Авторы

  • Axmadjon Xusanboyev
    O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.64566

Ключевые слова:

pul-kredit siyosati kapital to‘lov balansi inflyatsiya iqtisodiy samaradorlik resurslar risklar.

Аннотация

Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan olib boriladigan pul-kredit siyosatining mohiyati, huquqiy-me’yoriy asoslari, ushbu siyosatning yo‘nalishlari tahlillar yordamida o‘rganildi. Shuningdek, ushbu tizim ta’sirida Respublika kapital oqimi holatida yuzaga keladigan iqtisodiy oqibatlar o‘rganilib chiqildi. Jahondagi rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlar Markaziy banklarining pul-kredit siyosati o‘rganildi.  O‘zbekistondagi so‘nggi yillardagi pul-kredit siyosatining natijalari rasmiy ma’lumotlar yordamida to‘plandi hamda tahlil etildi. Maqola mualliflari tomonidan mavzuga oid fikr, mulohazalar va takliflar taqdim etildi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

98

MARKAZIY BANK PUL-KREDIT SIYOSATINING KAPITAL OQIMI BALANSIGA

TA’SIRI

Xusanboyev Axmadjon Akbar o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14791897

Annotatsiya:

Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan olib

boriladigan pul-kredit siyosatining mohiyati, huquqiy-me’yoriy asoslari, ushbu siyosatning
yo‘nalishlari tahlillar yordamida o‘rganildi. Shuningdek, ushbu tizim ta’sirida Respublika
kapital oqimi holatida yuzaga keladigan iqtisodiy oqibatlar o‘rganilib chiqildi. Jahondagi
rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlar Markaziy banklarining pul-kredit siyosati
o‘rganildi. O‘zbekistondagi so‘nggi yillardagi pul-kredit siyosatining natijalari rasmiy
ma’lumotlar yordamida to‘plandi hamda tahlil etildi. Maqola mualliflari tomonidan mavzuga
oid fikr, mulohazalar va takliflar taqdim etildi.

Kalit so‘zlar:

pul-kredit siyosati, kapital, to‘lov balansi, inflyatsiya, iqtisodiy

samaradorlik, resurslar, risklar.

Abstract:

In the article, the nature of the monetary and credit policy conducted by the

Central Bank of the Republic of Uzbekistan, the legal and regulatory bases, the directions of
this policy were studied with the help of analysis. Also, the economic consequences of the
capital flow of the Republic under the influence of this system were studied. The monetary
policy of the central banks of the developed and developing countries of the world was
studied. The results of monetary and credit policy in Uzbekistan in recent years were
collected and analyzed using official data. The authors of the article presented opinions,
comments and suggestions on the topic.

Key words:

monetary policy, capital, balance of payments, inflation, economic

efficiency, resources, risks.

Аннотация:

В статье с помощью анализа изучены сущность денежно-кредитной

политики, проводимой Центральным банком Республики Узбекистан, нормативно-
правовая база, направления этой политики. Также были изучены экономические
последствия перетока капитала республики под влиянием этой системы. Изучена
монетарная политика центральных банков развитых и развивающихся стран мира.
Результаты денежно-кредитной политики в Узбекистане за последние годы собраны и
проанализированы с использованием официальных данных. Авторы статьи
представили мнения, комментарии и предложения по теме.

Ключевые слова:

денежно-кредитная политика, капитал, платежный баланс,

инфляция, экономическая эффективность, ресурсы, риски.

Kirish.

Iqtisodiy tizimlar zanjiri yaxlitligi mamlakatda butun bir iqtisodiyotni tashkil etishi va

uning bir-biriga bog‘liqligi, ushbu tizimdagi har bir siyosatning oqibatlarini oldindan jiddiy
tahlil etishni taqozo etadi. Mamlakatdagi har bir iqtisodiy faoliyat bilan boshqa bir yo‘nalishga
ijobiy yokida salbiy ta’sir etish, balki, ushbu yo‘nalishni boshqarish va tartibga solish mumkin.

Hozirda hech bir mamlakat iqtisodiyotiga zarur bo‘lgan kapital resurslarini o‘zi

ta‘minlay olmaydi. Shu sababdan mamlakatlar o‘rtasida kapital resurslarining oqimi yuzaga


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

99

keldi. Bunday integratsiyalashuvning global tarzda kengayishi har qanday iqtisodiyotni
chetlab o‘tayotgani yo‘q. Mamlakatlar o‘zi yuritadigan siyosat orqali kapital oqimi
samaradorligini oshirish hamda tashqi salbiy ta’sirlardan himoyalanish chora tadbirlarini
muntazam ishlab boradilar. Boshqa tomondan qaraganda esa, har bir mamlakat ko‘proq
kapital resurslariga hamda iste’mol bozorlariga intiladilar. Kapital oqimida qatnashga har bir
resurs, xususan, yer kapitali, moliyaviy resurslar, marketing ishlanmalari kabi nomoliyaviy
resurslar, yuqori texnologiya hamda inson kapitali qaysi iqtisodiyotlarga ko‘proq to‘planishi
yuzasidan ilmiy tahlillar olib boriladi. Mamlakatga kirayotgan har bir kapital egasining
maqsadi yuqori daromadni ko‘zlasa, sizning yutug‘ingiz ijtimoiy samaradorlikka erishish
bo‘lishi mumkin. Mamlakatning investitsion jozibadorligini oshirish, hukumatlar tomonidan
har ikkala tomonning huquqiy-me’yoriy asoslarini xalqaro standartlarga yaqinlashtirgan
holda yaratish, ularni ijrosini taminlash, mamlakatdagi pul kredit siyosatini tartibga solish,
ijobiy makroiqtisodiy ko‘rsatgichlarga erishish talab etiladi.

To‘lov balansining kapital bilan bog‘liq operatsiyalar hisobi kamomadini qoplash

natijasida mamlakatning boshqa bir mamlakat oldidagi majburiyati ortadi. Natijada
investitsiyalarning qiymat yaratmasligiga hamda majburiyat yuki ortishiga olib keladi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.

Mavzuga oid ko‘plab ilmiy izlanishlarda Markaziy bank pul-kredit siyosati orqali kapital

oqimi balansiga ta’sirining tahlil va natijalarini o‘rganishimiz hamda turli yondashuvlar
mavjudligini ko‘rishimiz mumkin.

Mamlakatimizda samarali pul-kredit siyosatini olib borishda rivojlangan davlatlarda

qoʻllaniladigan tizimlarni tanishtirish va ularning amaliy ahamiyatini asoslashga xizmat
qiluvchi ilmiy-amaliy xulosa va tavsiyalarni shakllantirish zarur boʻlib qoladi. Ushbu
tadqiqotda samarali pul-kredit siyosatini oʻrganish boʻyicha chora-tadbirlar ilmiy asosga ega.
Har qanday kredit siyosatining maqsadi odatda quyidagilardan iborat bo‘ladi: uzoq muddatli
investitsiyalardan aktsiyadorlarga yuqori daromad kelishini ta'minlash, likvidlikni saqlab
turish, tavakkalchilikni diversifikatsiya qilish, siyosat va tadbirlar birligini kafolatlash,
qonunlar va me'yoriy hujjatlarga rioya qilish, hududning kreditlarga bo‘lgan eіtiyojini
qondirish.[1]

Inflyatsiya va pul kredit siyosati bir biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan

iqtisodiyotning ikkita asosiy yo‘nalishidir. Ular o‘rtasidagi munosabatlarni tushunish
siyosatchilar, investorlar va biznes uchun asosli qarorlar qabul qilishlari uchun kerak. Ushbu
ilmiy tahlilda inflyatsiyaning mohiyati, uni nazorat qilishda pul-kredit siyosatining o‘rni
o‘rganilgan.[2]

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank kredit siyosatini moliyaviy tahlillar, pul

mablag‘larini tashkil etish darajasini ta’minlash, valyuta kurslari va pul birliklari kafolatlari
kabi bir qancha faktorlar asosida yuritadi. Markaziy bankning kredit siyosati moliyaviy
tahlillar asosida strategik maqsadlarga muvofiq shakllanadi. Ushbu siyosat orqali pul
massasini, valyuta fondi zaxiralarini oshirish ta’minlanadi. Iste’molchilarning ushbu kapital
resursiga bo‘lgan talabini qondirilishiga imkon yaratiladi.[3]

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosatining strategik maqsadi

bo‘lib, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash hisoblanadi. Shu sababli, milliy valyutaning


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

100

almashuv kurslari dinamikasiga baho berish monetar tahlilning muhim masalalaridan biri
hisoblanadi.[4]

To‘lov balansining muvozanatini tashkil etishda, odatda, bir qator ichki va tashqi

omillarning to‘lov baansiga ta’sirini baholashni taqozo etadi. Aktiv balansga ega bo‘lgan
davlatlar, xalqaro hisob-kitoblarga kirishuvchi mamlakatlarda makroiqtisodiy ko‘rsatgichlari
yaxshi bo‘lishidan manfaatdor bo‘lishadi. Passiv to‘lov balansiga ega bo‘lgan mamlakatlar esa,
faol to‘lov balansiga ega bo‘lgan davlatlardan import bo‘yicha cheklovlarni kamaytirish hamda
ushbu mdavlatlarga kapital chiqarilishini rag‘batlantirilishidan manfaatdor bo‘ladi.[5]

Iqtisodiyotda investitsiyalarning jozibadorligi – bu biznesmenni maxsus joyga jalb

qilishga qaratilgan jozibadorlik turlaridan biri hisoblaniladi. Hudud investitsiyalarini jalb
qilish resurslarning mavjudligi, hududlarni boshqarish va ularga investitsiyalarni jalb qilish
qobiliyati bilan bog‘liq bo‘lib, ular boshqa hududlardan foyda ko‘rishlari va hududning
rivojlanishini ta’minlashlari mumkin. Ushbu jozibadorlik ta’rifi bu siklli jarayon deb talqin
qiladi, chunki jozibali shahar o‘ziga xos maqsadli guruhlarni jalb qilishi va ushlab turishi
mumkin, bu esa o‘z navbatida natijaga ta’sirini ko‘rsatadi.[6]

Jahonda mamlakatlar to‘lov balansini tartibga solish amaliyotida valyuta kursi rejimini

to‘g‘ri tanlash va muvofiq valyuta siyosatini amalga oshirish muhim o‘rin tutadi. Rivojlangan
mamlakatlarda valyuta siyosati orqali to‘lov balansi muvozanatini ta’minlashda bozor
mexanizmlaridan foydalanish amaliyoti keng tarqalgan bo‘lsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda
to‘lov balansi holatiga ta’sir etish mexanizmlari bir muncha cheklangan.[7]

Tadqiqot metodologiyasi

Tadqiqot ish jarayonida iqtisodiy jarayonlarni o‘rganishning ilmiy usullari –

umumlashtirish, guruhlashtirish, tahlilning mantiqiy va taqqoslama usullari, qiyosiy tahlil,
istiqbolli prognozlash va boshqa usullardan foydalanilgan.

Tahlil va natijalar muhokamasi

Pul-kredit siyosati Markaziy bank tomonidan yuritiladigan iqtisodiyotning asosiy

tarkibiy qismi hisoblaniladi. Ushbu siyosat pul muomalasi, kredit bilan bog‘liq operatsiyalar
hamda pul tizimini bir maromda saqlab turishga qaratilgan chora tadbirlar majmuidir. Pul-
kredit siyosati orqali bozordagi ortiqcha pul massasi yig‘ishtirib olinadi va aksincha pul
massasi ko‘paytiriladi, inflyatsiya darajasi tushurishga hamda minimum darajadagi pul
zaxiralarini tashkil etish amaliyotlari bajariladi. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qarorida
pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida “2017-2021-yillarda
pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish va infflyatsiyaviy targetlash rejimiga
bosqichma-bosqich o‘tish” chora tadbirlari belgilab o‘tildi.[8]

Mamlakatning to‘lov balansi ma’lum bir vaqt davomiyligida, xususan, chorak, yarim yil

va br yil oralig‘ida davlat va unda ro‘yxatdan o‘tgan barcha yuridik, jismoniy shaxslar hamda
davlat idoralarining boshqa mamlakatda ro‘yxatdan o‘tgan yuridik va jismoniy shaslari bilan
amalga oshirga hamma iqtisodiy operatsiyalarini o‘zida aks ettiruvchi statistic hisobot.
Mamlakatning to‘lov balansi quyidagi bo‘limlardan tashkil topadi:

-

Joriy operatsiyalar hisobi;

-

kapital bilan bog‘liq operatsiyalar hisobi;

-

moliyaviy operatsiyalar hisobi;

-

sof xatolar va yo‘qotishlar;


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

101

Ushbu ilmiy tadqiqot davomida Markaziy bank pul-kredit siyosati orqali

iqtisoiyotimizning kapital bozoriga, xususan, kapital resurslari oqimiga qanday ta’sir
o‘tkazishi yoritib o‘tiladi. Kapital bilan bog‘liq operatsiyalr hisobi tarkibiga kapital va yer
transfertlari, bir davlatning boshqa bir davlatga beg‘araz moliyaviy yordami, tabiiy resurslar,
shartnomalar, ishlab chiqarilmagan nomoliyaviy aktivlar kiradi. Kapital oqimi mamlakatga
kirishi natijasida bozor yalpi talabi qondiriladi. Mamlakatda ishlab chiqarish hamda xizmat
ko‘rsatish soni ortadi, balki, sifat darajasi o‘sishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Jahon bozoridan
kapitallarni jalb qilishda mamlakatning makroiqtisodiy ko‘rsatgichlari ijobiy bo‘lish kerak.
Aynan shu jihat kapital egasini qiziqtiradigan iqtisodiy omil sifatida qaraladi. Faol to‘lov
balansi bilan chiqish mamlakatga valyuta tushumini ko‘paytiradi, bu o‘z navbatida
iste’molchilarning yalpi talabini oshiradi, ishlab chiqarish rag‘batlantiriladi, budjet tushumi
ortadi, budjetdan mablag‘ oluvchi ijtimoiy sohalarning moliyalashtirilisha kengayadi. Bunday
iqtisodiy samaradorlikning xar bir zanjirida eng avvalo, xalq farovonligi ortishini ko‘rishimiz
mumkin. Pasiv to‘lov balansiga ega bo‘lgan davlatlar o‘z sheriklaridan importga ligota
ajratilishidan manfaat ko‘radilar. Kapital bilan bog‘liq operatsiyalar hisobidagi kamomad
to‘lov balansining moliyaviy operatsiyalar hisobidan, xususan, davlat qarzi hamda
investitsiyalardan yopiladi. Bundan tahlil qilish mumkinki, kapital oqimi balansining defitsiti
mamlaktning boshqa bir mamlakat oldidagi majburiyatini oshirishga olib keladi.

Mamlakatda makroiqtisodiy holatni yaxshilashda hamda iqtisodiyotning investitsion

jozibadorligini oshirishda pul-kredit siyosatining islohotlarini jadallashtirish va rivojlantirish
dasturlarini muvaffaqiyatli amalg oshirish muhim zaruriyat kasb etadi.

Inflyatsiyaning past va barqaror darajasi aholi hamda yuridik shaxslar omonatlarini

uzoq muddatli investitsiyalarga aylanishi uchun kerakli sharoit yaratadi hamda ichki
bozordagi narxlar nomutanosibligini kamaytirib mavjud iqtisodiy resurslarning samarali
taqsimlanishiga xizmat qiladi.[9] Pul-kredit siyosatini amalga oshirish tartibi iqtisodiyotning
holatidan kelib chiqgan xolda amalga oshiriladi. Pul-kredit siyosatining asosiy
yo‘nalishlaridan biri milliy valyuta barqarorligini ta’minlash hisoblanadi. Bunda almashuv
kursining xorijiy valyutalarga nisbatan barqarorligi hamda ichki harid barqarorligi deb qabul
qilish mumkin.

Iyul oyida Iste’mol narxlari indeksi –0.2 foizga kamayib, oldingi oyga nisbatan yengil

o‘sish (–0.3 foiz) qayd etildi. 2022-yilning tegishli davrida oylik inflyatsiya darajasi biroz
yuqoriroq (-0,1 foiz) ko‘rsatkichni tashkil etdi. Yil boshiga nisbatan umumiy iste’mol narxlar
indeksi 3,3 foizga oshdi, bu 2022-yilning tegishli davriga nisbatan sezilarli pasayishni
anglatadi (6,4 foiz). 2023-yilning dastlabki yetti oyida o‘rtacha oylik inflyatsiya 0,7 foizni
tashkil etdi.[10]Inflyatsiya ko‘rsatkichi 8,9 foizni tashkil etib, taqqoslaganda, shu yilning iyun
oyida 9.0 foiz, may oyida esa 10.4 foiz va yanvarda 12.2 foiz edi.[11]

2023-yil 27-iyul kuni O‘zbekiston Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasini

14

foiz

o‘zgarmagan holda qoldirishga qaror qildi. Markaziy bank ushbu qaror asoslarida

inflyatsion bosimni davom ettirishi bilan, so‘nggi 6 oy ichida xizmatlar inflyatsiyasining
sezilarli darajada pasaymasligini ta’minlab, asosiy inflyatsiyaning kutilganidan sekinroq
pasayishiga (may oyida

12.4 foizdan

iyun oyida

11,3 foizga

) sabab bo‘ldi.[12]

2023-yil iyul oyida so‘m AQSh dollariga nisbatan doimiy ravishda qariyb 1 foizga

qadrsizlandi. Yevroga nisbatan 2 foizdan ko‘proqqa qadrsizlandi, ayniqsa oyning o‘rtalarida 4


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

102

foizga keskin pasayib ketdi va bu raqam oyning oxirigacha faqat qisman tiklandi. Shuningdek,
o‘zbek so‘mi Qozog‘iston tengesiga nisbatan 2 foizga qadrsizlandi. Bundan tashqari, iyul oyida
o‘zbek soʻmi Qirgʻiziston soʻmi va tojik somoniga nisbatan 1 foizdan kamroqqa qadrsizlandi.
Iyul oyi boshida Vagner guruhining qo‘zg‘oloni va Rossiya eksportining qisqarishi natijasida
so‘m Rossiya rubliga nisbatan 8 foizga qimmatlashdi. Keyinchalik so‘m sezilarli darajada
yuqori barqarorlashishga erishdi va iyul oyida ham 6 foizdan ortiq o‘sish bilan yakunladi.
Turkiyadagi doimiy yuqori inflyatsiya tufayli so‘m iyul oyida turk lirasiga nisbatan o‘sishda
davom etdi. Oyning ikkinchi yarmida so‘mning o‘sishi ayniqsa yaqqol ko‘zga tashlandi,
shuning uchun so‘m iyul oyi davomida 3 foizga qimmatlashdi.[13]

2023-yil iyun oyida tovar va xizmatlarning oylik eksporti 1,6 mlrd dollarni tashkil etib,

2022-yilning iyuniga nisbatan 12 foiz o‘sdi.[14] 2023-yilning birinchi yarmida
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 29,2 milliard dollarni tashkil etib, 2022-yilning
birinchi yarmiga nisbatan 19,4 foizga o‘sdi. Eksport hajmi 12,1 milliard dollarga, import hajmi
esa 17,0 milliard

dollarga yetdi. Eksport va importning o‘sish sur’atlari 2022-yilning shu

davriga nisbatan mos ravishda 23,0 foiz va 17,0 foizni tashkil etdi. 2023-yilning birinchi
yarmida salbiy savdo balansi 4,9 milliard dollarni tashkil etdi.

1-jadval. 2023 yil iyun oyida tanlangan mamlakatlarda inflyatsiya va savdo

ko‘rsatgichlari.[15]

Mamlakatlar

Inflyatsiya

oylik

Inflyatsiya

yillik

Import

Nominal(milli

ard AQSH

dollari)

O‘sish

% da

Eksport

O‘sish

%

Xitoy

-0.20%

0%

214.7

-6.8%

285.3

-12.4%

Qozog‘iston

0.50%

14.60%

24.2

38.8%

31.6

-7.7%

Rassiya

0.37%

3.3%

-

-

-

-

Turkiya

3.92%

38.21%

26.1

-17.5%

20.9

-10.5%

O‘zbekiston

-0.30%

9%

3.4

64%

2.8

127%


Boshqa tanlangan davlatlar bilan solishtirganda (1-jadval) O‘zbekistonda oylik

inflyatsiya darajasi 2023-yil iyun oyida eng past, hatto Xitoydagidan ham pastroq bo‘ldi.
Qozog‘iston Respublikasida oylik inflyatsiya darajasi O‘zbekistonga nisbatan mos ravishda 0,5
foiz yuqoridir. Yillik inflyatsiya darajasi Xitoy (0 foiz) va Rossiya Federatsiyasi (3,3 foiz) dan
yuqori bo‘lsada, Qozog‘iston (14,6 foiz) va Turkiya (38,2 foiz) dan past bo‘ldi.

1

Xulosa va takliflar.

O‘zbekiston amaliyotida pul-kredit siyosatining bir qator tamoyillarini qo‘llab

quvvatlash orqali kapital bilan bog‘liq operatsiyalar hisobida ijobiynatijalarga erishishimi
mumkin. Ushbu tahlil natijalar bir qator mamlakatlarning Markaziy banklari tomonidan
amaliyotda sinalgan pul-kredit islohatlarining umumiy o‘rganishlar natijasi sifatida qaraladi.

1

https://asr.gov.uz/news/8577

.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

103

Markaziy bank pul-kredit siyosati instrumentlarini yanada takomillashtirish maqsadida,
Respublikada faoliyat yuritayotgan tijorat banklarining xorijiy valyutadagi depozitlari uchun
zarur boʻlgan rezerv nisbatini milliy valyutadagi depozitlar boʻyicha talab qilinadigan rezerv
nisbati darajasigacha pasaytirish zarur, Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalari
hajmini, xususan, qimmatli qog‘ozlar emissiyasi hajmini oshirish kerak, bozorda kredit
iste’moli hajmi ortishi natijasida kredit foizlarining oshishini oldini olish maqsadida maxsus
rezerv fondini shakllantirish lozim.

Moliyaviy kapital kengayishini rag‘batlantirish orqali bozorni naqd pul bilan

taminlanganlik darajasini ko‘tarish uchun tijorat banklari kreditlarining nominal foiz stavkasi
barqarorligini ta’minlash kerak

References:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining pul-kredit siyosati // Journal of science-

innovative research in Uzbekistan. Vol. 1, Issue 3, 2023. (ISSN: 2992-8869)
2.

Inflyatsiya va pul-kredit siyosat // So‘nggi ilmiy tadqiqotlar nazariyasi Respublika ilmiy-

uslubiy jurnali. 6-jild, 12-son, 2023.
3.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amalga oshirilgan pul-kredit siyosatining

tahlili // Intellectual education technological solutions and innovative digital tools. Vol. 2,
Issue 22, 2023.
4.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosatining amaldagi holati tahlili

// Pedagog. Vol. 6, Issue 5, 2023.
5.

To‘lov balansini tuzish qoidalari va uni takomillashtirish yo‘llari. // Экономика и

социум. Vol. 4, (95)-2, 2022.
6.

Iqtisodiyotning investitsion jozibadorligini oshirishga ta’sir etuvchi omillar. //

Innovative academy research support center., 2022.
7.

Mamlakat to‘lov balansida portfel investitsiyalarning o‘rni. // Multidisciplinary Scientific

Journal. Vol. 1, Issue 15, 2023(ISSN: 2181-4147)
8.

2017-2021-yillarda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish va inflyatsiyaviy

targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish chora tadbirlari to‘g‘risida.// O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining Qarori, 13.09.2017- yildagi PQ-3272.
9.

https://cbu.uz/uz/monetary-policy/concept/

10.

https://stat.uz/images/uploads/reliz-2023/narx_-2023_-yanvar-iyul-5.pdf

11.

https://stat.uz/images/uploads/reliz-2023/narx_-2023_-yanvar-iyul-5.pdf

12.

www.cbu.uz

13.

https://asr.gov.uz

14.

https://stat.uz/images/uploads/docs/tashqi_savdo_ru_2023_yanvar-iyun.pdf

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining pul-kredit siyosati // Journal of science-innovative research in Uzbekistan. Vol. 1, Issue 3, 2023. (ISSN: 2992-8869)

Inflyatsiya va pul-kredit siyosat // So‘nggi ilmiy tadqiqotlar nazariyasi Respublika ilmiy-uslubiy jurnali. 6-jild, 12-son, 2023.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amalga oshirilgan pul-kredit siyosatining tahlili // Intellectual education technological solutions and innovative digital tools. Vol. 2, Issue 22, 2023.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosatining amaldagi holati tahlili // Pedagog. Vol. 6, Issue 5, 2023.

To‘lov balansini tuzish qoidalari va uni takomillashtirish yo‘llari. // Экономика и социум. Vol. 4, (95)-2, 2022.

Iqtisodiyotning investitsion jozibadorligini oshirishga ta’sir etuvchi omillar. // Innovative academy research support center., 2022.

Mamlakat to‘lov balansida portfel investitsiyalarning o‘rni. // Multidisciplinary Scientific Journal. Vol. 1, Issue 15, 2023(ISSN: 2181-4147)

-2021-yillarda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish va inflyatsiyaviy targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish chora tadbirlari to‘g‘risida.// O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 13.09.2017- yildagi PQ-3272.

www.cbu.uz