniqlab bo‘lmaydi. Bu avvalo ijtimoiy-nutqiy hodisadir, u ijtimoiy
hayotning deyarli barcha sohalariga xizmat qiladi, u eng yuqori sathning kommunikativ birligi
sifatida namoyon bo‘ladi. Butun bir asar eng avval estetik kategoriya bo‘lib, uning
kommunikativ vazifasi estetik funksiya orqaligina ro‘yobga chiqadi. Shuningdek, insonning
ko‘p tarmoqli faoliyatining mahsullaridan biri sifatida bir qator fanlarning birgalikdagi
o‘rganish obyekti hamdir.

Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, ilova konstruksiyaning komponentlari ham badiiy matnda

qo‘llanib, matnni aniqlashtirib, izohlab keladi va bu jarayonda turli xil vazifalarni bajarib keladi.

Hozirgi zamon lingvistikasida lisoniy o‘ziga xos xususiyatlar biron-bir vazifani amalga

oshirib kelishini hisobga olib o‘rganiladi. Lisoniy xususiyatlar bir necha qismlarga bo‘linib
tadqiq qilinadi, ular asosiy va yordamchi funksiyalarga ajratiladi, shu jihatdan juda ahamiyatli
bo‘lgan nutqiy muloqotga kirishish xususiyatini namoyon qiladi.

Mazkur tadqiqot ishi doirasida kishilar o‘rtasida nutqiy muloqotni amalga oshirish

jarayoniga tegishli kommunikativ vazifa haqida fikr-mulohazalar bildiriladi. Shuni ta’kidlash
kerakki, kommunikativ funksiya aniq nutq vaziyatini pragmatik funksiya orqali ta’sir qiluvchi
sifatida yoki aloqa o‘rnatuvchi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Pragmatik funksiya adresat

4

Кобзев П.В. Присоединение и обособление. Ученые записи Хабаровского

гос.пед.ин–та, 1969.

35–46 С

5

Лурия А.Р. Язык и сознание / – М.: Издательство Моск.ун-та, 1979 -320 с

.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

53

nutqiga intellektual, emotsional yoki irodali ta’siri uchun tilning qo‘llanishi asosida yuzaga
keladi.

Shu o‘rinda, ilovali elementlarning asosiy kommunikativ funksiyalari asosiy ifoda

tarkibida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarni aniqlashtirishi, to‘ldirib kelishi va izohlab
kelishini alohida ta’kidlash lozim.

Ilovali elementlar tarkibida keluvchi ba’zi bir qismlarning o‘ziga mos bo‘lmagan o‘rinda

kelishi ilova konstruksiyaning sintaktik funksiyalarini ma’lum darajada kuchaytiradi, buning
natijasida tasvirlanayotgan voqea-hodisaning emotsional-ekspressiv ta’siri oshadi. Ilovali
element bajarib kelayotgan kommunikativ funksiyalarining oldin, ma’lum vaziyatda
umumlashib kelishi, keyin esa yana konkretlashtirilishi ilovali elementlarning stilistik
funksiyalarini boyitishga ma’lum darajada xizmat qiladi.

This was one variable that couldn’t be left unchecked.

Not after this morning. Not after

evading her. Not after saving people together.

6

Bu ilovali elementlar sodda strukturaviy ilovali elementlardir, ilova konstruksiyaning

tarkibiy qismlari sodda ko‘rinishga ega bo‘ladi, lekin ular muloqot qilish vazifalariga ko‘ra
alohida ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Bu yerda namuna sifatida berilgan misoldagi qo‘shimcha
qismning aniqlashtirish xususiyati yordamida ifodalanadi. Ilovali elementlarga xos bo‘lgan
bunday xususiyatlar, ularning asosiy ifodaga nisbatan bildirilayotgan kommunikativ
funksiyalarini faqatgina konkretlashtiribgina qolmasdan, balki uni umumlashtirishi ham
mumkin. Ilova konstruksiyalar muloqotga kirishish vazifalarining o‘zgaruvchanligi ayrim
ma’no anglatuvchi va struktur qismlarning o‘rinlari o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lib, ushbu holat ilova
konstruksiyalarning ham uslubiy, ham tuzilish bo‘yicha vazifalarini faollashtirishga hissa
qo‘shadi.

J.A.Vintman ikkinchi darajali bo‘laklar bilan, aniqrog‘i hol bilan keluvchi ilovali

elementlarning strukturaviy, uslubiy va ma’noviy xususiyatlari to‘g‘risida mulohaza yuritib,
ilovali elementlarning asosiy ifodaga birikish usulini ikki guruhga bo‘lib o‘rganishni tavsiya
etadi: parallel va ketma-ket. Ilovali elementlarning parallel va ketma-ket birikib kelishi
quyidagicha sodir bo‘ladi; agarda ilova konstruksiya tarkibida bajarib kelayotgan sintaktik
funksiyasi jihatdan ilovali elementga o‘xshash komponent bo‘lsa, bunday sharoitda ilovali
element asosiy ifodaga nisbatan parallel birikadi. Agarda asosiy ifoda tarkibida ilovali
elementga o‘xshash biron bir komponent bo‘lmasa yoki bo‘lgan taqdirda ham, u sintaktik
funksiyasi jihatdan shu ilovali elementga o‘xshamasa, u holda ilovali element asosiy ifodaga
nisbatan ketma-ket birikib keladi.

Yakka holda shakllangan ilovali elementga xos bo‘lgan bunday xususiyatlar,

kengaytirilgan xarakterga ega bo‘lgan ilovali elementlar tarkibida ham yana bir bor
takrorlanishi, to‘ldirilishi, aniqlashtirilishi mumkin.

All these things, combined with the noises and interruptions of constant comings in and

goings out,

made Mr. Pickwick play rather badly

;

the cards were against him

, also; and when they

6

Mike Chen. We Could Be Heroes. MikeChenBooks.com. p.54


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

54

left off at ten minutes past eleven, Miss Bolo rose from the table considerably agitated, and went
straight home, in a flood of tears and a sedan−chair.

7

Ushbu matnda keltirilgan ilovali element o‘zining strukturaviy murakkablashuvi, ma’no

xususiyatining kengayishi bilan farq qiladi.

Ushbu guruhni tashkil etgan ilova konstruksiyalar xususiyatlaridan yana biri ilova

konstruksiyalar orasidan biron-bir tarkibiy qismning ma’lum maqsad bilan tushirilib
qoldirilishi orqali ifodalanadi.

When I went out, usually at night, I frequently managed

with

only a lipstick, a twenty-

dollar bill, and a credit card tucked into my pocket.

8

Tahlil qilinayotgan ilovali elementlarga xos bo‘lgan xususiyatlardan biri ularni tashkil

qilayotgan komponentlar oldida

“with”

predlogining qoldirilishidir. Albatta bunday

sharoitlarda

“with”

predlogining tushirib qoldirilishi favqullodda bir hol emas, aksincha bu

jarayon aniq stilistik maqsadlar bilan bevosita bog‘liq: birinchidan, V.N.Streltsov ta’biricha til
omillarini tejash bu ham stilistik usullardan biridir; ikkinchidan, ilovali element tarkibida

“with”

predlogining tushirilib qoldirilishi uning kommunikativ funksiyasiga zarar yetkazmaydi,

aksincha u ta’sirchan bo‘ladi, chunki

“with”

predlogining ilovali element bosh komponenti

oldida kelishi, barcha komponentlar uchun mantiqiy va mazmuniy aloqadorlik kashf etadi,
yagona bir butunlikday talaffuz qilinadi; uchinchidan, ushbu qismlar orasida “

and”

bog‘lovchisining qoʻllanishi ular orasida ma’lum sintaktik butunlik hosil qiladi, ular o‘zaro
bog‘liqligini yana bir bor namoyish qiladi. Biroq

“with”

predlogining har bir ilovali elementni

tashkil qiluvchi qismlar oldida bo‘lmasligi, ularni alohida-alohida mustaqil holda keluvchi
ilovali element sifatida ajratishga halaqit beradi.

Ta’kidlash joizki, ilovali elementlar ilova konstruksiya tarkibida boshqacha qilib

aytganda, ilova munosabatlariga asoslangan murakkab sintaktik butunlik tarkibida turli
vazifalarni bajarib keladilar. Bu elementlarning vazifalari konstruksiya tarkibida takrorlanishi,
kengayib kelishi, to‘ldirilishi, shuningdek, oʻzgacha xususiyatlarni namoyon qilishini kuzatish
mumkin.

Bu yerda aytish joizki, badiiy matn, uning lisoniy birliklari mohiyati kabi masalalar bir

qator ilmiy-nazariy tadqiqot ishlarining tekshirish obyekti sifatida oʻrganilgan. Tilshunos olim
I.R.Galperinning ta’kidlashicha, matn keng qamrovli, juda mukammal holatga keltirilgan yozma
nutq mahsulini taqazo etishini ta’kidlaydi. Shu oʻrinda, og‘zaki nutq esa gapdagi turli
takrorlashlarni, gap turlarini ham o‘z ichiga oladi va shu jihatdan uni tekshiruv obyekti
bo‘ladigan matn deb atash maqsadga muvofiq bo‘ladi.

9

Matn va uning lingvistikasi ilmiy sohasidagi tadqiqotlarda bu masala endigina o‘z

yechimini topmoqda. Ushbu jarayonning boshlanganiga hali ko‘p vaqt bo‘lgan emas. Shu o‘rinda
tilshunos olim R.Harvergning fikr-mulohazalari o‘rinlidir: “matn lingvistikasining to‘liq
asoslanishi uchun hali kamida yuz yil kerak”

10

7

The Posthumous Papers of the Pickwick Club, edited by Robert L. Patten, 1972 p.245

8

N.Ephron. I Feel Bad About My neck. New York. 2006. P.11

9

Гальперин И.Р. Текст как объект лингвистического исследования. – М., 1981. 68-73-C.

10

Harweg R. Textlinguistik. – In Perspektiwen der Linguistik. Bd–2. Stuttgart, 1974. -P. 176


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

55

Taniqli tilshunos olim B.T.Tursunov o‘zining qator ilmiy tadqiqot ishlarida matnning

lingvistik xususiyati, uning tilshunoslikdagi nazariy masalalarning yechimini topilishidagi roli
va ahamiyati haqida o‘zining fikr-mulohazalarini bildiradi. U o‘zining doktorlik
dissertatsiyasida shunday fikrlarni aytadi: “Ilova hodisasi shunday bir tipologik lingvistik
hodisaki, uni tahlil qilaversang, yangidan-yangi tomonlar ko‘z oldimizda namoyon bo‘ladi,
buning manbai birinchidan, tilshunos olimlarning ilmiy tadqiqot ishlari bo‘lsa, ikkinchidan esa,
turli funksional uslublarni o‘zida mujassamlashtira olgan yozuvchilarining badiiy asarlari-
matnlaridir”

11

Maqola mavzusini tadqiq qilish jarayonida jarayonida ko‘plab ilmiy-tadqiqot ishlarini,

badiiy asarlardan olingan matnlar faktik materiallarni tadqiq va tahlil qilish natijasida
B.T.Tursunovning fikr-mulohazalari toʻgʻri ekanligiga ishonch hosil qildik. Bu o‘rinda
Yu.S.Moraruning quyidagi mulohazalarini keltirish lozim: “Sodda strukturaviy qurilma
(matn)ni tashkil qiluvchi komponentlarning soni har ikkala tomonda ham bir xil bo‘lishi kerak,
ya’ni bittadan gap yoki sintagmalardan oshmasligi kerak: murakkab strukturaviy ilova
qurilmani tashkil qiluvchi komponentlar esa, ham ilovali element tarkibida ham asosiy ifoda
(matn) tarkibida ikkitadan kam bo‘lmasligi kerak.

References:

1.

Реферовская Е.А. Лингвистические исследование структуры текста. – Л., 1983. -215

с
2.

Реферовская Е.А. Лингвистические исследование структуры текста. – Л., 1983. -225

с
3.

Вазбуцкая К.Г., Левина Е.Д. Предложение малой длины в структуре

художественного текста // Семантико–стилистические исследования текста и
предложения. – Л., 1980 107-114 c
4.

Кобзев П.В. Присоединение и обособление. Ученые записи Хабаровского

гос.пед.ин–та, 1969. 35–46 С
5.

Лурия А.Р. Язык и сознание / – М.: Издательство Моск.ун-та, 1979 -320 с.

6.

Mike Chen. We Could Be Heroes. MikeChenBooks.com. p.54

7.

The Posthumous Papers of the Pickwick Club, edited by Robert L. Patten, 1972 p.245

8.

N.Ephron. I Feel Bad About My neck. New York. 2006. P.11

9.

Гальперин И.Р. Текст как объект лингвистического исследования. – М., 1981. 68-73-

C.
10.

Harweg R. Textlinguistik. – In Perspektiwen der Linguistik. Bd–2. Stuttgart, 1974. -P. 176

11.

Турсунов Б. Присоединение как особый тип синтаксической связи: автореферат

док. дис. – СПб., 1993. 46-C.

11

Турсунов Б. Присоединение как особый тип синтаксической связи: автореферат док. дис. – СПб., 1993. 46-C.

Библиографические ссылки

Реферовская Е.А. Лингвистические исследование структуры текста. – Л., 1983. -215 с

Реферовская Е.А. Лингвистические исследование структуры текста. – Л., 1983. -225 с

Вазбуцкая К.Г., Левина Е.Д. Предложение малой длины в структуре художественного текста // Семантико–стилистические исследования текста и предложения. – Л., 1980 107-114 c

Кобзев П.В. Присоединение и обособление. Ученые записи Хабаровского гос.пед.ин–та, 1969. 35–46 С

Лурия А.Р. Язык и сознание / – М.: Издательство Моск.ун-та, 1979 -320 с.

Mike Chen. We Could Be Heroes. MikeChenBooks.com. p.54

The Posthumous Papers of the Pickwick Club, edited by Robert L. Patten, 1972 p.245

N.Ephron. I Feel Bad About My neck. New York. 2006. P.11

Гальперин И.Р. Текст как объект лингвистического исследования. – М., 1981. 68-73-C.

Harweg R. Textlinguistik. – In Perspektiwen der Linguistik. Bd–2. Stuttgart, 1974. -P. 176

Турсунов Б. Присоединение как особый тип синтаксической связи: автореферат док. дис. – СПб., 1993. 46-C.