Авторы

  • Xusnoraxon Xasanova
    Alfraganus universiteti nodavlat oliy ta'lim tashkiloti, Iqtisodiyot fakulteti, «Moliya» kafedrasi v.b., dosent, i.f.f.d., (PhD)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.64973

Аннотация

Konsessiya (lot. concessio — ruxsat, yon berish) — 1) xoʻjalik yuritish va chet el kapitalini jalb qilish shakli; milliy iqtisodiyotni rivojlantirish yoki tiklash, tabiiy boyliklarni oʻzlashtirish maqsadida davlat yoki mahalliy hokimiyat idoralariga qarashli yer uchastkalari, qazilma boyliklar, korxonalar va boshqa xoʻjalik obʼyektlarini muayyan muddatga va shartlar bilan foydalanish uchun chet el kapitali (davlat, firma, xususiy shaxs) ga berish haqidagi shartnoma yoki kelishuv. Xalqaro huquq boʻyicha davlat shartnoma muddati tugaganidan keyin K. amal qilishini toʻxtatishi mumkin. Hozirgi sharoitlarda konsessioner ishlab chiqargan mahsulotini, ayniqsa, keng isteʼmol mollari yoki mashinasozlik, yoqilgʻienergetika mahsulotlarini joylashgan mamlakat bozoriga chiqarishi koʻp uchraydi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

24

KONSESSIYALAR BO’YICHA SHARTNOMALARNI ISHLAB CHIQISH

Xasanova Xusnoraxon Faxriddinovna

Alfraganus universiteti nodavlat oliy ta'lim tashkiloti,

Iqtisodiyot fakulteti, «Moliya» kafedrasi

v.b., dosent, i.f.f.d., (PhD)

(97) 4774843, xusnora4843@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14829918

Konsessiya

(lot. concessio — ruxsat, yon berish) — 1) xoʻjalik yuritish va chet el

kapitalini jalb qilish shakli; milliy iqtisodiyotni rivojlantirish yoki tiklash, tabiiy boyliklarni
oʻzlashtirish maqsadida davlat yoki mahalliy hokimiyat idoralariga qarashli yer uchastkalari,
qazilma boyliklar, korxonalar va boshqa xoʻjalik obʼyektlarini muayyan muddatga va shartlar
bilan foydalanish uchun chet el kapitali (davlat, firma, xususiy shaxs) ga berish haqidagi
shartnoma yoki kelishuv. Xalqaro huquq boʻyicha davlat shartnoma muddati tugaganidan
keyin K. amal qilishini toʻxtatishi mumkin. Hozirgi sharoitlarda konsessioner ishlab chiqargan
mahsulotini, ayniqsa, keng isteʼmol mollari yoki mashinasozlik, yoqilgʻienergetika
mahsulotlarini joylashgan mamlakat bozoriga chiqarishi koʻp uchraydi.

Iqtisodiy qudratli davlatlar oʻzlarini xom ashyo resurslari bilan taʼminlash hamda

siyosiy-iqtisodiy tazyiq maqsadlarida xalqaro va xorijiy K.lardan keng foydalanadi. 20-asrning
90-yillarida Rossiya, Qozogʻiston, Ozarbayjonda neft konlarini rezvedka qilish va ishga
tushirish boʻyicha AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya kompaniyalariga K. berilishi bunga
misol boʻla oladi. Rivojlangan mamlakatlarda K.lar bilan bir qatorda chet el kapitali
ishtirokidagi qoʻshma korxonalar paydo boʻlmoqsa; 2) yangidan chiqarilgan qimmatli
qogʻozlar sotuvini tashqil qilgani uchun banklar oladigan haq.

Konsessiyalar to‘g‘risidagi bitim yozma shakldagi shartnoma turi bo‘lib, unga ko‘ra

O‘zbekiston Respublikasi investorga davlat nomidan maxsus ruxsatnoma beradi. Ushbu
ruxsatnomaga ko‘ra, konsessioner ma'lum turdagi xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish,
konsessionerga mol-mulk obektlarini, yer (uchastkalari) maydonlari, yer osti boyliklaridan
foydalanish huquqini ham beradi konsessiya to‘g‘risidagi imzolangan bitim asosida, o‘z
navbatida investor barcha ishlarni o‘z hisobidan moliyalashtirish hamda barcha loyihani
amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xavf-xatarlarni o‘z zimmasiga oladi.

Konsessiya to‘g‘risidagi bitimda quyidagi ma'lumotlar bo‘lishi shart:

konsessiya to‘g‘risidagi bitimning taraflari haqidagi;

konsessiya to‘g‘risidagi bitimning predmeti haqidagi;

taraflarning majburiyatlari va javobgarligi to‘g‘risidagi;

konsedent va konsessioner o‘rtasida xavf-xatarlarning taqsimlanishi haqidagi;

konsessiya obektining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, shu jumladan konsessiya

to‘g‘risidagi bitimga muvofiq boshqa o‘tkazilgan yoki loyihalashtirilishi, qurilishi, barpo
etilishi, moliyalashtirilishi, rekonstruksiya qilinishi, undan foydalanilishi va unga xizmat
ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan konsessiya obektlarining tavsifi, ulardan foydalanish maqsadlari va
muddatlari to‘g‘risidagi;

konsessiya loyihasi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni bajarish (xizmatlar ko‘rsatish)

muddatlari va tartibi haqidagi;


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

25

taraflarning tegishli infratuzilmaga nisbatan va konsessiya loyihasi bo‘yicha huquqlarini

taqsimlash to‘g‘risidagi, shuningdek ularni boshqa shaxsga o‘tkazish tartibi haqidagi;

konsessiya loyihasini amalga oshirish uchun talab etiladigan yer uchastkalarini berish

tartibi va tartib-taomili to‘g‘risidagi, yer uchastkalariga taalluqli boshqa shartlar haqidagi;

xususiy sherik tomonidan beriladigan tovarlarga, bajariladigan ishlarga, ko‘rsatiladigan

xizmatlarga doir narxlarni, tariflarni belgilash va ularni o‘zgartirish shartlari to‘g‘risidagi;

taraflarning o‘z majburiyatlari bajarilishini ta'minlash usullari, miqdorlari va muddatlari

haqidagi;

konsessiya to‘g‘risidagi bitimning muddati, bu muddatni belgilash tartibi haqidagi;

haq to‘lash, erkin foydalanilish uchun to‘lov, foydalanganlik uchun to‘lov, konsessionerning
konsedentga to‘lovining va (yoki) boshqa to‘lovlarning shakllari, miqdorlari, muddatlari,
shartlari, ularni to‘lash tartibi, shu jumladan konsessiya loyihasi amalga oshirilishi
munosabati bilan daromadlarning taqsimlanishi haqidagi;

konsessiya to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish tartibi haqidagi;

konsessiya to‘g‘risidagi bitimni tugatish asoslari, tartibi va shartlari, muddatidan oldin

tugatilganlik uchun to‘lov miqdori va tartibi haqidagi;

konsessiya loyihasining amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish tartibi

to‘g‘risidagi;

sug‘urta qilish bo‘yicha majburiyatlar haqidagi;

loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha majburiyatlar to‘g‘risidagi;

taraflarning konsessiya to‘g‘risidagi bitimga doir majburiyatlarni buzganlik uchun

javobgarligi to‘g‘risidagi;

nizolarni hal etish tartibi haqidagi;

O‘zbekiston Respublikasida xodimlarni ishga olish va mehnatdan foydalanishga nisbatan

qo‘llaniladigan shartlar to‘g‘risidagi;

ishontirishlar va kafolatlar haqidagi;

konsessioner ulushlariga egalik qilishga nisbatan talablar va konsessionerning hamda

uning affillangan shaxslarining mol-mulkiga nisbatan boshqa mulkiy huquqlar to‘g‘risidagi;

maxfiylik haqidagi;

atamalar va ularga doir tushuntirishlar to‘g‘risidagi.
Konsessiya to‘g‘risidagi bitimga O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik

hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa shartlar va talablar kiritilishi mumkin.

Konsessiya to‘g‘risidagi bitimda atrof-muhitga, ekologik xavfsizlikka tahdid vujudga

kelgan yoki boshqa fors-major holatlarda investorning yer osti boyliklaridan foydalanish
huquqlarini cheklovchi, vaqtincha to‘xtatib turuvchi yoki butunlay bekor qilishni nazarda
tutuvchi normalar ko‘zda tutilgan bo‘lishi shart.

References:

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni “О концессиях (новая редакция)ID-

5235(ЛОЙИҲА)”// https://regulation.gov.uz/uz/document/5235
2.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Konsessiya#cite_note-1

;


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

26

3.

https://kun.uz/news/2019/07/27/konsessiyalar-togrisidagi-qonunning-yangi-tahriri-

elon-qilindi.

Библиографические ссылки