ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
70
O‘ZBEK SHE’RIYATIDA TUN VA TONG DIALEKTLARINING SEMANTIK
TAHLILI
Toshqulova Zebiniso Baxriddin qizi
Termiz davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14586312
Annotatsiya.
Ushbu maqolada o‘zbek she’riyatining ijodkorlari ijodida uchraydigan tun
va tong so‘zlarining qo‘llanilganligi, ularning semantik tahlili o‘rganildi. Davrlar mobaynida bu
ikki leksemaning semasi qanday ramziy ma’nolarni anglatganligi, ijodkorlar she’riyatida
ularning yashagan davri, muhiti, yo‘nalishi nuqtayi nazaridan turli xil ma’nolarni anglatganligi
yoritildi. Inson ruhiy holatini ifodalashda, undagi hissiyotlarni, dardlarini, orzularini
anglatishda foydalanilganligi bayon etildi.
Kalit so‘zlar:
Tun, tong, Xurshid Davron, ruhiy holat, dard, alam, orzu, davr, ramz, ijodkor,
semantik tahlil, Muhammad Yusuf, Cho‘lpon, Fitrat.
O‘zbek adabiyotida tun va tong juda ko‘p tasviriy o‘rinlarni egallaydi. Tun ko‘pincha sirli,
tinch va o‘ziga xos ruhiy holatni ifodalaydi. Shuning bilan u inson ruhiyatidagi
murakkabliklarni, his-tuyg‘ularni, orzularni va inson ichki kechinmalarini aks ettirishda,
tasvirlashda ishlatiladi. Inson o‘zini anglab turgan tevarak atrofini tasvirlashda turli leksik
birliklardan foydalanib kelgan, asrlar osha bu ikki tushuncha o‘zining semantik ma’nosini
kengaytirib kelgan. Buni siz bilan quyidagi misollar asosida ko‘rib o‘tamiz.
Alisher Navoiy asarlarida tun ko‘pincha hijron, oshiq, dard-alam, sevgi va his-tuyg‘ularni
ifodalash uchun ishlatiladi. Shoir tunni romantik muhitni hosil qiluvchi unsur sifatida
ko‘rsatadi, bu esa insonining ichki kechinmalarini kashf etishga va inson she’riyatga beixtiyor
oshiq bo‘lishiga yordam beradi.
Sovug‘ ohimdin yorug‘liq oz, vale ko‘p tiyralik,
Qishda ul yanglig‘ki, tun bo‘lg‘ay uzun, kun qisqorib.
[1:30]
Abdurauf Fitrat va Cho‘lpon kabi milliy uyg‘onish davri adiblari tun haqida yozganlarida,
ko‘pincha uyg‘otuvchi, ichki ruhiyatni ifodalash vositasi sifatida tasvirlaydilar. Ularning
asarlarida tun ko‘plab sirlar, orzular va yashirin ma'nolar bilan to‘ldirilgan. Cho‘lpon asarlarida
tong uyg‘onishga, g‘aflatda yotmaslikka davat vositasini ifodalagan.
Tabiatning o‘tini yo‘q o‘tida,
Sharaq-sharaq qaynab chiqqan buloqlar
Har qorong‘i, qo‘rqinch tunning betida
Shifo istab kelmasin der, qo‘noqlar.
-Bu nega?
Ayt menga.
[2:95]
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
71
Erkin Vohidov she’rlarida tunning tasvirlari quyidagi ma’nolarni yashirin va teran
ifodalashga xizmat qilgan. Bular go‘zallik va sirlilik xususiyatlaridir. U tunni inson ruhining
muammolarini, umid va bezovtaliklarni aks ettiruvchi muhit sifatida ishlatadi.
Ol o‘zing koshonlarni,
Menga qo‘y mayxonani,
Barcha xushyorlik senga-yu,
Barcha humorlik menga,
Senga bo‘lsin nurli Kunduz,
Menga qolsin qora tun,
Barcha Gulshan senga bo‘lsin,
Bor tikonzorlik menga.
[3:51]
Muhammad Yusuf she’rlarida tun ko‘proq haqiqatdan qochish, xayol surish va orzularni
amalga oshirish vaqti sifatida ko‘rsatiladi. Muhammad yusuf tunning qorong‘iligini ko‘proq
sevgilisining sochlariga, tim qora ko‘zlariga ham qiyoslaydi. U, odatda, kechalarni zamonaviy
hayotning tashvishlaridan ozod bo‘lish va xayolga berilish davri sifatida davad qiladi. Tong esa
orzular sari qadam qo‘yish, uyg‘oqlik, muhabbat, visol ramzi sifatida kelib, shoir hayoti va xayoli
haqida bayon etadi.
Iymanib yashama hayol pinjida
Yoyil yayra jonim o‘rtanma g‘amda
G‘iybatlarga chida tuxmatga chida
Sen axir bittasan yorug‘ olamda
Men esa oshig‘ing sening eng g‘arib
Tundan so‘z qarz olib tongga tutguvchi
Seni yoningda ham seni axtarib
Seni yoningda ham seni kutguvchi
[4:36]
Abdulla Oripov she’riyatida tun insonning ichki kechinmalariga chuqur ta’sir
ko‘rsatadigan bir muhit sifatida tasvirlanadi. U tunning yoritilishi va harakatlari orqali
hayotning murakkabligi va sirlarini ochib berishga harakat qiladi.
Seni ko‘ray dedim – tonglarim otdi,
Orazing yorishib, tunni yo‘qotdi.
Lekin qora soching yuzingga tushgach,
Yana tun boshlandi, quyosh ham botdi.
[5:47]
Yangi o‘zbek hikoyachiligi va she’riyatida ham tun va tong majoziy ma’noda kelgan
o‘rinlarini ko‘rishimiz mumkin. O‘zbek adabiyotida tun ko‘plab adiblar uchun uning ruhiy
olamidagi noyob tajribalarni aks ettirish va ifodalash uchun juda qulay asbob bo‘lib xizmat
qiladi. Xurshid Davron, O‘zbekistonning mashhur shoirlaridan biri bo‘lib, uning she'rlarida tun
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
72
va tong tasviri ko‘plab o‘rinlarni egallaydi. U, asosan, tun va tongni inson his-tuyg‘ulari bilan
bog‘lab ifoda etadi. Ularning tasvirida tabiiy go‘zallik, ruhiy holatlar, o‘zgarishlar va orzular aks
etadi.
Xurshid Davronning tun tasvirlari ko‘pincha sirli va romantik bir muhit yaratadi. Tun
qorong‘iligi, uning tinchligi va jozibadorligi shoirdan ko‘plab ilhomlantiradi. U tunni jondan
ajralish, o‘zini yo‘qotish yoki shodlik va umid bilan to‘ldirilgan vaqt sifatida tasvirlaydi.
Tong esa, odatda, yangi umidlar, yangi imkoniyatlar va hayotdagi o‘zgarishlarni simvoli
sifatida ko‘rinadi. Tong kelishi bilan yangi kun, yangi hayot boshlanishi haqida g‘oyalar ko‘plab
she’rlarda uchraydi. Xurshid Davron tongni o‘zining yangilanishi, birinchi quyosh nurlari bilan
yangi orzularni xushTun o‘zining sirli va injiq tabiatida, inson fikrlarini chuqurlashtirish va
yanada kengaytirishga imkon beradi. Bu tasvirlarni Xurshid Davron ijodida ham ko‘rishimiz
mumkin. Uning “Yorilgan harakat bayoni” she’rida quyidagi misralarga ko‘zimiz tushishi
mumkin:
Qolmadi bir ilinj,
Ishonch qolmadi,
Vaxshiy daholarning makri bilindi.
It bazmi qizigan oysiz shomlardan
Qizg‘onib ob qochdim daryo dilimni.
Bu chirkin og‘izlar…
Singan kallalar…
Ig‘vodan, bo‘htondan osilgan tillar…
Hirslar lashkarlari bosgan pallada
Shohlarni bo‘g‘izlab tishlagan dillar.
Bu quyosh xo‘rlangan…
Bu oy zo‘rlangan…
Zarlari talangan bu sodda jabal.
[6]
Xurshid Davronning ushbu she’rida tunning tasviri tasviriy ifodalar bilan ifodalangan. “
It
bazmi qizigan oysiz shomlar”
misrasida ham ko‘rishingiz mumkinki, tun ifodasini shom va
uning oysiz ekanligi bilan qorong‘u kecha ekanligiga ishora qilmoqda. “
It bazmi”
esa mamlakat
bosqinchilar qo‘lida xo‘rlanayotganligiga, bunday vaziyatdan dushmanlar, bosqinchilar o‘z
qilayotgan nohaqliklaridan zavq olayotganliklari tasvirlangan.
She’rning “
ig‘vodan, bo‘htondan osilgan tillar”
misrasidan shuni anglash mumkinki, til bu
milliy uyg‘onish davri adabiyoti vakillari bo‘lmish Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir,
Cho‘lponlardir. Ular haqiqatni so‘zlagan millat uyg‘otuvchilari, bunday insonlardan qo‘rqgan
bosqinchi, zo‘ravon davlat quzg‘unlari esa ularni turli xildagi bo‘htonlar asosida umrlariga
zomin bo‘lishgan. She’rdagi tabiat manzaralari sanalmish oy va quyosh bunday haqoratlardan
ezilgani tasvirlangan.
“
Zarlari talangan bu sodda jabal”
(jabal so‘zi mumtoz adabiyotda tog‘ ma’nosini
ifodalagan) misrasi esa, buyuk bir millat tog‘ga nisbat qilingan bo‘lsa, u baribir sodda deya ta’rif
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
73
berilmoqda, zarlari tanalganligi esa bu millatning boyligi, mehnati o‘zlashtirilganligiga ishora
deb olsak bo‘ladi
Xulosa qilib shuni ayta olamizki, o‘zbek she’riyatida tong faqatgina tabbiy fizik hodisa
emas, ya’ni qorong‘u tundan so’ng yorug‘ kun bo‘lishi ma’nosini ifodalabgina qolmay, balki
inson ruhiyatining, tabiiy muhitning va yangilanish jarayonining murakkabliklarini aks
ettituvchi ramz sifatida tasvirlangan. Tong hayotning yangidan yangi imkoniyatlari, umidlari,
orzularini keltirib chiqaruvchi bir ochilish darvozasi sifatida ko‘rsatilgan va tasvirlangan. Shoir,
yozuvchilar bu ramziy so‘zlarni o‘zlarining noyob asarlarida turli xil ma’no ottenkasi sifatida
ishlatib, turli xil ramzlar, xaritalar bilan ifodalab, kitobxonning qalbini va ongini uyg‘otishga,
boyitishga urunganlar.
References:
1.
Boqijon To‘xliyev, Dilfuza To‘xliyeva. Alisher Navoiy hayoti va ijodi, (albom), “Bayoz”
nashriyoti, -Toshkent-2013
2.
Jadidlar, Abdulhamid Cho‘lpon. “Yoshlar nashriyoti uyi”. -Toshkent. 2022
3.
Эркин ВОҲИДОВ, “САЙЛАНМА”-БИРИНЧИ ЖИЛД. “ИШҚ САВДОСИ”-ТОШКЕНТ.
«ШАРҚ» НАШРИЁТ- 2000
4.
МУҲАММАД ЮСУФ. САЙЛАНМА. «ШАРҚ» НАШРИЁТ.- ТОШКЕНТ — 2007
5.
Abdulla Oripov. Saylanma. “Tafakkur qanoti” nashriyoti. -Toshkent.-2018
6.
7.
Toshqulova Zebiniso. (2024). TUN VA TONG OBRAZINING TARIXIY DAVRLARGA XOS
NAMOYON BO‘LISHI .
Uz Conferences
,
2
(4), 413–417.
8.
Toshpo‘latov Zayniddin, Toshqulova Zebiniso, & Qudratova Xosila. (2024).
OKSYUMARONNING BADIIY ADABIYOTDAGI O‘RNI.
Uz Conferences
,
2
(4), 291–294.
9.
Xudoyberdiyeva Dinara, Hamidova Nodira, & Toshqulova Zebiniso. (2024). BADIIY
MATNDA RANG-TUS SIFATLARINING USLUBIY VOQELANISHI .
Uz Conferences
,
2
(4), 209–213.