ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
36
“SAKUBNITRIL VA VALSARTAN” SUBSTANSIYALARINING NAM YUTISH
KINETIKASINI O‘RGANISH
N.M.Vaxidova
F.X.Maksudova
A.S.Temirov
Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi
e-mail: dr.vaxidovanm@mail.ru, tel: (90)986-96-33
https://doi.org/10.5281/zenodo.14830500
Dolzarbligi:
“Sakubnitril va valsartan” substansiyasi asosida tayyorlangan preparatlar
Sakubitril — bu yurak yetishmovchiligini davolash uchun ishlatiladigan muhim neprilizin
ingibitori bo‘lib, u faqat Valsartan bilan birga ishlatiladi. Farmatsevtik ishlab chiqarish
jarayonlarida yuqori tozalikka ega bo‘lishi va xalqaro sifat standartlariga javob berishi talab
etiladi. Hozirgi vaqtda Sakubitril Valsartan kombinatsiyasi yurak yetishmovchiligini davolash
bo‘yicha eng samarali va innovatsion dorilardan biri hisoblanadi. Yurak-qon tomir kasalliklari
dunyo bo‘ylab o‘limning asosiy sabablaridan biri bo‘lib, aynan ushbu dori yurak
yetishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va umrini uzaytirishda
katta ahamiyatga ega.
Tadqiqotning maqsadi
: Substansiyaning gigroskopik xususiyatini bilish, u asosida
ishlab chiqariladigan dori shakllarni sifatini ta’minlash uchun zarur. Shu sababli, biz
sakubnitril va valsartan substansiyalarining nam yutish kinetikasini o‘rganishni o‘z oldimizga
maqsad qilib oldik.
Tadqiqot usullari
: Tadqiqot O'zR DF 1-j., 2-q. (“5.11. Farmakopeya maqolalarida
“Ta’rif” bo‘limi. Gigroskopiklik.”) maqolasida keltirilgan sharoitda amalga oshirildi. O'zR DF ga
asosan moddalar gigroskopiklik darajasi bo‘yicha 4 ta guruhga bo‘linadi: kam gigroskopik,
gigroskopik, o‘ta gigroskopik, xavoda suyuqlanadigan (suyuqlik xosil bo‘lishi uchun yetarli
miqdorda namlikni absorbsiyalaydi).
Sinov namunasining 1 g oralig'ida balandligi 15 mm va diametri 50 mm bo'lgan byuksga
joylashtirildi, Bu byuks esa ammoniy xloridni to‘yingan eritmasini saqlagan eksikatorga
quyildi. Ushbu eksikator termostatda 24 soat davomida 25
0
C da qoldirilib, so‘ng namuna yana
tortiladi va og‘irlikdagi farq bo‘yicha gigroskopiklik aniqlandi.
𝑮𝒊𝒈𝒓.
𝒔𝒖𝒃𝒔.
=
𝑚
3
− 𝑚
2
𝑚
2
− 𝑚
1
× 100%
𝑚
1
‒ byuksning qopqog‘i bilan og‘irligi, g;
𝑚
2
‒ byuksning qopqog‘i va substansiya namunasi bilan og‘irligi, g;
𝑚
3
‒ byuksning qopqog‘i va substansiya namunasi bilan 24 soatdan keyingi og‘irligi, g.
Natijalar:
“Sakubnitril va valsartan” substansiyasining gigroskopikligini o’rganish
natijalariga ko’ra, “Sakubnitril”
𝐺𝑖𝑔𝑟.
𝑠𝑢𝑏𝑠.
=
0,8% ga va “Valsartan”
𝐺𝑖𝑔𝑟.
𝑠𝑢𝑏𝑠.
=
0,4 % ga
teng bo’ldi, substansiyalar gigroskopikligi shkalasiga ko’ra:
-
(4) havoda suyuqlik hosil qiladi: suyuqlik hosil qilish uchun yetarli miqdorda suvni
o'zlashtiradi;
-
(3) juda gigroskopik: 15% ga teng yoki undan ko'p;
-
(2) gigroskopik: 15% dan kam va 2% ga teng yoki undan ko'p;
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
37
-
(1) ozgina gigroskopik: 2% dan kam va 0,2% ga teng yoki undan ko'p.
Tadqiqot natijasida 24 soat ichida sakubnitril va valsartan substansiyalari O’zR DF
talabi bo’yicha “kam gigroskopik” (
2% dan kam va 0,2% ga teng yoki undan ko'p
- ozgina
gigroskopik) shkalasiga to’g’ri keladi.
Xulosalar:
“Sakubnitril va valsartan” substansiyasini gigroskopiklik hamda nam yutish
xususiyatini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, ushbu substansiya
“kam gigroskopik” moddalar guruhiga kirishi aniqlandi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Носовицкая С. А., Борзунов Е. Е., Сафиулин Р. М. Производство таблеток.— М.:
Медицина, 1969.— 135 с.
2.
Садикова Р.К.,
Кариева Ё.С. Изучение факторов, влияющих на гигроскопичность
сухого экстракта бессмертника самаркандского// Сборник материалов XI
Всероссийской научной конференции студентов и аспирантов с международным
участием «Молодая фармация - потенциал будущего».-Санкт-Петербург.-2021 г.- Т.1.-
С.223-226
3.
Джалилова Д.Ю., Кариева Ё.С.
Изучение влагосорбционных свойств сухого
экстракта “Гелминтабс”// Фармацевтический журнал.-Ташкент.-2020.-№1.- С.77-80
4.
O’zbekiston Respublikasi davlat farmakopeyasi 1-nashr, 1-jild, 2-qism. Toshkent.-2021
5.
Ph. Eur. 7.0, vol. 1 general texts 5.11