ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
92
O’ZBEK VA INGLIZ MAQOLLARIDA TARBIYA, OILANING ROLI VA
AHAMIYATI
Shohista Chutboyeva
Termiz Iqtisodiyot va Servis Universiteti
Filalogiya va Tillarni O’qitish(Ingliz tili) yo’nalishi 2-kurs 4.23 – guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14778076
Annotatsiya:
Maqolada o’zbek va ingliz maqollarining umuminsoniy xususiyatlarini
o’rganish va maqollarni tarjima qilish, muqobil variantini topishga qaratilgan. Olimlar tahlili
ham keltirilgan va keng fikr yuritilgan. Maqolada xalq maqollariga adabiy nuqtayi nazardan
qiziqish, asar badiiyligini oshirish va til ravonligini ta’minlash uchun undan keng
foydalanishdagi xususiyatlar keng tahlil etiladi. Ulardagi barcha xususiyatlar atroflicha
o’rganiladi.
Kalit so’zlar:
Maqollar, Oilaviy qadriyatlar, Folklor, Xalq ta’lim vazirligi, Konsepsiya,
atrof-muhit, hayot qomusi, iqtisodiy tafakkur, zararli sifatlar, hay’at majlisi, kengash, ijod
sarchashmasi.
Annotation:
The article aims to study the universal features of Uzbek and English
proverbs, translate proverbs and find alternative version. Scholarly an analyses are also
presented and widely discussed. In the article interest and folk proverbs from a literary point
of view, features of their widespread use to increase the artistry of the work and ensure
fluency of the language are widely analyzed. All their features are studied in detail.
Key words:
Proverbs, Family values, Folklore, Ministry of Public Education, concept,
environment, encyclopedia of life, economic thinking, harmful qualities, board meeting,
council, burst of creativity.
Kirish
Xalq og’zaki ijodi janri; qisqa va lo’nda, obrazli va obrazsiz, gramatik va mantiqiy
tugallangan ma’noliva hikmatli ibora, chuqur mazmunli, muayyan aniq shaklga ega.
Maqollarda avlod- ajdodlarning hayotiy tajribalari, jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati,
etik va estetik tuyg’ular, ijobiy fazilatlari mujassamlashgan. Asrlar mobaynida sayqallanib
ixcham va soda poetik shaklga kelgan. Maqollarni hayot qomusi, xalq og’zaki ensklopediyasi,
o’ziga xos bir badiiy-tarixiy solnonma deyish mumkin. Ular insonlar aqlini o’tkirlashtiradi,
nutqini ravshan va ta’sirchan qiladi, hayotda to’g’ri yo’ni tanlay bilishga, hayotiy jumboqlar va
muammolarni to’g’ri yechishga o’rgatadi.Shuningdek, maqollar o’z ijodkori bo’lmish xalqning
dunyo qarashini, madaniy, maishiy hayotini , tafakkur xazinasini jamlovchi eng kichik og’zaki
ijod namunalari sifatida juda qadimiydir.
Har bir millat va elatning o’zligini , tarixi, madaniyati va milliy qadriyatlarini ifodalovchi
omillardan biri xalq og’zaki ijodidir. Xalq og’zaki ijodi asrlar davomida sayqallanib , xalq
orasida aytilib, avloddan avlodga o’tib kelayotgan ma’naviy meroslardan biridir. Xalq og’zaki
ijodining takrorlanmas janrlaridan biri bu maqoldir. Maqol folklorshunoslikda
o’rganilayotgan eng muhim mavzulardan biridir. Maqollar xalq donishmandligining nodir
namunalari sifatida og’zaki badiiy ijodning keng tarqalgan mustaqil janridir. Shartli ravishda
ularni xalqona odob-axloq qoidalar deb atash mumkin.
Tahli va metod
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
93
G’arb va Sharq adabiyotidan, ingliz va o’zbek maqollarini o’xshash jihatlariga nazar
solsak, ushbu ikkala millatdan hamdo’stlik, vatanparvarlik, halollik, mehnatsevarlik, mehr-
oqibat, adolat kabi tushunchalar doimo madh etilgan.
Misol uchun: Bulbul chamanni sevar-Odam vatanni .Ingliz tilida esa: every bird likes its
own nest- maqolini aytishimiz mumkin.Ushbu maqolni so’zma so’z tarjima qilsak, har bir qush
o’z inini sevadi degan tarzda tarjima qilinadi va o’zbek tilidagi maqol bilan bir xil Vatanni
sevish ma’nosi yuzaga kelsada lekin tarjimadan ko’ra o’zbek tilidagi ekvivalentini keltirsak
yanada aniq va tushunarli bo’ladi.
Ingliz tilida maqol atamasi asosan “proverb” so’zi orqali ifoda etiladi. Ba’zan ko’plab
adabiyotlarda: adages, distums, maxims, precepts, truism so’zlari orqali ham maqol
tushunchasini berishimiz mumkin.
Ingliz xalq maqollari ham xuddi o’zbek xalq maqollari singari g’oyat mukammal va xalq
og’zaki ijodining eng sara namunalaridan biridir. Ingliz va butun G’arbiy Yevropa
davlatlarining xalq og’zaki ijodi va aynan maqollarning tarqalishida, maqollar kitobi deb
atalmish “Bible” ya’ni Bibliyaning o’rni katta. Kitob ingliz xalq maqollarini o’zida jamlagan
bo’lib, aynan qadimgi ajdodlar tomonidan aytilgan maqollar keltirilgan.
Ingliz tilida mqol o’ta murakkab va juda ko’p izlanishlar olib borilgan sohalardan biridir.
Ayniqsa, maqollarning nazariy jihatdan qilingan ko’plab yangiliklari bu soha ustidan ish olib
borayotgan tadqiqotchilarga asosiy poydevor bo’la oladi.
Xuddi o’zbek maqollari singari ingliz maqollarida hamturli xil badiiy vositalarning
maqollardagi faol ishtirokini kuzatishimiz mumkin. Maqollardagi badiiy vositalarning
ishtirokini ingliz olimlaridan Arora o’zining bir qator maqollarida keltirib o’tadi.
Maqollardagi alliteratsiyaning mavjudligi: No fool like an old fool. Maqollardagi ritmning
mavjudligi: A friend to everydiv is a friend to nodiv. Inversiyaning mavjudligi: Better is a
neighbour nearby than a brother far away. Tazo san’atining ishlatilishi: Fools never know
when they are well. O’zbek va ingliz maqollari mavzu jihatidan juda rang-barangdir. Agar
barcha o’zbek va ingliz maqollari keltirilgan to’plamlarni ko’rib chiqadigan bo’lsak, ularda
o’zbek xalqi hayotining har bir jabhasida uchraydigan narsalar va turli xil hodisalarning
maqollarda ifodalanishiga guvoh bo’lamiz . Filologiya fanlari doktori, professor To’ra
Mirzayev, Asqar Musoqulov, Bahodir Sarimsoqovlar tomonidan 2005-yilda chiqqan
to'plamida o’zbek xalq maqollarining 70 ga yaqin mavzudagi maqollarning jamlanmasi
berilgan.
To’plamda o’zbek xalq hayotining barcha sohalarida uchraydigan maqollarni topishimiz
mumkin. Ilmiy ishimizning ushbu qismining asosiy maqsadidan keliub chiqqan holda “O’zbek
xalq maqollari” to’plamidagi bir xil mavzudagi maqollarning har ikkala tilde muqobil
variantiga ega yoki ega emasligini sabablarini xalqlarning mentalitetidan kelib chiqqan holda
isbotlashga harakat qilamiz.
Tahlil qilinadigan barcha o’zbek maqollarning ingliz muqobil variantlarini K. M.
Karamatova va H.S.Karomatovlarning “Proverbs. Maqollar. Пословицы “ deb nomlagan
kitobidan keltiramiz.
1. Vatan va Vatanparvarlik: Every bird likes its own nest. Tarjimasi: Har bir qush o’z
inini sevadi. Muqobil variant: Bulbul chamanni sevar-Odam Vatanni.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
94
2. Mehnatsevarlik va ishyoqmaslik: Speak less but do more. Tarjimasi: ko’p gapirma,
ko’p ishla. Muqobil variant: Qo’ling ishda, ko’ngling Allohda bo’lsin.
3. Halollik va tekinxo’rlik: Back is spent under his belly, what is got over the devil’s.
Maqollarning har ikkala tilde o’rganilish jihatlarini solishtiradigan bo’lsak, maqollarni
to’plam holatiga kelishi, badiiy vositalarning ishlatilish o’rnini o’rganish va umuminsoniy
jihatlarini ko’rsatish kabi masalalar deyarli bir xil.
Maqollardagi pand-nasihat xarakteri ularni yanada jonli va kuchli ta’sirchanligini
oshiradi. Masalan: Inglizcha “A bad execuse is better than none” o’zbek tiliga -xohlamasdan
kechirim so’rash, umuman so’ramagandan yaxshi deb tarjima qilinadi. O’zbekcha muqobil
variant sifatida “Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar,Yomon gap bilan musulmon dinidan”
maqolini keltiramiz. Ko’rinib turganidek ushbu maqollar pand-nasihat mazmunidagi ma’noni
beradi. Ya’ni shaxsga har doim shirinso’zlik va yaxshi kalomli bo’lish kerakligini anglatadi.
Ingliz tilidagi ma’lum bir mavzudagi maqollar o’zbek tilida ham uchrashi yoki aksincha,
o’zbek tilidagi ma’lum bir mavzudagi maqollar ingliz tilida ham uchrashi mumkin. Demak,
ingliz va o’zbek xalq maqollari ustida mavzu jihatidan olib brogan tadqiqotimizga ko’ra,
o’zbek maqollarida uchraydigan barcha mavzularning ingliz tilidagi maqollarda ham
uchratishimiz mumkin degan xulosaga kelamiz.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, ingliz va o’zbek maqollari bu xalqlarning madaniy merosidir.
Ularda ingliz va o’zbek xalqning barcha dunyoqarashi, turmush tarsi, fe’l-atvori va e’tiqodi aks
etadi. Har bir millat o’ziga xos tavsiflarga ega, bu ularning maqollariga ham ta’sir etmay
qolmaydi.
Hatto ayrim ingliz va o’zbek maqollardagi mavzular o’xshash bo’lsada, ulardagi obrazlar
takrorlanmasligi bilan ajralib turadi. Aynan ana shu tasvirlar maqollardagi milliy
bo’yoqdorligni ta’minlaydi. Tarbiya- ijtimoiy hayot hodisasi sifatida shaxs rivojlanishiga
bog’liq. Shaxsning rivojlanishi tarbiyaning sifatiga bog’liq. Tarbiya jarayoni uzoq va murakkab
davom etadi. Tarbiya ijtimoiy muhitning obektiv va subektiv omillariga tayanadi. Jamiyatning
siyosiy tizimi va mafkuraga bog’liqligi obektiv bo’lsa, tarbiya muassasalari o’qituvchilar, oila,
tarbiyachilar, jamiyat tashkilotlari subektiv omillar hisoblanadi.
References:
1.
“Milliy tarbiya”. Muallif: Muhammmadjon Quronov.
2.
“O’zbek xalq maqollari” T.Mirzayev, A.Musaqulov.Toshkent-2005.
3.
Ingliz va o’zbek maqollari haqida nazariy qarashlar. Raxmatullayeva S. J. 77- bet.
4.
Xalq og’zaki ijodi. I.Qodirova.
5.
Translation Theories of Neologisms. In International Virtual Conference on Language
and Literature Proceeding. Shermamatova.S & Yusupova.S (April-2022).