ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
124
INGLIZ TILIDA O’QISH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING OʻZIGA
XOS XUSUSIYATLARI
Aliqulova Feruza O‘ktam qizi
Termiz davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14799907
Annotatsiya:
Ushbu maqolada, ingliz tilini o’qitish kompetensiyasini raqamli
texnalogiyalar orqali shakllantirish, axborot kommunikatsion texnologiyalarning ingliz tilini
o’qitishdagi o’rni, raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali yuzaga keladigan
imkoniyatlar, ingliz tilini o’qitishda multimedia vositalaridan unumli foydalanish jihatlari
o’rganilgan, tahlil qilingan.
Kalit so’zlar:
Raqamli texnalogiya, ustoz-shogird-darslik, Axborot kommunikatsiyon
texnologiyalar.
Bugungi kunda insonlar o’zaro bir-birlari bilan muloqot qilishda XXIasr elektron
ommaviy axborot vositalaridan foydalanishni talab qiladi. Axborotkommunikatsiya
texnologiyalari (AKT) ushbu texnologiya asrida kundalik hayotimizning asosiy qismiga
aylandi [2]. Mamlakatimizda barcha sohalarda jumladan, ta'lim muassasalarida ham
raqamlashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng miqyosda foydalanish
joriy qilinib kelinmoqda. Bu hodisa ko'pchilik tomonidan til o'rgatish kompyuterlar, internet
va mobil texnologiyalarning yangi yutuqlari ta'siri ostida bo'ladigan kelajak to'lqini sifatida
takidlandi [3]. Texnologik innovatsiyalarning ta'siri til o’qitishda ham sezilarli namoyon bo’la
boshladi. Mamlakatimizda xorijiy tillarni o’qitish uchun juda keng qamrovli imkoniyatlar
yaratilib kelinmoqda. Xususan Uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o’sib
kelayotgan yosh avlodni chet tillariga o’qitish sifatini ta’minlash, chet tillarida erkin so’zlasha
oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, ushbu yo’nalishdagi
o’quv dasturlarining uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash, shu bilan bir qatorda tizimni
raqamlashtirish orqali foydalanuvchilar, o’rganuvchilar uchun bir muncha yengillik yaratildi.
Manbalar tahlili. Xorijiy tillarni o’qitishni rivojlantirish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash, oliy ta’lim muassasalari
talabalari, o’qituvchilari va yosh tadqiqotchilarining jahon ta’lim resurslari, zamonaviy ilmiy
adabiyotlarning elektron kataloglari va ma’lumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini
kengaytirish borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi [1]. Raqamli texnologiyalar orqali ta’lim
berilsa ta’lim oluvchilarga ta’lim olish usullari osonlashmoqda. Bunda esa ta’lim tizimi
vostilari rolini multimediyalar, kodoskop, kompyuter, noutbuk, internetga ulangan
televizorlar, telefon liniyalar, smart doska, proyektorlar bajarib beradi. Ta’lim beruvchilarga
bunday vositalar bilan dars mashg’ulotlar o’tkazish ta’lim sifatini oshirishni ta’minlaydi.
Onlayn darslarda raqamli texnologiyalar qo`llanilishi yaxshi samara berishi xammamizga
ma’lum. Masalan, televideniya orqali berib borilgan onlayn darslar raqamli ta’lim olishning bir
turi deb olsak bo’ladi. Yangi axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi va ularning
mamlakatimizda joriy etilishi zamonaviy bola shaxsini shakllantirishda o’z izini qoldirdi.
Bugungi kunda an’anaviy “ustoz-shogird-darslik” sxemasiga yangi bo’g’in – kompyuter
kiritilmoqda, kompyuter ta’limi esa bugungi kun ta’lim tizimining ajralmas qismiga aylanib
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
125
bormoqda. Ta'limni axborotlashtirishning asosiy qismlaridan biri o'quv fanlarida axborot
texnologiyalaridan foydalanish hisoblanadi. Ingliz tilini o’qitish kompetetsiyasini
modernizatsiya qilish, birinchi navbatda, uning zamonaviy imkoniyatlar orqali, elektron
texnologiyalar orqali ham xuddi o’qituvchi bilan yuzma-yuz o’rgangandek ta’lim berishni
nazarda tutadi. Bu borada o’quvchi-yoshlarning ijodiy shaxsiy salohiyatini rivojlantirish
uchun shart-sharoit yaratish, chuqur bilim olish, jumladan, til bilimlari imkoniyatlarini
kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Internet zamonaviy voqelikning ajralmas
qismiga aylandi. Internet ingliz tilini o’rganishda yordam berishi mumkin, chunki AKTdan
foydalanish chet tilini o‘rganuvchilar uchun haqiqiy matnlardan foydalanish, tinglash va ona
tilida so’zlashuvchilar bilan muloqot qilish uchun noyob imkoniyat yaratadi, ya’ni tabiiy til
muhitini yaratadi. Internetga kirish darslarni turli g'oyalar va mashqlar bilan boyitish
imkonini beruvchi katta hajmdagi qo'shimcha materiallardan foydalanish imkonini beradi.
Ingliz tili darslarida foydalanilgan raqamli ta’lim resurslari tasnifi Chet tillari bo’yicha raqamli
ta’lim resurslarini mazmuni va funksionalligiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
1) ma'lumot va ma'lumotnomalar (entsiklopediyalar, ma'lumotnomalar, lug'atlar,
jurnallar, gazetalar, almanaxlar);
2) o'qish uchun elektron kitoblar;
3) DVD diskdagi filmlar;
4) elektron ko'rgazmali qurollar kutubxonalari va ma'lumotlar bazalari;
5) elektron tashuvchilar bo'yicha o'quv-uslubiy materiallar (dars ishlanmalari, tilning
aspektlari va RD turlarini o'qitish bo'yicha uslubiy ko'rsatmalar, testlar va boshqa nazorat-
o'lchov materiallari);
6) Internet resurslari;
7) birlashtirilgan elektron o'quv vositalari (qo'llanmalar, elektron darsliklar, mashq
kitoblari va o'quv o'yinlari);
8) o‘qituvchi tomonidan muayyan dars uchun yaratilgan chet tili darslariga (ko’rgazmali
materiallar, taqdimotlar, loyihalar, darslarni kompyuterda ishlanma va boshqalar) hamrohlik
qiluvchi o’quv-uslubiy dasturiy ta’minot [4].
Xulosa. Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki raqamli texnologiyalar - virtual
haqiqat. Insonning virtual haqiqatda bo’lishiga imkon beruvchi texnik qurilmalarning paydo
bo’lishi ushbu texnologiyani ko’ngilochar sohada talabga aylantirdi. Til o’rganishda axborot
texnologiyalaridan foydalanish bu maqsadga erishishni ancha osonlashtiradi. Ular yozish,
o'qish, gapirish, so'z boyligini kengaytirish ko'nikmalarini egallashga yordam beradi. Bundan
tashqari, axborot texnologiyalari o'qitish vaqtini sezilarli darajada qisqartiradi, bu zamonaviy
jamiyatning yuqori ritmida juda muhim omil hisoblanadi. Raqamli texnalogiyalardan
foydalanish orqali ingliz tilini o’rgangan o’quvchining mustaqil izlanishi, til o’rganishi va tahlil
qilishi bevosita va bilvosita uning bilim olish samaradorligini sezilarli ravishda oshiradi.
References:
1.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 20.04.2017 yildagi PQ-2909-son
2.
Aborisade, P. A. (2012). “Supporting English Language Teaching Using 21st Century ICT
Tools.” English Language Teaching Today (ELTT) Vol. 9, pp.16-22.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
126
3.
Crystal, D. (2007). The Fight for English: How Language Pundits ate, shot and left.
Oxford: Oxford University Press. 4. Полат Е.С. Новые пед
4.
Эргашев, Х. Ч. "Развитие экономики по соседству, привлекая инновации и
цифровизацию в малый бизнес и предпринимательство (в случае Сурхандарьинской
области)." Экономика и социум 1-1 (104) (2023): 507-510.
5.
Aliqulova, Mohinur, Feruza Aliqulova, and Xusniddin Chorievich Ergashev.
"INTERACTIVE METHODS OF TEACHING." Научные горизонты 5-1 (2019): 28-31.
6.
Ergashev, Xusniddin. "RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA INNOVATSION USULLARDA
ÒQITISH." Бюллетень педагогов нового Узбекистана 1.10 (2023): 62-65.
7.
ALAUDINOVA, Dilnoza. "FRAZEOLOGIK BIRIKMALAR VA ULARNI TARJIMA QILISH
USULLARI." XALQ TA’LIMI 57.
8.
Alaudinova,
Dilnoza.
"INGLIZ
TILIDA
KOMMUNIKATIV
KOMPETENSIYANI
RIVOJLANTIRIShNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK VA LINGVODIDAKTIK XUSUSIYATLARI."
Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences (2024): 430-433.
9.
Alaudinova, D. R. "Pedagogical Practice-Test Results Assessment Criteria, Quantity And
Quality Multiplier Analysis." Экономика и социум 8 (99) (2022): 7-.