Авторы

  • N. Durdiyev
    q.x.f.d.., dotsent “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti dotsenti, q.x.f.d
  • A. Dauletbaev
    “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti 3 bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.64567

Аннотация

Ushbu maqolada kollektor drenaj tushunchalari va kollektor drenaj  suvlaridan qayta foydalanish, sug‘orish suviga qo‘yiladigan talablar va ulardan qayta foydalanishda qo‘llaniladigan usullar va kollektor drenaj suvlarining tuproq holati va ekinlar hosildorligiga ta`siri haqida ma`lumot keltirilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

95

SUV TANQISLIGI SHAROITIDA KOLLEKTOR DRENAJ SUVLARIDAN

FOYDALANISH ISTIQBOLLARI

N.Durdiyev

q.x.f.d.., dotsent “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash

muxandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti

dotsenti, q.x.f.d

A.Dauletbaev

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti”

Milliy tadqiqot universiteti 3 bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14791871

Annotatsiya

Ushbu maqolada kollektor drenaj tushunchalari va kollektor drenaj suvlaridan qayta

foydalanish, sug‘orish suviga qo‘yiladigan talablar va ulardan qayta foydalanishda
qo‘llaniladigan usullar va kollektor drenaj suvlarining tuproq holati va ekinlar hosildorligiga
ta`siri haqida ma`lumot keltirilgan.

Abstract

This article provides information on the concepts of collector drainage and the reuse of

collector drainage waters, the requirements for irrigation water and the methods used for
their reuse, and the impact of collector drainage waters on soil conditions and crop
productivity.

Аннотация

В статье представлена информация о концепциях коллекторного дренажа и

повторного использования коллекторно-дренажных вод, требованиях к оросительной
воде и методах ее повторного использования, а также о влиянии коллекторно-
дренажных вод на состояние почвы и урожайность сельскохозяйственных культур.

Kirish.

O‘zbekiston Respublikasi hududida Qishloq xo‘jaligida 29 mln gektar

maydondan foydalanib, Respublikamiz aholisini oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat va
iqtisodiyot tarmoqlarini kerakli bo‘lgan xom-ashyo bilan ta`minlab kelmoqda. Aholi sonining
oshib borishi va manbalardan olinadigan suv miqdorining kamayishi, sug‘oriladigan yerlar
ko‘pligi suvga bo‘lgan ehtiyojimizni oshirishi tabiiydir [2].

Kundalik ehtiyojni qondirish uchun aholi jon boshiga har bir sutka uchun 50 litr suv

kerak bo‘ladi. 1 kg guruch mahsulotini yetishtirish uchun 3000 litr suv zarur. Har birimiz
yiliga 58 kg guruch iste`mol qilamiz.

Sholining yangi navini chiqarayotgan seleksionerlar

suv sarfini 50 % ga kamaytirishni nazarda tutmoqda[3].

Bir dona buxonka non (400gr) yetishtirish uchun 550 litr suv kerak. Rivojlanyotgan

davlatlarda 100 gram mol go‘shti ishlab chiqarish uchun o‘rtacha 1500 litr suv ishlatiladi [5].


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

96

2030-yilga kelib aholi soni 40 mln kishiga yetishi bashorat qilingan. Bunday sharoitda

suv tanqislik darajasi 13-14% dan 44-46% ga yetishi mumkin. Qo‘shimcha sug‘orish manbasi
sifatida bizga o‘n millionlab suvni o‘zida saqlayotgan kollektor drenaj suvlaridan qayta
foydalanish yordam bera oladi [1].

Drenaj tushunchasi qishloq xo‘jaligida tuproq grunt suvlaridan eruvchan zaharli

tuzlarni tuproq qatlamidan chiqarib tashlash uchun quriladigan gidrotexnik inshoatdir. Grunt
suvlari to‘planib qoladigan yoki oqib ketishi qiyin bo‘lgan joylarda sho‘rlanish va
botqoqlanishga qarshi drenajlar barpo etiladi. Ularning yana bitta asosiy vazifasi sizot
suvlarini sathini pasaytirishdan ham iborat. Drenajlar dastlab Hind vodiysida barpo etilgan,
bundan maqsad chiqindi suvlaridan qutilish bo‘lgan. G‘oya muallifi Xyu Dalrimpl. Kollektorlar
drenajning bir qismi bo‘lib drenaj tarmog‘ining suv yig‘uvchi qismidan keloyatgan suvni qabul
qilib, meliratsiyalanadigan maydondan chiqarib yuboradigan ochiq kanal yoki drenaj quvuri
[4].


Asosiy qism:

O‘zbekistonda sug‘oriladigan maydonlarning 56% turli darajada

sho‘rlangan. Respublikaning ba`zi hududlarida kolleltor drenaj tarmoqlari suvlaridan qayta
foydalanmoqda, kollektor drenaj suvlarining minerallashganlik darajasi 5-7 g/l va undan
yuqori ekanligi aniqlangan. Kollektor drenaj suvlarining bu holatga kelishida asosan ekin
yetishtirishda qo‘llaniladigan mineral o‘g‘itlarning hissasi katta. Ularning miqdori daryo
suviga nisbatan 2-5 marta ortiq ekanligi aniqlangan. Lekin O‘rta Osiyo irrigatsiya ilmiy
tadqiqot insituti ma`lumotlariga ko‘ra, tuproqda qayta sho‘rlanish yuzaga keltirmaydigan 3,36
km kub suvdan qo‘shimcha meliorativ tadbirlarsiz foydalanish mumkin.

Sug‘orish suvining sifati birinchi navbatda suvdagi: loyqa va tuz miqdori, ulardagi

bakteriologik tarkibi bilan belgilanadi. O‘zbekistondagi Chirchiq daryosi loyqaligi 0,2-0,3
kg/m kub, Amudaryoda 3 kg/m kubni tashkil etadi. Ekinlarni sug‘orishda suv tarkibidagi
xloridli tuzlar 1 g/l gacha bo‘lgan suvlardan yengil tuproqlarda va 0,5g/l gacha bo‘lgan
suvlardan barcha tuproqlarda foydalanish mumkin. T.P.Gluxova va G.A.Korolyova (1984)
ma`lumotida Mirzacho‘lda qadimdan foydalanib kelinayotgan suvlarning minerallashganlik
darajasi 3g/l bo‘lgani va bu uzoq vaqt davomida bunday foydalanish hududning tuprog‘i
yomonlashuviga va hosildorlikning pasayishiga olib kelgan.

Sug‘orish suvining sifatini yaxshilashda qator chora tadbirlar o‘tkaziladi. Bunda

kollektor drenaj suvi tarkibidagi moddalar qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish talabiga


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

97

moslashtiriladi, ya`ni tuz miqdori va tarkibi, loyqaligi shuningdek, patogen mikroblar (o‘simlik
tanasiga kirib zararli ta`sir korsatuvchi mikroblar) mavjudligi tekshiriladi. Sug‘orishda
minerallashganligi 5-6g/l bo‘lgan kollektor drenaj suvlaridan AQSH, Tunis, Jazoir va Eron
davlatlarida bu usuldan foydalanib kelmoqda [1].

Kollektor drenaj suvlaridan qayta foydalanishda maxsus tozalash inshoati bo‘lib u yerda

suv mexanik, biologik va kimyoviy tozalashdan o‘tadi. Mexanik tozalashda suvdan qattiq
zarrachalar olib tashlanadi, biologik tozalash bosqichida organik moddalarni parchalaydigan
mikroorganizimlardan foydalanadi, kimyoviy tozalashda esa suvdagi tuz, nitratlardan
tozalanadi. Hattoki bu jarayon bir necha marotaba takrorlanishi mumkin. O‘zbekiston
hududida kollektor drenaj suvlaridan qayta foydalanishda minerallashganlik darajasini
e`tiborga olib sug‘orishdan oldin daryo suvlari bilan 1:1 yoki 1:2 nisbatda ya`ni 1 m kub
kollektor drenaj suvi bilan 1 yoki 2 m kub daryo suvi bilan aralashtirgan holda foydalana
olamiz. Bu esa suv sarfini kamaytirishda eng maqbul sug‘orish usulidir. Chuchuk suv
zaxirasining 70-90% rivojlanayotgan mamlakatlarda ekinlarni sug‘orishda qo‘llaniladi.

Agar minerallashgan suvlar bilan sug‘orish meyori tuproqning chegaraviy nam

sig‘imidan oshib ketadigan bo‘lsa tuproq tarkibida tuz yig‘ilib sho‘rlanish yuzaga keladi.
Bunday paytlarda kollektor drenaj suvlaridan foydalanishdan keyin mavsumiy sho‘r yuvish
tadbirini talab qiladi [2].

Xulosa.

Kollektor drenaj suvlaridan suv tanqis bo‘lgan yillarda qishloq xo‘jaligi

ekinlarining suvga bo‘lgan talabini qondirish va hosildorlikni saqlab turish, oziq- ovqat
xavfsizligini oldini olishda foydalanish mumkin.

References:

1.

Artukmetov Z.A., SHeraliyev H.Sh. Ekinlarni sugorish asoslari. Toshkent-2007.

2.

Abdulhakimova.M, Axmadaliyeva.L va Mannopova.O. "Sugoriladigan yerlarda kollektor

zovur tarmoqlaridan samarali foydalanish".
3.

Dublin tamoyillari 1992.

4.

Toshbekov N., Negmurodova D., Ozodova A. Kollektor-zovur suvlaridan qishloq xo‘jaligi

ekinlarini sug‘orishda foydalanish (Buxoro viloyati misolida).
5.

https://www.iwmi.org/

6.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Drenaj_(muhandislik_usuli)

Библиографические ссылки

Artukmetov Z.A., SHeraliyev H.Sh. Ekinlarni sugorish asoslari. Toshkent-2007.

Abdulhakimova.M, Axmadaliyeva.L va Mannopova.O. "Sugoriladigan yerlarda kollektor zovur tarmoqlaridan samarali foydalanish".

Dublin tamoyillari 1992.

Toshbekov N., Negmurodova D., Ozodova A. Kollektor-zovur suvlaridan qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda foydalanish (Buxoro viloyati misolida).