Авторы

  • M. Babayeva
    Termiz iqtisodiyot va servis universiteti “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi,
  • D. Abdullayeva
    Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.64003

Ключевые слова:

fanlararo aloqadorlik tabiiy matematika dunyoqarash masala o‘quv fanlari ta’lim.

Аннотация

Uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirishning asosiy shartlaridan biri - bu turdosh fanlarning yutuqlaridan samarali ravishda foydalanib, fanlararo bog’lanishlarni amalda qo’llash orqali yuqori natijaga erishishdir. Fanlararo aloqadorlik ta’lim berishning yangi jihatlarini namoyon qilishga, fanlararo bilimlarni o’zlashtirish darajasiga ta’sir qiladi va ta’limni tashkil qiluvchilari-mazmun, shakl, usul va vositalarni yagona holda umumlashtiradi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

45

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA FANLARARO ALOQADORLIKNI AMALGA

OSHIRISH IMKONIYATLARI

Babayeva M.

Abdullayeva D.

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

“Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi,

Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14759835

Annotatsiya:

Uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirishning asosiy

shartlaridan biri - bu turdosh fanlarning yutuqlaridan samarali ravishda foydalanib, fanlararo
bog’lanishlarni amalda qo’llash orqali yuqori natijaga erishishdir. Fanlararo aloqadorlik ta’lim
berishning yangi jihatlarini namoyon qilishga, fanlararo bilimlarni o’zlashtirish darajasiga
ta’sir qiladi va ta’limni tashkil qiluvchilari-mazmun, shakl, usul va vositalarni yagona holda
umumlashtiradi.

Kalit so‘zlar:

fanlararo aloqadorlik, tabiiy, matematika, dunyoqarash, masala, o‘quv

fanlari, ta’lim.


Ushbu yo‘nalishda ko‘plab olimlar ilmiy izlanishlar olib borishgan va qimmatli nazariy

hamda amaliy fikrlar bildirishgan. Amerikalik pedagog Dewey fanlararo aloqadorlikni amalga
oshirishda tajribaviy o‘qitishning muhimligini ta’kidlagan hamda quyidagi fikrlarni ilgari
surgan: fanlarni bir-biri bilan bog‘lash orqali o‘quvchilarning o‘qish jarayoniga bo‘lgan
qiziqishini oshirish mumkin; hayotiy tajriba asosida fanlarni birlashtirish o‘quvchilarni
muammolarni tahlil qilishga va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yordam beradi.

Psixolog va pedagog Leontyev tadqiqotlarida bolalarning fikrlash qobiliyati fanlararo

aloqadorlik orqali samarali rivojlantirilishi yoritilgan. Masalan, matematika darslarida
tabiatshunoslikdagi faktlardan foydalanish yoki rasm chizish orqali geometriya elementlarini
o‘rgatish mumkin. Fanlararo aloqadorlikni tashkil etish o‘quvchilarda tahliliy fikrlash
ko‘nikmasini kuchaytiradi.

O‘zbek olimlari ham boshlang‘ich ta’limda fanlararo aloqadorlikni amalga oshirish

masalalarida muhim ilmiy izlanishlar olib borishgan va bu yo‘nalishda nazariy hamda amaliy
takliflarni ilgari surishgan. O‘zbekistonning birinchi akademiklaridan biri bo‘lgan Qori-Niyoziy
boshlang‘ich ta’limda fanlararo aloqadorlik masalalariga alohida e’tibor qaratgan. Uning
fikriga ko‘ra matematikani tabiiy fanlar bilan bog‘lash orqali o‘quvchilarda amaliy
ko‘nikmalarni rivojlantirish mumkin. U ta’lim jarayonida didaktik usullardan foydalanishning
muhimligini ta’kidlab, bilimlarni mustahkamlash uchun real hayotiy misollarga murojaat
qilish zarurligini ilgari surgan. A.A. Xasanov tadqiqotlarida fanlararo aloqadorlik mustaqil
didaktik tamoyil ekanligini va oʻqitish jarayonida fanlararo aloqadorlik ni amalga oshirishning
psixologik-pedagogik asoslari oʻqitishning ilmiyligini ta'minlash, oʻquvchilarning bilishga oid
faoliyatini sezilarli ravishda kuchaytirish, ularning bilim sifatini oshirishga yordam beruvchi
va fikrlashning zamonaviy usulini samarali rivojlantirishga hamda ilmiy dunyo qarashni
shakllantirishga imkon beruvchi didaktik tamoyil sifatida namoyon boʻlishi haqidagi nuqtai-
nazarni qoʻllab-quvvatlaydi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

46

Pedagogik tadqiqotlarda fanlararo aloqadorlikning mazmuni, uning komponentlari

orasidagi tuzilmaviy nisbatlar, oʻqitish jarayonida ularning funksiyalari yoritiladi. Fanlararo
aloqadorlikni amalga oshirishning asosiy maqsadi quyidagi talablarni oʻqitish jarayonida
bajarish ekanligi koʻrsatiladi: 1. Turli oʻquv dasturlarida mavzularni oʻrganishda bir-birini
takrorlashning yoʻqotilishi. 2.Alohida masalalarni oʻrganish vaqtini kelishtirish imkoniyati. 3.
Ilmiy tushunchalarni ta'riflash-tavsif lashda oʻxshashlik va ularning qarama qarshi emasligi.
4. Turli fan oʻqituvchilari salohiyatining oʻquvchilarda ilmiy tushuncha va tasavvurlarni
shakllantirishda, ularga amaliy mahorat va koʻnikmalarni singdirishda birlashtirilishi. 5. Turli
oʻquv fanlari boʻyicha oʻquvchilar olgan ilmiy va texnik bilimlardan oʻqituvchilar tomonidan
oʻzaro foydalanish. 6. Oʻquv fanlarining oʻziga xosligi va ular orasidagi aloqalarning
xususiyatlari bilan shartlangan boshqa pedagogik vazifalarning bajarilishi.

Fanlararo aloqadorlik quyidagi funksiyalarni o‘z ichiga oladi:
ta’limiy - o‘quvchilar ma'lum tushunchalarning izchilligi, chuqurligi, xabardorligini

rivojlantiradilar

tarbiyaviy - boshqa fanlar bilan aloqalarga asoslanib, ta'limga kompleks yondashuv

amalga oshiriladi.

rivojlantiruvchi - fanlararo aloqalar ijodiy fikrlashni rivojlantiradi, kognitiv faollikni,

mustaqillikni va dunyoni bilishga qiziqishni shakllantiradi

metodologik - ularning asosida dunyo, uning yaxlitligi va rivojlanishi haqidagi

zamonaviy g'oyalar shakllanadi

konstruktiv - fanlararo aloqalar yordamida o'qituvchi o'quv materialining mazmunini,

ta'limni tashkil etish usullari va shakllarini yaxshilaydi.

Boshlang’ich ta’limda fanlararo aloqadorlikni tabiiy fanlar bilan matematikani bir-biriga

bog’lash orqali amalfa oshirishni bir nechta masalalar orqali ko‘rib chiqaylik. 4-sinf Tabiiy
fanlar darsligidan “Ignabargli o’simliklar” mavzusidagi quyidagi masalalar matematik hisob
kitoblar hamda amallarning ba’zi qonunlari asosida yechiladi.

1-masala.

Bir archa bir yilda 20 sm o‘sadi. Birinchi archa 5 yil davomida, ikkinchi archa

esa 7 yil davomida o‘sdi.

Savol: Ikkala archaning uzunligi jami qancha bo‘ladi?


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

47

Yechish:

masalani uch amal yordamida yechaylik

1) 5·20=100
2) 7·20=140
3) 100+140=240 cm
yoki umumiy ko‘paytuvchini qavsdan tashqariga chiqarish asosida
5·20+7·20 = 20·(5+7) = 20·12=240

Javob:

Ikkala archa jami 240 cm o’sdi

2-masala

. O‘rmonning 2/3 qismi ignabargli daraxtlardan, qolgan 1/3 qismi bargli

daraxtlardan iborat. Agar o‘rmonda jami 300 ta daraxt bo‘lsa, ignabargli va bargli
daraxtlarning har biri qancha?

Yechish: masalani yechish uchun o‘quvchilarga matematika fanida o‘tilgan ulush, kasr,

sonning qismini topish kabi tushunchalarni eslatish lozim. Demak, 2/3 qism degani, 300 ni
teng uchga bo‘lib ikki qismini olinishini natijada ignabargli daraxtlar soni hosil bo‘ladi, ya’ni
300·2 : 3=200 ta.

Xuddi shuningdek 300·1 : 3=100 ta bargli daraxtlar.
Javob: Ignabargli bargli daraxtlar jami 200 ta, bargli daraxtlar 100 ta.

3-masala.

Bir o‘quvchi sinfi o‘quv yili davomida o‘rmon uchun archa urug‘larini yig‘ib

berdi. Ular birinchi oyda 250 dona, ikkinchi oyda 320 dona, uchinchi oyda esa 180 dona urug‘
yig‘ishdi.

Savol:

Ular jami qancha archa urug‘ini yig‘ishdi?

Yechish:

Bu masalani biz guruhlash usuli bilan ishlab chiqamiz. (320+180)+250=750

Javob:

O’quvchilar jami 750 dona urug’ yig’ishdi.

4-masala.

Bir tog‘li hududda ignabargli daraxtlar ko‘p o‘sadi. Bu hududda 120 ta

qarag‘ay va 80 ta archa bor. O‘rmonni ko‘kalamzorlashtirish uchun yana 50 ta archa ekish
rejalashtirilmoqda.

Savol:

O‘rmondagi ignabargli daraxtlarning umumiy soni nechta bo‘ladi?

Bu masalani ham guruhlash usulida yechamiz.

Yechish

:(120+80)+50=250

Javob

: O’rmondagi ignabargli daraxtlarning umumiy soni 250 ta

Boshlang’ich sinlarda fanlararo aloqadorlikni tashkil etish orqali o’quvchilarning

o’rganayotgan bilimlarini bir-biriga bog’lash imkoniyati kengayadi, mustaqil fikrlash va
ijodkorlik rivojlanadi.

Xulosa

qilib aytganda, boshlang‘ich sinflarda fanlararo aloqadorlikni amalga oshirish

o‘quvchilarning bilimlarini chuqurlashtiradi, hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantiradi va ta’limni
qiziqarliroq qiladi. Bu yondashuv orqali bolalar turli fanlarni bog‘liq holda tushunadi,
ijodkorligi oshadi va o‘z qiziqishlarini kengaytirib, real dunyoni yaxshiroq anglashni
o‘rganadilar.

References:

1.

Xasanov A. A. Ўқитиш жараёнида фанлараро алоқадорликни амалга оширишнинг

психологик-педагогик асослари.Таълим психологияси. 9-14 bet.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

48

2.

Кулагин

П.Г.

Межпредметные

связи

в

процессе

обучения.

М.:

«Просвещение»,1981. –С. 96.
3.

Максимова В.Н. Межпредметные связи в процессе обучения. - М: «Просвещение»,

1988. –С. 91.
4.

Усова А.В. Межпредметные связи в преподавании основ наук в школе. - Челя

бинск: Изд. ЧПТУ «Факел», 1996. –С. 10-20.

5.

Babayeva

M.A.

Kompetensiyaviy

yondashuvda

o’quv

fanlari

integratsiyasining ahamiyati. Toshkent davlat pedagogika universiteti. Ilmiy axborotlari ilmiy-
nazariy jurnali. 5-son, 2022 yil. B.328-334. ISSN 2181-9580.

Библиографические ссылки

Xasanov A. A. Ўқитиш жараёнида фанлараро алоқадорликни амалга оширишнинг психологик-педагогик асослари.Таълим психологияси. 9-14 bet.

Кулагин П.Г. Межпредметные связи в процессе обучения. – М.: «Просвещение»,1981. –С. 96.

Максимова В.Н. Межпредметные связи в процессе обучения. - М: «Просвещение», 1988. –С. 91.

Усова А.В. Межпредметные связи в преподавании основ наук в школе. - Челя бинск: Изд. ЧПТУ «Факел», 1996. –С. 10-20.

Babayeva M.A. Kompetensiyaviy yondashuvda o’quv fanlari

integratsiyasining ahamiyati. Toshkent davlat pedagogika universiteti. Ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali. 5-son, 2022 yil. B.328-334. ISSN 2181-9580.