Авторы

  • Lola Rajabova
    Toshkent tibbiyot akademiyasi Tibbiy profilaktika fakulteti 104-“B” guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.65730

Аннотация

3-iyul. Shu sana hayotim ma’nosi, umrimning bahorini olib qo’yadi deb hech ham o’ylamagan edim. U bilan mening butun umrim har bir faslim bahor edi.Eng ijod qiladigan,baxtga to’yadigan kunlarimizda  qulog’imga “Hamid Olimjon avtohalokatga uchradi”  degan gap keldi-yu mening yuragimga olov tushgandek, to’satdan qalbim ko’zgularini chil-chil qilib uchirib kelgan bo’rondek esankirab qayerga borishim,nima qilishim, ne so’z deyishimni bilmay xuddi na harakatlana oladigan va na bir gap ayta oladigan shol kabi turgan joyimda qotib qoldim. Ko’zimdan ko’z yoshlar shundayin oqa boshladiki xuddi butun daryolarning,ummonlarning suvi jam bo’lib quyayotgandek edi. Endi hayotimda bahorimni topdim deganda uni bir zumda yo’qotgandim.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

116

BAHOR SOG’INCHI

Rajabova Lola Sunnatilla qizi

Toshkent tibbiyot akademiyasi

Tibbiy profilaktika fakulteti

104-“B” guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14855031

3-iyul. Shu sana hayotim ma’nosi, umrimning bahorini olib qo’yadi deb hech ham

o’ylamagan edim. U bilan mening butun umrim har bir faslim bahor edi.Eng ijod
qiladigan,baxtga to’yadigan kunlarimizda qulog’imga “Hamid Olimjon avtohalokatga uchradi”
degan gap keldi-yu mening yuragimga olov tushgandek, to’satdan qalbim ko’zgularini chil-chil
qilib uchirib kelgan bo’rondek esankirab qayerga borishim,nima qilishim, ne so’z deyishimni
bilmay xuddi na harakatlana oladigan va na bir gap ayta oladigan shol kabi turgan joyimda
qotib qoldim. Ko’zimdan ko’z yoshlar shundayin oqa boshladiki xuddi butun
daryolarning,ummonlarning suvi jam bo’lib quyayotgandek edi. Endi hayotimda bahorimni
topdim deganda uni bir zumda yo’qotgandim. Bu yo’qotish shu qadar achchiq bo’ldiki butun
umrim qalbimni achishtirar, sog’inch hissi esa xuddi davosiz bir kasalikka o’xshardi.Qanch-
qancha bahorlar har yili kelar ,lekin meni umurbod bahor tark etgandi, uni shu qadar
kelishini,isiga to’yishni xohlar edimki ammo endi u bu yorug’ lekin shafqatsiz dunyoda yo’q
edi. Shunga qaramasdan u bahordan menga shirin xotiralar, yuragimga chizib ketgan eng
go’zal suratlarni qoldirdi. Kechalari u tutgan qalamlarni, she’rlar yozgan varoqlarini, u sevib
o’qigan kitoblarni bag’rimga bosar, yig’lay-yig’lay qanday tong otganini bilmay ham qolar
edim. Goh nola qilib derdim : “ shu yuk mashinasi sizni bosguncha meni bossa bo’lmasmidi? ,
bu sog’inch bilan butun umr qiynalib yashaganimdan ko’ra!” ha, shunday derdim-u oradan
hiyol vaqt o’tib o’zimni qo’lga olardim va o’zimga derdim: “ Men endi sizni xotiralaringiz
hurmati uchun, she’rlaringizni qo’limga tutsam sizni qo’llaringizdan tutgandek bo’laman va
she’rlar yozib sizni yo’lingizni davom ettiraman, faqat iltimos tushlarimga har kuni kiring,
sizning chehrangizni, o’sha, o’sha kulib turgan yuzlaringizni ko’ray men , ovozlaringizni aqalli
tushlarimda bo’lsa ham eshitay iltimos, sizga bir umr vafodor bo’lib qolaman…” shu zayl
umrim o’tib borardi…

Men u bilan har kuni suhbatlashardim uning jismi bu dunyoda yo’qdir , lekin u qalbimda

hamisha barhayot, qandaydir yonimdadek his qilaman va o’zimcha suhbatlashaman:

Begim, esingizdami biz tanishgan birinchi kecha siz yosh shoirlar bilan uchrashuv

qilgani kelgan edingiz. Barcha dugonalarim shoshib zal tomon ketar o’sha mashhur shoir ,
ismi tillarda tarqalgan “ Hamid Olimjon” ni tezroq ko’rgisi kelar, e’londa turgan suratingizga
navqiron,ilhom to’la porlagan, chuqur ma’noli ko’zlar, o’tkir ammo mehr bilan boqqan
nigohlaringizga goh mahliyo bo’lib tikilib ham qolishar edi. Zalga kirib kelishim bilan sizni
ko’rdim va qandaydir ko’nglim boshqacha yorishib ketgandi, ayniqsa, siz “O’lkam” she’rini
o’qib berganingizda shu qadar sizdan ko’p narsalar o’rgangim kelgan ediki…Meni ham
yaqinda yozilgan she’rimni o’qib berishimni so’rashganida eshitib bo’lib qarsak chalganingiz,
menga “ juda ajoyib,ofarin” degan ma’noda qarab turganingizdan uyalib yuzimni yerga burib
olganimchi esingizdami?. Bir kun “Yosh shoirlar” mashg’uloti tugaganidan keyin
Lermontovning kitobini qo’limga tutqazib: “o’zbekcha tarjimasidan ko’ra ko’proq aslini


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

117

o’qing,chunki tarjimada ba’zi-bir ahamiyatli bo’lgan yerlari tushib qoladi aslida esa shoir nima
demoqchi ekanligini, asarning, she’rning tub ma’nosini shunda onsonroq tushunib yetasiz”,-
deb maslahat berganingizdan keyin kechasi bilan uxlamay o’qib chiqar va nega unday
deganingizni anglayotgandek edim. Kitobni o’qir ekanman qo’limga bir qog’oz ilindi. Ochib
qarasam unda she’r yozilgan ekan:


Eng gullagan yoshlik chog’imda
Sen ochilding ko’ngil bog’imda
Shunda ko’nglim ko’rdi bahorni
Shunda qalbim tanidi yorni…
Erta sahardan Yozuvchilar uyushmasi tomon yo’l oldim va shoshgancha:
“Assalomu alaykum ustoz”
“Va alaykum assalom, Zulfiya yaxshimisiz?, bugun dars yo’q ediku sizlarga. “
“Ha , ammo menga bergan kitobingiz ichidan mana shu qog’oz chiqib qoldi. Shuni olib

kelgandim”

“O’qidingizmi ?, bu she’rni yaqinda siz uchun yozdim”
Shu javobni eshitdim-u, nima deyishimni bilmay qoldim va uyalgancha uyga qanday tez

borib qolganimni bilmayman. O’sha kuni, mening hayotimga bahor kirib kelganini his qilgan
edim va o’sha bahorim siz, ha, ha siz edingiz. Nega meni tashlab ketdingiz?.

Siz ish bilan ancha vaqtga ketib qoldingiz, men esa sizga xat yozib charchamas edim. Bir

safargi xatimda” Assalomu alaykum, Hamid aka yaxshi yuribsizmi?, vaqtida
ovqatlanyapsizmi?. Sizni shu qadar sog’inib ketdimki, uyga tezroq qayting. Ancha bo’lib ketdi-
ku ketganingizga, yoki u yerda suluv qizlar ko’pmikan? Unutib yubormadingizmi meni?. Kecha
tun bo’yi uxlolmay chiqdim, g’alati tushlar ko’rdim. Yaxshilikka bo’lsin-u siz bir begona ayol
bilan yurgan emishsiz?”. Ha tan olaman shu payt sizni rostdan ham sog’inib, rashk qilgan
edim.

Menga ko’p narsalarni o’rgatdingiz, lekin sog’inganda nima qilishimni o’rgatmay ketib

qoldingiz-ku... Meni bir ikki so’rab kuzatib yurganlar ham bor ekan. Bir kun oldimga kelib desa
bo’ladimi: “ Zulfiya, mana eringizni o’lganiga 10 yil bo’lyapti siz ham ayolsiz o’zingiz uchun
yashashni boshlashingiz kerak. Agar yo’q demasangiz, men sizni baxtli qilaman,
farzandlaringizga yaxshi ota ham bo’laman.” Shu ondayoq hayolimga nima keldi bilasizmi?
“Siz meni bir umrlik bahorimsiz va men bu bahorni umrbod asrayman”,-deb sizni pok
muhabbat to’la ko’zlaringizga qarab aytganim, men uchun ilk bor she’r yozib uni kitobning
ichiga berkitib qo’yganingiz keldi va undan so’radim:”siz uchun muhabbat nima?”

“- Jufting bilan sen bir-birlaringni tushunib,asrashda”
“men uchun esa tanlagan bahorimni hech qachon boshqa faslga almashtirmaslikda”,-

deya jimgina, sizni mozoringiz boshiga bordim. Ha men uchun muhabbat shunday…

Ko’chada yomg’ir quyar, erinmay soatlab yog’ardi. Unga sherik bo’lib bir nimadan

alamzada bo’lib, bor qahrini bizga sochayotgandek momaqaldiroq ayamay osmonni hozir
yorib yuboray deydigan darajada gumburlar,ayuhannos solar edi. Olamni xuddi zulmat
qoplagandek, chaqmoq bilan yomg’ir ovozidan boshqa ovoz go’yoki yo’qdek hech uyqu
bermas , aksiga olib simlarga suv kirganmi?,miltillab yonib turgan chiroq ham o’chib qolgan,
yonimda siz yetishmas edingiz. Yuragim o’rtanar qo’rquvdan-mi? yoki boshqa narsa buni


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

118

o’zim ham bilmayman lekin sizni, qalbim tub-tubida qolib ketgan bahorimni sog’inar, uni
hayotimda yana ko’rishni istab qo’msardim. Bugun negadir yana bahorimni sog’indim. Bahor
yetishmas edi mening hayotimga…


Bahor sog’inchi
Bahor isi qalbga yetmadi,
Siymosini so’roqlab yillar.
Iyul kuni ketdi,kelmadi,
Ismin aytib qoldi bu tillar.
O’sha kuni quyosh yuragin,
Kuydirdi-yu jizg’anak qildi.
Gul bag’ridan unga keragin,
Bahor bilan oldi-yu tildi.
Tunlar yolg’iz qolib yig’lardi,
Vafosini ko’rdi bahorlar.
Dilin o’yib yana tig’lardi,
Xotirlarga to’lgan nahorlar,
U emasmu qalamni tutib,
O’zin she’rla ovutgan yana.
Sog’inch to’la dardlarin yutib,
Birga bo’lgan damlari pana.
Ha, bu dunyo o’tkinchi balki,
Kelib-ketar qancha odamlar.
Kimlar hatto unutsa hamki,
Zulfiyada abadiy qolar.
Bahori oz etgandir davom,
Lekin shirin onlarga to’ldi.
Shu qisqa yo’l ayladi ravon,
Qolgan umri she’r bilan bo’ldi.

O’zbekning bahor siymosidagi go’zal, she’rlarida o’zbek ayolining ibosi, mehr-muhabbati

tasvirlangan Zulfiya Isroilovaga og’ir dard umr yo’ldoshi eng kuchga to’la, ijodda yanada
yashnaydigan vaqt 35 yoshida Hamid Olimjonning avtohalokat sabab bu olamdan ko’z
yumishi juda qattiq keldi. Bir umr vafo bilan, u tanlagan she’r yo’lida yurib umrining
oxirigacha sog’inch azobida yashadi. Zulfiya qalbidan o’tgan kchinmalarini tasvirlash juda
mushkul va yuqoridagi kechinmalarni boshidan o’tkazgan bo’lsa ajab emas. Aslida esa uning
ko’nglida bo’lgan tuyg’ular bundan ham jo’shqin, bundan ham azobli edi. Zulfiya bahor timsoli
bo’lib qoldi-yu, lekin hayotiga bahor yetmadi, u umrbod bahorni sog’inib yashadi.

References:

1.

X.Sulaymonova Zulfiya hayoti va ijodi. "Oʻqituvchi"–Toshkent. 1980y.

2.

Qayumov L. Shoira Zulfiya. Toshkent, O'zadabiynashr, 1965.

3.

Mirvaliev S. O'zbek adiblari. Toshkent: Yozuvchi", 2000.

Библиографические ссылки

X.Sulaymonova Zulfiya hayoti va ijodi. "Oʻqituvchi"–Toshkent. 1980y.

Qayumov L. Shoira Zulfiya. Toshkent, O'zadabiynashr, 1965.

Mirvaliev S. O'zbek adiblari. Toshkent: Yozuvchi", 2000.