Авторы

  • Samariddin Aburaxmonov
    TDYU huzuridagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey 1-13-guruh o‘quvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.64005

Ключевые слова:

huquqiy ong huquqiy madaniyat huquqiy bilim huquqiy hujjatlar.

Аннотация

mazkur maqolada huquqiy ong va madaniyat tushunchalari, yoshlarning huquqiy ong va madaniyatini shakllantirishda e’tibor qaratiladigan mezonlar va insonlarda huquqiy madaniyatni shakllatirish samaradorligining asoslari ta’kidlanadi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

38

MAMLAKAT TARAQQIYOTIDA HUQUQIY ONG VA HUQUQIY

MADANIYATNING O‘RNI

Aburaxmonov Samariddin Sardorbek o‘g‘li

TDYU huzuridagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey

1-13-guruh o‘quvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14759599

Annotatsiya:

mazkur maqolada huquqiy ong va madaniyat tushunchalari, yoshlarning

huquqiy ong va madaniyatini shakllantirishda e’tibor qaratiladigan mezonlar va insonlarda
huquqiy madaniyatni shakllatirish samaradorligining asoslari ta’kidlanadi.

Аннотатция:

в данной стате выделены понятия правового сознания и културы,

критерии формирования правового сознания и културы молодежи, а также основы
эффективности формирования правовой културы у людей.

Abstract:

this article highlights the concepts of legal consciousness and culture, criteria

for the formation of legal consciousness and culture of youth, as well as the basis for the
effectiveness of the formation of legal culture among people.

Kalit soʻzlar:

huquqiy ong, huquqiy madaniyat, huquqiy bilim, huquqiy hujjatlar.

Ключевые слова:

правосознание, правовая култура, правовые знания, правовые

документы.

Key words:

legal consciousness, legal culture, legal knowledge, legal documents.


Huquqiy ong va madaniyat tushunchalari mohiyatan nimani anglatishiga bir qator

to‘xtalib o‘tsak.

Adabiyotlarda huquqiy ongga ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida qaraladi. U

kishilarda huquqqa, qonunchilikka, huquq-tartibotga va boshqa huquqiy hodisalarga nisbatan
bo‘lgan g‘oyalar, his-tuyg‘ular, tasavvurlar yig‘indisidir.

Huquqiy madaniyat esa kishilarning huquqiy bilim darajasi, huquqqa nisbatan ongli

munosabati, huquqni hurmat qilishi va unga rioya qilishi tushiniladi.

Huquqiy madaniyat qachon shakllanib boradi, qachonki insonlar kitob o‘qisa,

qonunchilik sohalaridagi yangiliklar bilan tanishib borsa, huquqlarini mustahkam bilsa va
majburiyatlarini vijdonan bajarsa inlonlarda huquqiy ong va madaniyat tizimli ravishda
shakllanib boradi hamda bu holat qadriyatga aylanadi.

Huquqiy ong - bu qonunga, davlat organlari faoliyatiga, shuningdek, shaxslarning

huquqiy tartibga solish sohasida sodir etilgan harakatlariga munosabatni ifodalovchi gʻoyalar,
gʻoyalar, his-tuygʻular, his-tuygʻular yigʻindisidir. Huquqiy ongning ijtimoiy ong shakli
sifatidagi oʻziga xosligi uning odamlarning ijtimoiy va individual hayotining intellektual
ifodasi ekanligida namoyon boʻladi. Huquqiy ong huquq tizimining quyidagi elementlari bilan
chambarchas bogʻliq: huquqiy normalar, huquqiy tamoyillar, huquqiy munosabatlar, huquq
ijodkorligi jarayonlari va boshqalar

1

.

1

https://cyberleninka.ru/article/n/huquqiy-ong-va-huquqiy-madaniyat-shakllari-rivojlanish-bosqichlari/viewer


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

39

Huquqiy madaniyat - huquqiy ongni amalga oshirish. Boshqacha qilib aytganda, huquqiy

madaniyat - bu huquq ijodkorligi faoliyati natijalarida, huquqni qoʻllash jarayonida
ifodalangan obʻektivlashtirilgan huquqiy ongdir

2

.

Ta’kidlashimiz lozimki, hozirgi globallashuv davrining ajralmas bo‘lagi hisoblanadigan

ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar hammamiz uchun odatiy kun
yuklamalariga aylanib bo‘ldi. Endi biz bu sohada mazmunli manbalardan foydalanishimiz
maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Insonlar turli saytlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘zingin huquq va majburiyatlarini

bilishi va amaliyotda qo‘llay olish imkoniyati mavjud.

Shulardan biri Adliya vazirligining rasmiy veb-sayti, “Lex.uz”, “advice.uz va boshqa

manblar ahamiyatlidir. Bundan tashqari Adliya vazirligi tomonidan yaqinda taqdimoti bo‘lib
o‘tgan va huquqiy masalalarga javob topishga ko‘maklashadigan “LexAI” platformasi ishga
tushirildi.

Bu tarmoqlar huquqiy ong va madaniyatni shakllantirishda muhim omil hisoblanadi.
Shunga o‘xshash rasmiy internet saytlari, turli ijtimoiy tarmoqlar oddiy aholiga

tushunarli bo‘lishini ko‘zlab yangi qabul qilinayotgan qonunlarga oddiy tilda sharh berib
kelmoqdalar.

Mazkur saytlardan va portallardan unumli foydalanishni bilishi kerak, e’tibor bersak

saytlarda huquqiy ma’lumotlar ma’lum klassifikator asosida sodda tilda joylashtirilgan, ya’ni
portallarda mehnat qonunchiligi, chet elda ishlash tartibi - migratsiya, pasport tizimi, oila
munosabatlari, uy-joy, kommunal xo‘jalik, fuqarolar tadbirkorligi, ijtimoiy himoya masalalari,
sog‘liqni saqlash, bank, soliq masalalari, transport sohasidagi qonunchilik, davlat xizmatlari,
iste'molchilar huquqlarini himoya qilish, ta’lim qonunchiligi, sud-huquq masalalari, huquqiy
himoya, majburiy ijro byurosi, nizolarni hal qilish, harbiy xizmat haqida huquqiy ma’lumotlar
olish imkonini beradi.

Xorijiy tajribalarni o‘rganish barobarida bir necha qiziqarli modellarga guvoh

bo‘lishimiz mumkin. Ularning eng yorqinlaridan biri “Street law” loyihasidir. Ingliz tilidan
tarjima qiladigan bo‘lsak, “ko‘cha huquqi” ma‘nosini anglatuvchi dastur orqali,
huquqshunoslar, organ xodimlari va huquqiy savodxonligi yuqori bo‘lgan volontyorlardan
tashkil topgan guruh orqali xalqqa o‘zlarini qiynab kelayotgan savollarga javob topishni,
qonunchilik bilan ishlashning oddiy usullarini o‘rgatadilar.

Bu dastur o‘z maqsadiga ko‘ra o‘quvchi yoshlarning ayniqsa, oddiy insonlarning huquqiy

ongi va madaniyatini o‘stirishda beqiyos hissa qo‘shadi.

Uning asosiy maqsadi – o‘quvchi yoshlarning hamda jamiyatdagi insonlarning amaliy

tajribalari, talab va takliflarini organib chiqqan holda barchaga huquqiy bilim va
ko‘nikmalarni berib borish hisoblanadi.

Yoshlar huquq va qonun, to‘g‘rilik va yolg‘on kabi huquqiy tushunchalar bilan birga

huquqiy qadriyatlarni bilishi va ularga amal qilish tajribasiga ega bo‘lishi ahamiyatlidir.

Mamlakat taraqqiyotida insonlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatning shakllanishi

muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Insonlarda huquqiy ong va madaniyatning shakllanishi
natijasida:

2

file:///C:/Users/User/Downloads/huquqiy-ong-va-huquqiy-madaniyat-shakllari-rivojlanish-bosqichlari%20(1).pdf


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

40

Mamlakatda korrupsiyaning oldi olinadi;
Qabul qilanayotgan qonunlar ijrosi so‘zsiz ta’minlanadi;
Inson huquqlari himoyasi yuksak darajada ta’minlanadi;
Mamlakatda huquqbuzarlik va jinoyatlar kamayadi;
Davlat hokimiyat organlari, tashkilot va muassasalar faoliyati qadrlanadi;
Ҳамма бир-бирини ҳурмат қилади;
Мамлакатда ижтимоий ҳаёт ривожланади, ҳаёт даражаси юксалади.
Insonlar o‘rtasida fuqarolik masalalarida huquqiy kelishmovchiliklar oldi olinadi va

boshqalar.

Shuning uchun ham mamlakatimizda huquqiy ong va madaniyatni yanada shakllantirish

uchun alohida e’tibor qaratilgan.

Jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni yanada shakllantirish va uning huquqiy asosni

yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-
sonli “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan
takomillashtirish toʻgʻrisida»gi farmoni qabul qilindi.

Ushbu Farmonda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning

asosiy vazifalari belgilandi, jumladan:

aholiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul

qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmuni va mohiyatini izchil yetkazish
tizimini shakllantirish, fuqarolar ongida “Jamiyatda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish
‒ demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir!” degan hayotiy g‘oyani mustahkamlash;

yosh avlod ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini hamda odob-axloq

normalarini chuqur singdirib borish, Konstitutsiyaning muhim jihatlarini ularga bolaligidan
boshlab o‘rgatish;

aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish bo‘yicha huquqiy-ma’rifiy tadbirlarni

xalqimiz tarixi, dini, milliy qadriyatlarini o‘rgatish bilan uyg‘un holda tashkil qilish,
shuningdek, har bir fuqaroda davlat ramzlari bilan faxrlanish tuyg‘ularini shakllantirish orqali
mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik hissini kuchaytirish;

davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish,

ularda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini
shakllantirish;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi

organlar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining manzilli huquqiy targ‘ibotni amalga
oshirish borasidagi o‘zaro hamkorligini mustahkamlash;

jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga doir tadbirlarni tashkil

etishda ijtimoiy sheriklik prinsiplaridan keng va unumli foydalanishni tizimli asosda yo‘lga
qo‘yish;

ommaviy axborot vositalarining huquqiy axborot bilan ta’minlashdagi rolini oshirish,

huquqiy targ‘ibotning innovatsion usullaridan keng foydalanish, shu jumladan, veb-
texnologiyalarni qo‘llashni kengaytirish;

yuridik ta’limni takomillashtirish, shuningdek, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta

tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish;


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

41

jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini chuqur

tadqiq etish

3

.

Bu ustuvor vazifalar davlat boshqaruv organlarining aholi bilan o‘zrao munosabatlarda,

ularning huquqiy madaniyatini shakllantirishda muhim huquqiy asoslardan hisoblanadi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, yuqorida sanab o‘tilgan huquqiy ong va madaniyatni

yuksaltiruvchi, mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlovchi yoki korrupsiyaga qarshi
kurashuvchi universal huquqiy asoslar mavjud. Ushbu asoslarni biz o‘rganib, bilishimiz
muhimdir

Shuning uchun har bir davlat o‘zining ichki imkoniyatlari va qadriyatlaridan kelin

chiqqan holda bunday modelni o‘zi yaratadi. Shu yo‘lda, boshqa xorijiy davlatlarda amalga
oshirilayotgan ishlarni hamda ularning qanday natija berayotganini tadqiq qilish muhimdir.
Ammo, ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirib olish yaramaydi.

O‘z navbatida mamlakatimizda ham aholining huquqiy ongi rivojiga ijobiy ta`sir

ko‘rsatish uchun quyidagilarni amalga oshirish foydadan holi bo‘lmas edi.

Yoshlarga huquqiy ta’lim berayotganda, ularning imkoniyatlarini hisobga olgan holda,

maxsus dasturlar yaratish. Masalan, bog‘cha yoshidagi bolalarga sahna ko‘rinishlari,
multfilmlar yoki rang-barang suratlar tarzida kerakli ma’lumotlarni yetkazish va ommaviy
axborot vositalari tizimida rasmiy kontentlarni ko‘paytirish insonning huquqiy ong va
madaniyatini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi.

References:

1.

Sh.A.Sadullayev. Davlat va huquq nazariyasi. Toshkent

2.

Davlat va huquq nazariyasi: Akademik litsey va kasb hunar kollejlari uchun o‘quv

qo‘llanma/ X.T. Odilqoriyev, I.T. Tulteyev, M.I. Suvonqulov va boshq.; -T.: O‘zbekiston
faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010. – 336 b.
3.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-sonli

“Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan
takomillashtirish toʻgʻrisida»gi farmoni
4.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 29-avgust 466-I-son qarori bilan

tasdiqlangan “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish” milliy dasturi.
5.

Internet ma’lumotlari.

3

https://lex.uz/ru/docs/-4149765

Библиографические ссылки

Sh.A.Sadullayev. Davlat va huquq nazariyasi. Toshkent

Davlat va huquq nazariyasi: Akademik litsey va kasb hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma/ X.T. Odilqoriyev, I.T. Tulteyev, M.I. Suvonqulov va boshq.; -T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010. – 336 b.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-sonli “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida»gi farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 29-avgust 466-I-son qarori bilan tasdiqlangan “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish” milliy dasturi.

Internet ma’lumotlari.