Авторы

  • Shirina Isaqova
    Toshkent tibbiyot akademyasi 2-son davolash fakulteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.65732

Аннотация

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ilm-fan, madaniyat, adabiyot va san’at sohasiga katta e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmoqda. Vatanimiz, xalqimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan atoqli adiblar, fan va madaniyat namoyandalarining el-yurtimiz oldidagi ulkan xizmatlari munosib baholanib, ularning xotirasini abadiylashtirish, merosini asrab-avaylash va o‘rganish borasida izchil va keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.  Istiqlol yillarida bir guruh marhum ulug‘ shoir va yozuvchilarimiz davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlangani, yubileylari keng nishonlangani, poytaxtimizda G‘afur G‘ulom va Abdulla Qahhor kabi ustoz adiblarimizga muhtasham haykallar o‘rnatilgani bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

109

ZULFIYAXONIM HAYKALI - YUKSAK HURMAT RAMZI

Isaqova Shirina Sodiqjon qizi

Toshkent tibbiyot akademyasi 2-son davolash fakulteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14848271

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ilm-fan, madaniyat, adabiyot va

san’at sohasiga katta e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmoqda. Vatanimiz, xalqimiz tarixida
o‘chmas iz qoldirgan atoqli adiblar, fan va madaniyat namoyandalarining el-yurtimiz oldidagi
ulkan xizmatlari munosib baholanib, ularning xotirasini abadiylashtirish, merosini asrab-
avaylash va o‘rganish borasida izchil va keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Istiqlol
yillarida bir guruh marhum ulug‘ shoir va yozuvchilarimiz davlatimizning yuksak mukofotlari
bilan taqdirlangani, yubileylari keng nishonlangani, poytaxtimizda G‘afur G‘ulom va Abdulla
Qahhor kabi ustoz adiblarimizga muhtasham haykallar o‘rnatilgani bu fikrni yaqqol
tasdiqlaydi.

Davlatimizni birinchi rahbarining 2007 yil 13 sentabrda qabul qilingan “Toshkent

shahrida O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaning haykalini o‘rnatish to‘g‘risida”gi qarori
xalqimizning sevimli farzandi, taniqli jamoat arbobi Zulfiyaning milliy adabiyotimizga
qo‘shgan ulkan hissasi, betakror ijodiy merosi va ibratli faoliyatining yana bir amaliy e’tirofi
bo‘ldi. 2008 yil 1 mart kuni poytaxtimizda O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaning haykali
ochildi. Yurtboshimizning munis va mehnatkash, hayotning har qanday suron va to‘fonlari
qarshisida o‘zini yo‘qotmay, sabr-toqat va shukronalik bilan yashaydigan o‘zbek ayoli, o‘zbek
shoirasining timsoli aks etishi kerak, degan g‘oyasi O‘zbekiston xalq rassomi, haykaltarosh
Ravshan Mirtojiyev ishlagan haykalda to‘la ifoda etilgan.

Bahorning ilk kuni – Zulfiya tavallud topgan ayyomda ardoqli shoira haykali o‘rnatilgan

xiyobon bayramona ko‘rkka burkandi. Bu yerga davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, shoir
va yozuvchilar, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari, shoiraning muxlislari va
farzandlari, jamoatchilik vakillari yig‘ildi.

O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaning haykali ochilishiga bag‘ishlangan marosimni
Toshkent shahri hokimi A.To‘xtayev ochdi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi
Prezidentining Davlat maslahatchisi X.Sultonov, O‘zbekiston Qahramonlari, xalq

shoirlari A.Oripov va E.Vohidov, O‘zbekiston xalq shoirasi, “Saodat” jurnali bosh muharriri
O.Hojiyeva, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, yosh shoira

D.Usmonova, Zulfiyaning qizi, adabiyotshunos H. Olimjonova Birinchi Prezidentimiz

Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda barcha jabhalarda izchillik bilan amalga
oshirilayotgan islohotlarda xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod ma’naviyatini yanada yuksaltirish
ustuvor o‘rin tutayotganini ta’kidladilar. Adabiyot va san’at, madaniyat sohasi ravnaqiga,
ijodkor ziyolilar mehnatiga berilayotgan katta e’tibor va g‘amxo‘rlik buning yana bir yorqin
dalilidir.

Davlatimiz birinchi rahbari Sharqning fozila ayollari boshlagan ezgu an’analarni XX

asrda yanada boyitib, yangi pog‘onaga ko‘targan atoqli shoira va jamoat arbobi Zulfiyaning
betakror ijodi va yorqin shaxsiyatiga hamisha alohida hurmat va e’tibor bilan qarab
kelayotgani yurtimiz jamoatchiligiga, ayniqsa, adabiyot ahliga yaxshi ma’lum. Istiqlolning


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

110

dastlabki yillarida ulug‘ shoiraning “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangani, 80 yillik tavallud to‘yi
munosabati bilan

Prezidentimiz shoiraga maxsus tabrik yo‘llab, Zulfiya opani samimiy qutlagani, ijodiy-

ijtimoiy faoliyatiga yuksak baho bergani ham shundan dalolatdir. Ana shunday yuksak e’tibor
tufayli Birinchi Prezidentimizning 1999 yil 10 iyunda qabul qilingan farmoni asosida
mamlakatimizda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining ta’sis etilishi adabiyot, fan, ta’lim,
madaniyat va san’at sohalarida izlanayotgan, faol, fidoyi, tashabbuskor va iqtidorli qizlarni
kashf etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘tgan davrda o‘zining a’lo bilimi va xulqi,
adabiyot va san’at sohasidagi iste’dodini namoyon qilib kelayotgan yuz nafardan ziyod
iqtidorli qiz ushbu mukofotga sazovor bo‘ldi. Hozirgi kunda ma’naviy hayotimizda faol
ishtirok etib, ko‘pchilikka o‘rnak bo‘layotgan bu qizlar timsolida el-yurtimiz kelgusida
Zulfiyaxonim kabi Vatanimiz shuhratini dunyoga taratadigan yuksak salohiyat, aql va tafakkur
sohibalarini ko‘rishni orzu qiladi.

Ardoqli shoira haykalining ochilishi Xalqaro xotin-qizlar kuni ― 8 mart arafasiga to‘g‘ri

kelganida ham o‘ziga xos ma’no bor. Taniqli adiblarimizdan biri ta’riflaganidek, Zulfiya o‘zbek
madaniyati, o‘zbek xotin-qizlari hayotida muhim ahamiyat kasb etgan “Saodat” jurnaliga uzoq
yillar muharrirlik qilib, xotin-qizlar istiqboli yo‘lida kurashib kelgan jamoat arbobi edi. Zulfiya
necha-necha qizning qo‘lidan tutib, adabiyot dargohiga boshlab kelgan, ularga yo‘l-yo‘riq
ko‘rsatgan mehribon, ammo talabchan ustoz, nozik ta’b, zukko ayol, sadoqatli yor, mehribon
ona, buvi edi. Ulug‘ shoira o‘z she’rlaridan birida inson ruhining boqiyligi, ezgulik va
adolatning abadiyligi haqida fikr yuritib, “Baxtim shu – o‘zbekning Zulfiyasiman” deb yozgan
edi. Mazkur muhtasham yodgorlik timsolida Zulfiya o‘zining ibratli umri, benazir iste’dodi va
yorqin shaxsiyati bilan xalqimiz qalbidan teran joy olganiga, uning qutlug‘ nomi va o‘lmas
merosi bezavol yashayotganiga yana bir bor ishonch hosil qilamiz. Endilikda san’at va
adabiyot, yoshlik va go’zallik nafasi ufurib turgan bu fayzli xiyobon nainki buyuk shoira
xotirasiga, ayni chog’da muqaddas ayol zotiga hurmat bajo keltiriladigan tabarruk qadamjoga
aylandi. Toshkent tibbiyot akademiyasining Zulfiya nomidagi maxsus stipendiyasi hamda
ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risidagi yangi tahrirdagi Nizomini tasdiqlash va Zulfiya
nomidagi maxsus stipendiya hamda ko‘krak nishoni sohiblarini aniqlash bo‘yicha tanlovni
o‘tkazish to‘g‘risida 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi
“Atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini yoshlar o ‘rtasida keng targ‘ib qilish
hamda Adiblar hiyobonidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g ‘risida”gi 502-sonli
qarori ijrosini ta’minlash va Zulfiya nomidagi maxsus stipendiya hamda ko‘krak nishonini
ta’sis etish maqsadida 1. Yoshlar masalalari va m a’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor
T.A.Bobomuratovga: - Toshkent tibbiyot akademiyasining (keyingi o‘rinlarda-TTA) “Zulfiya
nomidagi maxsus stipendiyasi hamda ko‘krak nishoni ta’sis etish to‘g‘risida”gi yangi
tahrirdagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Barcha fakultet dekanlari (B.T.Xolmatova,
I.I.Bahriyev, A.A.Xamrayev, F.I.Salomova, U.E.Eraliyev, J.X.Tursunov), Magistratura bo‘limi
boshlig‘i A.A.Imomov, Xotin qizlar kengashi raisi L.Q.Abduqodirovalarga: - TTAning Zulfiya
nomidagi maxsus stipendiyasi hamda ko‘krak nishoni tanlovini (keyingi o‘rinlarda-Tanlov) o
‘tkazish bo‘yicha tanlov komissiyasi tarkibi lavozim bo‘yicha 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin; -
TTA rasmiy veb-sayti va talabalar telegram kanallarida tanlov to‘g ‘risida ma’lumotlar berib
borilsin; - 2022-yil 28fevralga qadar TTAning Zulfiya nomidagi maxsus stipendiyasi hamda


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

111

ko‘krak nishoni tanlovi Nizomga muvofiq o‘tkazilsin; - 2022-yil 1-mart kuni shoira Zulfiya
tavallud kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan m a’naviy-ma’rifiy tadbirda maxsus
stipendiyaga sazovor bo‘lgan talabalarga “Zulfiya nomidagi maxsus stipendiya sovrindori”
guvohnomasi, ko‘krak nishoniga sazovor bo‘lgan talabalarga ko‘krak nishoni va uning
guvohnomasi taqdim etilsin.

Ushbu qonun doirasida har yili akademyaning ko’plab iqtidorli, ijodkor, mehnatkash,

oqila qizlari taqdirlanib kelinmoqda. Har yili 1- mart kuni Toshkent tibbiyot akademyasi
tomonidan bayram tadbirlari tashkil qilinadi, bu tadbirlarda Zulfiya mukofatiga sazovor
bo’lgan qizlar taqdirlanib kelinmoqda.

References:

1.

Zulfiya. Tanlangan asarlar. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 2005.

2.

Qo‘chqarova N. O‘zbek adabiyotida Zulfiya ijodi. – Toshkent: Ma’naviyat, 2010.

3.

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008.

4.

O‘zbekistonda haykaltaroshlik san’ati tarixi. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy

Ensiklopediyasi, 2015.
5.

Zulfiyaxonim haykali ochilishiga bag‘ishlangan maqolalar. // Xalq So‘zi gazetasi, 2014.

6.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Zulfiya nomidagi davlat mukofoti haqida

farmoni. – Toshkent, 1999.

Библиографические ссылки

Zulfiya. Tanlangan asarlar. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 2005.

Qo‘chqarova N. O‘zbek adabiyotida Zulfiya ijodi. – Toshkent: Ma’naviyat, 2010.

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008.

O‘zbekistonda haykaltaroshlik san’ati tarixi. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2015.

Zulfiyaxonim haykali ochilishiga bag‘ishlangan maqolalar. // Xalq So‘zi gazetasi, 2014.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Zulfiya nomidagi davlat mukofoti haqida farmoni. – Toshkent, 1999.