ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
65
O‘ZBEK VA QORAQALPOQ TILI LEKSIK QATLAMIDAGI YANGI
O‘ZLASHMALARNING SHAKLLANISHIDAGI LINGVISTIK O‘ZIGAXOSLIKLAR
Umarova Mashxura Olimbay qizi
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq
davlat universiteti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14842655
Annotatsiya:
O‘zbek va qoraqalpoq tili leksik taraqqiyotining navbatdagi bosqichi
so‘nggi o‘n yillikdagi davri bilan bog‘liqdir. Jamiyatimiz har bir sohasida boshlangan tub
islohotlar, xalqaro madaniy, iqtisodiy, siyosiy hamda sport sohasidagi aloqalar ma’lum til
o‘zgarishlariga, tilimiz taraqqiyotiga yangi yo‘l ochdi.
Kalit so‘zlar:
agronimiya, agroiqtisodiyot, agrobiznes, agrosanoat, neologizm,
“yangilanish, “o‘zgarish”, “zamonaviylashish”, individual nutq neologizmi, rayon, oblast,
otpuska, praktika, ekonomika, gimn.
Summary:
The next stage of the lexical development of the Uzbek and Karakalpak
languages is related to the period of the last decade. Fundamental reforms in every sphere of
our society, international cultural, economic, political and sports relations have opened a new
way for certain language changes and development of our language.
Key words:
agronomy, agro-economics, agro-business, agro-industry, neologism,
"renewal, "change", "modernization", neologism of individual speech, region, oblast, otpuska,
practice, economy, anthem.
Аннотация:
Следующий
этап
лексического
развития
узбекского
и
каракалпакского
языков
относится
к
периоду
последнего
десятилетия.
Фундаментальные реформы во всех сферах нашего общества, международных
культурных, экономических, политических и спортивных связей открыли новый путь
для определенных языковых изменений и развития нашего языка.
Ключевые
слова:
агрономия,
агро-экономика,
агро-бизнес,
агропро-
мышленность, неологизмы, «обновление», «перемена», «модернизация», неологизмы
индивидуальной речи, регион, область, отпуск, практика, экономика, гимн.
Uzoq vaqtlik muloqot natijasida til integratsiyasi sezilarli darajada har ikkala til leksik
qatlamiga ham ta’sir qildi. O‘zbek tili leksik qatlamiga yangi so‘zlar, so‘z birikmalari, iboralar,
hattoki so‘z yasovchi qo‘shimchalar ham kirib keldi. Bunday so‘zlar, avvalo, mavhum,
keyinchalik ularning ko‘pchiligi o‘z qatlam so‘zlari kabi tilimizga moslashib, ajratib bo‘lmas
holatda o‘rinlashdi. Buning sababi sifatida o‘zlashma so‘zlarning tilda ko‘p asrlik nutq jarayoni
va til tizimidagi sinonimik, graduonimik, giponimik, bir so‘zning faollashuvi ikkinchi so‘zni
passivlashishi jarayoni kabi munosabatlar hisobiga barqaror o‘rnashib qolgan deyish
mumkin.
Muhimi shundaki, tilimizning shunday ko‘p yillik omuxtalashish jarayonida ham leksik
qatlamining katta qismi o‘z so‘zlarimiz hisobiga saqlab qolgani quvonarli hodisadir. Zeroki,
leksikamizdagi o‘zlashma so‘zlar hisobi hozirgi davr fors tili leksikasiga qiyoslanadigan bo‘lsa
(ayrim mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu til leksik qatlamining 65% ini arabcha so‘zlar
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
66
tashkil etadi) yuqoridagi holat nechog‘lik ahamiyatga ega ekanligi va bugungi kunda fors
millati uchun til sofligini saqlash davlat ahamiyatidagi masala sifatida turgani ma’lum bo‘ladi.
Bu holat tilda so‘z o‘zlashishining me’yordan ortiq darajasi bo‘lsa, tilimizdagi arab, fors
so‘zlarining leksik qatlamdagi o‘rni, qo‘llanishi va miqdori esa so‘z o‘zlashishining me’yor
darajasidagi holatini ko‘rsatadi. Aynan shu so‘z o‘zlashishining me’yordan ortiqlik darajasi til
taraqqiyotining salbiy oqibatlarini keltirib chiqarishi mumkin. O‘rni kelganda shuni ham
aytish lozimki, til omuxtalishishidan chetda qolgan, so‘z o‘zlashishining me’yordan past
darajasida bo‘lgan, globallashuv, madaniy, siyosiy, iqtisodiy, sport aloqalaridan uzilgan tilda
ham shunday “yakkalanish” holatlar kutilishi mumkin. Hozirgi paytda dunyo tillari orasida
o‘lik tillar qatoriga o‘tib borayotgan bir necha tillar shunday tarixiy jarayonni boshidan
kechirmoqda.
Leksikografik sistemadagi yangi neologizmlar ma’lum bir sohadagi tushunchani
ifodalab, ular ma’lum bir predmetlar guruhiga, jarayonlarga oid tushunchalardir. Har bir yangi
terminologik guruhda umumiy bir unsur bo‘ladi. Masalan:
agro
so‘zi – agronimiya,
agroiqtisodiyot, agrobiznes, agrosanoat kabi o‘zlashma neologizmlar uchun asosiy unsur
hisoblanadi. Shunday xalqaro terminelemntlar soni hozirda 200dan ortiqligi tilshunoslar
tomonidan aniqlangan. XXI asrda jamiyat hayotida boshlangan tarixiy o‘zgarishlar tilimizda
ham o‘z aksini bera boshladi. Bu davr so‘zlarning o‘zlashish va so‘zlarning chiqib ketish
jarayonining tezlashgan davri bo‘ldi. XX asrda maktablar tashkil etilishi, ommaviy savod
chiqarish, gazeta va jurnallarning chop etilishi, maktablarida savod chiqarish kabi omillar
asosida bu holat yanada tezlashdi. Bu davrning muhim xususiyati shundaki, tilimizga nafaqat
ruscha so‘zlar, balki rus tili orqali ko‘plab inglizcha, fransuzcha, italyancha va boshqa tillardan
so‘zlar kirib keldi.
O‘zlashma so‘zlar datlabki davrda neologizm xarakterida bo‘lsa-da, keyinchalik asta-
sekin qabul qiluvchi til qonuniyatlariga va tamoyillariga bo‘ysunishi, xuddi o‘z so‘zdek,
tushunarli va aniq bo‘lishi lozim. Yangi(zamonaviy) so‘z aniq, qisqa va tushunarli bo‘lishi
kerak. Yangi so‘zlarning aniqlik tushunchasida uning ma’noviy komponentlarining umumiy
ma’nolari tushuniladi. (
barg
), fonetik qayta shakllanishi (
karavot
), grammatik singishi
(
bankdan
), so‘z yasash tizimida faol ishtirok etishi (
traktorchi)
, takror-takror qo‘llanishi
tufayli uning yot elementigi sezilmay qoladi
1
.
O‘zbek va qoraqalpoq tili leksik taraqqiyotining navbatdagi bosqichi so‘nggi o‘n
yillikdagi davri bilan bog‘liqdir. Jamiyatimiz har bir sohasida boshlangan tub islohotlar,
xalqaro madaniy, iqtisodiy, siyosiy hamda sport sohasidagi aloqalar ma’lum til o‘zgarishlariga,
tilimiz taraqqiyotiga yangi yo‘l ochdi. Muhimi shundaki, bu davrga kelib, turli tillarga oid turli
soha so‘zlari kirib kelishi kuchaydi. Dunyo tillarini o‘rganish bilan birga ularning milliy-
madaniy an’analari, urf-odatlariga muvofiq tushuncha va so‘zlarning o‘zlashishi tilimiz lug‘at
boyligini yanada oshirdi.
Bugun dunyo hamjamiyati barcha jabhada globallashuv jarayonini boshdan
kechirmoqda. Aslida globallshuv doimiy jarayon bo‘lib, termin sifatida o‘zi bilan birga –
“yangilanish, “o‘zgarish”, “zamonaviylashish” kabi bir qator ma’nolarni ham ergashtirib
1
O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. –T., O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 10-tom. 2002, 498-bet.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
67
yuradi. Lingvistik nuqtayi nazardan zamonaviylashish jarayonini o‘rganish ham tadqiqotchini
keng qamrovda izlanishga undaydi: terminlarni til madaniyatining bir elementi sifatida
qarash til egasining tilga munosabatini ham yoritishni talab etadi. Har qanday holatda ham
zamonaviylashish jarayoni bor va u lingvistik hosilalarga ega. Tilshunoslikda mazkur hodisa
bir necha ko‘rinishga ega bo‘lib, termin sifatida unga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin:
Til modernizatsiyasi – ma’lum bir tilning boshqa tillar ta’siri bilan zamonaviylashishi;
Leksik modernizatsiyalashish (zamonaviylashish) – ma’lum bir tilga ayni davrda urfda
bo‘lgan chet tildagi so‘zlarning o‘zlashishi va o‘sha tilda muqobilli yoki muqobilsiz tarzda
iste’molda bo‘lishidir.
XXI asr jahon hamjamiyati tomonidan ulkan o‘zgarishlar, texnik taraqqiyot,
axborotlashtirish asri sifatida tarixda qolishi e’tirof etilmoqda. Ayni paytda qisqa muddat
davomida yangiliklarning dunyo bo‘ylab ommalishishi, jamiyatdagi shunday yangiliklarga
bo‘lgan ehtiyoj har bir til leksik tarkibining ma’lum bir jihatdan o‘zgarishiga olib kelmoqda.
Bugungi kun neologizmlarning kirib kelishi, ularni omma tomonidan iste’molda bo‘lishi tilimiz
lug‘atlarida aks etishini kutayotgani yo‘q. Zamonaviy texnika sohasidagi xalqaro bog‘liqlik va
yaqinlik tilimizda ko‘plab shunday tushunchalarni o‘z so‘zlarimiz bilan ifodalashga o‘rin
qoldirmayapti. Ba’zi bir o‘zlashma so‘zlarning ma’nolari lug‘atlarda ham qayd etilmagan
(
Flesh, Koka-kola, Pepsi, Moxito
). Bugungi kunda zamonaviy texnika so‘zlari dunyo bo‘ylab
baynalmilal soha so‘zlari darajasiga ko‘tarilib bormoqda.
Istiqloldan so‘ng o‘zbek va qoraqalpoq tili lug‘at boyligi ham shunday so‘zlar hisobiga
kengaydi va taraqqiy etdi. Buning sababi sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin.
1. Mustaqillikdan so‘ng jamiyat hayotida siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy va boshqa
sohalarda bo‘lgan o‘zgarishlar.
2. Jahon miqyosidagi ilf-fan, texnika, axborot-kommunikatsiya va sport taraqqiyoti
ta’siri.
3. Xorijiy tilda muloqot qiluvchi yurtdoshlarimizning yangi (zamonaviy) o‘zlashma so‘z
va terminlarni o‘z nutqlarida ko‘plab qo‘llashlari.
O‘zbek tilining izohli lug‘atida o‘zlashma so‘zlarning qaysi tilga tegishli ekani alohida
shartli qisqartmalar asosida ko‘rsatilar ekan, ularning o‘z tilidagi lug‘aviy ma’nosi va tilimizga
o‘zlashganidan keyingi bir ma’noliligi yoki ko‘p man’nolilik xususiyati alohida ko‘rsatib
berilgan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, o‘zbek tilining izohli lug‘atida o‘zlashma so‘z olib
kirgan tillar sifatida 16 ta til so‘zlaridan misollar berilgan. Bular sirasiga
arab, fransuz, fors-
tojik, golland, hind, ingliz, ispan, italyan, lotin, mo‘g‘ul, nemis, polyak, rus, xitoy, yunon, chex
tillari kiritilgan.
Biroq adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘ati
2
va
qisqacha siyosiy lug‘at
3
da
portugal
va
skandinavcha
tillardan olingan so‘zlar ham ko‘rsatilgan.
Bu kabi tillardan olingan so‘zlar ma’lum bir sohaga oid termin ekanligi uchun “O‘zbek tilining
izohli lug’ati”dan o‘rin olmagan bo‘lishi mumkin.
Neologizmlarning paydo bo‘lish yo‘llari xilma-xil bo‘lib, ular tilning mavjud lug‘aviy
tarkibi va grammatik qonun-qoidalari asosida yangi so‘z yasash yo‘li, shuningdek, mavjud
2
Hotamov N. Sarimsoqov B. Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘ati. –T. O‘qituvchi. 1979.
6-bet.
3
Onikov L.A., Shishlin N.V. Qisqacha siyosiy lug‘at. –T. O‘zbekiston. 1983. 6-bet.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
68
so‘zning lug‘aviy ma’nolaridan birini yangi ma’noda qo‘llash yo‘li bilan va boshqa tildan so‘z
qabul qilish orqali hosil qilinadi
4
.
Ma’lumki, tilda umumtil neologizmi va individual nutq neologizmi mavjud bo‘lib,
umumtil neologizmi jamiyat hayotida katta o‘rin egallaydi. Bunday neologizmlar muallif
tomonidan ma’lum bir uslubiy talab asosida yaratiladi. Biroq har qanday yangi neologizmlar,
avvalo, individual nutqda paydo bo‘ladi. Bunday so‘zlar jamiyat a’zolari tomonidan qabul
qilinsa, til tizimida shu so‘zga ehtiyoj bo‘lgan holatdagina o‘z vazifasini bajarib, umumtil
neologizmi qatoriga o‘tishi mumkin. Tilimizda shunday vazifani bajara olmay individual nutq
neologizmi sirasiga qolib ketayotgan leksemalar ham talaygina.
Ba’zi manbalarda neologizmlar ma’lum bir guruh va turlarga ajratib o‘rganilar ekan,
haqiqiy neologizmlarning paydo bo‘lishi nomlangan voqelikning yangi nomi bo‘lishi
lozimligini asos qilib olishadi
5
. Biroq hozirgi paytda til tizimida neologizmlarning paydo
bo‘lish talabi jamiyat taraqqiyotiga mos ravishda o‘zgardi. So‘zlarning bir tildan ikkinchi tilga
o‘tishi ma’lum bir yangi voqea-hodisaning yangi nom sifatida shakllanishiga, til leksik
“to‘plam”iga o‘rnashishiga sabab bo‘lmoqda. Jahon xalqlari orasidagi o‘zaro madaniy, siyosiy,
iqtisodiy hamkorlik til rivojlanish jarayoniga ham o‘zining shunday ta’sirlarini o‘tkazib
bormoqda.
Mavjud manbalarda neologizmlar o‘rganilar ekan, ularda bugungi kun neologizmlari
sifatida ma’lum bir so‘zlarni alohida ta’kidlab ko‘rsatilganini kuzatish qiyin. Shunday
neologizmlar qatoriga
kosmos, telivedeniye
6
; konfliktsizlik, kosmodrom
7
; marketing, qayta
qurish, reyting, tender
8
kabilar ko‘rsatilsa-da, ularni hozirda yangilik bo‘yog‘ini yo‘qotgan,
zamonaviy qatlam so‘zlari sifatida baholab, hozirgi iste’molda bo‘lgan yangi so‘zlarga misol
bo‘lmaydi. Buning sababi shundaki, umumtil neologizmlarining qisqa muddat shu vazifani
bajarishi, bu tushunchaning nisbiyligi, shuningdek, ko‘pgina so‘zlarning yangilik bo‘yog‘ini
jamiyatning barcha soha vakillari birdek qabul qilmasligidadir.
Neologizm tushunchasi va tilimizda paydo bo‘layotgan yangi so‘zlarni turli soha vakillari
va jamiyatning turli qatlam kishilari uchun doimo birdek ahamiyat kasb etmasligi masalasini
turlicha tushunish mumkin. Odatda ziyoli, yangilikka qiziquvchi kishilar va yoshlar atrofdagi
o‘zgarishlarga nisbatan befarq bo‘lishmaydi. Ular jamiyatda bo‘layotgan o‘zgarishlarni tez
anglaydilar. Ba’zi bir tabaqa vakillari borki, ularga ma’lum bir texnologiya va yangilik ko‘z
o‘ngida joriy qilinmagunga qadar bu hodisaga befarq bo‘lishi kuzatiladi. Umuman olganda,
jamiyat a’zolarining neologizmlarga bo‘lgan munosabati ularning ijtimoiy hayotga bo‘lgan faol
yoki sust yondashishi bilan bog‘liqdir. Shunga ko‘ra, ayrim o‘rinlarda ba’zi bir yangilik
bo‘yog‘iga ega bo‘lgan zamonaviy so‘zlarning (neologizmlarning) tilda tutgan o‘rni haqida
keskin xulosa chiqarish to‘g‘ri bo‘lmasligi mumkin.
4
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. –T., O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 6-tom. 308-bet.
5
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. –T., O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 6-tom. 309-bet.
6
Shoabdurahmonov Sh. va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –T., O‘qituvchi. 1980. 127-b.
7
Tursunov U., Muxtorov J., Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –T., O‘zbekiston. 1992. 156-b.
8
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. –T., O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 12 tom. 2000-2006.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
69
Bundan 20-30 yil ilgari ham har ikkala tilning boyishida ham ichki manba orqali so‘z
yasashdan ko‘ra o‘zlashtirish ustun bo‘lib borayotgani kuzatilgan edi
9
. Hozir ham tilimiz
taraqqiyotida shunday jarayon davom etmoqda.
Mustaqallikdan so‘ng tilimizga yangi so‘zlarning kirib kelishi qanchalik tezlashgan
bo‘lsa, ko‘pgina so‘zlarning tilimizning leksik qatlamidan chiqib ketishi shunchalik tezlashdi.
Shu bilan bir qatorda tilimizga
blog, piar, WiFi, brend, email, virtual, menejer, paynet
kabi
neologizmlar ham kirib keldi.
Eskirgan so‘zlar sirasidagi
rayon, oblast, otpuska, praktika, ekonomika, gimn,
so‘zlari
iste’moldan chiqib o‘rnini yangi so‘zlar yoki ma’nodosh qatoridagi boshqa bir so‘z egallagan
bo‘lsa,
sovxoz, kolxoz
so‘zlari tarixiy so‘zlar qatoriga o‘tdi. Bu kabi sho‘rolar boshqaruvi
tizimini ifodalovchi eskirgan so‘zlar tilimizda talaygina topiladi.
Tilimizda mavjud bo‘lgan
vazir, posbon, hokim
, kabi ko‘pgina so‘zlarning vazifa doirasi va
mazmuniy mundarijasi kengaydi
10
. Shakllangan bozor iqtisodiyoti sohasidagi yangi
tushunchalar, fan va texnika, axborot-kommunikatsiya, sport sohasidagi yangi so‘zlar tilimiz
boyligini oshirishda muhim omil sifatida qaraladi. Texnika sohasining kompyuter, internet va
ular bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lum bir soha so‘zlari tilimizda soha (terminologik) so‘zlari
sifatida emas, kengaygan holda umumiste’mol so‘zlari sifatida ishlatilmoqda.
References:
1.
Qurbonova, M., Abjalova, M., Axmedova, N., To‘laboyeva, R. 2021. O‘zbek tilidagi
o‘zlashma so‘zlarning urg‘uli lug‘ati, 2 jild. Toshkent.
2.
Hamidulla Dadaboyev. 2019. O‘zbek terminalogiyasi. Toshkent.
3.
Antonova O. A. 2005. “Biz qaysi tilda gaplashamiz?”.
4.
O‘zbek tiliga xorijiy tillardan kirib kelgan iqtisodiy va biznes sohadagi neologizmlar.
Manzura Abjalova Xursandoy Geldiyev
5.
Shoabdurahmonov Sh. va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –T., O‘qituvchi. 1980.
127-b.
6.
Tursunov U., Muxtorov J., Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –T., O‘zbekiston.
1992. 156-b.
7.
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. –T., O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 12 tom. 2000-
2006.
8.
Tursunov U., Muxtorov J., Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –T., O‘zbekiston.
1992. 175-b
9
Tursunov U., Muxtorov J., Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –T., O‘zbekiston. 1992. 175-b
10
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.–T., O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 12-tom. 2006. 65-bet.