ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
61
MAMLAKAT OZIQ-OVQAT XAVSIZLIGINI TA’MINLASHDA OZIQ-OVQAT
BOZORINING O‘RNI
Daminova O‘g‘iloy Mirzaqul qizi
Toshkent davlat iqtisodiyot instituti doktoranti
E-mail: daminovaogiloy@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14771041
Oziq-ovqat mahsulotlari bozorini samarali rivojlantirish orqali oziq-ovqat xavfsizligini
ta’minlash, O‘zbekistonning mustaqil rivojlanishiga, shuningdek, mamlakatdagi ijtimoiy,
iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni saqlab qolish uchun muhim omil hisoblanadi. Bu jarayon
oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, aholi salomatligini yaxshilash va mamlakatning
iqtisodiy farovonligini ta’minlash yo‘lida katta ahamiyatga ega. Oziq-ovqat mahsulotlarining
ichki bozorini mustahkamlash va sifatli ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, O‘zbekistonning
uzoq muddatli barqaror rivojlanishini kafolatlashga yordam beradi.
Oziq-ovqat xavfsizligi mamlakat aholisining asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini o‘z
imkoniyatlari bilan mustaqil ravishda ta’minlash qobiliyatini anglatadi. Bu, shuningdek, oziq-
ovqat mahsulotlarini import qilishga bo‘lgan haddan tashqari bog‘liqlikni kamaytirish va
mamlakat ichida o‘z ehtiyojlarini to‘liq qondirishni maqsad qiladi. Davlatning oziq-ovqat
xavfsizligini ta’minlash borasidagi siyosati, asosan, o‘zining qishloq xo‘jaligi sektorini
mustahkamlash, ichki bozorni rivojlantirish va mahalliy ishlab chiqarishni oshirishga
qaratilgan. Shuningdek, ba’zi hollarda, chet eldan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilish
orqali aholi ehtiyojlarini to‘liq qondirishga ham e’tibor qaratiladi. Bunday siyosat orqali
mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda mustahkam poydevor yaratadi va ichki ishlab
chiqarishning raqobatbardoshligini oshiradi. Bu esa oziq-ovqat bozorining barqarorligini va
mamlakat iqtisodiyotining mustahkamligini ta’minlashga yordam beradi.
Mamlakatning rivojlangan yoki rivojlanayotganligi farq qilmasdan, oziq-ovqat bozorini
shakllantirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash milliy iqtisodiyotning barqaror
rivojlanishiga, aholini ijtimoiy himoya qilish masalalarini hal etishga va ijtimoiy barqarorlikni
kuchaytirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Oziq-ovqat bozorining samarali ishlashi nafaqat
iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash, balki xalqning turmush darajasini yaxshilash, oziq-ovqat
resurslari bilan ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Yangi iqtisodiy sharoitlar va global
tendensiyalarni inobatga olgan holda, oziq-ovqat mahsulotlari bozorining rivojlanishining
asosiy qonuniyatlarini tushunish zarur. Bu, o‘z navbatida, bozorning mohiyati, vazifalari,
tarkibiy qismlari va uni tartibga solish mexanizmlarini chuqur anglashni talab qiladi. Oziq-
ovqat mahsulotlari bozorining samarali ishlashini ta’minlash, uning ijtimoiy bozor
iqtisodiyotidagi o‘rni va roli haqida aniq tushunchaga ega bo‘lish, iqtisodiy va ijtimoiy
barqarorlikka erishish uchun zarur shartlarni yaratadi.
Oziq-ovqat mahsulotlari bozori har bir mamlakat iqtisodiyotida ustuvorlikka ega va
majmuaviy tavsifdagi tizimli tadbirlarni amalga oshirishni taqozo etadi, jumladan:
▪
milliy bozor yaxlitligini ta’minlash, mamlakat mintaqalarini tabiiy, demografik va
iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqib ixtisoslashtirish va shu asosda o‘zaro integratsion
aloqalarni chuqurlashtirish;
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
62
▪
mintaqaning ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish bilan bir qatorda
investitsiyalarni keng jalb etish va innovatsion faoliyatni yo‘lga qo‘yish, shu orqali tannarxni
izchil pasaytirish va milliy mahsulotlarning import tovarlarga nisbatan narx va sifat
ustunliklarini saqlab qolish;
▪
aholi iste’mol xarajatlari tarkibida oziq-ovqat mahsulotlarining optimal ulushini
ta’minlash, bu borada narxning turli omillar ta’sirida keskin tebranishiga yo‘l qo‘ymaslik,
xususan, qat’iy narx siyosatini olib borish, zaxiralar hosil qilish, mahsulot ishlab chiqarishni
rag‘batlantirish, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash kabi qator mexanizmlardan samarali
foydalanish;
▪
narxlarning doimiy oshib borishi sharoitida ichki talabni rag‘batlantirish va aholining
xarid qobiliyati uchun real imkoniyatlarni ta’minlaydigan daromadlarni mutanosib ravishda
indeksatsiyalab borish;
▪
oziq-ovqat mahsulotlari eksporti va importi xajmlari o‘rtasida ijobiy balansni
ta’minlash bir tomondan, mamlakatning tashqi bosimlarga bardoshliligini oshiradi, boshqa
tomondan, noqulay bozor konyukturasi sharoitida ham mamlakat o‘zining milliy oziq-ovqat
mahsulotlari bozori salohiyatini saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Oziq-ovqat mahsulotlari bozorining mohiyati va uning jamiyatdagi ahamiyati, asosan,
ushbu bozorning bajaradigan vazifalari orqali o‘z ifodasini topadi. Oziq-ovqat mahsulotlari
bozorining asosiy vazifalariga quyidagi muhim masalalar kiradi:
- aholining yuqori sifatli va sog‘lom oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq
qondirish. Bu, bozorning asosiy maqsadi bo‘lib, aholining turli talablarini hamda iste’mol
ehtiyojlarini qamrab olgan keng assortimentda mahsulotlar taqdim etishni taqozo etadi.
- yalpi ijtimoiy mahsulotning bir qismini shaxsiy iste’mol uchun sotish. Ushbu vazifa
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni ayirboshlash jarayonini ta’minlaydi,
shuningdek, mehnat resurslaridan samarali foydalanishni va iqtisodiy barqarorlikni qo‘llab-
quvvatlaydi. Bu jarayon orqali ijtimoiy mehnat xarajatlarini qoplash imkoniyati yaratiladi,
oziq-ovqat mahsulotlari savdosi rivojlanadi, yangi ishlab chiqarish sikllari uchun pul
resurslari kelib tushadi va takror ishlab chiqarishni kengaytirish uchun zarur bo‘lgan
jamg‘armalar shakllanadi.
- aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini maksimal darajada qondirishni
ta’minlovchi mahsulot turlari va sifatini shakllantirish. Bu vazifa orqali, aholi talabi va
mahsulotlar taklifining o‘zaro mosligini aniqlash va bozorning maqsadga muvofiq
rivojlanishini ta’minlashga erishiladi. Aholi ehtiyojlarini to‘liq tahlil qilish, sifatli va talabga
javob beradigan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan miqdoriy o‘lchovlarni
belgilash imkoniyatini yaratadi.
- ishlab chiqarishni rag‘batlantirish. Bu vazifa iste’molchi manfaatlarini hisobga olish,
shuningdek, ishlab chiqarishni o‘zgargan talablar va bozordagi tendensiyalarga
moslashtirishni ta’minlaydi. Savdoning o‘zgarishlarga aks aloqasi orqali ishlab chiqaruvchilar
talabning o‘zgarishiga tezda moslashishlari uchun sharoitlar yaratish, bozorning dinamikasini
rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Bularning barchasi oziq-ovqat mahsulotlari bozorining muvaffaqiyatli va barqaror
ishlashini ta’minlash uchun zarur vazifalar bo‘lib, iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy farovonlikni
oshirishga xizmat qiladi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
63
Shunday qilib, oziq-ovqat bozorining asosiy vazifalari takror ishlab chiqarish
jarayonining barcha bosqichlari o‘rtasidagi uzviy aloqalarni ta’minlashga qaratilgan. Bu
jarayonda savdo, taqsimlash va ayirboshlash bosqichlari, takror ishlab chiqarish jarayonining
ajralmas tarkibiy qismi sifatida faol ishtirok etadi. Oziq-ovqat mahsulotlari bozorining
rivojlanishi, nafaqat iqtisodiy o‘sish, balki aholi turmush darajasi va sifatini yaxshilash uchun
ham muhimdir. Ushbu rivojlanish jahon, milliy va mintaqaviy iqtisodiyotning muhim tarkibiy
qismi bo‘lib, barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda asosiy omil hisoblanadi.
Oziq-ovqat bozorining muvozanatli va barqaror rivojlanishi, aholining ehtiyojlarini to‘liq
qondirish, iqtisodiy farovonlikni oshirish va davlatning ijtimoiy siyosatiga mos keladigan
iqtisodiy sharoitlarni yaratishda zaruriy shart sifatida xizmat qiladi. Bu jarayon, o‘z navbatida,
mamlakatning iqtisodiy mustaqilligi va ijtimoiy barqarorligini saqlab qolishda muhim rol
o‘ynaydi.
Shunday qilib, mintaqaning oziq-ovqat bozori, mintaqa iqtisodiyotining ajralmas qismi
bo‘lib, uning rivojlanishi mintaqaning iqtisodiy o‘sishiga katta hissa qo‘shadi. Oziq-ovqat
bozori orqali aholining asosiy ehtiyojlaridan biri - ya’ni sifatli va arzon oziq-ovqat
mahsulotlari bilan ta’minlash amalga oshiriladi, bu esa mintaqaviy rivojlanish uchun muhim
turtki bo‘lishi mumkin. Har qanday davlatda oziq-ovqat mahsulotlari bozorining rivojlanishi,
uning barqaror faoliyati, aholi uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar bilan ta’minlanishi, organik va
fermer xo‘jaliklarining mahsulotlar taklifi, mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy siyosatining
asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Oziq-ovqat bozorining samarali rivojlanishi, viloyat
aholisining hayot sifatini yaxshilashga, yangi ish o‘rinlari yaratishga va tadbirkorlikni
rivojlantirishga yordam beradi. Bu, o‘z navbatida, viloyatning ijtimoiy faol va mehnatga
layoqatli aholisi bilan ta’minlanishiga, investorlarni jalb qilishga, shuningdek, mintaqaning
iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Oziq-ovqat mahsulotlari bozorining rivojlanishi, o‘zgaruvchan iqtisodiy sharoitlarga
tezda moslashish va bozorda raqobatbardoshligini oshirish imkonini beradi. Natijada,
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatiga ko‘rsatilgan ijobiy ta’sir, uning raqobatbardoshlik
darajasini yaxshilashga yordam beradi. Bu, o‘z navbatida, oziq-ovqat mahsulotlari bozorining
rivojlanish ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri baholash zaruratini ta’kidlaydi. Shuningdek, mamlakatning
oziq-ovqat bozorining holatini tahlil qilish va uning rivojlanishini rag‘batlantirish, milliy va
xalqaro miqyosda iqtisodiy farovonlikni ta’minlashda muhim omil bo‘ladi.
References:
1.
Mirziyoev Sh.M. Milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashga doir dolzarb masalalar /
«Xalq so‘zi”, 2020 yil 10 iyun.
2.
Abulqosimov H.P. Davlatning iqtisodiy xavfsizligi.O‘quv qo‘llanma.-T.: Akademiya, 2012.-
162-bet.
3.
Куралаeва А.A. Региональные особенности формирования и функционирования
продовольственного рынка: автореф.дис. на соиск. учен. степ. канд. эконом. наук
(08.00.05)/ Нальчик-2011г.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
64
4.
Черкасов, Г.И. Бозор: бозорни тартибга солиш: Дарслик, университетлар учун
қўлланма. / Г.И. Черкасов. - М.: УНИТИДАНА, 2004. - 222 б. - («Касбий дарслик:
Иқтисодиёт» туркуми). П.7.