Авторы

  • Sitora Rahmatova
    Navoiy davlat universiteti 2-kurs magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.65708

Ключевые слова:

Alisher Navoiy tasavvuf istiloh mustaqillik davri navoiyshunoslik ilohiy ishq.

Аннотация

Ushbu maqola mustaqillik davri o‘zbek navoiyshunosligida tasavvufiy istilohlarning o‘rganilish jarayoni, uning bosqichlari va tadqiqotlarning ahamiyatini tahlil qilishga qaratilgan. Mazkur maqolada ulug` mutafakkir  Alisher Navoiy asarlaridagi tasavvufiy istilohlar, ularning ma’no-mohiyati va ularni sharhlashdagi zamonaviy yondashuvlar asosida muhim olimlarning ishlari va bu bo`yicha olib borilgan tadqiqotlar yoritiladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

73

MUSTAQILLIK DAVRI NAVOIYSHUNOSLIGIDA TASAVVUFIY

ISTILOHLARNING O‘RGANILISH TADRIJI

Rahmatova Sitora Bobir qizi

Navoiy davlat universiteti 2-kurs magistranti

raxmatova1017@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14842684

Annotatsiya:

Ushbu maqola mustaqillik davri o‘zbek navoiyshunosligida tasavvufiy

istilohlarning o‘rganilish jarayoni, uning bosqichlari va tadqiqotlarning ahamiyatini tahlil
qilishga qaratilgan. Mazkur maqolada ulug` mutafakkir Alisher Navoiy asarlaridagi tasavvufiy
istilohlar, ularning ma’no-mohiyati va ularni sharhlashdagi zamonaviy yondashuvlar asosida
muhim olimlarning ishlari va bu bo`yicha olib borilgan tadqiqotlar yoritiladi.

Kalit so‘zlar:

Alisher Navoiy, tasavvuf, istiloh, mustaqillik davri, navoiyshunoslik, ilohiy

ishq.

O‘zbek tasavvuf she’riyati rivojida muhim o‘rin egallagan ulug‘ shoir Alisher Navoiy

ijodini o‘rganishga bo`lgan e’tibor mustaqillik davrida sezilarli darajada ortdi. O‘zbek
navoiyshunosligida tasavvufiy qarashlar va istilohlarning chuqur tadqiq etilishi yangi
bosqichga ko‘tarildi. Bu borada akademik Aziz Qayumov, Yoqubjon Is’hoqov, Sultonmurod
Olim, Ergash Ochilov, Sayfiddin Rafiddinov, Najmiddin Komilov, Ibrohim Haqqul tomonidan
olib borilgan tadqiqot ishlari muhim ahamiyatga ega. Navoiy ijodining mazmun-mohiyatini
ochib berishda asosiy manba sifatida xizmat qiluvchi tasavvufiy istilohlar bu davrga kelib
islom falsafasi, madaniy qadriyatlar nuqtayi nazaridan qayta tahlil etildi. 1990-2000-yillarda
Aziz Qayumov, Yoqubjon Is’hoqov kabi olimlarimiz yetakchi tadqiqotchilar sifatida maydonga
chiqdi. Jumladan, Azizxon Qayumovning “Bu ohang ila bo‘lg‘aysen Naqshband” asari Alisher
Navoiy va Naqshbandiya tariqati o‘rtasidagi aloqalarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Ushbu
asarda shoir ijodida uchraydigan tasavvufiy istilohlar va ramzlarning ma’nosi, ularning
Naqshbandiya ta’limoti bilan bog‘liqligi aks ettirilgan. Masalan, “Ishq”, “ma’rifat”, “haqiqat”
kabi tushunchalarning Navoiy she’riyatidagi o‘rni va ularning tasavvufiy talqini ilmiy va
falsafiy jihatdan asoslangan. Ushbu asar Navoiy ijodini tasavvufiy nuqtai nazardan
o‘rganishda muhim manba bo‘lib, shoirning Naqshbandiya ta’limoti bilan aloqalarini chuqur
anglashga yordam beradi. Bundan tashqari “Farhod va shirin sirlari”(Navoiy “Xamsa”sining
ikkinchi dostoni “Farhod va Shirin”ning badiiyati, obrazlar tizimi va mavzulari chuqur tahlilga
tortilgan va dostonning yaratilish tarixi, manbalari va undagi ramziy ma’nolari ochib
berilgan), “Ishq vodiysi chechaklari”(Navoiy g‘azallarining tasavvufiy mazmuni va badiiy
xususiyatlari tahlil etilgan va shoir she’riyatidagi ishq mavzusini tasavvufiy nuqtai nazardan
o‘rganib, uning falsafiy asoslarini ochib bergan), “Navoiyga ta’zim”(Mazkur to‘plamda Aziz
Qayumovning Navoiy ijodidan ilhomlanib yozgan muxammaslari jamlangan. Bu asar olimning
Navoiyga bo‘lgan hurmat va ehtiromining ifodasi sifatida e’tiborlidir) kitoblari orqali ham
qimmatli tadqiqotlar yaratdi.

Adabiyotshunos Yoqubjon Is’hoqovning ilmiy izlanishlari asosan Navoiy lirikasi va

tasavvufiy ta’limotlarning o‘zbek adabiyotiga ta’sirini o‘rganishga qaratilgan. Olim quyidagi
asarlari orqali navoiyshunoslik ilmida yangicha talqin va tahlillarni olib kirdi:


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

74

1. “Navoiyning ilk lirikasi”: Ushbu tadqiqotda Navoiy ijodining dastlabki davridagi lirik

asarlari tahlil qilingan. Muallif shoirning ilk g‘azallari va ularning badiiy xususiyatlarini
o‘rgangan.

2. “Navoiy lirikasi”: Bu asarda Navoiy lirik merosining janr xususiyatlari, mavzulari va

badiiy uslubi tahlil etilgan. Olim shoirning lirik asarlaridagi obrazlar tizimi va ularning estetik
ahamiyatini yoritgan.

3. “Naqshbandiya ta’limoti va o‘zbek adabiyoti”: Mazkur asar mustaqillikdan so‘ng nashr

etilgan bo‘lib unda naqshbandiya ta’limotining o‘zbek adabiyotiga, xususan, Navoiy ijodiga
ta’siri o‘rganilgan. Muallif tasavvufiy g‘oyalar va ularning badiiy ifodasini tahlil qilgan.

2000-2010-yillarda tasavvufiy istilohlarning lingvistik va semantik jihatlarini

o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar kengaydi. Sultonmurod Olimov va Najmiddin Komilov kabi
olimlar Alisher Navoiy asarlarida tasavvufiy tushunchalar – ilohiy ishq, komil inson va riyozat
– qanday ifodalanishini chuqur tahlil qildi. Najmiddin Komilovning “Tasavvuf va komil inson
axloqi” nomli asari ushbu davr navoiyshunosligida muhim ilmiy manbadir. Olimning
mustaqillik davrida tasavvuf mohiyatini anglash, Navoiy ijodini o‘rganish, turli tasavvufiy
timsol va istilohlarni sharhlashga qaratilgan yana ko‘plab izlanishlari ham mavjud. Jumladan,
uning “Tasavvuf”, ”Badiiy adabiyot va tasavvuf timsollari” asari, “Timsollar timsoli:Alisher
Navoiy g‘azaliga sharh”, “Tasavvuf va badiiy ijod” kabi bir qator maqolalari tasavvuf ilmini va
Navoiy ijodining mohiyatini anglashda asosiy tayanch bo‘la oladi. 2009-yilda chop etilgan
“Tasavvuf” asarida tasavvufning paydo bo‘lishi, tarixiy rivoji va asosiy tamoyillari haqida so‘z
boradi. Muallif tasavvufning diniy-falsafiy jihatlarini tahlil qilib, uning Sharq xalqlari
ma’naviyati tarixidagi o‘rnini ochib beradi. Unda tasavvufiy istilohlar va ularning ma’nolari
ham batafsil tushuntiriladi. Asarda tasavvuf g‘oyalarining lirikaga uyg’unlashishi haqida so‘z
borar ekan, o‘z fikrlarini “Tasavvufning pok ilohiy ishq haqidagi, haq va haqiqat, najib insoniy
xislatlar, kamolot kasb etish haqidagi g‘oyalari she’riyat g‘oyalariga aylandi – shoirlar qizg‘in
bir ruh, ko‘ngil amri bilan irfoniy g‘oyalarni kuyladilar, hisobsiz lirik she’rlar, jahonga
mashhur dostonlar, qissalar yaratildi”- deya izohlaydi.

Sayfiddin Rafiddinovning ilmiy izlanishlari ham Navoiy ijodini yoritishda asosiy

manbalardan biri bo`lib xizmat qiladi. Jumladan “Buyuklar halqasi” (2011) asarida Navoiy
ijodining tasavvufiy jihatlari, uning badiiy merosi va adabiy an’analariga alohida e’tibor
qaratilgan. yilda e’lon qilingan “Adabiyotda qalandarlik” (2013) maqolasi orqali Rafiddinov
o‘zbek adabiyotida, xususan, Navoiy asarlarida qalandarlik mavzusini yoritdi. Mazkur
izlanishlarida muallif qalandarlikning tasavvufiy asoslari va uning badiiy ifodasi haqida
batafsil to‘xtalgan:”Alisher Navoiy esa qalandarlik haqiqati va timsollariga keng ahamiyat
bergan. Ulug‘ shoir qalandarlik maslagi talablarini naqadar teran mushohada etgan bo‘lsa,
uning odob-u shartlariga ham alohida e’tibor bilan qaragan.Navoiyning “Badoe’ ul-vasat”
devonidan joy olgan “Qirqib erdi qoshin ul bodaparast xudroy” satri bilan boshlangan g‘azali
boshdan-oxir qalandarlik istilohi va tushunchalari asosida yozilgan.” “Abadiy Vatan hikmati"
maqolasida esa muallif Navoiy g‘azallaridagi falsafiy va tasavvufiy mazmunlarni tahlil qiladi.
Asarda shoirning inson hayoti, o‘lim va abadiyat haqidagi qarashlari yoritilgan:“Navoiy
g‘azallari vaqti-vaqti bilan insonni xokisorlikka undab, unga muhaqqaq o‘limni eslatib turadi.
Zotan, har bir kishi asli tufroq bo‘lgani va yana tufroqqa qaytishi muqarrar ekanini his qilib
yashasa, uning qalbi uyg‘oq bo‘ladi”.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

75

2013-2010-yildan keyingi davr: Elmurod Nasrullayevning “Alisher Navoiy ma’rifiy
qarashlarining ilmiy o‘rganilishi (Mustaqillik davri)” nomli doktorlik dissertatsiyasi
mustaqillik davrida tasavvufiy istilohlarning ijtimoiy va ma’naviy ahamiyatini tahlil qildi. Bu
davrda tasavvufiy istilohlarning zamonaviy kontekstda o‘rganilishi dolzarb mavzuga aylandi.

Nodir Ramazonov mustaqillik davrida navoiyshunoslik sohasida muhim ilmiy

tadqiqotlar olib borgan olimlardan biridir. Uning izlanishlari Alisher Navoiy ijodining turli
jihatlarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, bu borada bir qator ilmiy maqolalar va asarlar
yaratgan.

Asosiy ilmiy ishlari:
1. “Alisher Navoiy asarlarida tasavvufiy timsollar”. Ushbu tadqiqotda Ramazonov Navoiy

asarlaridagi tasavvufiy ramzlar va ularning ma'nolarini tahlil qiladi. Unda shoirning tasavvufiy
qarashlari va ularning badiiy ifodasi chuqur o‘rganilgan.

2. “Navoiy g‘azallarida ma’naviyat va axloq masalalari”.
Bu maqolada Navoiy g‘azallaridagi ma'naviy va axloqiy mavzular tahlil qilinib, ularning

zamonaviy jamiyat uchun ahamiyati yoritilgan.

3. “Alisher Navoiy va turkiy adabiyot”. Ramazonov ushbu asarida Navoiy ijodining turkiy

adabiyotga ta'siri va uning rivojidagi o‘rnini tahlil qiladi. Shoirning turkiy til va adabiyotga
qo'shgan hissasi batafsil yoritilgan. Nodir Ramazonovning ushbu ilmiy ishlari navoiyshunoslik
sohasida muhim ahamiyatga ega bo'lib, Alisher Navoiy merosini chuqurroq anglashga xizmat
qiladi.

Mustaqillik davrida Navoiy ijodidagi tasavvufiy istilohlarning o‘rganilishi milliy va

madaniy merosni anglash yo‘lida yangi bosqichni boshlab berdi. Ushbu tadqiqotlar nafaqat
Navoiy ijodini teran anglashga, balki tasavvufiy falsafaning zamonaviy jamiyatda ham dolzarb
ekanligini ko‘rsatishga xizmat qilmoqda.Bugungi kunda tasavvufiy istilohlarni matematik
tilshunoslik, semantika va kompyuter lingvistikasi vositalaridan foydalangan holda o‘rganish
istiqbollari kengaymoqda. Bu esa Navoiy asarlarini yangicha ilmiy asosda talqin qilish
imkoniyatini yaratadi.

References:

1.

Qayumov, A. "Bu ohang ila bo‘lg‘asen naqshband...". Toshkent: Fan, 2000.

2.

Komilov, N. "Tasavvuf va komil inson axloqi". Toshkent: Ma’naviyat, 2005.

3.

Nasrullayev, E. "Alisher Navoiy ma’rifiy qarashlarining ilmiy o‘rganilishi (Mustaqillik

davri)". Toshkent, 2010.
4.

Is’hoqov, Yo. "Naqshbandiya ta’limoti va o‘zbek adabiyoti". Toshkent: Fan, 2002.

5.

Olimov, S. "Ishq, oshiq va ma’shuq". Toshkent: Akademnashr, 2011.).

Библиографические ссылки

Qayumov, A. "Bu ohang ila bo‘lg‘asen naqshband...". Toshkent: Fan, 2000.

Komilov, N. "Tasavvuf va komil inson axloqi". Toshkent: Ma’naviyat, 2005.

Nasrullayev, E. "Alisher Navoiy ma’rifiy qarashlarining ilmiy o‘rganilishi (Mustaqillik davri)". Toshkent, 2010.

Is’hoqov, Yo. "Naqshbandiya ta’limoti va o‘zbek adabiyoti". Toshkent: Fan, 2002.

Olimov, S. "Ishq, oshiq va ma’shuq". Toshkent: Akademnashr, 2011.).