ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
119
BOSHLANG’ICH SINFLARDA O’QISH DARSLARINI TASHKIL ETISH
Meretgeldieva Aygul Bekmiratovna
Ajinyoz nomidagi NDPI 1-kurs magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14855271
Annotasiya:
Boshlang’ich sinflarda oʻqish darslarini tashkil etish, uning mohiyatini
koʻrsatish, oʻqish darslarining maqsad va vazifalari, oʻquvchilar ma’naviyatini kamol
toptirishda hamda Vatanga mehr-muhabbat uygʻotish kabi mulohazalar haqida fikr yuritiladi.
Kalit soʻzlar: oʻ
qish darslarini tashkil etish, nutq oʻstirish, oʻqish darslarining maqsad va
vazifalari, oʻqish malakalari, mehnatsevarlik ruhi.
Boshlang’ich sinflarda oʻqitilayotgan ona tili oʻqish darslari adabiyot fanining tarkibiy
qismi hisoblanadi. Dasturlarning oʻqish va nutq o’stirish bo’limida o’tkaziladigan
mashg’ulotlar mazmuniga; oʻquvchilarni toʻgʻri, ravon, ma’lum darajadagi tezlik bilan ifodali
oʻqishg o’rgatish; bolaning ona — Vatan, uning tabiati kishilar mehnatidagi qahramonlik,
jasurlik, milliy istiqlol gʻoyalarini ular ongiga singdirish kabi bilimlarni boyitish orqali
oʻquvchilarning bilim, koʻnikma malakalari kengaytiriladi, shakllanadi va mustahkamlanadi.
Kichik oʻquvchilar ma’naviyatini sogʻlomlashtirishda oʻqish darslarining, ya’ni
boshlangʻich adabiy ta’limning oʻrni beqiyos. Oʻqituvchi tomonidan oʻqish kitobidagi asarlarni
toʻgʻri idrok etishga yoʻnaltirilgan oʻquvchi mustaqil ishlashga, uqib oʻrganishga, oʻzgalarning
fikrlarini ilgʻashga, oʻzi va boshqalarning tuygʻular olamini kuzatishga, oʻzgani tuyishni
oʻrganadi. Olamni, odamni va oʻzligini kashf qiladi. Oʻz ichki “men” ning shakllanishida oʻzi
bevosita ishtirok etadi.
Koʻrinib turibdiki, oʻqish darslarining oʻquvchilar hayotida oʻrni beqiyos. Ularning yetuk
inson boʻlishida, hayotda oʻz oʻrnini topishida, sevimli kasbini egallashida oʻqish darslarining
alohida ahamiyatga egaligi shubhasizdir.
Oʻqish darslarini Davlat talablari asosida hayotiy tajribalarga, kuzatishlarga suyanib,
hayotga bogʻlab oʻtishi uning ta’sirchanligi ongli idrok etishlarini ta’minlaydi. Oʻqish va nutq
oʻstirishning ta’limiy — tarbiyaviy maqsadlari, sinflar boʻyicha oʻqish mazmunini oʻqish
ko’nikmalarining ogʻzaki va yozma nutqlarini rivojlantirish usullarini, oʻqish
mashgʻulotlarining yozma nutq bilan bogʻlanish kabi masalalar aniq kiritilgan.
Oʻqish darslar davomida oʻquvchilar soʻzdagi harflarni bir-biriga bogʻlab yozish, soʻz va
gaplarni kichik hamda bosh harflarni alifbe kitobida berilgan tartibda yozishga oʻrgatiladi.
Keyinchalik, soʻzlarni bir-biriga bogʻlash, gap tuzish kabi kichik narsalarni oʻrganib boradilar.
Bu boʻlsa oʻquvchining dunyoqarashining kengayishiga olib keladi. Boshlangʻich sinflarda
oʻqish darslari yuqori sinflardagi oʻzbek adabiyoti, tarix, geografiya, biologiya va boshqa
fanlarni oʻzlashtirish uchun dastlabki asosni yaratadi. Shuning uchun boshlangʻich sinflardagi
oʻqish darslariga jiddiy e’tibor talab qilinadi. Oʻqish darslarini talabdagidek olib borish uchun
oʻqituvchi asosan quyidagilarga e’tibor berishi lozim. 6-10 yoshdagi bolalar bir soatga
moʻljallangan saboqni sabr toqat bilan tinglay olmaydilar. Ularning ruhiy tuzilishi qoyil
harakatda, xayoli oʻyinda boʻladi. 10-15 minutdan ortiq davom etadigan gaplarni tinglay
olmaydilar. Shu tufayli bu sinflarda ta’lim-tarbiya vazifalari, asosan oʻyin, ashula, qisqa
muddatli qiziqarli suhbat, hikoyalash va ifodali oʻqish orqali amalga oshiriladi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
120
O‘quvchi matnni to‘g‘ri, tez, tushunib o‘qish, mazmunini o‘zlashtirish bilan ilk bor o‘qish
darslarida yuzlashadi. O‘qish darslari orqali o‘quvchilarning Davlat ta’limDTS standarti ()
talablari bo‘yicha o‘zlashtirishlari ko‘zda tutilgan o‘qish-bilim ko‘nikma-malakalari hamda
bilimlarni egallashlariga yo‘l ochiladi. Aynan o‘qish ta’limida insonning, avvalo, o‘zligini,
qolaversa olamni anglashga bo‘lgan intilishlariga turtki beriladi. Shu maqsadda “O‘qish kitobi”
darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o‘rab turgan olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi,
kattalar va bolalar hayoti, mehnatsevarlik, istiqlol va milliy-ma’naviy qadriyatlar, xalqlar
do‘stligi va tinchlik kabi turli mavzular bo‘yicha atroflicha tushunchalar berishga
mo‘ljallangan badiiy, axloqiy-ta’limiy, ilmiy ommabop asarlar kiritiladi.
O‘qish (1-4-sinf) fanini o‘qitishning asosiy vazifasi:
-o‘quvchilaming og‘zaki nutqi adabiy til me’yorlari asosida shakllanishi va rivojlanishini
ta’minlash, nutqiy kompentensiyani o‘stirish;
-yozma nutqda yuksak savodxonlik, adabiy til me’yorlariga rioya etish, uslubiy rang-
baranglikdan foydalana olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish hamda dastlab tanish,
keyin notanish matn ifodali o‘qitilib, o‘quvchidagi ko‘nikma, malaka aniqlanadi. Shuningdek,
miqdoriy ko‘rsatkich -o‘qish tezligi, ongli va ravon o‘qish, bir daqiqada nechta so‘z o‘qiy olishi
ham belgilanadi.
3 va 4-sinflar o‘qish dasturida mavzular ko‘lami ancha kengayadi. Bu sinflarda o‘qish
darslarining kattagina qismi asarni o‘qish va matn ustida ishlashga qaratiladi. Darsda
o‘quvchilaming faolligini oshiradigan, tasavvurlarini boyitadigan usullardan foydalanish,
asarlar mazmunidan kelib chiqib, rollarga bo‘lib o‘qish, qahramonlar nomidan qayta hikoya
qilish, qahramonning taqdiri haqidagi hikoyani davom ettirish, qiziqarli mavzularda og‘zaki
hikoya tuzdirish kabi ijobiy topshiriqlardan foydalanish kabi ishlar amalga oshiriladi. Sinfda
o‘qish darslari quyidagi vazifalarni bajaradi:
1.O‘qish malakasini takomillashtirish. O‘quvchilarda yaxshi o‘qish sifatlari: to‘g‘ri, tez,
ongli, ifodali o‘qish malakalarini shakllantirish.
2. Bolalarda kitobga muhabbat uyg‘otish, kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimni
olishga, ya’ni kitob bilan ishlashni biladigan, chuqur fikrlovchi, sermulohaza kitobxonlarni
yetishtirish.
3.O‘quvchilarning tevarak-atrof, borliq haqidagi bilimlarini kengaytirish, dunyoqarash
elementlarini shakllantirish.
4. O‘quvchilarni axloqiy-estetik va mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.
5. O‘quvchilarning nutqini va tafakkurini o‘stirish.
6. Adabiy tasavvur elementlarini shakllantirish.
Bu vazifalarni bajarishning aniq yo‘li bo‘lishi zarur. Yaxshi o‘qish malakalarining sifatlari
va ularni takomillashtirish yo‘llari. Yaxshi o‘qish malakalarining sifatlariga to‘g‘ri, tez, ongli va
ifodali o‘qish kiradi va ular o‘qish darslarida o‘zaro bog‘liq holda takomillashtiriladi, bu to‘rt
o‘qish sifati bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Ongli o‘qish asosiy hisoblanadi, chunki o‘quvchi o‘zi
o‘qisa-yu, o‘qiganini anglamasa, bunday o‘qish talabga javob bermaydi, o‘qiganini
tushunmaslikka olib keladi. To‘g‘ri o‘qish ongli o‘qishga xizmat qiladi. Tez, to‘g‘ri, ongli o‘qish
ifodali o‘qishning asosi hisoblanadi. Yaxshi o‘qish sifatlarini egallash maktabda barcha
fanlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishning sharti hisoblanadi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
121
Xulosa oʻrnida aytib oʻtish joizki, oʻqish darslari badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib
kirishi, dunyoqarashlarini milliy istiqlol mafkurasi asosida to‘g‘ri shakllantirishga qaratilishi
bilan belgilanadi. Shunga ko‘ra, o‘qish darslarining yetakchi xususiyati o‘quvchilarning
savodxonligini ta’minlash bilan birga, o‘quvchilarni milliy mafkura asosida yuksak axloqiy
qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratiladi. Boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslarida
o‘rganiladigan asarlarning mavzu doirasi ancha keng bo‘lib, ular ona tabiat, yil fasllari, xalq
og‘zaki ijodi, mehnatga muhabbat, asosiy bayram sanalari, milliy istiqlol va ma’naviyat kabi
umumiy mavzular doirasida birlashtirilgan.
References:
1.
“CONFERENCE ON UNIVERSAL SCIECE RESEARCH 2023” D.Qutlimuratova “Boshlangich
sinf oqish darslarining maqsad va vazifalari” nomli maqolasi
2.
Q.Husanboyeva, M.Hazratqulov, Sh.Jamoldinova “Boshlangich sinflarda adabiyot oqitish
metodikasi” Toshkent -2020
3.
“Ta’lim va innovaciyon tadqiqotlar 2022” A.Sayfullayev, Sh.Sayfullayeva “Boshlangich
sinf oquvchilarini ozlashtirish faoliyati metodikasini takomillashtirish” maqolasi
4.
5.
https:Qalampir.uz