Авторы

  • Avazbek Nasirdinov
    Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti o‘qituvchisi
  • Zaynutdin Faxritdinov
    Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti professori

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.65721

Аннотация

Kompozitsiya badiiy asarning dunyoga kelishida juda katta rol o‘ynaydi. U badiiy asar g‘oyasining asosi va loixasidir. "Kompozitsiya" so‘zining ma’nosi juda chuqur va keng qamrovli. Uning zamirida: bayon etish,joylashtirish, qurish, loixalash, yaratish, bunyod etish,tashkil etish kabi tushunchalar yotadi. SHu bois badiiy asardagi kompozitsiya shunday qo‘llanilishlar va ashyolar orqali: mazmunli muvozanat, ritm, simmetriya, yaxlitlik, dinamika, perspektiva va xakozolar bilan o‘zaro bog‘lanib, yaxlit umumlashma, badiy saviyali san’at asarini dunyoga keltiradi. SHunday ekan, kompozitsiya murakkab fan sifatida badiiy ta’limda o‘qitilar ekan,ushbu o‘quv qo‘llanma bo‘lajak yosh rassomni eng avval nazariy jixatdan o‘qitish va uni amalda tadbiq etishga qaratiladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

4

ERTAK ASOSIDA RANGTASVIR KOMPOZITSIYANI ISHLASH

Avazbek Nasirdinov

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti o‘qituvchisi

Zaynutdin Faxritdinov

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti professori

https://doi.org/10.5281/zenodo.14865439

Kompozitsiya badiiy asarning dunyoga kelishida juda katta rol o‘ynaydi. U badiiy asar

g‘oyasining asosi va loixasidir. "Kompozitsiya" so‘zining ma’nosi juda chuqur va keng qamrovli.
Uning zamirida: bayon etish,joylashtirish, qurish, loixalash, yaratish, bunyod etish,tashkil etish
kabi tushunchalar yotadi. SHu bois badiiy asardagi kompozitsiya shunday qo‘llanilishlar va
ashyolar orqali: mazmunli muvozanat, ritm, simmetriya, yaxlitlik, dinamika, perspektiva va
xakozolar bilan o‘zaro bog‘lanib, yaxlit umumlashma, badiy saviyali san’at asarini dunyoga
keltiradi. SHunday ekan, kompozitsiya murakkab fan sifatida badiiy ta’limda o‘qitilar
ekan,ushbu o‘quv qo‘llanma bo‘lajak yosh rassomni eng avval nazariy jixatdan o‘qitish va uni
amalda tadbiq etishga qaratiladi.

Ertak - folklor janrlaridan biri. Ertak sehrli, qahramonlik yoki kundalik bo'lishi mumkin.

Kompozitsiyani ertak yoki biror adabiy asar asosida ishlash jarayonida, dastlab berilgan
adabiyotni chuqur o‘qib chiqish zarur. Keyin esa asardagi davr va voqea qaysi xalq hayotiga
oidligi puxta o‘rganilishi nazarda tutiladi. O‘qilgan va o‘rganilgan asarning talabaga qiziqarli
bo‘lgan bir yoki ikki qismi olinib, mana shu kompozitsiyada butun bir ertakning mazmunini
ochib berish maqsad qilinadi. Ertak yoki adabiy asarning bosh qaxramoni obrazini rangtasvir
uslubiga mos ravishdagi echimini tasvirlay olish kerak.

Asar qahramonining siymosini (obrazini) yaratishda ko‘plab real hayotga murojat etish,

xomaki (nabroska) etyud va eskiz (poisk) qidiruvlar ustida ish olib borish ishning samarasini
oshiradi. Ertak qaxramonlari liboslari (kostyum) ustida izlanish ham eng muhim va bilim talab
etadigan jarayon bo‘lib, u bo‘lajak rassomdan o‘ta sinchkov va kuzatuvchanlik, qolaversa, katta
uquvni talab qiladi. Ertak mazmunini yoritishda,makon muhit masalasiga ham alohida e’tibor
qaratilishi lozim.

Kompozitsiyada manzara yoki intererning ko‘rsatilishi, shuningdek tabiat holatlari,nur

va soya o‘yinlarini to‘g‘ri topa bilishlik kompozitsiyada katta ahamiyatga egadir. Ertak uchun
ishlangan kompozitsion ishda, uni yanada boyituvchi yoki to‘ldiruvchi narsalar: turli buyum,
qurol va aslaxalar,jixozlar va boshqa mayda chuydalarning roli va ularni to‘g‘ri topa bilish,
me’yoridan shirmaslik ya’ni har narsani o‘z o‘rniga to‘g‘ri qo‘ya bilish o‘ta muhimdir. Ertak
mavzuiga oid kompozitsiyani yaratishda o‘sha davrga taaluqli qo‘shimcha adabiyotlar, liboslar
tarixiga oid qo‘llanmalar shuningdek uy jixozlari va ortiqcha bezaklarni asar mazmuniga mos
ravishda to‘g‘ri topib qo‘llay olish ertak mazmunini ochishda ahamiyati kattadir.

Ertak asosida ishlangan eskizlar yorqinligi, dekorativ ranglarning jo‘shqinligi katta

axamiyatga ega ekanligini klassik rassomlar asarlaridan misol keltirgan xolda o‘quvchilarga
tushuntirishi kerak. O‘zbek rassomlari M.Yo‘ldoshevning “Alpomish” A.Ikromjonovning “Layli
va Majnun”.

Z.Faxritdinovning “Afandi xiylasi” kabi ertak yoki eposlarga ishlangan kompozitsiyalarida

turli echimda yondoshganligini ko‘rish mumkin. Xar bir echimni u yoki bu echimni ta’sirli


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

5

tushunarli tasvirlanganligini etkaza olish maqsad qilib qo‘yiladi. Ertak mavzusida
o‘quvchilarning cheksiz fontaziyasi va boy tasavvuri erkin plastik echimda tasvirlashni
buzmagan xolda to‘g‘ri yo‘naltira bilish kerakdir.

O‘quvchilar tushunchasida mavzuni tushunarli xolda ularga mazkur mavzuga qiziqish, xar

bir qaxramonni obrazini yoritishda ko‘plab eskizlar va qidiruvlar qilish axamiyatlidir. Va shu
bilan bir qatorda tomashabinda yaxshi taa’surot qoldirishi zarur.

Z.Faxriddinov “Afandi xilasi”
A.Ikromjonov “Layli va Majnun”

References:

1.

IlinaT.V. Istoriya isskustv — M.,2003- 407s.

2.

Muinov O. Rangtasvir. — T.: «SHarq», 2007. - 72

3.

NorchaevR.T. Rangtasvir fanidan o‘quv ko‘llanma. — T:. «LESSON PRESS», 2021. - 93 b.

Библиографические ссылки

IlinaT.V. Istoriya isskustv — M.,2003- 407s.

Muinov O. Rangtasvir. — T.: «SHarq», 2007. - 72

NorchaevR.T. Rangtasvir fanidan o‘quv ko‘llanma. — T:. «LESSON PRESS», 2021. - 93 b.