ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
83
OLIY TA’LIM MUASSASALARI BITIRUVCHILARINING MEHNAT BOZORIDAGI
RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH VA ISHGA JOYLASHISH
IMKONIYATLARINI KENGAYTIRISH
Annaqulov Kamol Xasanovich
Toshkent iqtisodiyot va sanoat texnikumi direktori
Iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (Phd)
https://doi.org/10.5281/zenodo.14777014
Annotatsiya.
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining mehnat
bozorida raqobatbardoshligini shakllantirish va ishga joylashish jarayonidagi muhim omillar
tahlil qilinadi. Bitiruvchilarning ish qidirishdagi xulq-atvori, raqobatbardoshlik salohiyatining
rivojlanishi va ularning kasbiy va ijtimoiy mobilligiga ta’siri o‘rganiladi. Shuningdek,
OTMlarning bitiruvchilarni bandlikka tayyorlashga qaratilgan faoliyati, kasbiy malakalar va
shaxsiy sifatlarni rivojlantirish jarayoni ham yoritilgan. Mehnat bozorida bitiruvchilarning
raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiluvchi amaliy mexanizmlar, shu jumladan, ishga
joylashish jarayonida samarali o‘zini namoyon qilish, ish beruvchilarning talablariga
moslashish va mehnat faoliyatiga moslashish bosqichlari tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar:
ishga joylashish, mehnat bozori, raqobatbardoshlik, kasbiy mobillik, oliy
ta’lim muassasalari, bitiruvchi, bandlik markazi, kasbiy malaka, ish beruvchi talablari, mehnat
faoliyati.
Аннотация
. В статье анализируются важные факторы в процессе формирования
конкурентоспособности выпускников высших учебных заведений на рынке труда и
трудоустройства. В исследовании изучается поведение выпускников при поиске
работы, развитие их конкурентного потенциала и его влияние на их
профессиональную и социальную мобильность. Также освещается деятельность вузов
по подготовке выпускников к трудоустройству, процесс развития профессиональных
навыков и личностных качеств. Проанализированы практические механизмы,
способствующие повышению конкурентоспособности выпускников на рынке труда, в
том числе этапы эффективной самопрезентации в процессе трудоустройства,
адаптации к требованиям работодателей, адаптации к трудовой деятельности.
Ключевые
слова:
занятость,
рынок
труда,
конкурентоспособность,
профессиональная мобильность, высшие учебные заведения, выпускник, центр
занятости, профессиональные квалификации, требования работодателя, трудовая
деятельность.
Annotation.
The article analyzes important factors in the process of forming the
competitiveness of graduates of higher education institutions in the labor market and
employment. The study examines the behavior of graduates in job search, the development of
their competitive potential and its impact on their professional and social mobility. It also
covers the activities of universities in preparing graduates for employment, the process of
developing professional skills and personal qualities. Practical mechanisms that contribute to
increasing the competitiveness of graduates in the labor market are analyzed, including the
stages of effective self-presentation in the process of employment, adaptation to employers'
requirements, adaptation to work activity.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
84
Keywords:
employment, labor market, competitiveness, professional mobility, higher
education institutions, graduate, employment center, professional qualifications, employer
requirements, work activity.
Kirish
. Zamonaviy mehnat bozorining o‘zgaruvchan sharoitlarida oliy ta’lim
muassasalari bitiruvchilarining raqobatbardoshligi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Mehnat bozorida muvaffaqiyatli ish topish va kasbiy faoliyat yuritish uchun bitiruvchilardan
nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy tajriba, ijtimoiy moslashuvchanlik, kommunikativ
qobiliyatlar va tashabbuskorlik talab etiladi. OTM bitiruvchilari ish qidirish jarayonida o‘z
raqobatbardoshligini namoyon qilishi lozim, bu esa ularning kasbiy tayyorgarlik darajasi va
shaxsiy sifatlariga bog‘liqdir.
Ish beruvchilar bitiruvchilardan yuqori darajadagi kasbiy malaka, amaliy tajriba,
mustaqil fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatini kutadi. Shu bois, OTMlar
bitiruvchilarning mehnat bozoriga kirishish imkoniyatlarini kengaytirish uchun maxsus
dasturlar, bandlikka ko‘maklashish markazlari, treninglar va kasbiy orientatsiya tadbirlarini
tashkil etishi zarur.
Asosiy
qism.
Mazkur
maqolada
bitiruvchilarning
mehnat
bozoridagi
raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha mavjud muammolar va ularning yechimlari tahlil
qilinadi. Ishga joylashish jarayoni va bitiruvchilarning kasbiy rivojlanish yo‘llari, shuningdek,
OTMlarning bu boradagi strategik yondashuvlari o‘rganiladi.Ishga joylashish jarayonida
bitiruvchining diqqat-e’tibori ish qidirishga qaratiladi, bu muayyan qiymatdagi mehnat
xarajatlari ma’lum miqdorda daromad keltirishiga qaratilgan holat bo‘lib, u “shaxs uchun haq
to‘lanadigan bandlik sohasida o‘zi uchun maqbul o‘rinni egallash huquqi”ga aloqador
masaladir. OTM bitiruvchilari mehnat bozoridagi yangidan tayyorlangan ishchi kuchi sifatida,
bir tomondan, raqobatbardoshlik salohiyati va kasbiy va ijtimoiy mobillikka ega bo‘lishsa,
ikkinchi tomondan, ularning еtarlicha ijtimoiy va kasbiy tajribasi yo‘q.
Bitiruvchining raqobatbardoshligi OTMda o‘qish jarayonida shakllanadi va rivojlanadi,
ishga joylashish va moslashish asnosida raqobatbardoshlikni ro‘yobga chiqarish imkoniyatiga
ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek, undan boshqa faoliyat turlari, masalan, uy xo‘jaligini yuritish,
farzandlarni tarbiyalashda foydalanish mumkin. Shu sababli biz bitiruvchining ishga
joylashish yoki boshqa faoliyati turlari bilan shug‘ullanayotganda raqobatbardoshlikni
namoyon qilish talablariga javob beradigan xatti-harakatlari to‘g‘risida so‘z yuritamiz. Ishga
joylashish va mehnat faoliyatiga moslashish “shaxsning muhitning turli ta’sirlariga tegishli
ravishda munosabat bildirish va harakat qilishga tayyorligi”ni nazarda tutadi. OTMning
bitiruvchilarda muayyan malaka va xulq-atvorni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan
faoliyati, birinchidan, ishga joylashish jarayonidagi psixologik tabiatga ega muammolarni
bartaraf qiladi, ikkinchidan, ish izlash muddatini qisqartiradi va umuman olganda, ishga
joylashish samaradorligini oshiradi.
Bitiruvchilar raqobatbardoshligini shakllantirishni maqsad qilgan OTMlar quyidagilarni
ham inobatga olishi kerak:
mehnat qilish ishtiyoqini oshirish;
kasb tanlovidan kelib chiqib shaxsiy fazilatlar va qobiliyatlarni rivojlantirish;
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
85
kasbiy va mehnat mobilligini yuksaltirish.
OTM tomonidan shakllantiraladigan bitiruvchi raqobatbardoshligi quyidagi ijtimoiy-
kasbiy vazifalarni hal qilishda qo‘maklashishi lozim:
kasbiy malakasiga muvofiq (kasbiy tayyorgarlik ro‘yobga chiqariladi) ish qidirish,
shuningdek, mehnat bozorining tez o‘zgaradigan talablarini inobatga olgan holda bilimini
oshirish;
bitiruvchining o‘z imkoniyatlariga bergan shaxsiy bahosi va da’volari, shuningdek,
qobiliyatlari va ijtimoiy-ma’naviy darajasiga (ishtiyoq salohiyati ro‘yobga chiqariladi) javob
beradigan kasbiy ehtiyojlar, maqsad va rejalarni amalga oshirish;
karyera qilishga tayyorlik, ish beruvchiga o‘zi kabi nomzodlar bilan raqobatda ustunlik
beradigan jihatlarini taqdim qilish va isbotlash qobiliyati (marketing salohiyati ro‘yobga
chiqariladi).
Bitiruvchi raqobatbardoshligini namoyon qilish uning mehnat bozoridagi vaziyatning
o‘ziga xosligi:
iqtisodiyotning umumiy holati;
ijtimoiy soha holati;
mehnat bozoridagi vaziyat;
kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash imkoniyatlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishini
taqozo etadi.
Bunday ma’lumotlarni o‘qish davrida taqdim qilishda OTMning bandlikka ko‘maklashish
markaziga alohida o‘rin ajratiladi. Kasbiy tayyorgarligini namoyish qilish jarayonida
bitiruvchi raqobatchiga xos xatti-harakatlarni amalga oshiradi va ularni to‘rt bosqichdan
iborat shaklda tasavvur qilish mumkin (1-rasm).
Shaxsning mehnat bozoridagi iqtisodiy harakati subyektlarning mehnat bozoridagi o‘z
mavqeiga nisbatan tanlovidan boshlanadi. Bitiruvchi tomonidan ishga joylashish uchun o‘rin
qidirish yoki boshqa faoliyati turi bilan shug‘ullanish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Ikkinchi bosqich. Mehnat faoliyatining ehtimoliy variantlari belgilanadi va
aniqlashtiriladi. Bu variantlar shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy holati (moddiy, ashyoviy va
tashkiliy-iqtisodiy sharoitlar) va boshqa subyektlarning qiziqishiga obyektiv darajada bog‘liq
bo‘lib, ularni o‘z manfaatlarini shu jarayondagi boshqa subyektlar ehtiyojlari bilan kelishtirish
orqali belgilash va aniqlashtirish mumkin. Subyekt tomonidan uning holatini yaxshilaydigan
yoki yomonlashtiradigan, maosh nuqtai nazaridan qiziqish va ehtiyojlarini qondiradigan,
karyera qilish, hamkasblar bilan suhbatlar uyushtirishga, qiziqarli ish o‘rni va obro‘-hurmat
va hokazolarga erishishga imkon beradigan mehnat faoliyatining ehtimoliy yo‘nalishlari
aniqlashtiriladi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
86
1-rasm. OTM bitiruvchilari raqobatbardoshligini ro‘yobga chiqarish to‘rt
bosqichli modeli
Uchinchi bosqich. Mehnat qilish sohalari yanada aniq belgilanadi. Tanlov asosida
shaxsiy-subyektiv me’yorlar (maqsadlar) yotadi, ularni ehtiyojlarni qondirishning yuksak
ko‘rinishi sifatida ta’riflash odat tusiga kirgan. Shaxs ularga tayanib o‘z xatti-harakatlarini
izohlaydi va asoslaydi, xususiy qiziqishlari bilan shu jarayonda qatnashayotgan boshqa
subyektlarning manfaatlarini o‘zaro kelishtiradi, qiyoslash va tanlash orqali keyingi
harakatlar yo‘nalishini belgilaydi.
OTM bitiruvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar ularning ish o‘rniga nisbatan talablari
(maqsadlari) quyidagi tartibda joylashganini ko‘rsatdi:
Ish o’rni qidirish to’g’risida
qarorga kelinadi
1 bosqich:
Ish topish, ish o’rnini egallash va
raqobatbardosh imkoniyatlarini ro’yobga
chiqarish ehtiyoji
Mehnat faoliyatining
ehtimoliy variantlari
belgilanadi va
aniqlashtiriladi
2 bosqich:
Mehnat faoliyati motivlari аniqlashtiriladi: ish
topish, кarera qilish, ish haqida ega bo’lish
(max/min), muloqot, nufuz va b.)
Mehnatni qo’llash sohalari
aniqlashtiriladi
3 bosqich:
Raqobatbardosh
harakatlar
yo’nalishi
belgilanadi:
Ustuvor хususiyatlar (BMK, PММ, moddiy
imkoniyatlar), ish o’rniga nisbatan talablar
darajasi (ehtiyoj va manfaatlar), ish
izlashning ehtimoliy variant va usullari,
ishlash mumkin korxona va tashkilotlar,
faoliyat turlari, tashqi shart-sharoitlar
(yoshlar bandligi sohasidagi qonunchilik va
ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga
solish bo’yicha huquqiy-me’yoriy tartib va
h. o’rganiladi)
Ish beruvchilar bilan
muloqotlar, saralash
tadbirlari, ishga kirish yoki
ish izlash to’g’risida qaror
qabul qilish
4 bosqich:
O’zining
raqobatbardosh
sifatlarini
namoyon qilish va isbotlashga tayyor
bo’lish: ish beruvchida yaxshi taassurot hosil
qilish kerak: kasbiy-muhim sifatlari, amaliy
ishlanmalari, xulq-atvori va reaksiyalari,
tashqi ko’rinishini taqdim etish.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
87
ish haqi darajasi – 1-o‘rin;
karyera qilish imkoniyati – 2-o‘rin;
mutaxassisligi bo‘yicha ishlash, qiziqarli kasb – 3-o‘rin;
obro‘-e’tibor – 4-o‘rin;
mehnat sharoiti (qulaylik) - 5-o‘rin va h.k.
Shaxsiy salohiyat o‘lchanadi: bilim, malaka, ko‘nikma, kasb uchun muhim sifatlar, tajriba,
moddiy sharoit va bitiruvchi faolligini ta’minlaydigan imkoniyatlar.
Ish izlash usullari, ishga kirish imkoniyati mavjud joylar to‘g‘risidagi ma’lumot
manbalari (shaxsiy aloqalar, tanishlar va qarindoshlar doirasi, internet, OAV, OTM bandlik
markazi) belgilanadi va aniqlashtiriladi.
Subyekt ixtiyoridan tashqaridagi holatlar inobatga olinadi: mehnat munosabatlarini
qonunchilik va me’yoriy-huquqiy jihatdan tartibga solish (mehnat bozorining yoshlar
bo‘g‘iniga mo‘ljallangan maqsadli dastur va loyihalar), kichik va o‘rta biznesni kreditlash
shartlari va.h.k.
Masalan, iqtisodchi lavozimini egallash uchun iqtisodiy ma’lumot, ish tajribasiga ega
bo‘lish va shu hududda yashash kerak. Yoki xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun
boshlang‘ich kapital, tashkilotchilik qobiliyati, shu masalani tartibga soladigan qonun va
me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o‘rganish, biznes sohasida bilimli bo‘lish talab qilinadi.
To‘rtinchi bosqich. Bitiruvchining ish beruvchi bilan suhbati, saralash tadbirlari va ishga
qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish ishga kirish jarayonining so‘nggi bosqichidir.
Bu bosqichda bitiruvchining mehnat sharoitiga nisbatan talablari va ish beruvchining
xodim kasbiy malakasi va boshqa muhim sifatlariga nisbatan istaklari o‘zaro kelishiladi.
Shuning uchun bitiruvchi o‘zining boshqa nomzodlardan afzal raqobat xususiyatlarini
namoyon qilish va isbotlashni bilishi kerak.
Ish beruvchi tomonidan muayyan xodimning maqomi, ya’ni shu tashkilotning ijtimoiy,
kasbiy, rasmiy, iqtisodiy tuzilmasida egallagan mavqeidan kelib chiqib belgilanadi. Ish
beruvchi bilan suhbat jarayonida bitiruvchi qisqa vaqt davomida o‘zi haqida so‘zlab berishi,
yaxshi taassurot uyg‘otishi (tashqi ko‘rinish, xulq-atvor va munosabat), ishlash uchun maqbul
sharoitlar to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerak. Xodim o‘zining shu ish o‘rnida mutaxassisligi,
ixtisosligi bo‘yicha ishlashga layoqatidan kelib chiqib, shaxsiy mehnat salohiyatini ro‘yobga
chiqarishning (amalga oshirishning) o‘zi uchun qulay sharoitini qabul qiladi.
Ish beruvchilarning bitiruvchilarga buyurtmasi, ish beruvchilar bilan o‘tkazilgan
so‘rovnomalar, bandlik xizmati xodimlari va ishga joylashtirishda ko‘maklashuvchi kadrlar
agentliklari mutaxassislari bilan hamkorlik natijalari tahlili bitiruvchilarga mutaxassisligi
bo‘yicha kasbiy faoliyat olib borish uchun muhim sifatlar yuzasidan qo‘yiladigan ayrim
talablarni umumlashtirish imkonini berdi.
Menejer lavozimida kompyuterda ishlashni bilish, konseptual qarorlar qabul qilish,
kirishimlilik, stressga chidamlilik kabi talablar qo‘yiladi. Mijozlar va tashrif buyuruvchilar
bilan bevosita muloqot qilinadigan (maslahatchi-sotuvchi, psixologlar, o‘qituvchilar,
shifokorlar va h.k.) xizmat ko‘rsatish sohasi (ko‘ngilochar, dam olish maskanlari)
xodimlaridan kirishimlilik (odamlar bilan tez til topish), g‘amxo‘rlik, refleksivlik (boshqa
odamni tushunish qobiliyati) talab qilinadi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
88
Ish beruvchilarning bitiruvchilarga buyurtmasi tahlili ularning bo‘lg‘usi xodimlarning
raqobatbardoshligiga qo‘yadigan talablarini ikki guruhga ajratish mumkinligini ko‘rsatdi:
umumiy – mutaxassisligi (kasbi) bo‘yicha va ixtisosliklararo, ya’ni mutaxassislikka turdosh
kasblar bo‘yicha ishlarni bajarishda zarur bilim, ko‘nikma, malakalar yig‘indisi.
Tadqiqotda bitiruvchilarga ularning mutaxassisligi uchun ahamiyatli sifatlar bo‘yicha
qo‘yiladigan talablarni ish beruvchilar tomonidan shakllantiriladigan ish o‘rinlari segmentiga
qiyosan tizimga solishga harakat qilindi (1-jadval).
1-jadval
Ish beruvchilarning bitiruvchilarga mutaxassisliklar bo‘yicha buyurtmalari
Mutaxassis-
liklar
Ish beruvchi
korxonalardagi ish
o‘rini segmentlari
Ish beruvchilarning muhim kasbiy
sifatlarga qo‘yadigan talablari
Amaliy tajriba
va/yoki
qo‘shimcha
malakalar
Shaxsiy sifatlari
Iqtisodchilar
50% mutaxassislik
bo‘yicha ish o‘rinlari
50% ixtisoslik-lararo
ish o‘rin-lari
bevosita
mutaxassislik
bo‘yicha
umumiy kasbiy
tayyorgarlik
kirishimlilik,
mas’uliyatlilik,
analitik qobiliyatlar
kirishimlilik,
faollik,
mobillik
Buxgalterlar
100% mutaxassislik
bo‘yicha ish o‘rinlari
maxsus
e’tiborlilik,
mas’uliyatlilik,
sabr-qanoat
Xizmat
ko‘rsatish va
turizm bo‘yicha
mutaxassislar
30% mutaxassislik
bo‘yicha ish o‘rinlari
70% ixtisosliklararo
ish o‘rin-lari
bevosita
mutaxassislik
bo‘yicha
umumiy kasbiy
tayyorgarlik
kirishimlilik,
faollik,
mas’uliyatlilik,
kirishimlilik,
o‘rganuvchanlik,
qobiliyati
Axborotlash-
tirish
mutaxassislari
100% mutaxassislik
bo‘yicha ish o‘rinlari
umumiy kasbiy
tayyorgarlik
kirishimlilik,
mas’uliyatlilik
Dizaynerlar
100% mutaxassislik
bo‘yicha ish o‘rinlari
umumiy kasbiy
tayyorgarlik
kirishimlilik,
faollik,
kreativlik
Konstruktorlar,
texnologlar
50% mutaxassislik
bo‘yicha ish o‘rinlari
50% ixtisosliklararo
ish o‘rinlari
bevosita
mutaxassislik
bo‘yicha
umumiy kasbiy
tayyorgarlik
kirishimlilik,
e’tiborlilik,
mas’uliyatlilik,
kirishimlilik,
faollik,
mas’uliyatlilik
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
89
Oliy ma’lumotining mavjudligi. Ish beruvchilarning ma’lumot darajasiga qo‘yadigan
talablari tahlili quyidagilarni ko‘rsatdi: OTM bitiruvchilariga berilayotgan 50 foiz buyurtmalar
ixtisosliklararo ish o‘rinlariga taalluqli, ya’ni diplom bo‘yicha mutaxassislikning ahamiyati
yo‘q. Qolganlari (50%) yuzasidan talablar muayyan mutaxassislik, kasbga yo‘naltirilgan.
Bitiruvchining ta’lim olish shakli. Ish beruvchilar kunduzgi ta’lim shaklini afzal bilishadi
(90% buyurtmalar), qolgan holatlarda ta’lim olish shakli ahamiyat kasb etmaydi.
Bitiruvchining amaliy tajribasi. 50 foiz ish beruvchi talablari qatoriga mutaxassislik,
kasbi bo‘yicha amaliy tayyorgarlik va/yoki qo‘shimcha ko‘nikmalar bo‘lishini kiritgan. Qolgan
50 foiz ish beruvchilar uchun bitiruvchi mutaxassisligi muhim emas yoki o‘z talablari
ro‘yxatida amaliy tajriba zarurligini ko‘rsatmagan yoki bu talablar ixtisoslikka aloqador emas
va qo‘shimcha ko‘nikmalar hisobidan to‘ldiriladi.
Bitiruvchining shaxsiy sifatlari. Ish o‘rinlari segmentiga daxldorligidan qat’iy nazar
barcha ish beruvchilar shaxsiy fazilatlarga alohida ahamiyat beradi. Shu o‘rinda ta’kidlash
kerakki, bitiruvchilarning shaxsiy sifatlariga qo‘yilgan talablar, aksariyat holatlarda,
xodimning muayyan kasbiga aloqador xususiyatlarni aks ettiradi. Ixtisosliklararo bo‘sh ish
o‘rinlariga kelsak, ish beruvchilarning xususiy sifatlarga nisbatan talablari umumiy tabiatga
ega bo‘lib, ko‘proq kirishimlilik, mobillik va faollikdan iborat.
Bitiruvchi ishga kirishga urinish jarayonida ish joyi izlovchi maqomida ko‘plab notanish
odamlar bilan muloqot qiladi va u xodimlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassislar, kadrlar
bo‘limi mutaxassislari, menejerlar bilan suhbatlashishi, muzokaralar, yozishmalar olib
borishni bilishi kerak. Ba’zida bu muloqotlar nafaqat yuzma-yuz, balki texnik aloqa vositalari
(elektron pochta, faks, telefon) yordamida amalga oshiriladi.
Shuningdek, ishga kirishga harakat qilayotgan bitiruvchi rezyume, portfolio tayyorlash
ko‘nikmalariga ega bo‘lishi, o‘z kasbiy mahorati va malakasi bo‘yicha taqdimot o‘tkazish,
muzokaralar olib borish, notiqlik san’ati asoslarini bilishi kerak.
Rezyume tayyorlash ish beruvchi bilan muloqotning muhim unsurlaridan biri
hisoblanadi. Rezyumega nomzodning muayyan ish o‘rnini egallash uchun ish beruvchiga
taqdim qilishi mumkin kasbiy tayyorgarlikka doir muhim sifatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar
kiritiladi. Bitiruvchining mutaxassisligi bo‘yicha orttirgan tajribasi (amaliyot, bajarilgan
malaka ishlari va diplom loyihasi mavzusi, vaqtinchalik bandlik) taqdimotini sifatli
o‘tkazolmasligi va mehnat sharoitiga nisbatan ortiqcha talablar qo‘yishi ishga qabul qilishda
rad javobi berilishining sabablaridan biridir.
Rezyumega, shuningdek, shaxsiy natija va loyihalarini ham ilova qilish mumkin:
tavsiyanoma, o‘zi haqidagi boshqalarning fikr-mulohazalari, sertifikatlar, guvohnomalar,
porfolio, fotosuratlar va h.k. Ish beruvchilar tegishli tuzilmalar, nomzodning yashash joyidan
olingan qo‘shimcha ma’lumotlardan ham foydalanishi mumkin.
Notiqlik san’ati (ritorika) muzokaralar jarayonida o‘zini dadil tutish asosidir.
Muzokaralar telefon orqali, yozma va og‘zaki muloqotlarning muhim qismi hisoblanadi
va muayyan qoidalarga amal qilishni talab etadi. Bu qoidalar tegishli adabiyotlarda batafsil
yoritilgan, o‘quv treningi va seminarlar dasturiga kiritilgan.
Insonning umumiy madaniyati hayotiy qadriyatlar va shaxsning tanlagan yo‘liga
asoslanadi va odamning tug‘ilishidan boshlab tarbiya, ta’lim, faoliyat jarayoni va uni o‘rab
turgan ijtimoiy muhit ta’sirida shakllanadi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
90
Bitiruvchining tashqi ko‘rinishi uning kiyimi, funksional xulq-atvor reaksiyasi, muloqot
vositalari, ijtimoiy va kasbiy mansublik belgilari, madaniy belgilari va ramzlar bilan
tavsiflanadi (vizual va verbal sifatlar). Shuning uchun ish beruvchi bilan suhbatda tashqi
ko‘rinish, xulq-atvor mo‘ljaldagi kasb yoki lavozimda mehnat qiladigan xodimlar to‘g‘risida
shakllangan tipik tasavvurlarga mos kelishiga e’tibor berish kerak.
Bizning fikrimizcha, o‘zini qanday tutish, qanday to‘g‘ri gapirish, ish yozishmalari va
muzokaralarni qanday tashkil qilish yuzasidan ko‘nikma va reksiyalar, shuningdek, vaziyatga
muvofiq tashqi ko‘rinish bitiruvchi imidjiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va ishga joylashish
imkoniyatlarini oshiradi.
Tadqiqotda “imidj” tushunchasiga yanada aniqlik kiritishga harakat qilindi: imidj –
maqsadlardan kelib chiqib loyihalashtirilgan obraz bo‘lib, u shaxsiy va/yoki jamiyatda e’tirof
qilingan siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va boshqa qadriyatlarga erishish uchun xizmat qiladi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, raqobatchiga xos xulq-atvorni shakllantirishni kasbga
yo‘naltirish kurslaridan boshlash kerak, ya’ni, boshlang‘ich kurslarda psixologik tashxislash
muolajasini o‘tkazish va uning yordamida shaxsiy va kasbiy qobiliyatlar, moyillik va mehnat
faoliyatiga layoqatni aniqlash mumkin deb hisoblaydi.
O‘rta kurslarda talabalar uchun “Biznes va professional muloqot psixologiyasi asoslari”,
“Shaxsiy va kasbiy sifatlar taqdimotini o‘tkazish texnologiyasi” bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil
qilish lozim. Natijada, talabalarda ish yuzasidan va odamlar bilan muloqot qilish ko‘nikmalari
shakllanadi.
Ular
OTMning
bandlikka
ko‘maklashish
markazida
o‘tkaziladigan
ishbilarmonlarga xos muloqot kompetentligini oshirish bo‘yicha treninglar bilan boyitilishi
mumkin.
Oxirgi kursda talabalar uchun ishga joylashish texnologiyasi, karyerani rejalashtirish,
mehnat bozoridagi vaziyatni tahlil qilish, biznes loyihalar tuzish va hokazolar bo‘yicha
seminar-treninglar tashkil qilinadi. Ular har bir bitiruvchiga mehnat bozorining bugungi
holatini anglash va tahlil qilishni bilish, oldinda turgan ish qidirish va ishga joylashish
muammosini his qilish, bu masalani alohida maqsad sifatida aniqlashtirish va unga
erishishning asosiy yo‘llarini belgilab olishni o‘rgatadi.
Bitiruvchilarning mehnat bozorida ijtimoiy-psixologik va kasbiy moslashuvi bo‘yicha
tashkil qilinadigan tadbirlarning (o‘quv seminarlari, treninglar, bo‘sh ish o‘rinlari
yarmarkalari, ish beruvchilar bilan uchrashuvlar) maqsadi bitiruvchilarni mustaqil va faol ish
qidirish, karyera qilish rejalarini tuzish, xususiy biznesini tashkil qilish va rivojlantirishga
undash; raqobatchiga xos xulq-atvorni shakllantirish va taraqqiy topshirishda
ko‘maklashishdir. Bu, o‘z navbatida, ishga joylashish jarayonida ishonchli harakat qilish,
kasbiy va shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishda faollik ko‘rsatish, bitiruvchilarning
mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.
XULOSA
Bitiruvchilarning mehnat bozorida raqobatbardoshligini ta’minlash oliy ta’lim
muassasalarining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Ish beruvchilarning talablariga
moslashish, kasbiy malaka va shaxsiy sifatlarni rivojlantirish, o‘zini samarali namoyon qilish
ko‘nikmalarini shakllantirish – bularning barchasi bitiruvchilarning ishga joylashish
jarayonida muvaffaqiyat qozonishiga xizmat qiladi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
91
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, bitiruvchilar uchun kasbiy mobillik va ijtimoiy
moslashuvchanlik muhim ahamiyatga ega. OTMlarning bandlik markazlari, amaliyot
dasturlari va ish beruvchilar bilan hamkorlik qilish tizimi bitiruvchilarning
raqobatbardoshligini oshirishda samarali vositalardan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Shunday qilib, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining mehnat bozorida o‘z o‘rnini
topishiga ko‘maklashuvchi tizimli yondashuvlarni ishlab chiqish va amalga oshirish
muhimdir. Ishga joylashish jarayonining samaradorligini oshirish, bandlikni rag‘batlantirish
va mehnat bozorining real talablariga mos keluvchi malakali kadrlar tayyorlash OTMlarning
ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi lozim.
References:
1.
Abdurakhmanov K. Zokirova N. Labour Economics and Sociology: Edited by: Prof. Dr.
E.S. Margianti, S.E.M.M., Tutorial. – Jakarta.: Gunadarma Publisher, 2013, 430-pages
2.
Abdurakhmanov K. Uzbekistan: Past, Present and Future. Tutirial.- Seoul-Sunest-2016,
252 – pages.
3.
Odegov Y.G., Zokirova N.K., Rudenko G.G., Abdurakhmanov G.K, The economics of
personnel management. Textbook, - T. Publishing house “IQTISODIYOT”, 2015. – 260 p.
4.
Боревская Н.Йе. Опыт развития профессионалного образования в Китае: сентр –
регионы // Развитие регионалных систем профессионалного образования – реалии,
подходы, возможности (проект «В мир профессий через образование»). – М., 2010.
5.
Василев В.Н., Гуртов В.А., Питухин Е.А. и др. Рынок труда и рынок образователных
услуг в субъектах РФ.- М.: Техносфера, 2007.- 680 с.
6.
Veblen T. Teoriya prazdnogo klassa. – M.: Progress, 1984.- 367 s.
7.
Всемирная история экономической мысли: В 6 томах / Гл. ред. В. Н. Черковес. —
М.: Мысл, 1987. - 606 с.
8.
Глоссарий
терминов
Болонского
протсесса
//
ҳттп://www.еcоммис.еу/доwнлоадс/релатед-доcументс/Бологна_глос_ру.пдф
9.
Друкер П. Ф. Задачи менеджмента в ХХИ веке. — М.: Вилямс, 2003. - 272 с.
10.
Дубянская Г.Ю. Императивы развития в первой половине ХХИ века. Экономика,
основанная на знаниях и инновациях: консептуално-теоретические основы. – М.: МАКС
Пресс, 2009. - 295 с.
11.
Ijtimoiy soha iqtisodiyoti. Darslik / i.f.d., professor Q.X.Abdurahmonov tahriri ostida. –
T.: Iqtisodiyot, 2013. - 418 b.
12.
Каримбеков С.А.. Интегратсионные протсессы в образовании. - Монография. – Т.:
Фан, 2008. - 137 с.
13.
Iqtisodiy ta’lim rivojlanishining muammolari va istiqbollari / Respublika ilmiy-amaliy
anjumani ma’ruza tezislari to‘plami (2015 yil 25 dekabr). –T.: TDIU, 2015. - 490 b.