ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
51
KURSANTLAR O’QUV FAOLIYATIDA EMOTSIONAL ZO’RIQISHLAR KELIB
CHIQISHIGA TA’SIR ETUVCH PSIXOLOGIK JIHATLAR
Datkayev Umidjon Karimjon o’g’li
Toshkent davlat pedagogika universiteti
mustaqil izlanuvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14768990
Annotatsiya:
Mazkur maqola qurolli kuchlar tizimi kursantlarida emotsional
zo‘riqishlar kelib chiqishiga ta’sir etuvchi psixologik jihatlari mavzusiga bag‘ishlangan.
Shuningdek, maqola matnida kursantlarning emotsional sohasidagi mummolari, o‘quv
faoliyati bilan bog‘liq emotsional zo‘riqishlar va unga sabab bo‘luvchi omillar, emotsional-
hissiy kechinmalar haqidagi ilmiy yondoshuvlar, emotsional zo‘riqishlarni bartaraf etishning
psixologik chora tadbirlari, ta’lim-tarbiya sharoiti va shaxs intellektual imkoniyatlari kabi
masalalar ham batafsil yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
kursant, hissiy soha, emotsional zo‘riqish, ta’lim, tarbiya, o‘quv vazifalari,
yangi muhit, yangi jamoa, o‘qituvchi, faoliyat, motivatsiya, ijodiylik, o‘z-o‘ziga past baho, o‘ziga
ishonmaslik, muvaffaqqiyatsizlikdan qo‘rqish, stress, shaxslararo munosabatlar, ta’lim
talablari.
Аннотация.
Данная статья посвящена теме психологических аспектов, влияющих
на возникновение эмоционального напряжения у курсантов вооруженных сил. Также в
тексте статьи рассмотрены проблемы курсантов в эмоциональной сфере,
эмоциональное напряжение, связанное с учебной деятельностью, и факторы,
вызывающие его, научные подходы к эмоционально-эмоциональным переживаниям,
психологические мероприятия по устранению эмоционального напряжения,
воспитания - такие вопросы, как Подробно освещены условия обучения и
интеллектуальные возможности человека.
Ключевые слова:
курсант, эмоциональная сфера, эмоциональное напряжение,
воспитание, обучение, учебные задачи, новая среда, новый коллектив, преподаватель,
активность, мотивация, креативность, низкая самооценка, неуверенность в себе, страх
неудачи, стресс, межличностные отношения, образовательные требования.
Annotation.
This article is devoted to the topic of psychological aspects affecting the
origin of emotional stress in cadets of the armed forces. Also, in the text of the article, the
problems of cadets in the emotional field, emotional stress related to educational activities
and the factors causing it, scientific approaches to emotional-emotional experiences,
psychological measures to eliminate emotional stress, education - issues such as educational
conditions and intellectual capabilities of a person are covered in detail.
Key words:
cadet, emotional sphere, emotional tension, education, training, educational
tasks, new environment, new team, teacher, activity, motivation, creativity, low self-esteem,
self-doubt, fear of failure, stress, interpersonal relationships, requirements to education.
Kirish.
Emotsional zo‘riqishning yuqori darajasi kursantlarning o‘quv jarayonidagi
muvaffaqiyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Yangi sharoitlar, qattiq tartib-intizom va
yuqori psixologik talablar kursantlarning ruhiy holatiga ta’sir qiladi, bu esa ularning
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
52
o‘qishdagi muvaffaqiyatiga, jismoniy va psixologik sog‘lig‘iga, shuningdek, umumiy
moslashuvchanliklariga ta’sir ko‘rsatadi. Emotsional zo‘riqishlarning boshqarilmasligi esa
kursantlarning o‘quv faoliyatiga, psixologik holatiga va natijalariga salbiy ta’sir qilishi
mumkin.
Asosiy qism.
Kursantlar o’quv faoliyatida emotsional zo’riqishlar muammosini tadqiq
etishga oid ilk urinishlar, Z.Freydning psixoanaliz ta’limotida aks etgan bo‘lsada, hanuzgacha
ushbu fenomen borasida aniq konsepsiyalar ishlab chiqilmagan. Bunga sabab shuki,
emotsional holatlar namoyon bo‘lishiga ko‘ra, ba’zan qarama
-
qarshi istaklar sifatida
gavdalansa, ikkinchi holatda shaxsga xos himoya mexanizmi ko‘rinishida aks etishidir. Biroq,
emotsional zo’riqishlar muammosi bilan bog‘liq psixologik tadqiqotlarni o‘ganish, u haqdagi
ayrim bahsbop fikr va mulohazalarga oydinlik kiritishi tabiiydir.
Kursantlar (talabalar yoki harbiy o‘quv muassasalari tinglovchilari) o‘quv faoliyatida
emotsional zo‘riqishlarning kelib chiqishiga ta’sir qiluvchi psixologik jihatlarni aniqlash,
ularning muvaffaqiyatli o‘qishi va shaxsiy rivojlanishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun
muhimdir. Quyida bunday emotsional zo‘riqishlarning asosiy sabablarini va psixologik
omillarini ko‘rib chiqamiz:
1. Moslashuv davrida qiyinchiliklar
Yangi muhitga moslashish: Kursantlar ko‘pincha qat’iy tartib, yangi jamoa va yuqori
talablar bilan duch keladi. Bu holat stress va noqulaylikka olib kelishi mumkin.
Ijtimoiy moslashuv: Jamoaga kirish, rahbarlar bilan munosabatlarni o‘rnatish qiyinchilik
tug‘dirishi mumkin.
2. Yuqori talablar va mas’uliyat
O‘quv yuklamasi: Darslar, amaliy mashg‘ulotlar, vaqtda bajarilishi kerak bo‘lgan
topshiriqlar kursantlarning vaqt va kuch sarflash qobiliyatiga katta ta’sir qiladi.
Baholash tizimi: Kursantlar muvaffaqiyatli natija ko‘rsatishga majbur bo‘lib, bu ularda
ortiqcha stressni keltirib chiqarishi mumkin.
3. Shaxsiy omillar
O‘z-o‘zini qadrlash darajasi: O‘ziga past baho bergan kursantlar muvaffaqiyatsizliklardan
ko‘proq qo‘rqadilar va bu qo‘rquv emotsional zo‘riqishni kuchaytiradi.
Motivatsiya darajasi: Motivatsiya past bo‘lsa, o‘quv faoliyati kursant uchun qiyinchilik
bo‘lib ko‘rinishi mumkin.
4. Ijtimoiy va psixologik qo‘llab-quvvatlashning yetishmasligi
Oila va yaqinlardan ajralish: O‘z yaqinlaridan uzoqda bo‘lish emotsional qo‘llab-
quvvatlash darajasini pasaytiradi.
Jamoaning qo‘llab-quvvatlashi: Agar jamoada raqobat muhitida bir-birini tushunish va
yordam berish yetishmasa, bu ham zo‘riqishga olib keladi.
5. Fiziologik va psixologik omillar
Uyqu va dam olishning yetishmasligi: Jadvalga moslashish va vaqtning yetarli bo‘lmasligi
ruhiy zo‘riqishni oshiradi.
Stressga qarshi kurashish ko‘nikmalari: Agar kursantlar stressni boshqarish va uni
kamaytirish usullarini bilmasalar, zo‘riqish kuchayadi.
6. Shaxslararo munosabatlar
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
53
O‘qituvchilar bilan muloqot: Kursantlar o‘qituvchilardan tushuncha va qo‘llab-
quvvatlash olmaganida, ular o‘zlarini xavfsiz his qilmaydilar.
Do‘stlar va jamoa bilan munosabatlar: Konfliktlar va tushunmovchiliklar stressni
oshiradi.
7. Axborot yuklamasi
Haddan tashqari ma’lumot: Juda ko‘p va bir vaqtda o‘zlashtirilishi kerak bo‘lgan
ma’lumot zo‘riqishni oshiradi.
Texnologiyalarga bog‘liqlik: Zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash malakalari yetarli
bo‘lmasa, bu qo‘shimcha stress keltiradi.
Kursantlarning o‘quv faoliyatida emotsional zo‘riqishlar (stress) kelib chiqishiga ta’sir
etuvchi psixologik jihatlar quyidagi omillarga bog‘liq bo‘lishi mumkin:
1. Shaxsiy omillar
Shaxsiy o‘ziga xosliklar: Kursantning xarakteri, temperament turi (masalan, sangvinik
yoki melankolik), va shaxsiy stressga chidamlilik darajasi.
Motivatsiya: Ta'lim jarayoniga bo‘lgan qiziqish, maqsadga erishishga bo‘lgan intilish yoki
uni yo‘qligi stressni kuchaytirishi mumkin.
O‘ziga bo‘lgan ishonch: Past o‘z-o‘ziga baho qilish (o‘ziga nisbatan ishonchsizlik) o‘quv
jarayonida muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqishga olib keladi.
O‘quv ko‘nikmalari: Samarali o‘qish, vaqtni boshqarish va stressni boshqarish
ko‘nikmalarining yetishmasligi emotsional zo‘riqishni oshiradi.
2. Tashqi muhit omillari
O‘quv yuklamasi: Haddan tashqari ko‘p dars va vazifalar hamda qisqa muddatlarda
ularni bajarish talabi.
Baholash tizimi: Natijalarga bo‘lgan yuqori talab va baholash jarayonidagi qattiq
raqobat.
O‘qituvchilar bilan munosabatlar: O‘qituvchilarning kursantlarga nisbatan qo‘llaydigan
pedagogik usullari va o‘zaro munosabatlari ham muhim rol o‘ynaydi. Qattiq talabchanlik yoki
salbiy munosabat stressni kuchaytirishi mumkin.
Ye.P.Varlamovaning so‘zlariga ko‘ra, kursantlarda emotsional zo‘riqishlarga sabab
bo‘luvchi omillar sifatida quyidagilarni ajratish mumkin :
– Yangi o‘quv muhiti;
– Yangi jamoa, turli fan sohalaridagi o‘qituvchilar guruhi;
– Vazifa va topshiriqlarning haddan ortiq ko‘pligi;
– Muvaffaqqiyatsizlikka uchrab qolishdan qo‘rqish;
– Yangi do‘stlar orttirishdagi qiyinchiliklar;
– Ota-onasining ishonchini oqlay olmaslikdan qo‘rqish;
– Falsafiy fikrlashga yuqori darajada moyillik yoki hayotiy muammolar haqida erta
o‘ylash;
– O‘zini o‘zi nazorat qilishdagi kamchiliklar va hokazo.
Yuqorida qayd etilgan emotsional zo‘riqishlarni keltirib chiqaruvchi omillar, ayni 20-22
yoshga to‘g‘ri kelib, bu davr, o‘spirinlik inqirozlari bilan kechuvchi jarayon sanaladi.
Emotsional reaksiyalarning jadal taraqqiyoti o‘zini o‘zi nazorat qilishning kuchsizligi bilan
kechadi. Bu haqda V.G.Afanasev quyidagicha yozadi: “... agar inson ongida ratsionallik kuchli
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
54
bo‘lsa, o‘ziga, shaxsiy kamchilik va yutuqlariga oqilona nazar tashlay olsa, u o‘zini o‘zi nazorat
qila oladi yoki buning aksincha, insonda emotsiyalar, affekt, hissiyotlar va o‘zini o‘zi sevish
kabi holatlar ustunlik qilsa, bunda subyekt o‘zini o‘zi boshqara olmaydi.
Bundan tashqari, emotsional zo‘riqishlar nafaqat barcha insonlarning balki, tinglovchi
yoshlarning ham aqliy, jismoniy, fiziologik imkoniyatlarini cheklab, salomatlik bilan bog‘liq
ko‘plab muammolarga sabab bo‘ladi.
Y.G.Ojogovaning yozishicha, emotsional zo‘riqish
holatida tinglovchilar xulq-atvordagi reaksiyalarining buzilishi quyidagilar bilan
xarakterlanadi:
– Psixomotor harakatlarning buzilishi kuzatiladi ya’ni yuz va buyin mushaklari haddan
tashqari zo‘riqadi;
– Qo‘llarning qaltirashi kuzatiladi;
– Nafas olish ritmining o‘zgarishi sodir bo‘ladi;
– Sensomotor reaksiyalar tezligi pasayadi;
– Ovozning titrashi va nutqning buzilishi kuzatiladi;
– Turmush tarzi o‘zgaradi ya’ni uyqu, oqatlanish va dam olish tartibi buziladi.
Yuqoridagilardan tashqari, o‘quv faoliyatida ham o‘zgarishlar kuzatiladi ya’ni, o‘zlashtirish
samaradorligi
pasayadi,
charchoqning
ko‘payadi,
harakatlarni
muvofiqlashtirish
yomonlashadi, fan topshiriqlarini bajarishdagi talab qilinadigan mezonlarning mutanosibligi
izdan chiqadi.
O.S.Kopinaga ko‘ra, salbiy emotsional holatlari va psixik zo‘riqishlarni bartaraf etishning
uch usulini taklif etadi.
1. Boshqa emotsiya yordamida inson o‘zi kechirayotgan va bartaraf etmoqchi bo‘lgan
emotsiyaga qarama-qarshi bo‘lgan emotsiyani ongli zo‘r berish orqali faollashtirish.
2. Kognitiv regulyatsiya – diqqat va tafakkur yordamida salbiy emotsiyani siqish yoki uni
ustidan nazorat o‘rnatish. Bu insonda qiziqish, ijobiy emotsional kechinma uyg‘otadigan
hodisa va faoliyatga ongni o‘zgartirish.
3. Motor regulyatsiya – paydo bo‘lgan emotsional bosimni tarqatish uchun jismoniy
mashqlarni amalga oshirish. Shuningdek, zamonaviy psixologiyada stress va psixologik
zo‘riqish holatlarida, o‘zini boshqarishning quyidagi usullari ajratib o‘tildai.
– Koping strategiyalar –
stressni yengish psixologik metodlari, bo‘lib ular ikki guruhga
ajratiladi:
– Emotsional fokused koping: Emotsional fokused koping stressli vaziyatlarga nisbatan
emotsional reksiyamizni nazorat qilish imkonini beradi. Emotsional fokused koping metodi
shaxs stressogen vaziyatni o‘zgartira olmaganda qo‘llanadi.
– Problem fokused koping: Ko‘p holatlarda stressogen vaziyatlarning kelib chiqishi
muammoli vaziyatlar bilan bog‘liq. Problem fokused koping metodi stressli vaziyatda
muammoni yechishga. Muammoli vaziyatda inson muammoning nima uchun kelib
chiqqanligiga emas, muammoga qanday tezkor va to‘g‘ri yechim topish kerakligiga ko‘proq
urg‘u beishi lozim.
– Stressni kamaytirish metodi – ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va o‘ziga nisbatan shaxsiy
nazoratni kuchaytirish orqali stressor ta’sirini kamaytirish.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
55
– Stressga qarshilik qilish – kundalik faoliyatni reja asosida tashkil qilish va unga qat’iy
amal qilish bilan bog‘liq, masalan, to‘g‘ri uyqu, jismoniy mashg‘ulotlar rejasi, ovqatlanish
tartibi.
– Stress menejment - stressni boshqarish metodi. Stressogen vaziyatda stress insonni
emas, inson stressni boshqarishga intilishi lozim. Bunda stresslarni “Modellashtirish” lozim ,
ya’ni –
faoliyatni boshlashdan oldin stress holatini keltirishi ehtimol qilingan vaziyatlar bilan
avvaldan tanishib chiqish bilan bog‘liq, masalan, sportchilar musobaqaga qatnashishdan oldin
musobaqa o‘tkaziladigan joyga borib uning holati bilan tanishishlari mumkin.
Xulosa.
Xulosa qilib aytganda, ijobiy emotsiyalar odamni harakatga undaydi, shu sababli
inson bunday emotsiyani yorqin namoyon etadi. Salbiy emotsiyalar esa, ko‘p hollarda shaxs
ichki olamida kechirilish xususiyatiga ega, ya’ni ular kam holatlarda tashqi namoyon etiladi.
Ichki kechinma sifatidagi salbiy emotsiyaning toboro chuqurlashishi inson faoliyatini izdan
chiqarishga yo‘nalgandir.
References:
1.
Варламова Е.П. Жизненный путь как творческая активность. Психологические
проблемы самореализации / Е.П. Варламова, Ю.Н. Михайлова // под ред. Л.А. Головей,
Л.М. Коростылевой. - Спб., 1999. – С.37-50.
2.
Афанасьев В. Г. Социальная информация / В.Г. Афанасьев. - М.: Наука, 2016. – С.74.
3.
Копина О.С., Суслова Е.А., Заикин Е.В. Экспресс-диагностика психоэмоционального
напряжения и его источников // Вопросы психологии, 1995, №3, С.119-132.
4.
Круглова С.А., Поникарова В.Н., Букина И.А. Некоторые аспекты изучения
психоэмоционального
напряжения
у
педагогов,
работающих
в
условиях
специализированного детского дома // PER ASPERA… - Выпуск 3: Сборник трудов
молодых ученых / Сост. Е.Б. Карпушина, О.Л. Леханова. – Череповец: Марка, 2001. – С.
66-68
5.
Ожогова Е.Г. Исследование особенностей психического и физического здоровья
педагогов /Е.Г. Ожогова // Человек и образование. – 2006, №8-9. С.106 -108.