ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
79
NUQSONI BOR BO‘LGAN BOLALARNI IJTIMOIY HAYOTGA TAYYORLASHDA
INKLYUZIV TA’LIMNING O‘RNI
Bo‘rinorova Dilshoda
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Boshlang‘ich
ta`lim yo‘nalishi talabasi
A.A.Xaitov
Ilmiy rahbar
https://doi.org/10.5281/zenodo.14843637
Annotatsiya:
Mazkur maqolada yurtimizdagi imkoniyati cheklangan bolalar hamda ular
uchun yaratilayotgan barcha shart-sharoitlar, nuqsoni bor bolalarni sog`lom bolalar bilan
birga o`qitish orqali ijtimoiy hayotda o`z o`rnini topishga katta e`tibor berilayotgani haqida
umumiy tavsif berilgan.
Kalit so‘zlar:
Inklyuziv ta`lim, o`quvchilar, imkoniyati cheklangan bolalar, ijtimoiy
hayot, sog`lom bolalar, jamiyat.
Bugungi kunda Respublikamiz miqiyosida bir qancha islohotlar amalga oshirilmoqda.
Barcha islohotlarning zamirida, eng avvalo yosh avlodni barkamol shaxs bo‘lib yetishishi,
hech kimdan kam bo‘lmay ulg‘ayishi hamda dunyo arenalarini zabt eta oladigan farzandlarni
tarbiyalash asosiy dolzarb masala hisoblanadi.Ayniqsa nogiron, rivojlanishda nuqsoni
bo‘lgan, ota-ona qaramog‘isiz qolgan yetim bolalarni ijtimoiy himoya qilish har doim
jamiyatning dolzarb vazifasidir.Ushbu vazifani amalga oshirish maqsadida Respublikamizda
nuqsoni bo‘lgan bolalarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, zarur shart-sharoilar yaratish,
turmush faoliyatidagi cheklanishlarni bartaraf etish hamda ular uchun ta’limni tashkil etish
uchun bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy
tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan 2007-yil ,,O‘zbekistonda inklyuziv
ta’lim loyihasi amalga oshirildi. Bu loyihada Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi,
Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi, Navoiy shahridagi «Umr» imkoniyati cheklangan
bolalarga yordam berish markazi, Samarqand shahridagi «Hayot» nomli nogironlarga yordam
berish markazi, Jizzax shahridagi «Istiqbolli avlod» markazi, Qashqadaryo viloyatining Qarshi
shahridagi «Umid» tashabbuslarga koʻmak berish va rivojlantirish markazi, Termiz shahridagi
«Imkon» imkoniyati cheklangan bolalar va oilalarga koʻmak berish markazi, Fargʻona
viloyatining Qoʻqon shahridagi «Ziyo» maxsus zaruratli bolalarga ijtimoiy koʻmak berish
markazi, maqsadli hududlar hokimliklari, Oʻzbekistondagi Shvetsariya elchixonasi hamkorlik
qilishdi. Ushbu loyiha doirasida Toshkent, Guliston, Qarshi, Samarqand, Termiz, Andijon,
Qoʻqon, Nukus, Buxoro, Urganch shaharlarida joylashgan ayrim maktabgacha ta’lim muassasa,
maktab, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda imkoniyati cheklangan bolalar aralash
guruhlarda inklyuziv texnologiya asosida ta’lim-tarbiya olishdi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda imkoniyati cheklangan bolalar uchun barcha sharoitlar
yaratilib berilmoqda. Ularni jamiyatga qo‘shish, avvalo, imkon qadar salomatligini tiklash
maqsadida ,, Imkoniyati cheklangan bolalar uchun umumiy ta’lim loyihasi’’ asosida ish yuritib
kelimoqda. Bunda asosan inlyuziv ta’lim imkoniyatlaridan foydalanish ko‘zda tutilgan.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
80
Inklyuziv ta’lim-bu barcha bolalar uchun maxsus ta’lim olish ehtiyojlarini qondirish va
individual imkoniyatlarining farqliligini inobatga olgan holda ta’lim muassasalarida ilm
olishda teng huquqga ega ekanliklarini ta’minlashdir.
Inklyuziv ta’limni maktabgacha ta’lim muassasalarida,maktablarda, kollejlarda tashkil
etish orqali, imkoniyati cheklangan bolalarga bo‘lgan munosabat ijobiy tomonga
o‘zgarayotganligini ko‘rishimiz mumkin.Bu esa ularning hayotda muvaffaqiyat qozonishi
uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.Inklyuziv ta’lim umumta’lim maktablarida tahsil
olayotgan bolalarga barcha tadbirda faol ishtirok etish imkonini beradi.Buning natijasida esa
ular jamiyatdan ortda qolishini bartaraf etadi.Imkoniyati cheklangan bolalar uchun yaratilgan
inklyuziv ta’lim strategiyasi o‘qishning uzluksiz davom etishini ta’minlaydi.Oila-bolalar
bog‘chasi-maktab-kasb-hunar kolleji-ish bilan ta’minlash-ushbu tizim kelajakda ota-onalarga
imkoniyati cheklangan bolalarini bemalol umumta’lim maktabalarida va oliy ta’lim o‘quv
yurtlariga bemalol ,qo‘rqmasdan olib kelishlari uchun zamin yaratadi.
Inklyuziv ta’lim-o‘quvchilarning imkoniyatlari, individual-psixologik, jismoniy nuqson
va o‘zlashtirish xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladigan jarayon hisoblanadi.
Inklyuziv ta’lim sog‘lom va imkoniyati cheklangan bolalarni birgalikda o‘qitish hisoblanadi.
Inklyuziv ta’limning vazifalari quyidagilardan iborat:
➢
rivojlanishning turli imkoniyatlariga ega boʻlgan oʻquvchilar uchun har qanday
kamsitilishni istisno qiladigan, barcha bolalarga teng munosabatda boʻlishni ta’minlaydigan
yagona moslashtirilgan ijtimoiy muhitni yaratish;
➢
jamoatchilik hamda ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarida alohida ta’lim ehtiyojlari
boʻlgan oʻquvchilar muammolariga nisbatan bagʻrikenglik munosabatini shakllantirish;
➢
ta’lim jarayonida sogʻlom bolalar bilan bir qatorda alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan
bolalarning aqliy va ijtimoiy salohiyatlarini rivojlantirish;
➢
barcha oʻquvchilar uchun davlat ta’lim standartlariga muvofiq maktabgacha, umumiy oʻrta,
kasb-hunar va oliy ta’lim dasturlarini oʻzlashtirish uchun imkoniyat yaratish;
➢
oʻquvchilarning har tomonlama rivojlanishi, emotsional-irodaviy sohasi, bilish faoliyatini
faollashtirish, ijtimoiy koʻnikma va salohiyatini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
➢
alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni tarbiyalayotgan oilalarga maslahat yordami
berish hamda ota-onalarni farzandlariga ta’lim-tarbiya berish, pedagogik texnologiyalar,
ta’lim-tarbiya metod va vositalarini qoʻllash sohasida xabardorlik darajasini oshirish, ularni
psixologik-pedagogik jihatdan qoʻllab-quvvatlash;
Imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim maskanlariga borishi bilanoq turli xil
qiyinchiliklarga duch kelishadi.Bunday holatda ular alohida qo‘llab-quvvatlashga muhtoj
bo‘lishadi.Bunday yordam ularning butun hayotida davomida zarur bo‘ladi.Shuning uchun
har bir maktabda imkoniyati cheklangan bolalar uchun alohida shart-sharoitlar yaratilishi
lozim.Inklyuziv ta’lim jarayonida nuqsoni bo‘lgan bolalar sog‘lom bolalar bilan bir sinfda
ta’lim olishadi.Bunday ta’lim ularning holatlari barqaror bolishini ta’minlaydi.Imkoniyati
cheklangan bolalarning ta’limni davom ettirishlari va o‘zlari kabi bo‘lgan bolalar bilan bir
sinfda o‘qishlari ularning ijtimoiylashuviga, rivojlanishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
O‘quvchilarni o‘qitish mobaynida ularning bilimlarni qay darajada o‘zlashtira olishiga qarab
cheklangan darslar tashkil etiladi.Bu darslar ham avvalo umumiy o‘rta ta’limning mazmuniga
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
81
mos bo‘lishi kerak. Cheklangan darslar muammolarni bartaraf etish uchun xizmat. O‘quv
jarayoni hamda sinf xonalaridagi shart-sharoitlar imkoniyati cheklangan bolalar ehtiyojlariga
muvofiq bo‘lishi kerak. Bunday sharoitda ta’lim jarayoni indivuduallashtirilgan va uning
muddatlari esa cho‘zilgan bo‘lishi mumkin.
Masalan: ko‘zi ojiz bolalar uchun to‘qqiz yillik umumta’lim shakli o‘n yil davom
etadi.Tayanch harakat apparatida nuqsoni bo‘lgan bolalar yoki ruhiy jihatdan cheklangan
bolalar boshlang‘ich ta’lim jarayonida ta’limning maqbul variantlaridan foydalanilgan holda
darslar tashkil etiladi.
Inklyuziv ta’limning mohiyati yurtimizda juda katta hisoblanadi.Chunki bu ta’lim tashkil
etilishidan dast avval barcha imkoniyati cheklangan bolalar alohida o‘z uylarida ta’lim
olishardi.Bu esa ularning ijtimoiylashuvini chegaralab,mustaqil hayotga tayyor bo‘lishlarini
qiyinlashtirishga olib kelardi.Inklyuziv ta’lim esa bu muammolarning barchasiga chek qo‘yib,
ularni bartaraf qildi. Alohida yordamga muhtoj bolalarni umumta’lim muassasalariga jalb
qilishning ikki asosiy omili mavjud. Birinchidan, imkoniyati cheklangan bolalar ham sog‘lom
bolalar bilan birgalikda o‘zaro faoliyat ko‘rsatishlari mumkin. Inklyuziv ta’lim maqsadga
muvofiq tarzda tashkil etilsa, maxsus ehtiyojli bolalar ijtimoiy tomondan himoyalanadilar,
sog‘lom bolalar esa ijtimoiy adolat va tenglik tamoyillari asosida tarbiyalanadilar, nogiron
bolalarga nisbatan yanada mehribonroq va e’tiborliroq, nisbatan sezgirroq bo‘ladilar, ularga
g‘amxo‘rlik ko‘rsatishni tabiiy hol deb biladilar. Ikkinchidan, nogiron bolalar ham sog‘lom
tengdoshlari bilan yonma-yon o‘qish, tarbiyalanish huquqiga ega ekanligini his qiladilar va
ijtimoiy hayotga osonroq va ertaroq moslasha boshlaydilar.Inklyuziv ta’lim imkoniyati
cheklangan bolalarning ta’lim-tarbiyasida ota-onalar, pedagoglar, mutaxassislar, mahalla
hamkorligida ish olib borishni talab qiladi.
Korreksion pedagogika fanida imkoniyati cheklangan bolalarning turli xil toifalari ustida
ish olib boriladi. Ular quyidagilardir:
➢
eshitish kamchiliklariga ega boʻlgan bolalar (kar, zaif eshituvchi bolalar, kech kar boʻlib
qolgan bolalar)
➢
koʻrish qobiliyati zaif (koʻr, zaif koʻruvchi bolalar);
➢
aqliy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar;
➢
nutqiy nuqsonlari bor bolalar;
➢
harakat-tayanch a’zolarida kamchiliklari boʻlgan bolalar;
➢
ruhiy rivojlanishi sust bolalar;
➢
mujassam kompleks nuqsonli koʻr-kar-soqov bolalar;
➢
rivojlanishida murakkab koʻp nuqsonli bolalar;
➢
autizm sindromiga chalingan bolalar
Lekin har qanday bolani ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri imkoniyati cheklangan deb atab
bo‘lmaydi. Chunki u bolaning rivojlanishiga har tomonlama ta’sir qilgan bo‘lishi
kerak.Masalan:bolaning chap qulog‘i eshitsa-yu,o‘ng qulog‘i eshitmasa bu holatda u
imkoniyati cheklangan bolalar toifasiga kiritilmaydi.Sababi bu bola ham boshqa tengdoshlari
qatorida darslarni o‘zlashtira oladi va uning rivojlanishiga har tomonlama ta’sir
ko‘rsatmaydi.Yoshi katta kishilarda ham vaqt o‘tishi mobaynida paydo bo‘lgan nuqsonlar ham
ularni imkoniyati cheklangan kishilar sirasiga kiritilishga sabab bo‘la olmaydi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
82
KO‘RISHIDA NUQSONI
BO‘LGAN BOLALAR
Ko‘rish bolaning hayotiy faoliyatida va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.
Ko‘rishdagi nuqsonlar bolaning ruhiy, jismoniy rivojlanishida ikkilamchi nuqsonlar kelib
chiqishiga olib keladi. Tiflopedagogika fanida ko‘rish nuqsoni darajasiga hamda o‘quv
materialni idrok qilishga ko‘ra quyidagi guruhlar farqlanadi:
Ko‘r va deyarli ko‘r (qisman ko‘ruvchi) bolalar. Ko‘rish o‘tkirligi 0 dan 0,004 gacha. Bu
bolalar umuman ko‘rmaydilar, ko‘rish imkoniyati kam saqlangan. Mashg‘ulotlarda ular asosan
o‘quv materialini sezish, eshitish idroki asosida o‘zlash- tiradilar. Brayl tizimi bo‘yicha o‘qiydi
va yozadilar
Zaif ko‘ruvchi bolalar. Zaif ko‘ruvchi bolalarning ko‘rish o‘tkirligi tuzatish (korreksiya)
ko‘zoynaklari bilan 0,06 dan 0,09 gacha. Bu bolalarda odatda ko‘rishda murakkab nuqsonlar
kuzatiladi.
Zaif ko‘ruvchi bolalar. Ko‘rish o‘tkirligi tuzatish ko‘zoynaklari bilan 0,1 dan 0,3-0,4
gacha. Ma’lum sharoitlarda ular ko‘rish orqali erkin o‘qib, yozishlari mumkin, buyumlarni
ko‘rib idrok etadilar, katta fazoviy doirada ko‘rib mo‘ljal oladilar
Ko‘z o‘tkirligi 0,05 dan to 0,4 gacha bo‘lgan zaif ko‘ruvchi bolalar maxsus bog‘cha va
maktablarda ta’lim-tarbiya olishadi.Maxsus maktablarni bitirgach, ko‘rish qobiliyati zaif
bolalar jumhuriyat ko‘rlar jamiyati qoshidagi muassasalarda ishlaydilar, intellektual faoliyat
bilan shug‘ullanadilar (yozuvchi, shoir, oliy va o‘rta maktab o‘qituvchilari, musiqachi va
boshqalar bo‘lib).
ESHITISHIDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALAR
Surdopedagogikada eshitishida nuqsonlari bor bolalar kar, zaif eshituvchi, keyinchalik
zaif eshituvchi bo‘lib qolgan bolalar guruhiga bo‘lib o‘rganiladi. Tug‘ma hali tili chiqmagan
go‘daklik davrida ikkala quloqning mutlaqo eshitmasligi kar- soqovlikka olib keladi. Eshitish
qobiliyatining qisman buzilishi natijasida nutqiy nuqsonga uchragan bolalar zaif eshituvchi
bolalar guruhiga kiritiladi. Nutqi rivojlanib, shakllanib olgandan so‘ng yaxshi eshitmaydigan
bo‘lib qolgan bolalar keyinchalik zaif eshituvchi bo‘lib qolganlar guruhiga kiradi. Bu nuqson
nutq tarkib topganidan so‘ng vujudga kelsa ham, quloqdagi nuqson tu- fayli eshitishda xos
kamchiliklar bo‘laveradi.
Xulosa
Xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki inklyuziv ta’limning tashkil etilishi juda ko‘p
imkoniyati cheklangan bolalarni hayotga qaytardi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki ular
uchun tashkil etilgan inklyuziv ta’lim dasturi ularni tashqi olam bilan bog‘ladi, ijtimoiy
muloqotga kirishishlariga imkon yaratdi, o‘zlariga bo‘lgan ishonch tuyg‘usini uyg‘otdi va
asosiysi ular ham bu hayotda barcha bolalar singari hayot kechirish huquqiga ega
ekanliklarini anglashdi. Inklyuziv ta’lim olgan bolalar kelajakda jamiyatda faol qatnasha oladi,
mehnat bozorida yaxshiroq imkoniyatlarga ega bo‘la oladi va bu ta’lim insonlarni ajratib
qo‘yish o‘rniga bir-biriga bo‘lgan mehr hissini uyg‘otadi. Buning natijasida esa ular jamiyatga
to‘laqonli qo‘shila oladi va yurtimizda bag‘rikeng va teng huquqli jamiyat shakllanishiga
xizmat qiladi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
83
References:
1.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. 2020 yil 23-sentyabr.O‘RQ-
637-son.
2.
2020-2025 yillarda Xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’lim Inklyuziv ta’limni
rivojlantirish Konsepsiyasi. 13.10.2020-yil PQ 4860-son.
3.
L.R.Muminova, R.Sh.Shomaxmudova, Z.M.Axmedova. “Inklyuiziv ta’lim” o‘quv
qo‘llanma. Toshket 2019.
4.
D.S.Qaxarova “Inklyuziv ta‘lim texnologiyasi” Toshkent. 2014.
5.
F.U.Qodirova, X.Sh.Yunusova. Inklyuziv va maxsus ta’limning filologik asoslari.
Chirchiq 2022.
6.
A.A.Xaitov Akmeologik pozitsiyani rivojlantirish tuzilmasi va uning tarkibiy
komponentlari. ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023
7.
Xaitov Abduqosim Abdulakim o‘g‘li. Bo‘lajak o‘qituvchilarni ekologik savodxonligini
oshirishda akmeologik yondashuv. «Интернаука», 2020